2-Seminar mashg`uloti.
Mavzu: Ta`lim jarayonida innovasiyalar, tasnifi, samaradorlik mezonlari.
Innovatsion ta`lim - ta`lim oluvchida yangi g`oya, me`yor, qoidalarni yaratish, o`zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg`or g`oyalar, me`yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta`lim hisoblanadi.
“Innovatsion ta`lim” tushunchasi birinchi bor 1979-yilda “Rim klubi”da qo`llanilgan.
Innovatsion ta`lim jarayonida qo`llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta`lim texnologiyalari yoki ta`lim innovatsiyalari deb nomlanadi.
Ta`lim innovatsiyalari - ta`lim sohasi yoki o`quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo`llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalardir.
Ta`lim sohasida innovatsion jarayon – bu ta`lim konsepsiyasidagi, o`quv dasturlaridagi, usul va uslublardagi, tarbiya va o`qitish usullaridagi yangilik va o`zgarishlardir. Ta`lim sohasida innovatsion jarayonlar so`zining tub ma`nosida pedagogikaning ikkita muhim – o`rganish, umumlashtirish va ilg`or pedagogik tajribalarni ommalashtirish muammosi va pedagogika fanlari yutuqlarini amaliyotga tadbiq etish muammosi yotadi.
Shunday ekan, innovatsiyaning predmeti va innovatsion jarayonlarning tarkibi, mexanizi bir – biriga o`zaro bog`liq bo`lgan jarayonlar jamlanmasi tarkibida bo`lishi kerak. Aynan, innovatsion faoliyat xizmat ko`rsatish bozorida oliy ta`lim muassasalari o`rtasidagi raqobatbardoshlikning asosini yaratibgina qolmay, professor – o`qituvchining kasb mahoratining o`sishini, ijodiy izlanishini, amaliy jihatdan ochib beradi. Shuning uchun ham, innovatsion faoliyat o`qituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati va talabalarning o`quv jarayoniga ijodiy faoliyati bilan uzluksiz bog`liq.
Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablarning an`anaviy me`yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g`oyalarning mavjud g`oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyatdir.
Ta`limdagi pedagogning innovatsion faoliyat tuzilishini tahlil qilishda turli xil yondashuvlar mavjud. Masalan, A.Nikolskayaning fikricha, faoliyatni yangilash 3 bosqichda, ya`ni tayyorgarlik, rejalashtirish va joriy etish bosqichlarida amalga oshiriladi.
«Innovatsion faoliyat» tushunchasini tahlil qilib: Г.А.Мкрчянning bu haqdagi fikri diqqatga sazovar: – «Pedagogik tajriba-sinov faoliyatining 3 ta asosiy shaklini ajratish mumkin: xususiy tajriba, tajriba-sinov ishi, o`qituvchining innovatsion faoliyati. Pedagogik faoliyatda innovatsiyalar qancha ko`p bo`lsa, o`qituvchi xususiy eksperimentni shuncha yaxshi tushunadi».
Innovatsion faoliyat bu amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo`lib, ijtimoiy-madaniy ob`ekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sub`ektlarning harakat tizimi bo`lib, u ma`lum doiradagi muammolarni yechish qobiliyatigina emas, balki har qanday vaziyatdagi muammolarni yechish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bo`lishdir. O`qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi o`quv jarayonini samarali tashkil etishdan iborat.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:
-kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
-me`yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;
-kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
-dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo`lish;
-o`z imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish, o`z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish.
Ta`lim muassasasida pedagogning innovatsion faoliyatini tashkil etish uchun “Innovatsion muhit” shakllangan bo`lishi kerak, ya`niy pedagogik jamoda umuman ta`lim muassasida ijodiy, samimiy do`stona sharoit, unda pedagog-o`qituvchi o`zini erkin xis qila olishi va jamoda ichki intilish moddiy-ma`naviy qiziqish yuqori darajada bo`ladi. U muhitda pedagog-o`qitiuvchi ijodiy fikr yuritishga, intilishga yo`naltiriladi. Natijada innovatsion jarayon-yangilikni kiritilishi va shart-sharoitlari, tizimini yangi sharoitlarga ko`rsatkichlarga muvaffaqiyatli o`tishini ta`minlovchi o`zgarishlar sodir bo`ladi.
Uzluksiz ta`lim tizimida pedagogik faoliyat yuritayotgan o`qituvchining shaxsi tabiiy unikal sistema bo`lib, uning shaxsiy va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, hozirgi zamon o`qituvchisining modelini loyihalashtirish mushkul.
Shunga qaramasdan, o`qituvchisining modelini umumiy va yagona holda tuzish, shu bilan bir qatorda, har shaxsning o`z xususiyatlarini rivojlantirishi, o`ziga xosligini saqlab qolishi, o`z qiziqishlariga muvofiq holda ilgariga intilishiga imkon berish zarur.
Mutaxassis modeli-aniq bir kasb bo`yicha mutaxassisning umumlashgan obrazli tuzilmasi bo`lib, u muayyan tarkibiy qismlardan iborat bo`ladi.
Uzluksiz ta`lim tizimini tubdan isloh qilish, mazmunan yangilashning ilmiy-nazariy asosi bo`lgan O`zbekiston Respublikasi «Ta`lim to`g`risida» gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi buyurtmalari, milliy istiqlol g`oyasining asosiy tushunchalari va tamoyillari o`qituvchilarning umumiy, kasbiy, ilmiy-nazariy, pedagogik-psixologik, ilmiy-metodik tayyorgarlik darajasini zamon talablariga mos bo`lishini taqozo etadi.
Shuni e`tiborga olgan holda uzluksiz ta`lim tizimi uchun o`qituvchisining modelini tuzishga harakat qilindi.
Ushbu modelni tuzish uchun Respublikamizda mavjud me`yoriy hujjatlardagi o`qituvchilarning umumlashgan modeli tahlil qilindi. Jumladan, mualliflar guruhi tomonidan tayyorlangan «O`zbekiston Respublikasida kadrlar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tizimini isloh qilish bo`yicha me`yoriy hujjatlar va 1999-2005 yillarga mo`ljallangan istiqbolli rejalar» to`plamida pedagogning umumlashgan modeli berilgan.
Model asosini pedagogga qo`yiladigan talablar tashkil etib, u o`zida shaxs fazilatlari, o`qita olish, tarbiyalay olish va ta`lim oluvchilar bilimlarini adolatli baholay olish va nazorat qila olish kabi tarkibiy qismlarni mujassamlashtirgan.
Pedagog shaxsining fazilatlariga talabchanlik, vijdonlilik, hazil-mutoyiba hissi, obro`, xayrixohlik, adolatlilik kiritilgan. Bularning ichida obro` shaxs fazilati emas, balki shaxsning fazilatlari tufayli erishiladigan mavqyei sanaladi.
Bizning nazarimizda, o`qituvchining pedagogik faoliyatiga yordam beradigan fazilatlariga ilmga chanqoqlik, kirishimlilik, kamtarinlik, mehnatsevarlik, intizomlilik, fidoyilik, mehribonlik, bag`rikenglik, odamoxunlik, xushmuomalalilik va h.k kiritish maqsadga muvofiq edi.
Yuqorida qayd etilgan modelning tarbiyalay olish qismiga yuksak ma`naviyatli, pedagogik madaniyat va ma`rifatli, shaxsiy odob namunasi, nufuzi, vatanparvarlik va burch hislari, gumanitar va gumanistik tayyorgarlik, o`quv-tarbiyaviy ishlarning tashkili kiritilgan. Mazkur talablarni shakllantirishda uzluksiz ta`lim tizimi oldidagi davlat va ijtimoiy buyurtmalar hisobga olinishi va aniq belgilanishi kerak edi.
Modelning o`qita olish tarkibiy qismiga qo`llab-quvvatlash va o`quv jarayoni muhiti, psixologik-pedagogik tayyorgarlik, chet tillarni bilishi, fanni chuqur bilish, kasbiy layoqatlilik, bilimdonlik, yangi pedagogik texnologiyalarga ega bo`lish, ilmiy-uslubiy ish, ilmiy-tadqiqot ishi, o`z ishini doimiy takomillashtirishga intilish, me`yoriy hujjatlarni bilish, kompyuter texnologiyasiga ega bo`lish, axborot baza va resurslar kiritilgan. Вu guruhdagi talablar o`qituvchining ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik tayyorgarligiga qo`yiladigan talablardan kelib chiqishi lozim.
O`qituvchining umumlashtirilgan modelida pedagogning o`qita olish va tarbiyalay olish funksiyalarining ajratilishi ilmiy asoslanmagan, chunki bu ikki funksiya yagona ta`lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi, shuningdek, o`qitishning ta`lim-tarbiyaning uzviyligi prinsipiga zid holatdir. Shu bilan bir qatorda mazkur model tahrir talab, undagi talablarni aniqlashtirish lozim.
Modelning ta`lim oluvchilar bilimlarini adolatli baholay olish va nazorat qila olish tarkibiy qismiga talabalarning bilimlarini reyting-nazoratini bilish va qo`llay olish, standartlangan testlarni ishlab chiqish va qo`llay olish kiritilgan.
Shuni qayd etish kerakki, tahsil oluvchilarning o`zlashtirgan bilim, ko`nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash, o`quv-tarbiya jarayonidan olingan natijalarni tahlil qilish va mazkur jarayonning borishiga tegishli o`zgartirishlar kiritish ta`lim-tarbiya jarayonining ajralmas va eng muhim zaruriy qismi sanaladi.
Ma`lumki, pedagogning ushbu tayyorgarligini uning ilmiy-metodik tayyorgarligidan ajratish mumkin emas. Respublikamizda birinchi marta tayyorlangan pedagoglarning umumlashtirilgan modelining tahlili, uning bugungi kun talabiga javob bermasligi, unda uzluksiz ta`lim tizimi oldiga qo`yilgan talablar o`z aksini topmaganligi, tahrir talabligi, ba`zi qismlarni aniqlashtirish, shuningdek, o`qituvchilarning pedagogik faoliyatidagi asosiy masalalarni kiritish va ilmiy-pedagogik nuqtai nazaridan qayta ishlash lozimligini ko`rsatdi.
O`qituvchining pedagogik faoliyatidagi o`ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda zamonaviy modelining asosini pedagog tashkil qilib, u shaxs sifatida:
-yuksak ma`naviyatli va madaniyatli;
-uzluksiz ta`lim tizimini rivojlantirish uchun istiqbol vazifalarni ilgari surish va hal etishga qodir;
-ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo`ljalni to`g`ri ola oladigan;
-o`zida milliy istiqlol mafkurasi va g`oyalarini singdirgan;
-jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo`shadigan;
Yuqori malakali raqobatbardosh pedagog kadr sifatida:
-ijodiy va ijtimoiy faol;
-g`oyaviy va ma`naviy-axloqiy yetuk bo`lishi;
-yuqori darajadagi ilmiy-nazariy, pedagogik-psixologik, ilmiy-metodik tayyorgarlik orqali yuksak madaniyatiga ega bo`lishi nazarda tutildi.
O`qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi tahlil qilinganda, uning ilmiy-nazariy, psixologo-pedagogik, metodik tayyorgarligi nazarda tutildi.
Pedagog kadrlarning modelini tuzishda quyidagilar konseptual asos sifatida qabul qilindi:
1.Pedagog yuqori darajadagi ilmiy-nazariy, psixologo-pedagogik va ilmiy-metodik tayyorgarlik orqali yuksak kasb-hunar madaniyatiga ega bo`ladi;
2.Pedagogni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida ularning kasbiy tayyorgarligini orttirishda ilmiy-nazariy, psixologo-pedagogik tarkibiy qismlar bilan uzviy ravishda ilmiy-metodik tayyorgarlikni amalga oshirish zarur;
3.O`qituvchining pedagogika oliy ta`lim muassasalarida o`zlashtirgan barcha bilim, ko`nikma va malakalari pedagogik faoliyatda xususiy metodik darajada, ya`ni muayyan fanni o`qitish jarayonida qo`llaniladi. Shu bois o`qituvchining kasbiy tayyorgarligining tarkibiy qismlari ichida ilmiy-metodik tayyorgarlik asosiy o`rinni egallaydi.
4.Pedagogning ilmiy-metodik tayyorgarligining tarkibiy qismlari sifatida metodologik, gnoseologik, kommunikativ, loyihalash va tashkiliy faoliyatga oid bilim, ko`nikma va malakalar belgilandi.
5.Yuksak kasb-hunar madaniyatiga ega bo`lgan mutaxassis o`zida ijtimoiy va ijodiy faollik, g`oyaviy-siyosiy, ma`naviy-axloqiy yetuklikni mujassamlashtirsa, yuqori malakali raqobatbardosh pedagogik kadr sanaladi.
6.Pedagog kadrlarning ijtimoiy va ijodiy faolligi, g`oyaviy-siyosiy, ma`naviy-axloqiy yetukligi o`qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi va ularning tarkibiy qismlariga bevosita va bilvosita ta`sir ko`rsatadi. Ma`lumki, g`oyaviy-siyosiy yetuklik ilmiy-metodik tayyorgarlikning tarkibiy qismi bo`lgan metodologik bilim, ko`nikma va malakalarga asos bo`lib xizmat qiladi. Ijtimoiy va ijodiy faollik o`qituvchining o`z kasbiy tayyorgarligini muntazam orttirishiga, aksincha yuksak kasb-hunar madaniyatiga ega bo`lgan o`qituvchining pedagogik faoliyatga ijodiy yondashuviga va ijtimoiy faolligiga o`z ta`sirini ko`rsatadi.
7.Yuqori malakali raqobatbardosh pedagog kadr bo`lgan-o`qituvchi, o`z navbatida, yuksak ma`naviyat va madaniyat sohibi, milliy istiqlol mafkurasi va g`oyalarini singdirgan shaxs sifatida, ta`lim-tarbiya jarayonidagi istiqbol vazifalarni ilgari surish va hal etish orqali, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo`shadi, hayotda mustaqil ravishda mo`ljalni to`g`ri ola biladi.
8.Pedagogni tayyorlashda kasbiy tayyorgarlikning tarkibiy qismlari, yuqori malakali raqobatbardosh pedagog kadr va shaxs sifatidagi xususiyatlarini yaxlit holda tasavvur qilib, ularning o`rtasidagi uzviylikni amalga oshirish zarur.
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik inqilobi tufayli, ilmiy texnik taraqqiyot o`zining yuksak cho`qqilariga erishdi.
Ilmiy texnik taraqqiyotining (ITT) hozirgi darajasi shundayki, fan, texnika va texnologiya rivojining erishilgan sur`atlarini, mamlakat qay darajada rivojlangan bo`lmasin alohida olingan mamlakatda uni ta`minlab bo`lmaydi. ITT keyingi rivoji, faqat turli mamlakatlardagi olim va mutaxassislarning hamkorligi, ilmiy-tadqiqot ishlarning integratsiyasi natijasida amalga oshirilishi mumkin. Fan, texnika va texnologiyaning tarqqiyoti ta`lim taraqqiyoti darajasi bilan chambarchas bog`liqligini e`tiborga oladigan bo`lsak, ta`lim sohasidagi xalqaro integratsiyaning ustuvorligi yaqqol muammoga aylanib qoladi.
Ta`lim sohasidagi integratsion jarayonlar ilk bor yevropada boshlangan edi. 1989-yilda yevropaning minglab talablari, yevropa hamjamiyatining ERASMUS (European Community Action Scheme for mobility of University students), Tempus va boshqa dasturlari asosida chet ellarda tahsil olish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Erasmus dasturi bo`yicha yevropa hamjamiyati universitetlari o`rtasidagi talabalar almashinuvi sxemasi, dastavval 145 ta oliy o`quv yurtlarini qamrab olgan edi.
Erasmus dasturining yutuqlaridan biri, bu yevropa univesitetlaridagi o`qitish natijalarini o`zaro tan olish tizimi – European Credit Transfer System (ESTS) ni yaratish, sinash va amaliyotga keng qo`llash deb aytish lozim.
2001-yilda, o`quv jarayonini tashkil etishning kredit texnologiyasi ECTS, yevropaning 1200 ta universitetlarida allaqachon qo`llanilgan edi.
2001-yilda, 29 ta yevropa davlatlari ta`lim vazirlari tomonidan Bolonya deklaratsiyasining imzolanishi, yevropa ta`lim hududini yaratilishida, muhim ahamiyatga ega bo`ldi.
Bolonya deklaratsiyasiga ko`ra, diplomlarning o`zaro tan olinishi ya`ni o`qitish natijalarini yakuniy ko`rsatkichlarning o`zaro tan olinish muddati 2010-yilga belgilangan.
Bolonya deklaratsiyasiga kirish uchun qo`yidagi dastlabki talablar qo`yiladi:
-Oliy o`quv yurtigacha 12 yillik ta`lim;
-Ikki bosqichli oliy ta`lim-bakalavriat va magistratura;
-O`quv jarayoni va o`qitish natijalarini baholash, ESTS kredit texnologiyasi asosida tashkil etilishi.
O`quv jarayonini tashkil etishning ECTS kredit texnologiyasiga o`tishda quyidagi maqsadlar ko`zlanadi:
-Xorijda o`qishni davom ettirish uchun oliy o`quv yurtini tanlashda shart-sharoit yaratish;
-O`zbekistonda ta`lim olgan muddatini xorijiy davlatlarda tan olinishini ta`minlash;
-yevropa oliy o`quv yurtlari o`quv rejalarini o`rganish va shu asosida o`quv jarayonini takomillashtirish;
-Talablar qobiliyatini to`laroq ochilishiga va o`qitishning yuqori natijalariga erishish;
-Diplomlarni o`zaro tan olinishiga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |