ECTS – bu yagona yevropa ta`lim hududini yaratishning ibtidosidir. ECTS kreditlari. «Kredit» atamasi (ECTS-credit)- sinovdan o`tdi, ma`lum bir kursni o`quv yurtida o`tganligi haqidagi guvohnoma ma`nosini anglatadi. ECTSda «Kredit» - shartli sinov birligi bo`lib, talabaning o`quv fanining ma`lum bir qismini o`tganligi haqidagi ma`lumot beradi. Har bir o`quv faniga ma`lum miqdordagi kredit birliklari ajratiladi. Kredit birliklari soni, talabalarning mehnat sarfiga mos holda belgilanadi.
Talabaning mehnat sarfi – auditoriya mashg`ulotlari, mustaqil ishlar va o`quv rejasida ko`zda tutilgan boshqa faoliyatlarini o`z ichiga oladi. Ya`ni ECTS kreditlari faqat auditoriya soatlari bilan chegaralanmasdan, talabalarning to`la yuklanmasiga tayanadi. Shuning uchun ECTS kreditlarini, talaba mehnat sarfining o`quv fanlari bo`yicha shartli - sonli ifodasi deb hisoblash mumkin.
Odatda o`quv rejasidagi fanlarga ajratiladigan kreditlar soni 3 ga teng, undan ko`p va kam sonli fanlar ham mavjud.
ECTS da kreditlar yig`indisi semestrda - 30, o`quv yilida – 60, bakalavriatdagi o`quv davrida – 240 ni tashkil etadi.
ECTS kreditlari barcha o`quv fanlariga, ya`ni majburiy va talaba tanlovi asosida fanlarga taqsimlanadi. Ular mazkur fan bo`yicha kurs loyihalari va ishlarining mavjudligini hisobga olishlari zarur.
O`quv faniga ajratiladigan kreditlar miqdori, fanning murakkabligiga va o`zlashtirish darajasiga bog`liq bo`ladi. Ya`ni har qanday murakkab fan ham katta miqdordagi kreditlarga ega bo`la olmaydi.
Agar murakkab fan bilish va tushunish darajasida o`zlashtiriladigan bo`lsa, kam murakkabli o`quv fani malaka darajasida o`zlashtirilsa tabiiyki oxirgisiga ko`proq kreditlar ajratiladi. Shuning uchun turli ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari uchun, bir fanning o`zi turli o`quv dasturlariga va unga muvofiq turli mehnat sarfi va kreditlarga ega bo`lishi mumkin.
ECTS ning xususiyatlari.Zamonaviy o`qitish texnologiyasi, oliy ta`lim muassasasining jihozlanganligi, professor-o`qituvchilar tarkibi faqat darajali, yuqori malakali kadrlardan iborat bo`lishi, o`qitishning yuqori sifatlari - ECTS uchun dastlabki zaruriy talablar hisoblanadi. O`quv jaryonini tashkil etishning ushbu tizimi, quyidagi o`ziga xos xususiyatlarga ega.
O`quv rejasi bo`yicha: Barcha o`quv fanlari ikki guruhga bo`linadi - majburiy va talaba tanlovi asosidagi fanlar.
-Bu nisbatan taxminan 1:2 teng qabul qilinadi;
-Har bir talaba shaxsiy o`quv rejasiga ega bo`ladi;
-Asosiy hujjat transkript (transcript of ruords) u ECTS ning unifikatsiyalashgan hujjat bo`lib, yagona shaklda tuziladi, o`qitish natijalarini tan olish uchun majburiy hujjat hisoblanadi. Transkriptda, talabaning mazkur davlatda qabul qilinga baholash tizimida ham, ECTS tizimi bo`yicha ham olgan baholari, olingan ECTS kreditlari bo`yicha ma`lumotlar keltiriladi.
-Har bir semestrda o`rganiladigan fanlarning soni 3-5 ta bo`lishi;
-Mustaqil ishga ajratilgan soatlar, auditoriya soatlarida ko`p bo`lishi;
-Kredit o`zida talabaning o`quv fanini o`zlashtirish uchun zarur bo`lgan barcha mehnat sarflarini mujassamlashtirdi. O`quv fani uchun ajratilgan kreditlar soni, aksariyat hollarda 3 ga teng bo`ladi.
O`quv fani dasturining mazmuni (silabus) quyidagilarni o`z ichiga oladi: -O`quv fanning to`liq nomlanishi va uning o`quv rejasidagi tartib raqami;
-O`quv fanini o`rganish maqsadi;
-O`quv fanining qisqacha mazmuni;
-Kalendar-mavzuviy reja, mashg`ulotlar jadvali bilan;
-O`qitish texnologiyasi;
-Talabaning mas`uliyati va unga qo`yilgan talablar;
-Talabalar bilimini baholash tartibi va mezonlari;
-Asosiy va qo`shimcha adabiyotlar ro`yxati
O`qituvchining o`quv yuklamasini hisoblashda: -Umumiy mehnat sarfi miqdori (auditoriya sotlari va mustaqil ish) bir o`quv yilida 750-800 soatni tashkil etishi - e`tiborga olinadi.
O`qitish jarayonining asosini: -Shaxsga yo`naltirilgan o`qitish texnologiyalari;
-Talabaning mustaqil ishida, o`qituvchi maslahatchi sifatida ishtirok etadi;
-Talaba o`quv fanini va o`qituvchini tanlash huquqiga ega.
Har bir talabaga axborot paketi beriladi, u quyidagilarni o`z ichiga oladi.
-Oliy ta`lim muassasida haqida ma`lumot;
-O`quv rejasi;
-O`quv jarayonining grafigi;
-O`quv fanlarining mazmuni;
-Oliy ta`lim muassasada qabul qilingan ta`lim tizimining metodik xususiyatlari haqida ma`lumotlar;
-Talabalar bilimini baholash tizimi va baholar shkalasi haqida ma`lumotlar;
-Ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarga tegishli ma`lumotlar;
-Tarixiy va madaniy sohaga oid ma`lumotlar;
-Qo`shimcha ta`lim xizmatlari to`g`risida ma`lumotlar.