Ilmiy uslubiy ishlar reja: Ilmiy ishlarning turlari: ilmiy-tadqiqiy, ilmiy-ommabop va ilmiy uslubiy ishlar



Download 20,64 Kb.
Sana02.07.2022
Hajmi20,64 Kb.
#731380
Bog'liq
ILMIY USLUBIY ISHLAR


ILMIY USLUBIY ISHLAR
Reja:
1. Ilmiy ishlarning turlari: ilmiy-tadqiqiy, ilmiy-ommabop va ilmiy uslubiy ishlar
2. Ilmiy uslubiy ishlar
3. O‘quv-uslubiy adabiyotlar va ularning turlari: bosma va elektron
o‘quv adabiyotlari.
3. O‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish tamoyillari va ularga qo‘yiladigan talablar.

Ilmiy ishlarning turlari: ilmiy-tadqiqiy, ilmiy-ommabop va ilmiyuslubiy ishlar


Ilmiy ishlar o‘rganiladigan obyektidan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqiy, ilmiyommabop va ilmiy-uslubiy turlarga bo‘linadi. Ular hajmi jihatidan kichik (masalan, annotatsiya, maqola) yoki katta (masalan, dissertatsiya, monogrfiya),bo‘lishi, tuzilmaviy tarkibi ham turlicha bo‘lishi mumkin. Biroq ularning barchasiga xos umumiy xususiyat bu ularning ilmiy uslubda yozilishi, ularda ilmiy-tadqiqiy faoliyat natijasi bayon etilishidir.
Maqola eng kichik ilmiy asardir, biroq u ham hajmi jihatidan yirik, 20, 30 bet, ba’zida undan ko‘p sahifadan iborat bo‘lishi ham mumkin. Mazmun jihatidan esa zamonaviy tilshunoslikning ko‘plab yirik muammolari aynan maqolalarda ifodalanadi. Maqolalar ikki xil bo‘ladi: ilmiy maqolalar va ilmiy ommabop maqolalar. Ilmiy maqolalar maxsus to‘plamlarda yoki jurnallarda chop etiladi, ularda olib borilayotgan tadqiqot ishlari natijalari bayon etiladi, kashfiyotlar ilm ahliga ma’lum qilinadi. Ilmiy maqolalar muayyan fan sohasiga taalluqli bo‘lib, ularda sohaviy atamalar, terminlar, formulalar, raqamlar, ilmiy adabiyotlarga havolalar ko‘p ishlatiladi. Ilmiy maqolalar ham o‘z ichida ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik maqolalar turlariga bo‘linadi. Har bir ilmiy maqolada muayyan muammo o‘rtaga tashlangan bo‘lishi va uni bartaraf qilish yo‘llari, qaysi ilmiy manbalardan foydalanilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Ilmiy-ommabop maqolalar esa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy masalalarda yoziladi va ommabop jurnallar, gazetalarda chop etiladi. Ularning bosh maqola, ocherk maqola, xabar, felyeton, reklama kabi turlari bor. Ilmiy ommabop maqolalarning eng xarakterli xususiyati – ommaga ta’sir qilish, xalqni o‘ziga jalb qilishdir, shu bois ular ilmiy-ommabop uslubda yoziladi.
Annotatsiya (sharh) - ilmiy maqola yoki ilmiy asar matnining maksimal darajadagi qisqartirilgan (5-6 ta gapdan iborat) bayonidir. Umumlashtirish, konseptual emas, sanab o‘tish xarakteriga ega. Barcha axborot janrlari ichida annotatsiya eng obyektividir. Annotatsiyada odatda, ish qanday mavzuga bag‘ishlanganligi tadqiqotning qanday uslublaridan foydalanganligi, buning uchun qanday til materiallari jalb etilganligi va tadqiqotning adresati kim ekanligi ko‘rsatiladi. Ayrim hollarda annotatsiya bir necha tilda bayon etilishi ham mumkin.
Tezis - ilmiy maqola yoki konferensiyalar uchun taqdim qilinadigan ilmiy
ma’ruzaning qisqa asosiy mazmuni aks ettirilgan ilmiy ish turi bo‘lib, uning hajmi
annotatsiyadan kattaroq, biroq ilmiy maqoladan kichik bo‘ladi (taxminan 1 betdan 3-4 betgacha). Tezislar, odatda, nashr va konferensiya talablariga asosida bir necha tillarda beriladi. Uni ilmiy asarga beriladigan tanqidiy baho, tanqidiy talqin aks etgan taqriz bilan chalkashtirmaslik kerak.
Taqriz – tadqiqot ishi, darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalarga beriladigan
taqidiy baho bo‘lib, unda mazkur ishning dolzarbligi va zarurati, ishning mazmuni
me’yoriy hujjatlar talablariga mosligi, muallif erishgan yutuqlar, qo‘llangan yangi
metodlar va texnologiyalar, ishning rasmiylashtirilishi va savodxonlik darajasi
tahlil qilinadi, Bunda, albatta, taqrizchi shu soha mutaxassisi bo‘lishi va subyektivlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Referat – mavjud matn yoki bir qancha matnlarni izohlovchi shakllaridan biri sanaladi. Shu boisdan, konspektdan farqli o‘laroq, referat muallif matn sanaladi. Ushbu holatda yangilik yangicha taqdim etish, materiallarni tartiblashtirish, har xil nuqtai nazarlarni o‘zaro solishtirishda alohida mualliflik yondashuvi tushuniladi. Shunday qilib, referatlashtirish o‘zida bir yoki bir qancha manbalarni turlashtirish, umumlashtirish, tahlil va sintez qilishga asoslanib ma’lum bir savolni ifoda etishni mujassam etadi. Ilmiy ma’ruza konferensiya, simpozium, seminarlarga taqdim etiladigan ilmiy asardir. Ilmiy ma’ruzada tadqiqotchi tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida asoslangan ilmiy-nazariy xulosalar, kashf etilgan ilmiy yangiliklar, tajriba-sinov natijalari bayon etiladi. Odatda, u o‘qiladigan og‘zaki variant va olimlarning mazkur uchrashuvi materiallarini o‘z ichiga olgan maxsus to‘plamda
nashr etiladigan yozma variantga ega. Ko‘p hollarda to‘plamlarga ilmiy ma’ruzaning tezisi beriladi, ma’ruzaning o‘zi esa slaydlar to‘plamidan iborat bo‘ladi.
Risola hajmi bo‘yicha u kichik kitob va yirik maqola o‘rtasidagi asar bo‘lib, u alohida nashr ko‘rinishida chop etiladi. Risola keng ommaga mo‘ljallangani uchun ilmiy ommabop asarlar sirasiga kiradi, shuning uchun unda murakkab ilmiy tushunchalar, terminlar kamroq qo‘llanadi.
Monografiya hajmi bo‘yicha eng yirik hisoblanadigan ilmiy-tadqiqiy asar bo‘lib, bir muallif yoki tadqiqotchilar guruhi tomonidan biron-bir muammoni fundamental tarzda tadqiq etilishi jarayonining natijasidir. U alohida kitob tarzida nashr etiladi. Monografik turdagi tadqiqotlar qatoriga o‘rganilayotgan muammo xarakteri va batafsilligi bo‘yicha fan nomzodi yoki doktori ilmiy darajasiga talabgorlikka yozilgan dissertatsiyani ham kiritish mumkin.
Dissertatsiya muayyan fan yo‘nalishida olib borilgan tugallangan tadqiqot ishi hisoblanadi. Dissertatsiyalar tadqiqot ko‘lami va bajarilgan ish natijasi ko‘lamiga ko‘ra muayyan fan sohasi doktori ilmiy darajasini beruvchi DfS, falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PdJ, ilmiy darajasini beruvchi magistrlik dissertatsiyalari turlariga bo‘linadi. Monografiyalardan farqli o‘laroq na nomzodlik, na doktorlik dissertatsiyasi maxsus kitob sifatida nashr etilmaydi, u faqatgina qo‘lyozma, ya’ni kompyuterda terilgan va muqovalangan shaklda taqdim etiladi. Ammo har bir dissertatsiya asosida uning qisqacha asosiy mazmuni yoritilgan hajmi jihatdan kichik broshyuraga teng kitobcha chop ettiriladi. Bu matn dissertatsiyaning avtoreferati deb nomlanib, tuzilishi bo‘yicha dissertatsiya mazmunining qisqa bayoni hisoblanadi. Dissertatsiya avtoreferati keng ilmiy jamoatchilik tanishishi va fikr bildirishi uchun barcha yetakchi kutubxonalar, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlariga yuboriladi. Dissertatsiyaning to‘liq matni bilan esa dissertatsiya himoyasi bo‘layotgan muassasaning kutubxonasi, O‘zbekiston milliy kutubxonasi va boshqa asosiy kutubxonalarda tanishish mumkin. Bundan tashqari dissertatsiya tadqiqoti mazmunining eng ahamiyatli aspektlari odatda, mazkur muallifning joriy nashrlari(maqola, ma’ruza)da o‘z aksini topadi.
Ilmiy-uslubiy ishlar ta’lim jarayonining o‘quv-uslubiy ta’minotini tashkil etuvchi o‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy va uslubiy-metodik adabiyotlardan iborat bo‘lib, ular ilmiy-nazariy va ilmiy-uslubiy izlanishlarning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga kelgan janr o‘quv-uslubiy janrdir. Ularga mansub matnlar ilmiy-nazariy
tadqiqotlardan olingan natijalar ilmiy-uslubiy tadqiqotlar asosidagi o’qish jarayoniga kiritilishi uchun mo‘ljallangandir. O‘quv-uslubiy adabiyotlari bosma –nashr qilingan va elektron adabiyotlar turlariga bo‘linadi. O‘quv-uslubiy adabiyotlarning eng keng qo‘llanadigan turlari darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-metodik adabiyotlar, lug‘atlar, mashq to‘plamlari, xrestomatiyalardir.
Davlat ta’lim standartlari (DTS)– Davlat ta’lim standartlari ta’lim oluvchilar
tayyorgarligining zarur va yetarlicha darajasini hamda muayyan ta’lim muassasalari bitiruvchilariga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablarini, o’quv yuklamasining zarur hajmini, ta’lim muassasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini belgilab beruvchi me’yoriy hujjat bo‘lib, o‘quv reja va dasturlar, darsliklar, qo‘llanmalarni ishlab chiqishda asos bo’lib xizmat qiladi. U har bir ta’lim turi uchun alohida tuziladi va belgilangan tartibda tasdiqdan o‘tkaziladi.
Tayanch o‘quv reja - davlat ta’lim standartining tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim sohalarini me’yorlashga asos bo‘ladigan davlat hujjatidir. Tayanch o‘quv rejasi o‘quv fani bo‘yicha beriladigan ta’lim mazmunini ta’lim oluvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlarining eng kam hajmdagi miqdorini ifodalaydi. Unda muayyan ta’lim turi, ta’lim muassasida o‘qitiladigan fanlar bloklari va nomlari, ularga ta’lim bosqichlarida yoki semestrlarda ajratiladigan soatlar, o‘qitilish shakli ko‘rsatib o‘tiladi. Tayanch o‘quv rejasi muayyan o‘quv fani bo‘yicha davlat standartlariga muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini aniqlashga asos bo‘ladi. O‘quv dasturi - muayyan o‘quv fani bo‘yicha davlat standartlariga muvofiq hamda tayanch o‘quv rejasi belgilangan o‘quv yuklamasidan kelib chiqib, shu fan bo‘yicha beriladigan ta’lim mazmuni va shakllari ko‘rsatilgan me’yoriy hujjat bo‘lib, u namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari turlariga bo‘linadi. Namunaviy o‘quv dasturi tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan, muayyan fan yo‘nalishi uchun tavsiya qilinadigan me’yoriy hujjat hisoblanadi. Namunaviy dastur asosida har bir oliy ta’lim muassasasi o‘zi uchun o‘quv ishchi dasturini ishlab chiqadi. OTM xususiyatidan kelib chiqqan holda namunaviy o‘quv dasturga ayrim o‘zgartirishlar kiritish mumkin bo‘ladi. Fan darsliklari va o‘quv-metodik adabiyotlar o‘quv dasturi mazmunidan kelib chiqib yaratiladi
1.O‘quv dasturining tarkibiy qismlari
Fanning o’quv dasturi tuzilishi:
1.Dars va soat taqsimoti
2.Nutq mavzusi
3.Leksik minimum
4.Grammatik mavzu
5.Adabiy o’qish
6.Nazorat turi
2.O‘quv adabiyotlari turlari
O‘quv adabiyotlari, avvalo, ikki turga: bosma va elektron adabiyotlarga bo‘linadi. Ta’lim turlarining har bir bo‘g‘ini uchun asosiy darsliklar va o’quv qo‘llanmalar bosma nashr shaklida qo‘llanadi. Mazkur o‘quv adabiyotlari DTS talablariga javob beradigan.
Darslik - davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol hoyasi singdirilgan, muayyan o’quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fanning asoslarini mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta’lim yo‘nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan bosma nashrdagi adabiyot. Har bir ta’lim turning maksad va vazifalarini qamrab olgan, bilim oluvchilarning yoshi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan o‘z darsliklari bo‘ladi. Darslikda nazariy ma’lumotlardan tashqari, amaliy-tajriba va sinov mashklari bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar beriladi.
O‘quv qo‘llanma - darslikni qisman to‘ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo‘yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o‘zlashtirilishini ta’minlovchi, ayrim bob va bo‘limlarni keng tarzda yoritishga yoki amaliy mashq va mashg’ulotlar o‘tishga mo‘ljallangan bosma adabiyot. O‘quv qo‘llanmada muayyan mavzular darslikka nisbatan kengrok yoritiladi.
Lug‘at - aniq, bir tartibda (alifbo yoki tematik) joylashgan so‘zlar (yoki suz
birikmasi, idiomalar va hokazo) to‘plami, ularning mazmuni, ishlatilishi, kelib chiqishi, boshka tildagi tarjimasi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi yoki so‘zning tushunchasi, u bilan belgilanuvchi predmetlar haqida axborot beruvchi qo‘llanma. Ushbu ma’lumotlar lug‘at maqolasi sifatida beriladi.
Izohli lug‘atlar - so‘zlarning mazmunini izohlaydigan, har bir so‘zning grammatik, etimologik va stilistik tavsifi berilgan, ularni qo‘llashga oid misollar va
boshqa ma’lumotlar keltirilgan, qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalaniladigan qo‘llanma.
Ma’lumotnoma - foydalanishga kulay shaklda yaratilgan muayyan fanni yoki ta’lim yo‘nalishini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan, isbot talab qilmaydigan ma’lumotlar, ilmiy ko‘rsatkich va o‘lchamlar, turli belgi va raqamlardan, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, amaliy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi qisqa ma’lumotlardan tashkil topgan asar. Ma’lumotlar to‘plamida bir qator muhim ilmiy-amaliy masalalarni yechish namunalari keltirilishi mumkin.
Ma’ruzalar to‘plami - muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha undagi ayrim mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar ko‘rsatilgan, o‘zini o‘zi nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltirilgan, davriy ravishda ilmiy-tadqiqot izlanishlar asosida yangilanib turiladigan, ta’lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi bo‘yicha chiqariladigan kichik adadli tarqatma material.
Metodik qo‘llanma - professor-o‘qituvchilar va ta’lim oluvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bir darsning maqsadi, dars o‘tish vositalari va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida tavsiyalar bayon qilinadigan, ta’lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan bosma nashr.
Dayjest - ilmiy, ilmiy-uslubiy, o‘quv, davriy adabiyotlar, hukumat va turli tashkilotlar faoliyatiga tegishli qonunlar, qarorlar, Nizomlar mazmunining qisqacha bayoni va sharhi keltirilgan, sohalarga oid ma’lumotlar to‘plami sifatida foydalaniladigan doimiy nashr.
Elektron o‘quv adabiyotlar
Elektron darslik - kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘lib:
- o‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda;
- o‘quv materiallar verbal (matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklda;
- multimedia (multimedia - ko‘p axborotli) qo‘llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o‘lchamli grafik ko‘rinishda, ovozli, video, animatsiya va verbal (matn) shaklda bo‘ladi.
Ma’lumotlar banki – axborot texnologiyalarning imkoniyati va vositalari asosida yaratilgan, statik va dinamik rejimda tuzilgan, tovush va rangli tasvirlar bilan ta’minlangan, katta hajmdagi axborotlarni o‘z ichiga qamrab olgan va ularni turli ko‘rinishda (jadval, diagramma, gistogramma, matn, rasm va hokazo) bera oladigan, o‘quv jarayonida bilim oluvchilar tomonidan o‘z ustida mustaqil ishlashi va o‘z bilimlarini nazorag qilishi uchun qo‘llaniladigan, doimiy ravishda to‘ldirib boriladigan, keng doirada foydalanishga mo‘ljallangan, tegishli vakolatli davlat tashkilotida qayd etilgan sohalar bo‘yicha ma’lumotlar to‘plami.
sElektron o‘quv adabiyotlari ta’lim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ko’proq chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha yaratiladi. O‘quv adabiyotlarning mazmuni bilim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash olingan bilimlarni bosqichma-bosqich boyitish, mukammallashirib borish, mustaqil ta’lim olish, yangi bilimlarni o‘quv adabiyotlardan izlab topish ko‘nikmalarini hosil kilishni ta’minlashi kerak.
Download 20,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish