Tayyorladi: Jamolova X
Mavzu: O‘qish darslarida she’r o‘tish uslubiyoti
Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarini tashkil qilish
O’qishning o’ziga xos turlari
She’r va uni o’qitishning usullari
She’rni ifodali o’qish va uning shartlari
O`qish faoliyati boshlang`ich sinflarda barcha fanlar tarkibida amalga oshiriladi., lekin o`qishga o`rgatish o`qish darslarining asosiy vazifasidir. Kichik yoshdagi o`quvchini o`qishga o`rgatishda ularning umumiy rivojlanishini, psixologiyasini hisobga olish zarur. Ta`limga ilg`or pedagogik texnologiyalarni olib kirish va eng zamonaviy, takomillashgan o`qitish usullarini qo`llagan holda yuqori samaraga erishish bugungi kunning oldidagi dolzarb vazifalaridan biridir. O`quvchilarni qiziqarli topshiriqlar asosida o`qitish o`qishga o`yin tusini beradi. Bola o`ynab charchamaganidek, o`qib charchaganini sezmaydi. O`qishga qiziqmaydigan, darslarga kelib-kelmaydigan o`quvchilar ham o`yinga qiziqadi. Darslarda turli o`yin mashg`ulotlarini tashkil etish bu o`quvchilarda ham qiziqish uyg`otadi.
She`r ohang jihatdan ma`lum bir tartibga solingan, his-tuyg`u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She`riy nutqni ohang jihatdan ma`lum bir tartibga solish vositalari ritm(bir-biriga monand kichik bo`laklarni izchil va bir me`yorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keldigan ohangdosh so`zlar) hisoblanadi.
She`rni o`qiganda kichik yoshdagi o`quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetic tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega.
Boshlang`ich sinflarda she`r tarzda yozilgan hikoyalar, ertaklar, ya`ni she`riy asarlar va lirik she`rlar o`qitiladi.
To`g`ri o`qish tushinarli qilib xatosiz o`qishdir. Ma`lumki ayrim o`quvchilar ko`pincha ba`zi xarflarni tushurib, bog`inlar, so`zlarning o`rnini o`zgartirib o`qiydilar. Bunday xatolarga yo`l qo`ymasliklari uchun qiynalib o`qiydigan o`quvchilarga katta xajmdagi matnlarni qismlarga bo`lib o`qishni tavsiya qilish anchagina yengillik yaratadi.
Ongli o`qish jaroyonida o`qilayotgan matnni tushunib, asosiy maqsadni uqib, asardagi ayrim o`z va ko`chma ma`noli so`zlarni izohlash, bunday so`zlar ishtirokida gaplar tuzish, tuzilgan gaplarni mazmun tomondan jamlab, kichik hikoya hosil qilish, matnning tugallangan qismidagi asosiy fikrni topish mashqlarini tez-tez o`tkazish, matndagi tabiat tasvirini, insonlarning yaxshi-yomon odatlarini misollar yordamida, asardagi voqealarga bog`lab gapirib berish maqsadga muvofiq.
O`qish tezligini oshirish ancha murakkab jarayonlarini o`z ichiga oladi. Bola tez o`qiyman deb shoshiladi,natijada xatolarga yo`l qo`yadi. O`qituvchi bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarda yaxshi kayfiyat uyg`ota olishi, sinfda yaxshi muhit yaratishi, har bir bolada “To`g`ri va ravon o`qiy olaman” degan ishonchni uyg`otishi lozim.
1. Jonli savatcha. Abduraxmon Akbar, 14-15-betlar
2. Kitob. Po’lat Mo’min, 25-bet
3. Bahor keldi. Shukur Sa’dulla, 40-bet.
4. Tekinxo’r. Anvar Obidjon, 43-bet
5. Non olib keldim. Po’lat Mo’min,45-bet
6. Oylar kelar ketma-ket. DilnavozNajimova, 48-bet.
7. Raqamlar bo’ylab sayohat. Kavsar Turdiyeva, 51-bet.
8. Topishmoqli she’r. Orif Tolib, 56-bet
9. Oy. Abdulla Po’latov, 69-bet.
1-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligida jami 17ta she'r berilgan bo'lib, ularda 12 donasi lirik she’r, 5 donasi esa epik she’rdir.
Lirikada mavjud obʼyektiv voqelikdan koʻra ijodkor shaxsining his-tuygʻulari, qalb kechinmalari, lirik qahramonning ichki dunyosi birinchi oʻrinda turadi. Barcha ifoda shoirning "men"i orqali oʻtadi.
Boshlang`ich sinflarda she’rni o`qiganda kichik yoshdagi o`quvchilar tabiat va jamiyat voqea hodisalarni poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. Boshlang`ich sinflarda she’r tarzida yozilgan hikoyalar, ya`ni she’riy hikoyalar o`qitiladi.
She’riy hikoyada (epik she`rlarda) syujet yangi voqealar sistemasi va uning rivoji xarakterlidir.
Lirik she'r
Epik she'r
Lirik she'r
Epik she’r
E’tiboringiz uchun rahmat
Jamolov X
Do'stlaringiz bilan baham: |