Optik disleksiyani bartaraf etish



Download 12,71 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi12,71 Kb.
#797430
Bog'liq
Optik disleksiyani bartaraf etish-hozir.org


Optik disleksiyani bartaraf etish

Optik disleksiyani bartaraf etish
Reja:
1. Optik disleksiyani bartaraf etishda logopedik ish.
2. Optik disgrafiyani bartaraf etishda logopedik ish.
Optik disleksiya –grafik jihatdan o’xshash harflarni o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar natijasida kelib chiqadi. Optik disleksiyada bolalar yozuvi jihatdan o’xshash harflarni almashtiradilar. Ularda ko’ruv analiz sintezi buzilgan bo’ladi. Masalan shakli va yozilishi bilan o’xshash xarflarni d-b,q-p, t-f,j- i.
Optik disgafiya – ko’rish orqali tasavvur etishning mustahkam emasligi bilan bog’liqdir. Bunda kishi ma’lum harflarni anglamaydi bu harflar talaffuzidagi tovushga mos kelmaydi. Harflar turli paytlarda xar hil qabul qilinadi. Ko’rish qobiliyatining notekisligi oqibatida ular yozuvida aralash –quralash bo’ladi.
Optik disleksiya va disgrafiyani bartaraf etish
Ko'rish idrokini rivojlantirish, ranglar, shakllar va miqdor, o'lchamni bilish (ko'rish gnozisi).
Ko'rish xotirasi hajmini kengaytirish, aniqlash va rivojlantirish
Ko'rish analiz va sintezini rivojlantirish.
Fazoviy tasawurlami shakllantirish
Predmetli ko'ruv gnozisni rivojlantirish maqsadida quyidagi topshiriqlar tavsiya etiladi: tasvirdagi predmetlar konturini aytish, tasvirlangan konturni chizish, tasvirlangan konturni ajratish.
Ko'ruv gnozisini rivojlantirish jarayonida harflarni bilish (harfgnozisi) topshiriqlari ham berib boriladi. Masalan: harflar ichidan ma’lum harfni topish; harflarni nomlash va yozish; bosma va yozma shrift hilan yozilgan harflarni taqqaslash; qo'shimcha chiziqlar chizib o'chirilgan harflarni aytish yoki yozish; noto'g'ri joylashgan harflarni aniqlash; harflarni yetishmagan elementlarini to'ldirish.
Optik disleksiya va disgrafiyani bartaraf etish uchun bolalarning shakl, rang, hajm haqidagi tasavvurlarini aniqlashtirish bo‘yicha ish olib boriladi. Logoped bir qator shakllarni ko'rsatadi (aylanma, oval, kvadrat, to‘g‘ri burchakli uchburchak, romb, yarim aylana), rangi va hajmi jihatidan farqni so'raydi hamda bolalarga bir-xil rangdagi, bir-xil shakl va hajmdagi, turli shakl va rangdagilarni ajratishni taklif etadi.
Ko'ruv xotirasini rivojlantirish uchun quyidagi ish turlaridan foydalanshi mumkin:
"Nima yo’q? o‘yini. Stolga 5—6 predmet rasmlari qo'yiladi, bolalar shu rasmlarni ko'zdan kechirib bo'lgach eslab qolishlari lozim. So'ng qo‘yilgan rasmlardan bittasi bolalarga bildirilmay olib qo'yiladi. Bolalar rasmni qayta ko'rib chiqib, qaysi rasm yo'qligini aytishlari kerak. Bolalar 4—6 ta rasmni eslab qoladilar, so'ng 8—20 ta rasm ichidan shu rasmlarni ajratib berishlari kerak. Harflar, raqamlar yoki shakllarni (3-5 ta) bolalar eslab qoladilar, so'ng ularni boshqalar ichidan ajratib beradilar. “Nima o'zgardi?" o’yini. Logoped 4-6 ta rasmni qo'yadi, bolalar esa ularning joylanishi ketma-ketligini eslab qolishlari kerak. So'ng logoped bolalarga bildirmay ular o’rnini almashtirib qo'yadi. Bolalar qaysi rasmning joyi o'zgarganini aytishlari va ularni asli joyiga qo'yishlari kerak.
Fazoviy tasavvurni shakllantirish jarayonida quyidagilarni: fazoviy idrok va fazoviy tasavvurni ontogenezda shakllanish izchilligi va xususiyatini, optik-fazoviy gnozis va praksisning psixologik tuzilish va ularning disleksiya va disgrafiya bilan xastalangan bolalardagi holatni hisobga olish zarurdir
Fazoviy mo'ljal bir-biriga o'zaro bog'liq bo'lgan mo'ljalning ikki turini o'z ichiga oladi: o'z tanasiga nisbatan, fazoviy muhitga nisbatan mo'ljal olish.
Nutqiy fazoviy ajratish birmuncha qiyin rivojlanadi. Demak, o'ng va chapni ajratish awal I-signal sistemasida, keyinchalik esa rivojlanib borayotgan 2-signal sistemasi bilan birgalikda amalga oshadi. Bolaning fazoviy muhitni mo'ljal olishi ham ma’lum izchillikda rivojlanadi. Dastlab bola predmetning holatini o'zining o'ng va chap qo'liga yaqinligiga qarab ajratadi. Bolaning oldida bevosita turgan predmetni o'ng va chap tomonlarini ajratish kechroq rivojlanadi. Ayniqsa, bolaga uning qarshisida turgan odamning o'ng va chap tomonlarini ajratish juda mushkul, chunki bola o'zini boshqa fazoviy holatda o'tirganini anglashi lozim.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi, ya’ni, 3-3,5 yoshdagi bolalar o'zlarini o‘ng va chap qo'llarini yaxshi ajratadilar. O‘ng qo‘l bilan doimiy ishlarni bajarish natijasida bosh miya po‘stlog‘ida qurish-harakat bog‘[anishlari yuzaga keladi. Bu esa o‘ng qo'lni yetakchi bo'lishiga olib keladi. Chap qo'lni ajratish esa o'ng qo‘l asosida yuzaga keladi. Bola o'zining qo'llarini his qila borib, keyinchalik esa tanasini o'ng va chap qismlarini ajratishga o'rganadilar.
Bolalaro'zlarini o'ng qo'llari bilan ko'p ishlar qiladilar, lekin nutqda ajrata olmaydilar.
Savodga o‘rgatishning tayyorgarlik davrida quyidagi ishlar olib boriladi:

  • Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish va so‘zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarini aniqlash va shakllantirish;

  • Unli va undosh tovushlar haqida tushuncha berish;

  • Jarangli va jarangsiz tovushlarni ajratishga o‘rgatish asosida fonematik idrokni va tasavvurni rivojlantirish;

  • Oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish:
    a/ Gapni so‘zlarga bo‘lish, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish;
    b/ ma’lum tovushlarni o‘rnini aniqlash (so‘zning boshida, o‘rtasida va oxirida);
    v/ so‘zda tovushlar ketma-ketligi va sonini aniqlash;
    g/ tovushlardan bo‘g‘inlar, so‘zlar tuzishga o‘rgatish;
    d/ tovushlarni eshitishda farqlashga o‘rgatish.

Yozma nutqning funksional negizini yaratishga yo‘naltirilgan ish tizimi bolani savodga o‘rgatish ishlaridan avval amalga oshirilishi va quyidagi yo‘nalishda olib borilishi lozim:



  • Og‘zaki nutqni rivojlantirish. Yozma nutqni egallash uchun zarur nutqiy malaka va funksiyalarni rivojlantirish. U og‘zaki nutq malakalarini butun kompleksini rivojlantirishni qamrab olgan:
    A) Nutqni fonetik-fonematik tomonini anglashni shakllantirish. O‘yin va didaktik mashqlar yordamida bolaga uni o‘rab turgan nutqiy muxitni faqatgina mazmuniy fragmentlarga emas, alohida tovush komplekslari: so‘zlar, bo‘g‘inlar va tovushlarga ajratish mumkinligini tushuntirish. “So‘zning ohirini top”, “Qaysi so‘z yashiringan?”, “Qaysi tovush tushib qolgan?” kabi o‘yinlarni qo‘llash mumkin. Paronim so‘zlarga rasmlar topish orqali esa bolalar alohida tovushlarni so‘z ma’nosidagi o‘rnini anglaydilar;
    B) Eshituv diqqatini rivojlantirish. Bu maqsadda “Kimning ovozi?”, “Nima chalyapman”, “Kimligini tinglab top” kabi o‘yinlar qo‘llanadi. Bolalar ohangning mazmuniy ahamiyatini tushunishga o‘rgatiladi.
    V) Fonematik idrokni takomillashtirish va to‘g‘ri fonematik tasavvurlarni shakllantirish. Bu yo‘nalishda bolalarda to‘g‘ri talaffuzni shakllantirish bilan bir vaqtda eshitilishi va talaffuziga ko‘ra bir-biriga o‘xshash tovushlarni alohida va so‘zlarning tarkibida ajratish va farqlashga o‘rgatiladi. Shu bilan birga turli grammatik shaklda berilgan so‘zlar ustida ish olib boriladi. Masalan, bolaga kitob va kitoblar chizilgan rasmlarni, qiz qalamni chizayotgan va qalam bilan chizilayotgan rasmlarni ko‘rsatish so‘raladi.

  • Кo‘ruv-fazoviy idrok va ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlantirish. Tadqiqotimiz asosida ko‘rgazmali-obrazli va konstruktiv tafakkurni yuqori darajada rivojlantirish yozma nutq buzilishlarini oldini olishda katta ahamiyatga egaligini aniqladik. Mazkur bo‘lim quyidagi asosiy yo‘nalishlarga ega:
    A) Perseptiv va konstruktiv topshiriqlarni bajarishda fazoviy mo‘ljal olish bosqichi ustida ishlash. Bolani tasvir va qurilmalarni tartib bilan izchil ravishda tahlil etishga o‘rgatiladi. Tasvir yoki shaklni asosiy, birlamchi elementlari, mashg‘ulotlarning dastlabki bosqichida shablonlar yordamida predmetli xatti-harakatlar tarzida, keyingi mashg‘ulotlarda esa tafakkur asosidagina ajratish va farqlashga o‘rgatiladi.
    B) Sensor etalonlar bilan ishlash va unga mos so‘zli tushunchalarni egallash: asosiy geometrik shakllar, o‘lchamlar, fazodagi joylashuvini bildiruvchi tushunchalar va h.k. Buning uchun “Ta’rifi asosida top”, “Rassom nima chizganini top” o‘yini, turli geometrik shakllar yig‘indisidan iborat tuzilmani eslab qolishga qaratilgan o‘yinlar qo‘llaniladi.
    V) Ko‘ruv obrazlarini tafakkur asosida joydan joyga ko‘chirish va transformatsiyalash malakalarini rivojlantirish.

  • Tasviriy-grafik qobiliyatlarni shakllantirish. Korreksion ish ikki yo‘nalishda olib boriladi. Birinchi yo‘nalish grafomotor malakalarni rivojlantirishga va ikkinchi yo‘nalish grafik simvolizatsiyani o‘zlashtirishga qaratiladi. Korreksion ish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
    A) geometrik shakllarni kontur bo‘yicha shtrixlash va chizish, namunadan ko‘chirish;
    B) Tugatilmagan rasmlarni yakunlash;
    V) “Kim diqqatliroq?” o‘yini – naturadan chizishda imkon boricha ko‘proq detallarni tasvirlash;
    G) Rasmdagi yetishmaydigan detallarni chizish({B}dan farqli ravishda rasmlarda faqat ba’zi detallargina yetishmaydi);
    D) Shakl yoki bir necha shakllar yig‘indisini eslab qolib chizish;
    Ye) Harf va so‘zlarni shablonlar yordamida yozish. Selluloid yoki pleksiglasdan yozma shrift uchun shablonlar tayyorlanadi va bola ular orqali avtomatlashgan kinemalar, ya’ni harflarni tasvirlash uchun malakaviy xatti-harakatlar ustida ishlaydi.

  • Bolaning suksessiv qobiliyatlarini rivojlantirish. Hodisalarning vaqtinchalik ketma-ketligini analiz qilish, eslab qolish va qayta ifodalashni rivojlantiruvchi mashqlar barcha (ko‘ruv, eshituv, harakat va kinestetik) analizatorlar faoliyatiga yo‘naltirilishi joiz. Bu maqsadda quyidagi mashqlarni qo‘llash mumkin:
    A) harakatlar seriyasini eslab qolib takrorlash (“musht-qovurg‘a-kaft” va h)
    B) Ritmlarni eshituv va grafik namuna asosida qayta ifodalash. Mazkur topshiriqlarni “Telegrafist” o‘yini ko‘rinishida amalga oshirish mumkin.
    V) Raqamlar, tovushlar, harflar, so‘zlar qatorini eslab qolib qayta ifodalash. Topshiriq qayta ifodalanuvchi qatorlarni uzaytirish yoki namunani teskari ketma-ketlikda qayta ifodalash bilan murakkablashtiriladi.
    G) hafta kunlari, oylar, yil fasllari va h.k.larni to‘g‘ri, teskari yoki ixtiyoriy ketma-ketlikda avtomatlashgan holda qayta ifodalash ustida ish olib borish;
    D) “Taklif etilgan tartiblash prinsipi asosida qatorni davom ettirish” mashqi;
    Ye) ketma-ketligi bo‘yicha farq qiluvchi shakllar seriyasini eslab qolish;
    J) “Nima o‘zgardi?” o‘yini – bola test materiali (shakllar seriyasini ketma-ketligi)ni eslab qolgandan so‘ng logoped mazkur ketma-ketlikni bir yoki bir necha o‘zgarishlar bilan ko‘rsatib, nima o‘zgarganini so‘raydi.

  • Diqqatni jamlash, taqsimlash va ko‘chirish qobiliyatlarini rivojlantirish. Mazkur yo‘nalishdagi korreksion ishda eshituv modalligiga ham, ko‘ruv modalligiga ham qaratilgan mashqlarni kiritish va asosiy e’tiborni diqqatni ihtiyoriy nazorat qilishni rivojlantirishga qaratish joiz. Bu maqsadda quyidagi mashqlar taklif etiladi:
    A) Diqqat turg‘unligini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar – ko‘zmunchoqlarni uzoq muddat saralash va ipga terish, “Kim kim bilan telefonda gaplashyapti? ”, “Kim kimnikiga mehmonga ketyapti? ” kabi o‘yinlar.
    B) Diqqatni ko‘chirish ko‘nikmasi - mualliflarning fikricha “birgalikdagi sanash” yordamida samarali rivojlantiriladi. Bunda rasmdagi boshqa predmetlarga e’tibor bermagan holda undagi ikki xil tasvir (belgi)lar miqdorini aniqlash talab etiladi;
    V) Diqqatni ixtiyoriy ko‘chirish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida quyidagi topshiriqlardan foydalaniladi: hisob raqamlari bilan aralashtirilgan alfavitni o‘qish( a, 1, b, 2, v, 3 va h.k.), qizil va qora raqamli Shulte jadvallaridan 1dan 25gacha bo‘lgan bir xil (qizil yoki qora) rangdagi raqamlarni topish va b.q.;
    G) Reaksiyaning tezligi va aniqligini rivojlantirish hamda takomillashtirish maqsadida o‘quvchiga bir qator shakllar ko‘rsatilib, ularning har biriga shartli raqam beriladi. Bola ularni eslab qolgandan so‘ng ekranda tez paydo bo‘luvchi shakllarni daftariga ularga berilgan shartli raqamlar ko‘rinishida yozib olishi joiz.


http://hozir.org
Download 12,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish