Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha javobgarlik



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

5. Oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha javobgarlik,
shartnomaning bekor bo'lish asoslari. Yashirin shirkat
Agar oddiy shirkat shartnomasi uning ishtirokchilari tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lmasa, umumiy shartnoma 
majburiyatlari yuzasidan har bir sherik o'zining umumiy ishga qo'shgan 
hissasi qiymatiga mutanosib ravishda butun mol-mulki bilan javobgar bo'ladi. 
540



O ddiy shirkat shartnom asidan k elib ch iqm agan u m u m iy 
majburiyatlar bo'yicha sheriklar solidar javobgar boiadilar.
Agar oddiy shirkat shartnomasi ishtirokchilari tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshirish bilan bog'liq bo'lsa, sheriklar umumiy majburiyatlar 
bo'yicha ularning yuzaga kelish asosidan qat’iy nazar, solidar javobgar 
boiadilar.
Oddiy shirkat shartnomasi ishtirokchilarining javobgarligi quyidagi 
holatlar bilan aniqlanadi:
a) amalga oshirilayotgan faoliyat (tijorat yoki notijorat) xarakteri 
bilan;
b) fuqarolik-huquqiy javobgarlikning o'ziga xos choralari va ularni 
qo'llash asoslari bilan (shartnomasiz javobgarlik, bitimlar yuzasidan 
uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik);
v) oddiy shirkat faoliyatini tugatish fakti bilan. Sheriklar tomonidan 
ularning birgalikdagi faoliyati natijasida olingan foyda, agar oddiy shirkat 
shartnomasida yoki sheriklarning boshqa kelishuvida o'zgacha tartib 
nazarda tutishmagan bo'lsa, sheriklarning umumiy ishga qo'shgan hissalari 
qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Sheriklardan birortasini 
foydada ishtirok etishdan chetlatish to'g'risidagi kelishuv o'z-o'zidan 
haqiqiy emas.
Oddiy shirkat shartnomasi FKning 970-moddasida ko'rsatilganidek, 
quyidagilar oqibatida bekor bo'ladi:
- sheriklardan birortasi muomalaga layoqatisiz, muomala layoqati 
cheklangan yoki bedarak yo'qolgan deb e’lon qilinganda, agar oddiy 
shirkat shartnomasida yoki keyingi kelishuvda qolgan sheriklar o'rtasidagi 
munosabatlarda shartnomaning saqdanib qolishi nazarda tutilmagan bo'lsa;
- sheriklardan birortasi nochor (bankrot) deb e’lon qilinganda (ushbu 
moddaning ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgani bundan mustasno);
- sherik vafot etganda yoki oddiy shirkat shartnomasida ishtirok 
etayotgan yuridik shaxs tugatilganda yoxud qayta tashkil etilganda, 
agar shartnomada yoki keyingi kelishuvda qolgan sheriklar o'rtasidagi 
munosabatlarda shartnomaning saqdanib qolishi yoxud vafot etgan 
sherikning (tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning) uning 
merosxo'rlari (huquqiy vorislari) bilan almashtirilishi nazarda tutilmagan 
bo'lsa;
- nomuayyan muddatga tuzilgan oddiy shirkat shartnomasida sherik- 
ishtirokchi bundan buyon shartnomada ishtirok etishdan voz kechganda 
(ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgani bundan mustasno);
- muayyan muddatga tuzilgan oddiy shirkat shartnomasi bo'yicha


sheriklardan birining talabi bilan o'zi va qolgan sheriklari o'rtasidagi 
shartnoma munosabatlari muddatidan oldin bekor qilinganda (ushbu 
moddaning ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgani bundan mustasno);
- oddiy shirkat shartnomasining muddati o'tganda;
- sherikning ulushi uning kreditori talabi bilan ajratilganda (ushbu 
moddaning ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgani bundan mustasno);
- FKda yoki shartnomada ko'rsatilgan boshqa asoslarda.
Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo'lganda sheriklarning umumiy 
egaligiga va (yoki) foydalanishiga berib qo'yilgan ashyolar, taraflarning 
kelishuvi bilan boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ularni berib 
qo'ygan sheriklarga haq to'lamasdan qaytariladi.
Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo'lgan paytdan boshlab uning 
ishtirokchilari uchinchi shaxslarga nisbatan bajarilmagan umumiy 
majburiyatlar bo'yicha solidar javobgar bo'ladilar.
Sheriklarning umumiy ulushli mulkida turgan mol-mulkni va ularda 
yuzaga kelgan umumiy talab qilish huquqlarini taqsimlash Fuqarolik 
kodeksining 223-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Umumiy ulushli mulkka xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyoni 
qo'shgan sherik oddiy shirkat shartnomasi bekor bo'lganda, qolgan 
sheriklar va kreditorlarning manfaatlariga rioya etilishi sharti bilan bu 
ashyoning o'ziga qaytarilishini talab qilishga haqli.
Oddiy shirkat shartnomasida uning mavjudligini uchinchi shaxslarga 
ma’lum qilmaslik (yashirin shirkat) nazarda tutilishi mumkin
Bunday shartnomaga nisbatan, agar ushbu moddada boshqacha 
tartib nazarda tutilmagan bo'lsa yoki yashirin shirkat mohiyatidan kelib 
chiqmasa, oddiy shirkatga oid qoidalar qo'llaniladi. Yashirin shirkatda 
har bir a’zo uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda o'z nomidan 
qatnashadi va o'zi tuzgan bitimlar uchun (garchi shirkat manfaatlarini 
ko'zlab tuzgan bo'lsa ham) shaxsan o'zi javob beradi. Yashirin shirkatda 
shirkatning mavjudligi boshqa uchinchi shaxslarga oshkor qilinmaydi. 
Biroq bunday oshkor etmaslik huquqqa xilof bo'lmasligi shart. Agarda 
shirkat a’zolari, masalan, soliqlar to'lash, ro'yxatdan o'tishdan qochib 
faoliyat yuritishgan bo'lsa, tegishli huquqiy javobgarlikka sabab bo'ladi. 
Yashirin shirkat a’zolari boshqa subyektlar bilan bo'lgan munosabatlarda 
shirkatning mavjudligini oshkor etishsa, u holda shirkat majburiyatlari 
bo'yicha umumiy javobgarlik vujudga keladi.



Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish