Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha taraflarga



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

2. Oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha taraflarga 
qo'yiladigan talablar
Oddiy shirkat shartnomasida faqat yakka tadbirkorlar, shuningdek, 
foyda olishni o'z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan tijorat tashkilotlari 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat 
shartnomasining taraflari (ishtirokchilari) bo'lishlari mumkin (FKning 
962-moddasi). Demak oddiy shirkat shartnomasida taraf sifatida ishtirok
1 Брагинский M, Витрянский В. Договорное право. М:, Статут, 1Э97.С. 322-323.


etadigan taraflar uchun alohida talab qo'yilgan. U ham bo'lsa, ularning 
tadbirkorlik subyektlari bo'lishgidir.
O'zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining 
kafolatlari to'g'risida”gi qonunning2 4-moddasiga asosan, tadbirkorlik 
faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda 
ro'yxatdan o'tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan 
yuridik va jismoniy shaxslardir.
Tadbirkorlik qonunchiligida belgilangan tadbirkorlik faoliyati 
subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan 
tavakkal va o'z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga 
qaratilgan tashabbuskor faoliyatdir1.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, 
shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi qonun hujjatlarida 
man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining subyektlari bo'lishi 
mumkin emas.
Tadbirkorlik subyektlari jismoniy va yuridik shaxslar bo'lishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati va 
yuridik shaxs tuzgan holdagi tadbirkorlik faoliyatini o'z ichiga qamrab 
oladi. Oddiy shirkat aynan yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish 
jarayonida tuzilishi mumkin. I.UJanaydarov yakka tartibdagi tadbirkorlik 
faoliyatini shaxsiy tadbirkorlik va birgalikdagi tadbirkorlik turlariga 
bo'ladi2.
Jismoniy shaxslar belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tgandan 
so'ng yakka tadbirkor maqomini qo'lga kiritadilar. Ularni davlat 
ro'yxa tid an o'tkazish tartibi O 'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan 
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish, hisobga qo'yish 
va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to'g'risida” gi nizom3 
va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini 
davlat ro'yxatiga olish va hisobga qo'yishning xabardor qilish tartibini 
joriy etish to'g'risida”gi 24.05.2006-yilgi n pq-357-sonli qarori4 bilan 
belgilangan.
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonunning
1 Зокиров И. Баратов М. Тадбиркорлик: манфаат ва масъулият. -Т.: Адолат. 2002. 
-4 6.
2 Гражданское право. Т. 1. Отв.ред. М.К.Сулейменов, Ю.Г.Басин. -Алматы.: КазПОА. 
2000. -372 б.
3 Узбекистан Республикаси к;онун хужжатлари туплами, 2003, 15-16-сон, 130-модда.
4 Узбекистан Республикаси крнун хужжатлари туплами, 2006, 20-21-сон, 174-модца.


7-moddasiga asosan, jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan 
holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini quyidagi:
-er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga 
oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;
-oddiy shirkat;
-yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo'jaligi shakllarida 
amalga oshirishlari mumkin.
Jismoniy shaxslar faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar tariqasida 
davlat ro'yxatidan utganlaridan keyin ular birgalikdagi tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasi 
taraflari bo'lishlari mumkin.
Dunyo miqiyosida yakka tadbirkorlik iqtisodni rivojlantirishda 
muhim o'rin egallaydi. Bundan mamlakatimiz iqtisodi ham mustasno 
emas. Statistik maiumotlarga e ’tibor beradigan bo'lsak, birgina 2005 
yilga kelib, iqtisodiyotning kichik sektorida 6236,2 ming kishi bandligi 
ta’minlandi. Bu mamlakatimiz iqtisodiyotida band aholining 64% tashkil 
etadi degani. Shundan 51% yakka tadirkorlar hisoblanadi1.
Oddiy shirkat shartnomasining tarafi sifatida ishtirok etadigan yana 
bir subyekt bu — yuridik shaxslardir. Yuridik shaxslaming g'uquqiy 
maqomi FK va maxsus qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Ular qonunda 
belgilangan tartibda oddiy shirkat shartnomasining ishtirokchilari bo'lishlari 
mumkin.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish