Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-bob. O D D IY S H IR K A T S H A R T N O M A S I



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

53-bob. O D D IY S H IR K A T S H A R T N O M A S I
1. Oddiy shirkat tushunchasi, huquqiy belgilari, va uning 
o'ziga xos xususiyatlari.
Oddiy shirkat mamlakatimiz qonunchiligi uchun yangi emas. Bunday 
shartnoma qadimdan mamlakatimiz hududida qo‘lianib kelingan. Bu 
shartnoma turi musulmon huquqi qonunchiligida juda yaxshi ishlangan 
va muvaffaqiyatli qo‘llanilganligi qadimgi manbalardan ma’lum. Bunday 
manbalardan biri — “ Muxtasar”dir. Ushbu kitobda oddiy shirkat 
“sheriklik” nomi bilan ataladi. “Shirkati taqabul” ' da bir turli hunami 
birga qo‘shilib bajarishga shart qilishib, ishlashda hamda ishni qabul 
qilib olishdagi sheriklik oddiy shirkat tushunchasiga to'g'ri keladi. Unda 
har bir harakat, foydani taqsimlash va boshqa masalalarni birgalikda 
sheriklar kelishuviga asosan amalga oshirilishi aniq misollar orqali ochib 
berilgan.
Oddiy shirkat shartnomasi o'tmishda birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi 
shartnoma nomi bilan atalib kelingan. Oddiy shirkat shartnomasi ko'p 
tomonlama bitimlardan bo'lib, bunga asosan ishtirokchilar deb ataluvchi 
ikki yoki undan ortiq shaxs foyda olish maqsadida, qonunga zid bo'lmagan 
umumiy xo'jalik yuritish uchun o'z hissalarini qo'shib, yuridik shaxs 
tuzmasdan, birgalikda ish qilish majburiyatini oladilar. Oddiy shirkat, 
shartnomasida ishtirok etuvchilar ikki kishidan kam bo'lishi mumkin 
emas.
FKning 962-moddasiga asosan oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi 
faoliyat to'g'risidagi shartnoma) bo'yicha sheriklar (ishtirokchilar) deb 
ataluvchi ikki yoki undan ortiq shaxs foyda olish yoki qonunga zid 
bo'lmagan boshqa maqsadga erishish uchun o'z hissalarini qo'shish va 
yuridik shaxs tuzmasdan birgalikda ish qilish majburiyatini oladilar.
Demak, shartnoma bir necha shaxslarning bir faoliyatni olib borish 
uchun tuzadigan birlashmalari hisoblanadi, lekin bu birlashma yuridik 
shaxs maqomiga ega bo'lmasdan faoliyat yuritadi. Shu sababli muayyan 
harakat qiluvchi ishtirokchilarning har biri yuridik shaxsdan farqli o'laroq 
munosabatda ishtirok etish jarayonida o'z subyektliligini saqlab qolish 
bilan xarakterlanadi. Ya’ni, yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan shaxslar 
birlashmalarida munosabatda ishtirok yagona subyekt orqali amalga 
oshirilsa (bu yerda yuridik shaxs mavxum tushuncha bo'lib, o'z-o'zidan


undagi ishtirokchilar munosabatda ishtirok etsalar-da, o'z nomlaridan 
munosabatga kirishmaydi. Aksincha, ular yagona subyekt boigan yuridik 
shaxs nomidan harakat qiladigan va yuzaga kelgan huquq va majburiyat 
ham ular uchun emas, yuridik shaxs uchun vujudga keladi) oddiy shirkatda 
vujudga kelgan huquq va majburiyat oddiy shirkat taraflari uchun vujudga 
keladi.
O d d iy shirkat shartnom asi boshqa fu q a rolik h u qu qiy 
shartnomalaridan o'z predmeti, taraflari, maqsadi bilan farqlanadi. 
Bunday farqlardan yana biri sivilist olimlar tomonidan shartnoma]arni 
turli jihatlariga ko'ra turkumlash jarayonida yanada yaqqolroq ko'rinadi.
X.Rahmonqulovning fikricha, shartnomali majburiyatlar tarkibida 
mulkiy munosabatlar o'z xususiyatlariga ko'ra quyidagi guruhlarga 
boiinadi:
a) mol-mulkni yoki boshqa ashyoviy huquqqa boigan mulk huquqini 
boshqa shaxsga o'tkazish bilan bog'liq munosabatlardan kelib chiqadigan 
majburiyatlar;
b) mol-mulkni foydalanish uchun boshqa shaxsga topshirish bilan 
bog'liq munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlar;
v) ishni bajarish bilan bog'liq munosabatlardan kelib chiqadigan 
majburiyatlar;
g) xizmat ko'rsatish bilan bog'liq munosabatlardan kelib chiqadigan 
majburiyatlar;
d) vakillik faoliyati bilan bog'liq munosabatlardan kelib chiqadigan 
majburiyatlar;
e) tashkiliy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlar1.
M u allif od d iy shirkat shartnom asini ta sh k iliy-h u q u q iy
munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlar turkumiga kiritadi.
O.S.Ioffe shartnomalarni yanada maydalashgan holda:
— mol-mulkni haq evaziga o'tkazish bo'yicha shartnomalar;
— mol-mulkni mulk sifatida yoki foydalanishga tekin berish bo'yicha 
majburiyatlar;
— ishlar bajarish bo'yicha majburiyatlar;
— xizmatlar ko'rsatish bo'yicha majburiyatlar;
— yuk va passajirlar tashish bo'yicha majburiyatlar;
— kredit va hisob-kitob bo'yicha majburiyatlar;
— birgalikdagi faoliyat bo'yicha majburiyatlar;

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish