Mehnatga oid nizolarni sudda ko'rishning protsessual xususiyatlari Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarning taalluqligi va sudlovligi



Download 46 Kb.
bet1/3
Sana01.07.2022
Hajmi46 Kb.
#722771
  1   2   3
Bog'liq
Mehnatga oid nizolarni sudda ko\'rishning protsessual xususiyatlari


Aim.uz

Mehnatga oid nizolarni sudda ko'rishning protsessual xususiyatlari


Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarning taalluqligi va sudlovligi
Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo'yicha bo'lgan ishlar fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari, ya'ni da'vo ishlarini yuritish tartibida ko'riladi. Bunday turkumdagi fuqarolik ishlari uchun qonun bilan belgilan-gan qator xususiyatlar mavjud. Bu xususiyatlar nizoli moddiy-huquqiy munosabat bilan belgilanib, faqat moddiy huquq (mehnat huquqi) me'yorlaridagina emas, balki protsessual huquq me'yor-larida (FPKda) ham nazarda tutilgan. Bu xususiyatlar sudyalar tomonidan mehnat ishlari bo'yicha da'vo arizalarini qabul qilishda, ularni sud majlisida ko'rish uchun tayyorlashda va ish yuritishning boshqa keyingi bosqichlarida ham e'tiborga olinishi kerak.
Sudya bunday ishlar bo'yicha arizalar qabul qilishda FPKning 31-moddasida nazarda tutilgan umumiy qoidaga amal qilib, mazkur ishning sudga taalluqli bo'lish-bo'lmasligini belgilashi lozim. Meh­nat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarni sudga taalluqli bo'lish va bo'lmasligi haqida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi 1998-yil 17-apreldagi plenumi qarori hamda unga kiritil-gan o'zgartirish va qo'shimchalar haqidagi 2002-yil 14-iyundagi plenum qarorida ko'rsatib o'tilgan1.
Nizoning predmetiga va ishda qatnashuvchi subyektlarga qarab, mehnat huquqi me'yorlari bunday ishni hal qilishning har xil tartibini belgilaganini nazarda tutish kerak. O'zbekiston Respub­likasi Mehnat kodeksining 260-moddasida ko'rsatilganidek, meh­nat nizolari bo'yicha xodim mehnat nizolari komissiyasiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqli. Qonunga ko'ra xodim mehnat nizosini hal qilish uchun o'z xohishiga asosan (Mehnat kodeksining 269-moddasi), mehnat nizoli komissiyalariga murojaat etmasdan turib quyidagi hollarda bevosita tuman (shahar) .sttdlarida ish qo'zg'atishga haqlidirlar. Qonun mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyasida ko'rilmagan degan vaj bilan xodimning arizasini ko'-rib chiqishni sudda rad etishga yo'l qo'ymaydi.
Mehnat nizolarini tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida ko'-rish tartibi O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, Fu-qarolik protsessual kodeksi va O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1998-yil 17-apreldagi «Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish, o'zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarni qo'llanishi haqida»gi qarorida va unga 2002-yil 14-iyundagi kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar ha-qidagi plenum qarorida berilgan.
Da'vo arizasini qabul qilishning rad etilishi va mehnat ishi bo'yicha qo'zg'atilgan ishning bekor qilinishi FPKning 152 va 160-moddalarida nazarda tutilgan barcha asoslar bo'yicha amalga oshiriladi. Da'vo arizasi FPKning 145-moddasida ko'rsatilganidek, javobgarning yashab turgan joyidagi tumanlararo, tuman (shahar) sudigaberiladi.
Mehnat haqini undirish to'g'risidagi va mehnat munosabatlari-dan kelib chiqadigan boshqa talablar bo'yicha bo'lgan da'volar yuzasidan xodimlar davlat daromadlariga sud xarajatlarini, bojini to'lashdan ozod qilinadilar. Bunday talablar qanoatlantirilganida sud xarajatlari da'voning qanoatlantirilgan qismiga nisbatan javobgardan undiriladi. Agar da'vo talablari rad etilsa, sud xarajatlari davlat hisobiga o'tkaziladi. Bu holat mehnat huquqiy munosabatla-ridan kelib chiqadigan ishlarni o'ziga xos xususiyatlaridandir.
Sudga, avvalo, mehnat nizolarini ko'rish komissiyasida ko'rilgan nizo bo'yicha ariza tushsa, sud bu masala bo'yicha mehnat nizolarini ko'rish komissiyasi majlisining bayonnomasidan ko'chirma topshi-rilishini talab qilishi lozim.



Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish