Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Шахов В.В. Введение в страхование. -М .: «Финансы и статистика» 1999. -273



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1 Шахов В.В. Введение в страхование. -М .: «Финансы и статистика» 1999. -273
стр.


shaxslarga sug'urta qiluvchilar sifatida boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i 
yoki mol-mulkini yoxud o'zining boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik 
javobgarligini o'z hisobidan sug'urta qilish majburiy sug'urta deb yuritiladi 
(FKning 914-modda, 3- qism).
FKning 922-moddasi, 6- qismiga muvofiq, mol-mulkni sug'urta 
qilish majburiyati qonundan kelib chiqmaydigan, balki mol-mulkning 
egasi bilan tuzilgan shartnomaga yoki m ol-m ulkning m ulkdori 
hisoblanuvchi yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga asoslangan hollarda, 
bunday sug'urta ushbu m oddaning m a’ nosi jihatidan m ajburiy 
hisoblanmaydi va ushbu kodeksning 924-moddasida nazarda tutlgan 
oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
Davlatga tegishli bo'lgan m ulklarni x o'ja lik yoki operativ 
boshqaruvdagi yuridik shaxslarning zimmasiga ushbu mulklarni 
sug'urtalash yuklatilishi mumkin (FKning 922-modda, 5- qism).
Majburiy sug'urta shartnomasi boshqa shartnomalardan sug'urta 
puli, badali maxsus qonunlarga asosan tuzilishi va badal miqdori ham 
qat’iy belgilangan bo'lib, uni faqat sug'urta qildiruvchi tomonidan to'lanishi 
bilan farq qiladi. Hozirda bu turdagi shartnoma, asosan fuqarolarning 
uchinchi shaxs oldidagi javobgarligini majburiy sug'urtalash, kredit 
yuzasidan garovga qo'yilayotgan mulkni majburiy sug'urtalash, garov 
mulkining kreditni qoplash yuzasidan yetmagan qismini sug'urtalash 
qo'llanilmoqda.
Majburiy sug'urta shartnomasining shartlari qonun bilan belgilab 
qo'yilgan bo'lib, ularni ixtiyoriy ravishda o'zgartirish mumkin emas.
Majburiy sug'urta bo'lib ham shaxsiy, ham mulkiy bo'lishi mumkin. 
FKning 922-moddasining 1- qismiga muvofiq:

qonunda ko'rsatilgan boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i yoki 

mol-mulki ularning hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi 
ehtimoli;

- boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga zarar
yetkazilishi yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalaming buzilishi

oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan fuqaroviy javobgarlik xavfi 
belgilanishi mumkin.
Sug'urtaning boshqa shakllari majburiy bo'lishi mumkin emas. 
Chunonchi, tadbirkorlik xavfi ham m ajburiy sug'urta qilinmaydi. 
Tadbirkorlik faoliyati doimo o'zining tavakkalchiligi va o'z hisobidan 
faoliyat yuritadi. Mulkiy va shaxsiy sug'urtaning ayrim turlari ham 
majburan sug'urta qilinmaydi. Fuqaroga o'z hayoti yoki sog'lig'ini 
sug'urtalash majburiyati qonun bilan yuklatilishi mumkin emas (FKning


922-modda, 4- qism).
Majburiy sug'urta sug'urta qilish majburiyati yuklangan shaxs 
(sug'urta qildiruvchi) sug'urtalovchi bilan sug'urta shartnomasini tuzish 
vositasida amalga oshiriladi.
Majburiy sug'urtalanishi lozim bo'lgan obyektlar, ular sug'urtalanishga 
sabab bo'ladigan xavflar va sug'urta pulining eng kam miqdorlari qonun 
hujjatlari bilan belgilanadi.
Agar qonun bo'yicha foydasiga majburiy sug'urta amalga oshirilishi 
lozim bo'lgan shaxs, agar sug'urta amalga oshirilmagani unga ma’lum 
bo'lsa, sug'urta qildiruvchi sifatida zimmasiga sug'urtalash majburiyati 
yuklangan shaxs uni amalga oshirishini sud tartibida talab qilishga 
haqli.
Agar sug'urta qildiruvchi sifatida sug'urtalash majburiyati zimmasiga 
yuklangan shaxs uni amalga oshirm agan bo'lsa, yoki sug'urta 
shartnomasini naf oluvchining ahvolini qonunda belgilangan shartlarga 
nisbatan yomonlashtiradigan shartlarda tuzgan bo'lsa, u sug'urta hodisasi 
yuz berganida basharti tegishlicha sug'urtalangan taqdirda sug'urta tovoni 
to'lashga asos bo'lishi kerak bo'lgan shartlarda javobgar bo'ladi (FKning 
924-modda).
Davlat majburiy sug'urtasi esa fuqarolar va davlatning manfaatlarini 
ta’minlash maqsadida davlat tomonidan sug'urta qildiriladi va bu 
shartnoma bo'yicha sug'urta badallarini to'lash davlat byudjetidan 
ajratiladigan mablag'lar hisobiga amalga oshiriladi.
Bunday sug'urta shartnomasi turlariga “Sudlar to'g'risida”gi qonunga 
ko'ra sudyalarni, “Prokuratura to'g'risida”gi qonunga ko'ra prokuratura 
xodimlarini va qonun bilan belgilangan boshqa xodimlarni sug'urtalash 
davlat majburiy sug'urta qilish shartnomalari turiga kiradi.
Bunday turdagi sug'urta shartnomalari faqat davlat sug'urta 
kompaniyalari bilan tuzilishi belgilangan.
Rivojlangan davlatlardan biri hisoblangan Germaniya Federativ 
Respublikasida harbiy xizmatchilarning davlat majburiy sug'urtasida 
ularning bir yo'la oila a’zolari ham sug'urta himoyasiga olinadi va harbiy 
xizmatchining oila a’zolari ham salomatlik sug'urtasidan o'z sog'liqlarini 
yo'qotganlarida teng huquqlilik tamoyillari asosida foydalanishlari 
mumkin.
Qonun talabiga ko'ra, sug'urta kompaniyalari hayot sug'urtasi va 
umumiy sug'urta sohalari bo'yicha ixtisoslashtirilgan tartibda tashkil 
qilinishi belgilangan.
Majburiy ehtiyoj tug'ilmaydigan transport haydovchilarining uchinchi


shaxs oldidagi javobgarligini majburiy sug'urtalash esa hamma transport 
haydovchilari uchun bir xilda joriy qilinmagan. Buning sababi, bir 
tomondan sug'urta qildiruvchilarda majburiy ehtiyojning yo'qligi boisa, 
ikkinchi tomondan bunday turdagi sug'urtani amalga oshirishning 
majburiy tartibining yo'qligidir.
Yo'lovchilarni majburiy sug'urta qilishning mazmuniga ko'ra, 
yoiovchining belgilangan manzilga yetib borguniga qadar sogiig'i yoki 
hayotiga yetkazilgan zarami qoplash nazarda tutiladi. Yo'lovchilarni tashish 
shartnomasiga ko'ra, tashish korxonalari yo'lovchilarni belgilangan 
manzilga xavf-xatarsiz yetkazish javobgarligini o'z zimmasiga oladi.
H ozirgi b ozor iqtisod iyoti sh aroitida, tra n sp ort vositalari 
haydovchilarining uchinchi shaxs oldidagi javobgarligi sug'urtasi majburiy 
tartibda amalga oshirilmoqda. Respublikamizda, majburiy sug'urta turi, 
jahon tajribalariga asoslangan holda joriy qilingan boiib, sug'urtaning 
bu turi, yo'l hodisalari natijasida haydovchi tomonidan yetkazilgan zararni 
zudlik bilan qoplash imkoniyatini beradi.
Majburiy sug'urta qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan boiib, bunda 
sug'urta qildiruvchi sug'urtalovchi bilan sug'urta shartnomasini tuzish 
shart hisoblanadi. (FKning 914-moddasi).
Qonunda quyidagilarni sug'urta qilish majburiyati belgilab qo'yilishi 
mumkin:

qonunda ko'rsatilgan boshqa shaxslaming hayoti, sogiig'i yoki 
mol-mulkiga zarar yetkazilishi ehtimolini nazarda tutib (masalan, havo 
va temir yo'l transportida yo'lovchilarning hayotini sug'urtalash).
Boshqa shaxslaming hayoti, so g iig 'i yoki mol-mulkiga zarar 
yetkazilishi yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarning buzilishi 
oqibatida yuzaga kelishi mumkin boigan o'zining fuqaroviy javobgarlik 
xavf-xatari (masalan, Notariat to'g'risidagi qonunning 20-moddasiga asosan 
xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius o'z faoliyatini sug'urta 
qilish haqida shartnoma tuzishi va bunda sug'urta summasi belgilangan 
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan kam bo'lmasligi kerak).
Sug'urta qildiruvchi bo'lish majburiyati kimga yuklatilishi qonunda 
belgilab qo'yiladi.
Fuqaroga o'z hayoti yoki so g iig 'in i sug'urtalash m ajburiyati 
yuklanishi mumkin emas.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki unda belgilangan tartibda 
xo'jalik yuritishda yoki operativ boshqarishda boigan davlatga qarashli 
mol-mulk o'ziga biriktirib qo'yilgan yuridik shaxslarga bu mol-mulkni 
sug'urtalash yuklanishi mumkin.


Majburiy sug'urta sug'urta qildiruvchi hisobidan amalga oshiriladi 
(yo'lovchilarning majburiy sug'urtasi bundan mustasno).
Qonun bo'yicha foydasiga majburiy sug'urta amalga oshirilishi lozim 
bo'lgan shaxs, agar sug'urta amalga oshirilmagani unga ma’lum bo'lsa, 
sug'urta qildiiuvchi sifatida zimmasiga sug'urtalash majburiyati yuklangan 
shaxsdan uning amalga oshirilishini sud tartibida talab qilishga haqli. 
Agar sug'urta qildiruvchi sifatida sug'urtalash zimmasiga yuklangan shaxs 
uni amalga oshirmagan bo'lsa, yoki sug'urta shartnomasi naf oluvchining 
ahvolini yomonlashtiradigan shartlarda tuzgan bo'lsa, u sug'urta hodisasi 
yuz berganida basharti tegishlicha sug'urtalangan taqdirda sug'urta tovoni 
to'lashga asos bo'lishi kerak bo'lgan shartlarda javobgar bo'ladi.
Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini 
ta’minlash maqsadida qonunda hayot, sog'liq va mol-mulkning majburiy 
davlat sug'urtasi belgilab qo'yilishi mumkin.
Majburiy davlat sug'urtasi davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda sug'urtalovchilar bo'lib, davlat sug'urtasi tashkilotlari yoki 
davlatga qarashli boshqa muassasalar hisoblanadi.
Majburiy mulkiy sug'urta turarjoylarni, qishloq xo'jalik ekinlari, 
chorva mollari bilan yuz beradigan va shu kabi baxtsiz hodisalardan 
sug'urtalashda qo'llaniladi.
Yo'lovchilami baxtsiz hodisalardan sug'urta qilish majburiy shaxsiy 
sug'urta hisoblanadi. Bunda havo, temir yo'l, dengiz va shaharlararo 
avtomobil transporti yo'lovchilari hayoti va sog'lig'i sug'urta qilinadi. 
Sug'urta badali bilet bahosiga qo'shiladi. Ba’zi hollarda yo'lovchilarga 
sug'urta polisi beriladi.
Harbiy xizmatchilar, militsiya xodimlari, davlatning ayrim toifadagi 
xizmatchilari hayoti va sog'lig'i davlat tomonidan davlat byudjeti hisobidan 
sug'urtalanadi.
Ixtiyoriy shaxsiy sug'urta. Umrbod sug'urta shartnomasi 20 yoshdan 
70 yoshgacha bo'lgan fuqarolar bilan tuziladi. 1-guruh nogironlari bilan 
bunday shartnoma tuzilmaydi. (Agar bunday shartnoma tuzilgan bo'lsa, 
haqiqiy emas deb hisoblanadi va sug'urtalanuvchiga to'lagan badallarining 
92 foizi qaytariladi. Agar bu holat shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab, 
bir yildan keyin aniqlansa, shartnoma umumiy asoslarda o'z kuchini 
saqlab qoladi).
Sug'urta xavf-xatari bo'lib sug'urta qildiruvchining o'limi ehtimoli 
hisoblanadi. Sug'urta tovon puli sug'urta qildiruvchining yoshi, sug'urta 
puli va hatto, jinsiga ham bog'liq bo'ladi. Sug'urta qildiruvchi 85 yoshga 
yetgunga qadar har oyda sug'urta badali to'lab turadi. Sug'urta qildiruvchi


shartnoma amal qilgan davrda qanday sabablarga ko'ra vafot etgan 
bo'lmasin, naf ko'ruvchiga sug'urta ta’ minoti to'lanadi. Sug'urta 
shartnomasi kuchga kirgandan so'ng ikki yil ichida sug'urta qildiruvchi 
onkologik kasalliklardan yoki yurak-qon tomiri kasalliklaridan vafot 
etsa yoxud o'z-o'zini o'ldirsa, sug'urta ta’minoti to'lanmaydi.
Shartnoma tuzish haqidagi ariza sug'urta qildiruvchi tomonidan 
shaxsan imzolangan bo'lishi va unga uning shaxsini tasdiqlovchi 
ma’lumotlar xususida hujjat ilova qilingan bo'lishi kerak.
Hayotni aralash sug'urta qildirish shartnomasi eng ko'p tarqalgan 
shartnomalardan hisoblanadi. Bunda sug'urta tashkiloti shartnomada 
belgilangan muddatgacha yashash, mehnat qobiliyatini butunlay yoki 
qisman yo'qotish, o'lim holatlari ro'y berganida zararni qoplashni o'z 
ustiga oladi. Shartnoma 16 yoshdan 77 yoshgacha shaxslar bilan 3, 5, 10, 
15 va 20 yil muddatga tuziladi (ammo shartnoma oxirida shaxs 80 yoshdan 
oshmagan bo'lishi lozim). Ishlamaydigan 1-guruh nogironlari bilan 
shartnoma tuzilmaydi.
Sug'urta badali sug'urta qildiruvchining yoshi, sug'urta muddati va 
sug'urta polisiga bog'liq. Sug'urta badallari birvarakayiga to'lanishi 
mumkin. Uch oy davomida a’zolik badallari to'lanmasa, 4-oyning 1- 
sanasidan boshlab shartnoma bekor bo'ladi. Bunda shartnoma 6 oy 
davomida amal qilgan bo'lsa, sug'urtalovchi sug'urtalanuvchi to'lamagan 
badallami qaytarib olishga haqli.
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar va boshqa qarindoshlar 
tomonidan bolalarni sug'urta qilish ularning yoshi va sog'lig'idan qat’iy 
nazar amalga oshiriladi (bola 15 yoshdan oshmagan bo'lish lozim).
Sug'urta mukofoti to'lash uchun asos: sug'urta muddatining tamom 
bo'lishi, baxtsiz hodisadan shikastlanish va shu kabilar. Sug'urta 
qildiruvchilar almashtirilishi yoki bir nechta bo'lishlari mumkin. 
Sug'urtalanuvchi bola vafot etsa, sug'urta ta’minotining 30 foizi hajmida 
nafaqa tayinlanadi va ayni vaqtda sug'urta badallari to'liq qaytarib 
beriladi.
Nikohni sug'urtalash (to'y sug'urtasi) ota-onalar (boshqa qarindoshlar) 
tomonidan tuzilib, bunda sug'urta qildiruvchilar 18-72 yoshgacha, biroq 
sug'urta muddati tamom bo'lganida 75 yoshdan oshmagan bo'lishlari 
lozim.
Shartnoma tuzilishida bolaning yoshi 15 dan oshmagan bo'lishi lozim.
Sug'urta badallari hajmi sug'urta qildiruvchining (bolaning emas) 
yoshiga, sug'urta qiymatiga va sug'urta muddatiga bog'liq.
Ixtiyoriy mulkiy sug'urta.


Ixtiyoriy mulkiy sug'urta turlari va shakllari nihoyatda xilma-xildir. 
Sug'urta predmetlari sifatida xilma-xil uy jihozlari va anjomlari, uy- 
hayvonlari, transport vositalari, boshqa ashyolar, transport vositilari 
egalarining fuqarolik-huquqiy javobgarligi, kreditlarni qaytarmaslik xavf- 
xatarini sug'urtalash va hakazolar hisoblanadi.
Mulkiy sug'urtada sug'urta obyekti boiib quyidagilar hisoblanadilar:
— Muayyan mol-mulkning yo'qotilishi (nobud boiishi), kam chiqishi 
yoki shikastlanishi xavf-xatari.
— Fuqarolik-huquqiy javobgarlik xavf-xatari. U ham o'z navbatida 
ikki turga bo'linadi: zarar yetkazganlik uchun javobgarlik va shartnoma 
bo'yicha javobgarlik xavf-xatarini sug'urta qilish.
Boshqa shaxslaming hayoti, sogiig'i yoki mol-mulkiga zarar yetkazish 
oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar yuzasidan javobgarlik xavfini 
sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urta qildiruvchi yoki uchinchi 
shaxsning javobgarlik xavfi sug'urtalanadi.
Sug'urta qildiruvchi faqat o'zining shartnomani buzganlik uchun 
javobgarlik xavfini sug'urtalashi mumkin (uchinchi shaxs javobgarligi 
sug'urta obyekti bo'la olmaydi).
Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfi bu shartnoma 
shartlariga ko'ra sug'urta qildiruvchi qaysi taraf oldida tegishli 
javobgarlikni zimmasiga olishi lozim boisa, o'sha taraf naf oluvchi 
foydasiga, hatto, sug'urta shartnomasi boshqa shaxs foydasiga tuzilgan 
yoxud unda kimning foydasiga tuzilgani aytilmagan taqdirda ham 
sug'urtalangan hisoblanadi.
3.Tadbirkorlik xavf-xatarini sug'urta qilish (FKning 920-moddasi).
Xorijiy sarmoyadorlarning mol-mulklari (qaytarib olinishidan), urush 
yoki fuqarolar g'alayonlaridan sug'urta tashkiloti bilan sarmoyador 
o'rtasidagi shartnoma munosabatlariga mamlakat m a’murlarining 
aralashuvidan, milliy valyutani boshqa valyutalarga konvertatsiyalash 
va uni mamlakatdan tashqariga chiqarishga doir mamlakat ma’murlari 
tomonidan cheklashlar joriy etilishidan, sarmoyadorlar (investorlar)ning 
ayrim guruhlari uchun huquqni kamsitadigan ruhdagi yangi qonun- 
qoidalar joriy etilishidan, boshqa turdosh xavf-xatarlar (tavakkalchiliklardan) 
sug'urtalanish mumkin.



Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish