Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-bob. O M M A V IY T A N L O V



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

54-bob. O M M A V IY T A N L O V
Ommaviy tanlov fuqarolik huquqida o‘ziga xos munosabat bo‘lib, 
bir tomonning xatti-harakati natijasida vujudga kelishi bilan belgilanadi. 
Ommaviy tanlov bir shaxsning muayyan ishni bajarish va natijaga erishish 
uchun nomuayyan doiradagi shaxslarga yoki muayyan shaxslar doirasiga 
qilingan va eng yaxshi natijaga erishgan shaxs uchun muayyan mukofot 
yoki rag'batlantirishni ko‘zda tutadigan munosabat hisoblanadi.
Ishni eng yaxshi bajarganlik yoki boshqa natijalarga erishganlik 
uchun pul mukofoti to'lash yoki boshqa mukofot berish to'g'risida (mukofot 
to'lash to'g'risida) oshkora (ommaviy tanlov) e’lon qilgan shaxs tanlovni 
o'tkazish shartlariga muvofiq uning g'olibi deb topilgan kimsaga 
shartlashilgan mukofotni to'lashi lozim
Hozirgi kunda ommaviy tanlovlar o'tkazish to'g'risidagi huquqiy 
munosabatlar O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan tartibga 
solinadi. Bunda ommaviy tanlovlarni huquqiy tartibga solish tegishli 
davlat hokimiyati va o'zini-o'zi boshqaruv organlari tomonidan chiqarilgan 
normativ huquqiy hujjatlar asosida ham amalga oshirilishi mumkin. Shuni 
ta’kidlash joizki, Fuqarolik kodeksi ommaviy tanlovlar o'tkazish bo'yicha 
boshqa huquqiy manbalarga (qonunlar, huquqiy hujjatlar)ga ishora 
qilmaydi. Bunda davlat organlari va o'zini-o'zi boshqaruv mahalliy 
organlari tomonidan chiqarilgan huquqiy hujjatlar ommaviy tanlovlar 
ishtirokchilariga emas, balki organlarning o'zlariga, ularning tanlovlarni 
o'tkazish borasidagi faoliyatini tartibga solishga mo'ljallanganligini ta’kidlab 
o'tish lozim. Xususan, bunday aktlarda. ommaviy tanlovlarning maqsadlari, 
tanlov komissiyasining tarkibi va uning vazifalari, tanlov komissiyasining 
majburiyatlari, tanlov o'tkazish to'g'risidagi e ’londa mavjud bo'lgan 
mazkur tanlovlarni o'tkazish borasidagi qo'shimcha ma’lumotlari va 
hokazolar aks ettirilgan bo'lishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitiga o'tish va bozor infrastrukturasini 
shakllantirish munosabati bilan bir tomonlama harakatlardan kelib 
chiqadigan majburiyatlar, jumladan, turli tanlovlar, auksionlar va 
hokazolar o'tkazish ko'payib bormoqda. Masalan, O'zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2006 yil 7 avgustdagi РК-436-sonli “Fan va texnologiyalar 
rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora- 
tadbirlari to'g'risida”gi Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan 
holda O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligining
2006 yil 13 dekabrdagi 284-sonli buyrug'iga binoan respublika oliy ta’lim 
muassasalarida talabalarni ilmiy-tadqiqot, ijodiyot va bunyodkorlik


faoliyatiga keng jalb etish, ularni ilm-fanni jadal rivojlantirishga munosib 
hissalarini qo'shishlariga va ilm-fanning uslubiyotini o'zlashtirishga yetarli 
shart-sharoitlar yaratish, taiim bilan fanning samarali integratsiyasini 
ta’minlash maqsadida aspirant, doktorant, tadqiqotchilar va iqtidorli 
talabalaming ilmiy Lshlari respublika tanlovini o'tkazish belgilangan O'zining 
yuridik tabiati bo'yicha ommaviy tanlov bir tomonlama bitimlar jumlasiga 
kiradi.
1964 yilgi Fuqarolik kodeksida “tanlov” “konkurs” deb ko'rsatilgan. 
“ Konkurs” lotincha ibora b o iib , bir necha shaxslaming muayyan 
maqsadga erishishi uchun o'zaro musoboqada bo'lishini bildiradi. Bundan 
ko'rinib turibdiki, ommaviy tanlovda m aiu m bir obyektlar o'zaro 
qiyoslab, sifatiga ko'ra baholanadi. Shuning uchun ko'pincha ommaviy 
tanlovdan foydalanish ko'zlangan m aqsadga tezroq erishishda 
muvaffaqiyat keltiradi.
Ishni eng yaxshi bajarganlik yoki boshqa natijalarga erishganlik 
uchun pul mukofoti to'lash yoki boshqa mukofot berish to'g'risida (mukofot 
to'lash to'g'risida) oshkora (ommaviy tanlov) e’lon qilgan shaxs tanlovni 
o'tkazish shartlariga m uvofiq, uning g'olibi deb topilgan kimsaga 
shartlashilgan mukofotni toiashi lozim. (FK 976-modda).
Ommaviy tanlov e’lon qilishdan kelib chiqadigan majburiyatlar ijodiy 
faoliyatlarni, shuningdek, moddiy ishlab chiqarish sohasidagi muayyan 
vazifalarni to'la va yaxshiroq hal qilish masalasini o'z oldiga qo'yadi. 
Ommaviy tanlov e’lon qilish adabiyot, fan va san’at sohasida barkamol 
va yuksak g 'oy a v iy asarlar yaratish hamda texnika taraqqiyoti 
masalalarini hal qilishga qaratiladi.
Amaldagi fuqarolik qonunchiligi ommaviy tanlovlarni o'tkazishga 
muayyan shartlar (talablar) qo'yadi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksining 54-moddasi normalarini tahlil qilgan holda quyidagilarni 
ko'rsatish mumkin:
1. 
Ommaviy tanlovning oshkora o'tish muayyan ishni bajarganlik 
uchun m ukofot to'lash oshkora v a ’da qilingan va muayyan yoki 
nomuayyan shaxslar (noma’lum har bir shaxsga nisbatan) doirasiga 
qaratilgan boiadi. Shu belgisiga ko'ra ommaviy tanlov ikkiga bo'linadi:
a) ochiq;
b) yopiq;
Ochiq tanlovda tanlovni uyushtiruvchining tanlovda ishtirok etishga 
taklifi matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida barcha 
xohlovchilarga qaratiladi. Bunda ommaviy tanlov ishtirokchilari doirasi 
kengroq yoki torroq, miqdori noaniq boiadi. Yopiq ommaviy tanlovda


ishtirok etishga taklif tanlovni uyushtiruvehi tomonidan o'zi xohlagan 
muayyan doiradagi shaxslarga yuboriladi. Bunda tanlovda qatnashuvchi 
shaxslar doirasi chegaralangan va uyushtiruvchiga ma’lum boiadi.
Shuni aytish lozimki, huquqiy adabiyotlarda ommaviylik turli 
ma’nolarga ega. Ayrim mualliflarning fikricha, ommaviylik sharti 
o'tkazilayotgan tanlovlar maqsadlarining ijtimoiy foydaliligini anglatadi.
Adabiyotlarda ommaviy tanlovlar to'g'risidagi e ’lon majburiy 
ravishda ommaviy axborot vositalari orqali bajarilishi lozimligi aytib 
o'tilgan. Bunga O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 976- 
moddasining 2- qismi asos bo'ladi. Unga ko'ra om m aviy tanlovni 
uyushtiruvchining tanlovda ishtirok etishga taklifi matbuotda va boshqa 
ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo'li bilan barcha xohlovchilarga 
qaratilganda ochiq yoki tanlovda ishtirok etishga taklif tanlovni 
uyushtiruvchining xohishi bo'yicha muayyan doiradagi shaxslarga 
yuborilganda yopiq bo'lishi mumkin. Ushbu matnda qo'llanilgan “boshqa” 
so'zi O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida faqatgina ommaviy 
axborot vositalari va matbuotlarni ko'zda tutishini tushunish mumkin. 
Chunki, birinchidan, agar so'z faqatgina ommaviy axborot vositalari 
to'g'risida ketgan bo'lsa, ularni sanab o'tishga ehtiyoj bo'lmas edi (matbuot 
so'zining o'zi kifoya qilardi), ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksi 976-moddasi, 2-qismining asosiy talabi shundan 
iboratki, ommaviy tanlovda ishtirok etish barcha xohlovchilarga qaratilgan 
bo'lishi lozim. Bunga esa nafaqat ommaviy axborot vositalari, balki boshqa 
uslublar, ya’ni ommaviy tanlov to'g'risidagi yozma e’lonlar ham kiradi.
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bo'yicha ommaviy 
tanlovlarning o'tkazilishi to'g'risidagi e’lon “ommaviy axborot vositalarida” 
bo'lishi lozimligi to'g'risidagi talabi ayrim shubg'alar tug'diradi. Fuqarolik 
kodeksining mazkur talabi, birinchidan, huquqni qo'llash amaliyotida 
matbuot so'zi bilan bog'liq bo'lgan nizoli vaziyatlarni keltirib chiqaradi, 
ikkinchidan, ommaviy tanlovlarni e ’lon qilishda fuqarolik jamiyatida 
muhim ahamiyatga ega bo'lgan zamonaviy informasion va elektron 
texnologiyalarning (masalan, internet) qo'llanishini cheklaydi. Undan 
tashqari, ommaviy tanlovlarni e’lon qilishga o'xshash bo'lgan boshqa 
huquqiy konstruksiyalarni (savdolarning e ’lon qilinishi va ommaviy 
oferta) O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi o'z ichiga qamrab 
olmaydi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, xulosa qilish mumkinki, 
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi tanlovning ommaviylik sharti, 
birinchidan, hammaga va har kimga qaratilgan bo'lishi, ikkinchidan,


qonunda nazarda tutilgan uslublar orqali amalga oshirilishi lozim.
2. Ommaviy tanlov ma’lum bir foydali maqsadlarga erishishni ko'zlab 
amalga oshiriladi.
3. Mukofot muayyan ishni yaxshiroq bajarganlik uchun va’da qilinadi. 
Bu bir necha shaxslar tomonidan erishilgan natijalarni bir-biri bilan 
qiyoslab, eng yaxshisini tanlab olish imkonini beradi. Shu sababli tanlovda 
faqat bir ish yoki bir shaxsning bir nechta ishi qatnashgan bo'lsa, tanlov 
o'tkazilmagan hisoblanadi. Shu bilan birga, ishning tanlovda ko'rsatilgan 
shartlarga mos bo'lishi ham talab qilinadi.
Ushbu belgilarga ko'ra, ommaviy tanlovga quyidagicha ta’rif berish 
mumkin: ommaviy tanlov — uni e’lon qilish, ishlarni topshirish, baholash 
va va’da qilingan mukofotni to'lash borasida vujudga keladigan ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalarning yig'indisidir.
Ommaviy tanlovning subyektlari sifatida bir tomondan tanlovni 
uyushtiruvchilar va ikkinchi tomondan ishtirokchilar sifatida turli yuridik 
va jismoniy shaxslar qatnashadi, uning obyekti esa ishtirokchilar tomonidan 
bajarilgan va konkursga taqdim etilgan ishlar bo'lib hisoblanadi.
Ommaviy tanlovga oid huquqiy munosabat birmuncha murakkab 
bo'lib, tanlov e’lon qilish, shartlarini aniqlash, ishlarni topshirish, konkurs 
mezonlarini, tartibini, natijalarini belgilash kabi jarayonlarni o'z ichiga 
oladi.
Fuqarolik kodeksining 976-moddasi, 4-qismida ko'rsatilganidek, 
ommaviy tanlov to'g'risidagi e’lon topshiriqning mohiyatini nazarda tutuvchi 
shartlami, ishning natijalarini yoki boshqa yutuqlami baholash mezonlari 
va tartibini, ularni taqdim etish joyi, muddati va tartibini, to'lanadigan 
mukofot miqdori va shaklini, shuningdek, natijalarni e’lon qilish tartibi 
va muddatlarini o'z ichiga olgan bo'lishi lozim. Shu bilan birga, 976- 
moddaning 3-qismiga binoan, tanlovni uyushtiruvchi tanlovda ishtirok 
etish istagini bildirgan shaxslami dastlabki saralashdan o'tkazgan taqdirda, 
ochiq tanlovda ishtirokchilaming dastlabki malakasi haqida shart ham 
qo'yilishi mumkin. Bu shartlar majburiy, ya’ni ommaviy tanlov e’lon 
qilinishi vaqtida ularning ko'rsatilishi kerak bo'lgan shartlar va fakultativ, 
ya’ni tanlov o'tkazuvchining xohishi bilan kiritiladigan shartlardir. Majburiy 
shartlardan birining bo'lmasligi tanlovni e’lon qilinmagan deb topilishiga 
olib keladi Bu shartlar jumlasiga quyidagilami kiritish mumkin:
a) 
topshiriqning mazmuni haqidagi ma’lumotlar. Ularning qay darajada 
yoritilishi tanlovning maqsad va xususiyatidan kelib chiqadi. Shuning uchun 
tanlovni e’lon qilishda topshiriqni aniq va ravshan ko'rsatish kerak. Masalan: 
biron-bir asarni yaratishda uning janrini ko'rsatish;


b) 
topshiriqni bajarish muddati. Bu muddat shunday davrni o'z 
ichiga olishi zarurki, bu vaqt ichida topshiriqni bajarishning real imkoniyati 
bo'lishi kerak. Muddat aniq bir sana (masalan: 1999 yil 1 noyabrgacha) 
bilan ham yoki ma’lum bir vaqt oralig'i (masalan: uch oy ichida) bilan 
ham ko'rsatilishi mumkin. Topshiriqni ko'rsatilgan vaqtda bajarmaslik 
tanlovda ishtirok etishni rad etishga olib keladi va uni na sud tartibida, 
na ma’muriy tartibda shikoyat qilishga asos bo'la oladi;
v) ishlarni yoki boshqa natijalarni taqdim etish tartibi, avvalo, 
uning qay shaklda topshirilishi bilan izohlanadi. Ba’zi bir ishlarni taqdim 
etish tanlov xarakteridan kelib chiqadi va uni bevosita topshirishda 
ifodalanadi. (qo'lyozma, loyiha, model va hokazolar). Ba'zi topshiriqlar 
esa bevosita ijro etish (masalan: rol’ ijro etish, qo'shiq, she’r aytish va 
hokazo) bilan amalga oshiriladi;
g) ishni topshirish joyi nafaqat ishtirokchilar uchun, balki 
jamoatchilikni jalb etish uchun ham muhim ahamiyatga ega. Bu ayniqsa, 
ijrochilik qobiliyatini namoyish etishda yaaqol namoyon bo'ladi;
d) ishlarni qiyosiy baholash tartibi, mezonlari va muddati berilgan 
topshiriqning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. K o'p hollarda 
tanlov bir necha turlarda o'tkazilishi, ba’zi hollarda ishlar oldindan tanlab 
olinishi va ko'rib chiqilishi mumkin. Yakuniy baholashdan oldin ishlar 
ommaviy axborot vositalari orqali namoyish qilinishi va bu bilan ularning 
takliflarini o'rganib chiqish imkoniga ega bo'lishi nazarda tutilishi mumkin. 
Yakuniy baholash e’lon qilingan kun g'olibga mukofot berish to'g'risida 
qaror chiqqan kun ham bo'lib hisoblanadi;
e) mukofot miqdori ma’lum summa yoki mulkiy qiymatga ega 
bo'lgan ashyo bilan belgilanadi;
j) tanlov natijalarini e’lon qilish tartibi va muddatlari haqida tanlov 
e’lon qilingan shaklda yoki boshqacha tarzda ishtirokchilar ogohlantirilishi 
kerak. Chunki ba’zi hollarda, ayniqsa, mualliflik huquqi bilan bog'liq 
ishlarda ishlani bajarish qabul qilingan vaqtdan boshlab shartnomaviy 
munosabatlar amalga oshiriladi. Boshqa ishtirokchilar uchun esa bu qaror 
huquqiy munosabat tugaganligini bildiradi1.
Tanlovning fakultativ belgilari tanlov o'tkazuvchi tomonidan kiritiladi 
va tomonlaming o'zaro munosabatlarini aniqlashtirishga yordam beradi. 
Ularga hakamlar hay’ati tarkibi, asarlarning qaytarilishi tartibi va 
hokazolar kiradi.


Ommaviy tanlov shartlarining har qanday o'zgartirilishi to‘g‘risida 
uning ishtirokchisi boiishi mumkin boigan barcha shaxslar xabardor 
qilinishi kerak. Bunday xabardor qilish tanlovning o'zi qaysi usulda e’lon 
qilingan b oisa , shunday usulda (masalan: tanlov matbuot, radio, 
televidenie orqali eion qilingan boisa, unga kiritiladigan o'zgartirishlar 
yoki uni bekor qilish ham shu tartibda) eion qilinishi mumkin. Bu talabga 
rioya qilish tanlovni tashkil qiluvchini dastlabki shartlar bo'yicha 
bajarilgan ishlarni qabul qilish burchidan ozod qiladi. Biroq u eionda 
nazarda tutilgan ishni konkurs shartlarining o'zgartirilishi yoki uni bekor 
qilinishi o'ziga maium boiguncha yoki maium boiishi lozim bo'lguncha 
bajargan har qanday shaxsning xarajatlarini toiashga majburdir. (FKning 
977-moddasi, 3-qismi). Tanlovni eion qilgan shaxs agar ko'rsatilgan ish 
tanlovdan mustasno tarzda, xususan, tanlov to'g'risidagi eionga qadar 
bajarilganligi yoxud avval boshdanoq tanlov shartlariga nomuvofiq 
boiganligini isbotlasa, xarajatlami to'lash majburiyatidan ozod qilinadi.
Agar tanlov shartlarini o'zgartirish yoki bekor qilishda tanlov eion 
qilgan shaxs o'zgartirish muddatlari va usuli to'g'risidagi talablarni buzgan 
boisa, eionda ko'rsatilgan shartlarga javob beradigan ishni bajarganlarga 
mukofot toiashi lozim.
Tanlov topshirig'ini uning shartlariga rioya qilib ijro etgan shaxs 
xizmat haqi (mukofot) olishga haqli boiadi. Fuqarolik kodeksining 978- 
moddasida aytilganidek, mukofotni to'lash to'g'risidagi qaror tanlov 
haqidagi eionda belgilangan tartib va muddatlarda chiqarilishi hamda 
ommaviy tanlov ishtirokchilariga maium qilinishi lozim.
Ish tanlovga topshirilishining o'zi uni bajarilgan shaxsga mukofot 
huquqini vujudga keltirmaydi. Bunday huquq faqat keyinchalik, ish 
tanlov shartlariga muvofiq yaxshi va mukofotga sazovor deb topilgandagina 
vujudga keladi.
Tanlovga topshirilgan ishlarni ko'rish, taqqoslash, baholash va uning 
natijalarini belgilash uchun tanlovni tashkil qiluvchi, odatda, tanlov 
komissiyasini ta’sis etadi yoki ba’zi hollarda uning o'zi tomonidan baholanadi 
yoxud baholash uchun boshqa shaxsga topshiradi. Tanlov hay’atining a’zolari 
tanlov natijalaridan manfaatdor shaxs bo'lmasliklari lozim
Tanlov natijalarini belgilovchi hay’at quyidagi mazmundagi 
qarorlarni, chunonchi, tanlov talablariga javob bergan ishga mukofotlar 
toiash to'g'risida yoki mukofot to'lashni rad qilish, mukofotlaming sonini 
kamaytirish yoxud rag'batlantirish, mukofotlarni toiash to'g'risida qaror 
qabul qilishi mumkin. Tanlov hay’ati o'z qarorini qanday asoslar bo'yicha 
qabul qilinganligini ko'rsatmasligi ham mumkin.


Tanlov natijalari va mukofotlar to‘lash to'g'risidagi qaror tanlov 
to'g'risidagi e’londa ko'rsatilgan muddatda chiqarilgan bo'lishi kerak. Bu 
burch buzilgan taqdirda tanlov shartlariga javob beradigan ishlarni 
topshirgan shaxslar sud tartibida o'z mehnatlari uchun haq va tanlov 
topshiriqlarini bajarish munosabati bilan qilingan xarajatlarning to'lanishini 
talab qilishlari mumkin.
Mukofot to'lash to'g'risidagi qaror tanlov haqidagi e’londa belgilangan 
muddatda ishtirokchilarga bildirilishi lozim. Odatda bunday ma’lumotlar 
tanlov g'oliblariga yozma xabarlar yuborish va tanlov natijalarini 
matbuotda e’lon qilish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Tanlovda g'alaba qozongan shaxslarga tegishli mukofotlar, unga 
boshqa turdagi mukofotlarning, chunonchi, mualliflik gonorari yoki 
ixtironi berganlik uchun to'lanadigan mukofotdan qat’iy nazar, to'lanadi.
Mukofot tanlov shartlariga javob bergan va tanlov hay’ati tomonidan 
ijobiy baholangan yagona ish uchun beriladi. Binobarin, agar bir topshiriqni 
bajarishda bir necha shaxslar birgalikda ishtirok etgan bo'lsalar, mukofot 
ular o'rtasida ularning kelishuviga muvofiq taqsimlanadi. Agar bunday 
kelishuvga erishilmagan bo'lsa, mukofotni taqsimlash tartibini sud 
belgilaydi.
Tanlovni tashkil etuvchi mukofotni butunlay yoki qisman to'lashdan 
bosh tortganda, shuningdek, tanlov ishtirokchisiga tegishli mukofotni 
to'lash mudddatlarini buzganida tegishli mukofot sud tartibida undirilishi 
mumkin.
Fuqarolik kodeksining 979-m oddasida ko'rsatilganidek, agar 
ommaviy tanlov predmeti fan, adabiyot yoki san’at asaridan iborat 
bo'lsa, tanlovni e'lon qilgan shaxs, basharti tanlov shartlanda boshqacha 
tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, shartlashilgan mukofotga sazovor bo'lgan 
muallif bilan unga tegishli haqni to'lagan holda, asardan foydalanish 
to'g'risida shartnoma tuzishda imtiyozli huquqni qoiga kiritadi.
Ommaviy tanlovni e’lon qilgan shaxs, agar tanlov to'g'risidagi tanlov 
e’lonida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa yoki bajarilgan ishning 
xususiyatidan kelib chiqmasa, mukofotga sazovor bo'lmagan ishlarni tanlov 
ishtirokchilariga qaytarishi shart (FKning 980-moddasi). Bu qoidada 
aytilishicha, tanlovga topshirilgan, ammo mukofotga sazovor bo'lmagan 
ishlar tanlov natijalari e’lon qilinishi bilanoq darhol mualliflariga 
qaytarilishi lozim. Tanlovni tashkil etuvchi tomonidan bu burchning 
bajarilmasligi tanlov ishtirokchilariga topshirgan ishlarining qaytarilishini 
talab qilish huquqini, ishning yo'qotilgani yoki zararlantirilgani holda 
esa, zararlarning to'lanishi haqida da’vo qo'zg'atish huquqini beradi.


Ammo tanlov shartlarida tanlovga topshirilgan ishlaming qaytarilmasligi 
yoki mualliflarning talabi bo'yichagina qaytarilishi nazarda tutilishi 
mumkin. Shu bilan birgalikda, tanlov shartlarida bunday talablaming 
mualliflar tomonidan qo'yilishi, shuningdek, ishlarning tanlovni tashkil 
qiluvchi tomonidan qaytarilish muddatlari ham ko'rsatilishi mumkin
Tanlov ishtirokchilariga ularning mukofotga sazovor bo'lmagan 
ishlarning qaytarilishi paytidan e’tiboran ommaviy tanlovga oid munosabat 
bekor boiadi.
Ommaviy tanlovlarning huquqiy tartibga solinishi va o'tkazilishi 
to'g'risida quyidagilami ta’kidlab o'tish lozim Ommaviy tanlov qachonki 
tashkilotchi va ishtirokchi uning o'tkazilishiga doir fuqarolik qonunchiligiga 
rioya qilsagina, iqtisodiy faoliyatning turli sohalarida yuqori natija va 
samara (tanlov tashkilotchisi uchun) berishi mumkin. Aks holda, ommaviy 
tanlov nohaqiqiy deb topilishi, tashkilotchilar va ishtirokchilar o'z oldiga 
qo'ygan maqsadlariga erishmasliklari mumkin.



Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish