Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Oddiy shirkat shartnomasi bo'yicha qo'shiladigan hissa



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

4. Oddiy shirkat shartnomasi bo'yicha qo'shiladigan hissa.
Foyda va zararlarni taqsimlash
Sherik umumiy ishga qo'shadigan hamma narsa, jumladan pul, 
boshqa mol-mulk, kasbiy va boshqa bilimlar, malaka va mahorat, 
shuningdek, ishbilarmonlik obro'-e’tibori sherikning qo'shgan hissasi 
hisoblanadi (FKning 963-moddasi).
Sheriklar, agar oddiy shirkat shartnom asidan yoki haqiqiy 
holatlardan boshqacha mazmun kelib chiqmasa, qiymati bo'yicha teng 
hissa qo'shadilar deb taxmin qilinadi. Sherikning qo'shgan hissasini pulda 
baholash sheriklar o'rtasidagi kelishuv bo'yicha amalga oshiriladi.
Mol-mulkni baholash avvalo taraflarning kelishuvi bilan amalga


oshiriladi. Ayrim hollarda maxsus litsenziyaga ega boigan baholovchi 
tomonidan ham hissa baholanishi mumkin Bunday baholash “O'zbekiston 
Respublikasining baholash faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni (19.08.1999 y.)ga 
asosan amalga oshiriladi. Mazkur qonunning 5-moddasiga asosan baholash 
obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- alohida moddiy obyektlar (ashyolar);
- shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmui, shu 
jumladan muayyan turdagi (ko'char yoki ko'chmas) mol-mulk;
- mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga boigan 
mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
- talab qilish huquqlari, majburiyatlar (qarzlar);
- ishlar, xizmatlar, axborot;
- intellektual mulk obyektlari va qonun hujjatlarida fuqarolik 
muomalasida boiishi mumkinligi belgilangan boshqa fuqarolik huquqlari 
obyektlari.
Baholash maqsadlariga qarab baholash obyekti xususida bozor qiymati 
yoki bozomikidan farqlanuvchi qiymat qo'yiladi. Baholash obyekti qiymati 
turlarining qo'llanish sohasi va ularning farqlanuvchi xususiyatlari baholash 
standartlari bilan belgilanadi. Baholash obyektini baholash pul shaklida 
amalga oshiriladi.
Baholash obyektining bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan 
narxi tushunilib, unga ko'ra mazkur baholash obyekti ochiq bozorda 
raqobat sharoitida, bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega boigan 
holda o'z manfaatiari yoiida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladi, 
bitim narxining baland-pastligida esa biron-bir favqulodda holatlar, shu 
jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qo'shilish majburiyati aks 
etmaydi. Agar biron-bir baholash obyektini baholashdan majburiy o'tkazish 
talabi mavjud boigan normativ hujjatda yoki baholash obyektini baholash 
to'g'risidagi shartnomada (matnda bundan buyon shartnoma deb 
yuritiladi) qiymatning aniq turi ko'rsatilgan bo'lmasa, mazkur obyektning 
bozor qiymati belgilanishi lozim. Mazkur qoida normativ hujjatda baholash 
obyekti qiymatining turini aniqlovchi, ushbu Qonunda yoki baholash 
standartlarida nazarda tutilmagan atamalardan foydalanilgan taqdirda 
ham qoilanilishi kerak.
Baholashni o'tkazish baholash obyektining qiymati to'g'risida nizo 
chiqqan taqdirda baholash o'tkazilishi majburiy hisoblanadi. (Baholash 
faoliyati to'g'risidagi qonunning 11-moddasi).
Bu yerda hissa mol-mulk boigan taqdirda uning baholash katta 
muammolarni keltirib chiqarmasligi mumkin. Lekin kasbiy va boshqa


bilimlar, malaka va mahorat, ishbilarmonlik obro'-e’tiborini baholash 
uning aniq miqdoriy ko'rsatkichlari bo'lmaganligi sababli aksariyat 
hollarda mutaxassis yordamiga ehtiyoj sezilishiga olib keladi.
Oddiy shirkat shartnomasiga asosan sheriklarning umumiy mol- 
mulki masalasi FKning 964-moddasida aytilganidek, sheriklar o‘zlariga 
mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan shirkatga qo'shgan mol-mulki, 
shuningdek, birgalikda olib borilgan faoliyat natijasida ishlab chiqarilgan 
mahsulotlari, faoliyat tufayli olingan hosil hamda daromadlar qonun 
yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qo'yilgan bo'lmasa yoxud 
majburiyat ning mohiyatidan boshqacha hoi kelib chiqmasa, sheriklarning 
umumiy ulushli mulki hisoblanadi.
Sheriklarning umumiy ulushli mulkida bo'lgan mol-mulk, shuningdek, 
ularning umumiy talablari va umumiy alohida huquqlari sheriklarning 
umumiy mol-mulkini tashkil etadi. Umumiy mol-mulkdan barcha 
sheriklarning manfaati ko'zlab foydalaniladi.
Sheriklarning um um iy m ol-m ulkidan foydalanish ularning 
kelishuviga ko'ra, kelishuvga erishilmagan taqdirda, sud belgilaydigan 
tartibda amalga oshiriladi.
Sheriklarning umumiy mol-mulkini asrash bo'yicha majburiyatlari 
va bu majburiyatlami bajarish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash tartibi 
oddiy shirkat shartnomasida nazarda tutiladi.
Shunday qilib, sheriklarning umumiy mol-mulkiga quyidagilar 
kiradi:
— umumiy hissaviy mulk huquqi asosida sheriklarga tegishli bo'lgan 
mol-mulk;
— sheriklarning biri tomonidan qo'yilgan va hamma sheriklarning 
umumiy manfaatlari yo'lida foydalaniladigan, lekin faqat biriga mulk 
huquqi asosida tegishli bo'lgan mol-mulk.
Qonun bo'yicha sheriklarning umumiy mulk bo'yicha o'zlari qo'shgan 
hissalariga nisbatan mustaqil tasarruf qilish huquqi belgilangan. Bu hissani 
sherik to'liq yoki qisman sotishi, sovg'a qilishi va meros qoldirishi mumkin.
Sher iklar umumiy mol-mulkining buxgalteriya hisobini yuritish ular 
tomonidan oddiy shirkat shartnomasida ishtirok etayotgan yuridik 
shaxslar dan biriga topshirilishi mumkin.
Sheriklarning umumiy mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish 
hamda tasarruf etish amaldagi qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Sheriklarning um um iy m ol-m ulkidan foydalanish ularning 
kelishuviga ko'ra, kelishuvga erishilmagan taqdirda, sud belgilaydigan 
tartibda amalga oshiriladi.


Sheriklarning umumiy mol-mulkni asrash bo'yicha majburiyatlari 
va bu mujburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash tartibi 
oddiy shirkatning shartnomasida nazarda tutiladi.
Sheriklarning birgalikdagi faoliyatiga bog'liq xarajatlar va zararlarni 
qoplash tartibi ularning kelishuvi bilan aniqlanadi. Bunday kelishuv 
bo'lmaganda har bir sherik o'zining umumiy ishga qo'shgan hissasi 
qiymatiga mutanosib ravishda xarajatlar va zararlarni zimmasiga oladi.
Sheriklardan birortasini umumiy xarajatlarni yoki zararni qoplashda 
ishtirok etishdan to'liq ozod etadigan kelishuv o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi.
Sheriklar tomonidan ularning birgalikdagi faoliyati natijasida olingan 
foyda, agar oddiy shirkat shartnomasida yoki sheriklarning boshqa 
kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, sheriklarning 
um um iy ishga qo'shgan hissalari qiymatiga mutanosib ravishda 
taqsimlanadi. Sheriklardan birortasini foydada ishtirok etishdan chetlatish 
to'g'risidagi kelishuv o'z-o'zidan haqiqiy emas.
Oddiy shirkat shartnomasi ishtirokchisining kreditori FKning 227- 
moddasiga muvofiq uning umumiy mol-mulkdagi ulushini ajratishni talab 
qilishga haqli.
FKning 227-moddasiga asosan ulushli yoki birgalikdagi mulk 
ishtirokchisining kreditori m ulkdorda boshqa m ol-m ulk yetarli 
bo'lmaganida undiruvni qarzdorning umumiy mol-mulkdagi ulushiga 
qaratish uchun bu ulushni ajratishni talab qilishga haqli.
Agar bunday hollarda ulushni asl holida ajratish mumkin bo'lmasa 
yoki ulushli yoxud birgalikdagi mulkning qolgan ishtirokchilari bunga e’tiroz 
bildirsalar, kreditor qarzdor o'z ulushini umumiy mulkning qolgan 
ishtirokchilariga ushbu ulushning qiymatiga mutanosib naixda sotib, sotishdan 
tushgan mablag'lami qarzni uzishga qaratishini talab qilishga haqli.
Umumiy mulkning qolgan ishtirokchilari qarzdorning ulushini sotib 
olishdan voz kechgan taqdirda kreditor undiruvni qarzdorning umumiy 
mulk huquqidagi ulushiga ushbu ulushni kim oshdi savdosi orqali sotish 
yo'li bilan qaratishni sud orqali talab qilishga haqli.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish