Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Красавчиков O .A . Вопросы системы особенной части Т К РС Ф СР. Свердловск



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1 Красавчиков O .A . Вопросы системы особенной части Т К РС Ф СР. Свердловск.
1957. -1 2 7 б.
2 Брагинский М , Витрянский В. Договорное право. М:, С татут. 1997. - 3 2 0 с.


birgalikdagi faoliyat yuritishga ixtisoslashgan shartnomalardan biri 
hisoblanadi.
Shartnomaning yana bir xususiyati shartnoma taraflarining ishtiroki 
bilan bog'liq. Shartnomada taraf sifatida faqat tadbirkorlik subyektlari 
ishtirok etishlari mumkin. Tadbirkorlik subyektlarining huquqiy holati 
va kimlar tad’irkorlik subyektlari ekanligi qonun-hujjatlari bilan 
belgilanadi. Oddiy shirkat shartnomasidan boshqa fuqarolik-huquqiy 
shartnomalarda taraflar qarzdor va kreditor sifatida munosabatga 
kirishadilar. Oddiy shirkat shartnomasida esa shartnoma ishtirokchilari 
fuqarolik huquqiy munosabatlardagi boshqa shartnomalar kabi bir- 
birlariga nisbatan qarzdor va kreditor sifatida ishtirok etmasdan, balki 
birgalikdagi yagona manfaatlarni, ma’lum maqsadni ko'zlagan holda 
harakat qiiadilar, chunonchi FK 210-moddasining ikkinchi qismida 
aytilganidek, bir yoki bir necha shaxslar ko‘p kvartirali uy-joylar 
qurishlari yoki fuqarolar o‘z chorva mollarini birgalashib boqishlari, 
shuningdek, bog'dorchilik shirkatlari (kooperativi) o'zaro munosabatlarini 
shirkat shartnomalari asosida olib borishlari Oddiy shirkat shartnomasiga 
misol boia oladi.
Oddiy shirkat turmushning ba’zi sohalarida turli ko'rinishlarda 
namoyon boiadi. Masalan, bir necha kishi tomonidan uyushgan guruh 
tuzilib (biroq yuridik shaxs sifatida ro'yxatdan o'tmasdan), buyurtma 
asosida imoratlar qurish, sozanda-xonandalar guruhi tuzib to'ylarga xizmat 
qilish, bir necha fanlar bo'yicha o'qituvchilar tomonidan repetitorlar 
guruhiga uyushish va h.k.
Oddiy shirkat a’zolari tadbirkorlik maqsadini ko'zlab faoliyat 
yuritishlari, shuningdek, xayr-saxovat maqsadlarida birgalikda faoliyat 
yuritishlari ham mumkin.
Yirik va alohida yirik xavflarni o'rtada sug'urta qilish uchun 
birgalikda sug'urtalovchilar birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi shartnoma 
asosida oddiy shirkatlar (sug'urta sherikchiligi) tuzishlari mumkin. (FKning 
941-moddasi).
Oddiy shirkat shartnomasining yana bir xususiyati unda ishtirok 
etuvchi sheriklarning solidar majburiyatga ega ekanlikliklaridir.
Oddiy shirkat shartnomasi haq baravariga tuziladigan shartnoma 
hisoblanadi, chunki shartnoma ishtirokchilari FKning 963-moddasida 
ko'rsatilganidek, sheriklarning umumiy maqsadga erishish uchun qo'shadigan 
pul mablag'lari, mol-mulki, kasbiy va boshqa bilimlari, malaka va mahorati, 
shuningdek, ishtirokchining ishbilarmonlik obro'-e’tibori va shu kabi boshqa 
xislatlari sheriklarning umumiy ishga qo'shgan hissasi hisoblanadi.


Oddiy shirkat shartnomasi mazmunidan yoki haqiqiy faktik 
holatlaridan boshqacha hoi kelib chiqmasa, sheriklarning umumiy ishga 
qo‘shadigan hamma narsasi: puli, boshqa mol-mulki, kasbiy bilimlari, 
malaka, mahorati va ishbilarmonlik obro‘-e ’tibori qiymati bo‘yicha teng‘ 
hissa q o‘shgan deb taxmin qilinadi. Sheriklarning yuqorida aytilgan 
umumiy ishga qo'shadigan hamma hissalarini pul bilan baholash sheriklar 
o'rtasidagi kelishuv (shartnoma) bo'yicha amalga oshiriladi.
Har bir taraf bahosi (qiymati) teng mol-mulk taqdim etganida haq 
to'lash ekvivalentlik tusini kasb etadi. Mulkiy munosabatlarning 
ekvivalentligi ularning iqtisodiy jihatdan teng baholik bo'lishini taqozo 
etadi, bunda mazkur mu-nosabatlar teng baholik amalda bo'lgan baholar 
bo'yicha belgilangan hollarda ham haq to'lanadigan munosabatlar 
hisoblanadi. Mulkiy munosabatlarning haq evaziga amalga oshirilishi tufayli 
ularning ishtirokchilari teng subyektlar sifatida ish ko'radilar.
Oddiy shirkat shartnomasi konsensual shartnoma hisoblanadi. Ushbu 
shartnoma ikki yoki undan ko'p shaxs tomonidan tuzilib, ularning o'z 
mablag'larini birlashtirish majburiyatini qamrab oladi. Oddiy shirkat 
shartnomasi ishtirokchilari foyda olish yoki qonunga zid bo'lmagan boshqa 
maqsadga erishish maqsadida yuridik shaxs tashkil etmasdan birgalikda 
faoliyat yuritish to'g'risida kelishib oladilar. Agarda ushbu shartnoma 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadini ko'zlasa, uning taraflari 
bo'lib, yakka tadbirkorlar va tijorat tashkilotlari hisoblanadi1.
Oddiy shirkat shartnomasi ko'p tomonlama shartnoma hisoblanadi. 
Ko'p tomonlama bitimlarda uch va undan ortiq shaxslarning erklari 
ifodalanib tuziladi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish