Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-bob. QIM OR V A G A K O V O 'Y IN L A R I O'TK AZISH



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

56-bob. QIM OR V A G A K O V O 'Y IN L A R I O'TK AZISH
FKning 56-bobida qimor va garov o'yinlar o'tkazishning huquqiy 
oqibatlari belgilab qo'yilgan. FKning 983-moddasida ko'rsatilishicha, 
fuqarolar va yuridik shaxslarning tavakkalchilikka asoslangan qimor va 
garov o'yinlar (qimor va bas boylash) uyushtirish va ularda ishtirok 
etish bilan bog'liq talablari sudda himoya qilinmaydi deb ko'rsatiladi. 
Ma’lumki, qimor o'yinlari ikki va undan ortiq shaxsning mulkiy manfaat 
ko'rish maqsadida tavakkal qilgan holda ma’lum turdagi o'yin shartlari 
asosida xatti-harakatlarini amalga oshirish tushuniladi. Bunda o'yinda 
ishtirok etuvchi bir yoki bir nechta taraf hisobiga boshqa taraf, ya’ni 
yutgan tomon - mulkiy tomon mulkiy manfaat ko'radi (masalan: karta, 
oshiq va hokazo o'yinlar).
Bas boylashish deganda ikki yoki bir necha shaxs o'rtasida ma’lum 
bir hodisaning ro'y berishi yoki ro'y bermasligi, ma’lum bir subyekt 
tomonidan biron narsaga erishish yoki erishmasligi bas boylanadi. Bunda 
taraflarning qarama-qarshi fikrlari farq qiladigan, bas bog'lashishda 
kimning fikri to'g'ri bo'lsa, o'sha g'olib chiqadi va mulkka erishadi. Ba’zi 
xususiyati bilan u sharti kechiktirilgan bitimlarga o'xshab ketadi. Bas 
predmeti bo'yicha taxmin qilinayotgan narsaga erishish taraflarning erki- 
irodasiga bog'liq bo'lishi mumkin yoki bo'lmasligi mumkin. Masalan: 
ikki futbol ishqibozi tomoni bas boylashishida ro'y beradigan hodisa 
tomonlarning erk-irodasiga bog'liq bo'lmaydi.
Agarda futbol ishqibozlari o'rtasida o'yinchining ma’lum o'yinda 
gol urishi yoki gol urolmasligi to'g'risida bas boylash, qimor va bas 
bog'lash to'g'risidagi o'yinlardan farq qilib, ko'ngilochar o'yinlar 
hisoblanadi. Ko'ngilochar o'yinlarda yutish va yutqazish mavjud bo'lsa 
ham mulkiy manfaat mavjud bo'lmaydi.
Qimor o'yinlariga ruju qo'yish, uni doimiy kasb qilish axloq nuqtayi 
nazaridan salbiy baholanadi. Qimor o'yinlari ayrim hollarda qonunlar 
bilan taqiqlanadi. Qimor o'yinlari bilan bog'liq bo'lgan talablar, ya’ni 
yutuqni bermaslik yutqazilganlikni tan olmaslik sud orqali himoya 
qilinmaydi.
Agarda qimor va garov o'yinlari aldov, zo'ravonlik tahdid qilish 
ta’sirida yoxud o'z vakilining qimor yoki garov o'yinlari tashkilotchisi 
bilan g'arazli kelishuvi tufayli ishtirok etgan shaxslarning talablari (aldash 
orqali yutish, qimor o'ynashga majbur etish va shu kabi holatlarda) 
agar talab qiluvchi shaxsning huquq va manfaatlariga putur yetkazadigan 
bo'lsa, sudda himoya qilinishi mumkin. Bunda Fuqarolik Kodeksining 
122, 123-moddalarida ko'rsatilgan oqibatlar vujudga keladi.


Fuqarolik kodeksining 984-moddasida lotereyalar, totalizatorlar va 
boshqa o'yinlarning davlat tomonidan o'tkazilishi bilan bog‘liq o'ziga xos 
xususiyatlar belgilab qo'yilgan. Lotereyalar, totalizatorlar, o'zaro bas 
boylashishlar va boshqa tavakkalchilikka asoslangan o'yinlar tashkilotchisi
- davlat, vakolatli davlat organidan ruxsatnoma (litsenziya) olgan shaxslar 
va o'yinlarning ishtirokchilari o'rtasidagi munosabatlar shartnomaga 
asoslanadi. Bunday shartnoma lotereya bileti, patta yoki boshqa hujjat 
berish orqali rasmiylashtiriladi va ishtirokchi lotereya bileti qiymatini 
to'lagan yoki o'yinda ishtirok etishga boshqa tarzda haq to'lagan paytdan 
boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Bunday shartnomalar real shartnomalar hisoblanadi O'yin tashkilotchisi 
bilan o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi shartnoma tuzish to'g'risidagi taklif 
o'yinlami o'tkazish muddati va yutuqni aniqlash tartibi hamda uning miqdori 
haqidagi shartlami o'z ichiga olgan bo'lishi lozim Taklifda bunday shartlar 
tashkilotchisi shartnoma bo'yicha ulami belgilangan muddatda o'tkazishdan 
bosh tortgan taqdirda, o'yinlarning ishtirokchilari ularning tashkilotchisidan 
o'yinlami qoldirish yoki ularning muddatini boshqa vaqtga ko'chirish tufayli 
yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Lotereya, totalizator yoki boshqa o'yinlarni o'tkazish shartlariga 
muvofiq yutgan deb e’tirof etiladigan shaxslarga (masalan: sportloto 
bo'yicha 6 yoki 5 raqamni oldindan topgan shaxslar) o'yinlar tashkilotchisi 
tomonidan yutuq o'yinlari o'tkazish shartlarida nazarda tutilgan 
m iqdorda, shaklda pul-buyum yoki turistik yo'llanm a holida va 
m uddatlarda, agar bu shartlarda muddat ko'rsatilm agan bo'lsa, 
o'yinlarnin g natijalari chiqarilgan paytdan boshlab o ‘ n kundan 
kechiktirmasdan to'lashi lozim. Uyin natijalari, g'oliblarini aniqlash o'yinlar 
tashkilotchisi tomonidan yoxud xolis, uchinchi shaxslar tomonidan 
(masalan: hakamlar hay’ati tomonidan) ochiq, oshkoralik asosida 
belgilanadi.
O'yinlar tashkilotchisi o'yinlar natijalarini matbuot va ommaviy 
axborot vositalari orqali yoki boshqacha tarzda e’lon qilishi shart. O'yinlar 
tashkilotchisi g'oliblarga yutuqni to'lash haqidagi majburiyatni bajarmagan 
taqdirda yutgan ishtirokchilarning talablari sud orqali qanoatlantiriladi. 
O'yinlar tashkilotchisi ishtirokchilarga yutuqlarni to'lash bilan birga, 
shartnoma shartlarini buzish oqibatida yetkazilgan boshqa zararlarni 
ham qoplashi lozim.



Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish