Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

birinchidan, 
mukofotni va’da qilish oshkora (ommaviy) bo'lishi, ya’ni 
nomuayyan shaxslar doirasiga murojaat qilingan bo'lishi kerak. Agar 
mukofotni to'lash aniq bir shaxs yoki shaxslarning bir doirasiga 
mo'ljallangan bo'lsa, bu munosabatlar shartnoma xarakteriga ega bo'ladi;
ikkinchidan, 
va’da qilingan mukofot mulkiy xarakterga, ya’ni pul 
yoki boshqa tarzdagi mulkiy qiymatga ega bo'lishi kerak. Masalan: 
qimmatbaho ashyo berish;


uchinchidan, 
mukofot maium bir huquqqa mos harakatni amalga 
oshirganlik uchun belgilanadi. Belgilangan mukofotni olish uchun erishilishi 
lozim boigan natija eionda ko'rsatilishi shart. Masalan: y o‘q narsani 
topish;
to‘rtinchidan, 
mukofotni oshkora toiash to'g'risidagi eionda mukofot 
kim tomonidan va’da qilingani ko'rsatilishi kerak. V a’daga qiziqish 
bildirgan shaxs va’dani yozma ravishda tasdiqlashni talab qilishga haqli 
va agar, haqiqatda mukofot to'g'risidagi eion unda ko'rsatilgan shaxs 
tomonidan qilinmagan b o iib chiqsa, bunday talab qo'yilmaganligi 
oqibatlari xavfi uning zimmasida boiadi (FKning 981-moddasi, 2-qismi).
Yuqoridagi belgilardan kelib chiqib, quyidagicha ta’rif keltirish 
mumkin: “ Mukofotni oshkora va’da qilish deganda shartlashilgan natijaga 
erishganlik uchun mulkiy xarakterda taqdirlash bilan va’da berish nazarda 
tutilgan, nomuayyan shaxslar doirasiga qaratilgan murojaat tushuniladi”.
Mukofotni va’da qilgan shaxs uni toiashi shart. Mukofotning summasi 
yoki mulkiy qiymatga ega ashyo eionda ko'rsatilgan boiishi mumkin 
yoxud mukofot miqdori ko'rsatilmagan bo'lishi mumkin. Agar mukofotni 
oshkora va’da qilishda uning miqdori ko'rsatilmagan boisa, u mukofotni 
va’da qilgan shaxs bilan kelishuvga ko'ra aniqlanadi, nizo kelib chiqqan 
taqdirda esa sud tartibida aniqlanadi (FKning 981-moddasi, 3-qismi).
Eionda ko'rsatilgan harakat bajarilishi yoki bajarilmasligi mumkin 
Bu harakat belgilangan muddatda bajarilsa, uni bajargan shaxs mukofotni 
talab qila oladi. Ayrim hollarda bu ish bir-biridan mustaqil ravishda bir 
necha shaxs tomonidan bajarilishi mumkin. Bunday holatda Fuqarolik 
kodeksining 981— moddasi, 5-qismiga muvofiq tegishli harakatni birinchi 
bo'lib sodir etgan shaxs mukofotni olish huquqiga ega boiadi. Agar eionda 
ko'rsatilgan harakatni qaysi biri birinchi boiib sodir etganini aniqlashning 
imkoni bo'lmasa, shuningdek, harakat ikki yoki undan ortiq shaxslar 
tomonidan bir vaqtning o'zida sodir etilgan bo'lsa, mukofot ular o'rtasida 
bab-baravar yoki ularning o'zaro kelishuvida nazarda tutilgan miqdorda 
taqsimlanadi.
Fuqarolik kodeksining 981-moddasi, 4-qismi mukofotni toiash 
majburiyati, tegishli harakat eion qilinishi munosabati bilan yoki undan 
mustasno tarzda bajarilganidan qat’iy nazar, yuzaga kelishini belgilaydi. 
Ba’zi hollarda mukofot va’da qilinganidan xabardor bo'lmagan shaxs 
eionda ko'rsatilgan harakatni bajarishi mumkin Bu holda ham Fuqarolik 
kodeksining 981-moddasi, 5-qismi qoidalari qo'llaniladi.
Eionda m aium muddatning ko'rsatilgan boiishi mukofotni olish 
uchun tegishli harakatni shu muddatda qilish lozimligini va bu muddat


da’vo mukofot va’da qilgan shaxs u bilan bog‘liqligini ko'rsatadi. Muddat 
mukofotni oshkora va’da qilishning zaruriy xarakterdagi belgisi emas. 
Lekin u ko'rsatilgan bo‘lsa, shu muddat davomida qilingan harakat 
mukofot olishga asos bo'lishi mumkin.
Mukofotni oshkora va’da qilgan shaxs uni bekor qilishga haqli. 
M ukofotni oshkora v a ’ da qilishni bekor qilish izlanuvchilarning 
manfaatlarini buzmasligi kerak. Shuning uchun qonunda bekor qilish 
m a’lum shartlarga rioya etgan holda amalga oshirilishi kerakligi 
ko'rsatilgan.
Fuqarolik kodeksining 982-moddasida ko'rsatilishicha, mukofot 
to'lashni oshkora e’lon qilgan shaxs berilgan va’dadan xuddi shunday 
tartibda voz kechishga haqli, voz kechishga yo'l qo'ymasligi e’lonning 
o'zida nazarda tutilgan yoki undan kelib chiqadigan yoki mukofot va’da 
qilingan harakatni sodir etish uchun muayyan muddat berilgan yoxud 
voz kechishni e’lon qilish paytiga kelib bir yoki bir necha qiziqish bildirgan 
shaxslar e’londa ko'rsatilgan harakatni bajarib bo'lgan hollar bundan 
mustasno.
Bu qoidadan shuni ko'rish mumkinki, mukofotni oshkora va’da 
qilgan shaxs undan voz kechishi uchun quyidagi shartlarga amal qilishi 
kerak:
a) va’dani bekor qilish va e ’lon qilish qay tartibda amalga oshirilgan 
bo'lsa, shu tartibda amalga oshirilishi kerak;
b) e ’londa undan voz kechishga yo'l qo'yilmasligi ko'rsatilgan 
bo'lmasligi lozim;
v) e’londa ko'rsatilgan harakat sodir qilinishi kerak bo'lgan muddat 
belgilab qo'yilmagan bo'lishi shart;
g) voz kechishni e’lon qilish paytida e’londa ko'rsatilgan harakat 
sodir qilinmagan bo'lishi kerak.
Mukofot haqidagi oshkora va’dani bekor qilish mukofot to'g'risida 
e’lon qilgan shaxsni qiziqish bildirgan shaxsga u e’londa ko'rsatilgan 
harakatni bajarishi munosabati bilan qilgan xarajatlarini qoplashdan ozod 
qilinmaydi. Qoplash miqdori barcha hollarda e ’londa ko'rsatilgan 
mukofotdan ortiqcha bo'lishi mumkin emas.
Agar mukofotni oshkora va’da qilishda uning miqdori ko'rsatilmagan 
bo'lsa, mukofot, va’da qilgan shaxs bilan o'zaro kelishuvlariga ko'ra 
aniqlanadi, agar mukofot bo'yicha nizo kelib chiqsa sud tomonidan hal 
qilinadi.
Mukofotni to'lash majburiyati, tegishli harakat e ’lon qilinishi 
munosabati bilan yoki undan mustasno tarzda bajarilganidan qat’iy nazar,


vujudga keladi. Mukofotni to'lashning ikki omilini ajratib ko'rsatish 
mumkin:
Mazkur majburiyat muvofiq harakatlarning bajarilishi lozimligi 
faktidan qat’iy nazar paydo bo'ladi.
Mazkur majburiyat bunday va’dani bergan shaxsni aniqlaganishi 
sharti bilan paydo bo'ladi.
E’ionda ko'rsatilgan harakati bir necha shaxs tomonidan bajarilganida 
harakatni birinchi bo'lib bajargan shaxs mukofotni olish huquqiga ega.
Agar e ’londa ko'rsatilgan harakat ikki yoki undan ortiq shaxs 
tomonidan bajarilgan bo'lsa va ulardan qaysi biri tegishli harakatni 
birinchi bo'lib bajarilishini aniqlashning imkoni bo'lmasa, shuningdek, 
agar harakat ikki yoki bundan ortiq shaxslar tomonidan bir paytning 
o'zida sodir etilgan bo'lsa, mukofot ular o'rtasida bab-baravar yoki 
ularning o'zaro kelishuviga ko'ra taqsimlanadi.
Agar mukofot to'g'risidagi e’londa boshqacha tartib nazarda tutilmagan 
bo'lsa yoki unda ko'rsatilgan harakat xususiyatidan kelib chiqmasa, 
bajarilgan harakatning e’londa mavjud bo'lgan talablarga muvofiqligi 
mukofotni oshkora va’da qilgan shaxs tomonidan aniqlanadi, nizo kelib 
chiqqan taqdirda esa sud tomonidan hal qilinadi.



Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish