Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Yuridik shaxsning yoki fuqaroning o'z xodimi tomonidan yetkazilgan



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Yuridik shaxsning yoki fuqaroning o'z xodimi tomonidan yetkazilgan 
zarar uchun javobgarligi. 
Maiumki, yuridik shaxs nomidan uning 
faoliyatini uning organlari, rahbarlari va xodimlari amalga oshiradilar. 
Odatda yuridik shaxs xodimining xizmat vazifasi bo'yicha bajargan ishi 
va uning natijalari yuridik shaxsga nisbatan huquq va majburiyatlar 
vujudga keltiradi. Shu munosabat bilan yuridik shaxs o'z xodimi tomonidan 
uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarami toiaydi. Aynan shu qoidani boshqa 
fuqaroning yollanma mehnatidan foydalanayotgan fuqaroga nisbatan 
ham tatbiq etish mumkin. Bozor munosabatlari sharoitida bir fuqaroning 
ikkinchi fuqaro yollanma mehnatidan foydalanishi odatiy hoi sifatida 
qaraladi. Biroq, bunda ish bergan fuqaro ish beruvchi yuridik shaxslar 
kabi o'z xodimi yetkazgan zararlarni qoplashi lozim. FKning 989- 
moddasiga muvofiq, yuridik shaxs yoxud fuqaro o'z xodimi mehnat 
(xizmat, lavozim) majburiyatlarini bajarib turgan vaqtida yetkazgan 
zarami qoplaydi. Masalan, avtoparkka tegishli avtobus haydovchisining 
ehtiyotsizligi tufayli, fuqaro A.ga tegishli devor shikastlanadi. Fuqaro A. 
yetkazilgan zararni undirish to'g'risida sudga murojaat qilsa, zararni 
qoplash majburiyati haydovchiga emas, avtopark zimmasiga tushadi.
Mazkur vaziyatda yuridik shaxs yoki yollanm a mehnatdan 
foydalanayotgan fuqaroning javobgarligi birovlarning harakatlari va 
birovlarning aybi uchun emas, balki o'z aybi uchun belgilanadigan 
javobgarlik bo'lib ko'riladi1. Zero, xodim har doim yuridik shaxs yoki o'z 
ish beruvchisi boigan fuqaroning vakili sifatida uning nomidan harakat 
qiladi.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar qoidalariga 
muvofiq, mehnat shartnomasi asosida, shuningdek, fuqaroviy-huquqiy 
shartnoma asosida ish bajarayotgan fuqarolar, agar ishlarni bexatar olib 
borish yuzasidan tegishli yuridik shaxsning yoki fuqaroning topshirig'i 
bo'yicha yoki nazorati ostida harakat qilgan bo'lsalar yoki harakat qilishlari 
lozim boigan bo'lsa, xodimlar deb e’tirof etiladilar.
Xo'jalik shirkatlari va jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari


o'z ishtirokchilari (a’zolari) tomonidan ular shirkat va jamiyat yoki 
kooperativning tadbirkorlik, ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyatini 
amalga oshirish vaqtida yetkazilgan zararni qoplaydilar. Ishtirokchilarning 
shirkat faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan xatti-harakati natijasida 
yetkazilgan zararlar esa xo'jalik shirkati va jamiyatlari tomonidan 
qoplanmaydi. Shu bilan birga kommandit shirkatida kommanditchi (hissa 
qo'shuvchi) shirkat faoliyati yoki shirkat a’zolaming g'ayriqonuniy harakati 
natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo'lmaydi (O'zbekiston 
Respublikasining «Xo'jalik shirkatlari va jamiyatlari to'g'risida» gi 2001- 
yil, 6-dekabr Qonunining 30-moddasi).
Davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, 
shuningdek, ularning mansabdor shaxslar tomonidan yetkazilgan zarar 
uchun javobgarligi. FKning 15-moddasiga muvofiq, davlat organlari, 
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari yoki ushbu organlar 
mansabdor shaxslarining g'ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu 
jumladan davlat organi yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari 
tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq bo'lmagan hujjat chiqarilishi 
natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat 
tomonidan yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi tomonidan 
to'lanishi kerak. FKning 15-moddasi ommaviy hokimiyat organlarining 
umumiy javobgarlik asoslarini belgilaydi va bunda ommaviy hokimiyat 
organlarining mansabdor shaxslarining g'ayriqonuniy harakatlari 
(harakatsizligi) va qonun hujjatlariga muvofiq bo'lmagan hujjat chiqarilishi 
natijasida yetkazilgan zararlargina qoplanishi nazarda tutiladi.
Ta’kidlash lozimki, mazkur holat delikt javobgarligining alohida 
turi hisoblanadi. Ushbu majburiyatlarning eng muhim xususiyati shundaki, 
bunda zarar yetkazuvchi bo'lib, hokimiyat vakolatlariga ega bo'lgan 
ommaviy hokimiyat organlari va o'zlarining hokimiyat funksiyalari asosida 
harakat qiladigan va ijro etadigan mansabdor shaxslar hisoblanadi. Delikt 
majburiyatlari subyekti sifatida davlat hokimiyati barcha tarmoqlaridagi 
organlari - qonunchilik, ijroiya va sud organlari, mahalliy davlat 
hokimiyati organlari, shuningdek, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish 
organlari e’tirof etiladilar. Mansabdor shaxs bo'lib esa, maxsus vakolat 
asosida hokimiyat vakili funksiyasini doimiy yoki vaqtincha amalga 
oshirayotgan fuqarolar yoxud hokimiyat organlarida ushbu organlardan 
tashqaridagi tashkiliy-tartibot vazifasini amalga oshiradigan mansabda 
ishlayotganlar hisoblanadilar.
Davlat organlari yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari 
va ularining mansabdor shaxslari hisoblanmaydigan boshqa barcha


tashkilotlar, shu jumladan, davlat yoki munitsipal muassasalar (ta’lim, 
sog'liqni saqlash, fan, madaniyat va shu kabilar) ular tomonidan 
yetkazilgan zararni FKning 989-moddasi asosida qoplaydilar. Bu qoida 
davlat yoki fuqarolarning o'zini o ‘zi boshqarish organlarida ushbu 
organlarning hokimiyat vakolatlariga ega bo'lmagan xodimlari (masalan, 
vazirlik yoki idoraning xavfsizlik xizmati boshlig‘i, xo'jalik boshqaruvi 
rahbari) yoxud mansabdor shaxs hisoblanmaydigan shaxslari (masalan, 
xizmat avtomobili haydovchisi) yetkazgan zararga nisbatan ham tatbiq 
etiladi. Shu munosabat bilan delikt majburiyatlarida mansabdor shaxs 
atamasi jinoyat-huquqiy kategoriya uchun xos hisoblanadi.
Yuqorida sanab o'tilgan tashkilot (organ) va fuqarolar (mansabdor 
shaxslar) hokimiyat vakolatlarini amalga oshirar ekan, ular o'zlariga 
shunday imkoniyatni yaratib bergan ommaviy-huquqiy tuzilma - davlat 
nomidan harakat qiladilar. Shuning uchun ham davlat o'zining organlari 
va mansabdor shaxslari tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgar 
bo'ladi. Ommaviy-huquqiy tuzilmalar o‘z organlari va mansabdor shaxslari 
tomonidan yetkazilgan zararlarni o'z mulklari hisobidan qoplaydilar. 
Shu bilan birga qonun yetkazilgan zararni qoplash sudning qarori bilan 
shu mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkinligini nazarda tutadi 
(FKning 15-moddasi).
Bosh delikt tam oyiliga asoslanadigan m ulkiy zarar uchun 
javobgarlikning umumiy shartlaridan farq qilib, javobgarlikning bu turi 
vujudga kelishining birinchi sharti sifatida jabrlanuvchi isbotlashi lozim 
bo'lgan ommaviy hokimiyat organi yoki uning mansabdor shaxsi harakati 
yoki harakatsizligining g'ayriqonuniyligi e’tirof etiladi. Bunda yuqoridagi 
organlar va shaxslar harakati nafaqat g'ayriqonuniy, balki boshqa 
normativ-huquqiy hujjatlarga ham zid bo'lishi, boshqacha aytganda 
huquqqa xilof bo'lishi lozim.
Mazkur holatda bosh delikt tamoyilidan chekinish holati sifatida 
zarar yetkazuvchi harakatning huquqqa xilofligini isbotlash vazifasi 
jabrlanuvchiga yuklatilishi muhim asoslarga ega. Zero, davlat organlari 
va ularning mansabdor shaxslarining harakati nafaqat bir tomonlama 
majburiy hokimiyat tusiga ega, balki o'z tabiatiga ko'ra, kimningdir 
mulkiy manfaatlari bilan to'qnash keladi va bunda kimningdir mulkiy 
manfaatlariga putur yetishi tabiiy, bu esa bitta holat asosida ular harakatini 
huquqqa xilof deb baholashga asos bo'lmaydi. Ta’kidlash lozimki, davlat 
faqatgina mukofotlar berish va sovg'a-salom tarqatish uchun tashkil 
qilinmagan. Shu sababli ham uning organlari va mansabdor shaxslarining 
o'z funksiyalarin bajarishlari har doim huquqiydir, garchi bunda zarar


yetkazilish holati vujudga kelsada. Bu harakatlar vakolatsiz yoki 
vakolatdan chetga chiqib amalga oshirilganda yoxud hokim iyat 
vakolatlaridan g'arazli maqsadlarda foydalanilgan bo‘lsa g'ayriqonuniy 
hisoblanadi.
Ommaviy hokimiyat organlarining harakatlari bilan zarar yetkazilishi 
ular tomonidan hokimiyat vakolatlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan 
huquqiy hujjat (buyruq, yo'riqnoma, ko'rsatma) ni qabul qilinishi shaklida 
namoyon bo'ladi. Shu bilan birga mansabdor shaxsning zarar yetkazuvchi 
harakati uning huquqqa xilof xulq-atvori yoki og'zaki farmoyish berish 
orqali ifodalanadi. Shuningdek, mansabdor shaxs tomonidan fuqarolar 
yoki yur idik shaxslar uchun majburiy tusga ega bo'lgan tegishli yozma 
farmoyish berilishi ham g'ayriqonuniy bo'lsa, yetkazilgan zarar qoplanishi 
lozim. Shunday qilib, ommaviy hokimiyat organlari va ular mansabdor 
shaxslarining g'ayriqonuniy harakati deganda, nafaqat, ular tomonidan 
qabul qilingan noqonuniy normativ yoki individual huquqiy hujjat, 
balki noqonuniy tusga ega bo'lgan ularning amaldagi harakatlari ham 
tushuniladi.
Ommaviy davlat hokimiyati huquqlarini lozim darajada amalga 
oshirmaslikning o'zigina huquqa xilof hisoblanmaydi, balki uning organlari 
va m ansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari, hokim iyat 
majburiyatlarining amalga oshirilmasligi - harakatsizligi ham huquqqa 
xiloflik sifatida baholanadi. Masalan, jabrlanuvchiga mulkiy ziyon 
yetkazadigan tegishli ruxsat yoki hujjatni berishni noqonuniy rad qilish, 
davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad qilish va h.o.
Umumiy qoidaga ko'ra davlat hokimiyati organlarining hujjatlari 
qonuniy hisoblanadi, shuning uchun ham mulkiy javobgarlikni belgilash 
uchun dastlab sud tartibida bunday hujjatlami haqiqiy emas deb topish 
lozim bo'ladi. FKning 12-moddasiga muvofiq, davlat organining yoki 
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq 
bo'lmagan hamda fuqaroning yoki yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarini 
va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjati sud 
tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Davlat organi yoki o'zini o'zi boshqarish organlarining noqonuniy 
hujjati natijasida fuqarolar va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni 
qoplashning asosi sifatida bunday hujjatning qonun yoki boshqa huquqiy 
hujjat normasiga zid kelishi hisoblanadi. Bu holat nafaqat fuqarolik- 
huquqiy tusiga ega bo'lgan hujjatlarga, balki fuqarolar yoki yuridik 
shaxslarning mulkiy manfaatlariga taalluqli bo'lgan barcha normativ 
hujjatlarga tegishlidir. Boshqacha aytganda muayyan hujjatning huquqqa


xilofligi fuqarolik huquqi doirasidan tashqarida bo'lishi ham mumkin, 
biroq ushbu hujjat qabul qilinishi bilan vujudga kelgan mulkiy oqibat 
har doim fuqarolik-huquqiy tusga ega boiadi.
Fuqarolik qonun hujjatlarida ommaviy hokimiyat organlari va ular 
mansabdor shaxslari yetkazgan zarari uchun javobgarlik shartlari to'g'risida 
boshqa ko'rsatmalar mavjud emas. Bu esa o'z navbatida bunday 
javobgarlik delikt javobgarligining umumiy asoslarida belgilanishini 
anglatadi. Shu bilan birga, bu javobgarlik mavjudligi nazarda tutiladigan 
zarar yetkazuvchi - hokimiyat organi yoki mansabdor shaxs aybiga 
asoslanadi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish