Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Delikt javobgarligining shartlari



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Delikt javobgarligining shartlari. 
Zarar yetkazilganda fuqarolik- 
huquqiy javobgarlik belgilanishi uchun zararning mavjud bo'lishi bilan 
birga, qonun. hujjatlarida belgilangan shartlar ham mavjud bo'lishi talab 
etiladi. Bunday shartlar bosh delikt tamoyilidan kelib chiqadi va qonun 
hujjatlarida boshqacha holat nazarda tutilm agan bo'lsa, zarar 
yetkazishning barcha holatlari uchun tatbiq etiladi Delikt javobgarligi
1 Зокиров И.Б. Фу^аролик хУКУ^и. 1-^исм.-Т.:ТДЮИ.2006.-10 б.
2 Гражданское право: В 2 т. Том II. Полутом 2: Учебник/отв.ред.Е.А.Суханов.-М.: 
БЕК.2002.-371 с


(zarar yetkazganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik) ning shartlari 
huquqbuzarga tegishli javobgarlik chorasi - sanksiyani belgilashda, ya’ni, 
uni zararni qoplash majburiyatini bajarishga majbur qilishda amal qilinishi 
lozim bo'lgan umum majburiy talablardir.
Delikt majburiyatlar va ulardan kelib chiqadigan delikt javobgarlik 
quyidagi shartlar asosida vujudga keladi:
- zarar yetkazgan shaxs xatti-harakati huquqqa xilofligi;
- zarar yetkazuvchining huquqqa x ilof xatti-harakati va 
yetkazilgan zarar o'rtasidagi sababiy bog'lanish;
- zarar yetkazgan shaxsning aybi.
Zarar yetkazuvchi xatti-harakatining huquqqa xilofligi. 
Delikt 
javobgarligining sharti sifatida zarar yetkazuvchi shaxs harakatining 
huquqqa xilofligi FKda qonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zarar 
qonunda nazarda tutilgan hollarda to'lanishi lozimligi qoidasidan kelib 
chiqadi (FK985-moddasining 55-qismi). Bunga muvofiq, g'ayriqonuniy 
harakat tufayli yetkazilgan zarar to'liq qoplanishi lozim.
Umumiy qoidaga ko'ra shaxsning harakatlari huquq normalarida 
belgilangan qoidaJarni, hamda bir vaqtning o'zida muayyan shaxsning 
subyektiv huquqlarini buzsa huquqqa xilof hisoblanadi. Masalan, fuqaro 
katta tezlikda yugurib keta turib, qarshisidan kelayotgan kishini turtib 
ketdi deylik, natijada ikkinchi fuqaroning yiqilib tushishi natijasida uning 
qo'li sindi, ya'ni sog'lig'iga jiddiy zarar yetkazildi. Bunda inson hayoti va 
sog'lig'ini himoya qilish to'g'risidagi obyektiv huquq normasi hamda u 
bilan bir vaqtda jabrlanuvchining sog'liqqa nisbatan subyektiv huquqi 
buzildi.
Delikt majburiyatlarida zarar yetkazuvchi harakatning huquqqa 
xilofligi prezumpsiyasi amal qiladi. Bu qoida bosh delikt tamoyiliga 
tayanadi. Mazkur tamoyilga muvofiq, shaxslarning mol-mulkiga yoki 
fuqaroning sog'lig'iga yetkazilgan har qanday zarar qonun hujjatlarida 
boshqacha holat belgilanmagan bo'lsa, huquqqa xilof deb baholanishi 
lozim. Shu bilan birga jabrlanuvchiga zarar yetkazuvchi harakatning 
huquqqa xilofligini isbotlash majburiyati yuklatilmaydi, aksincha zarar 
yetkazuvchining harakati huquqqa xilof taxmin qilinadi. Ya’ni, zarar 
yetkazuvchi o'z harakatlarini huquqga xilof emasligini isbotlamagunicha, 
uning harakati huquqqa xilof deb hisoblanadi.
Ma’lumki, huquqqa xilof xulq-atvor odatda shaxslarning mulkiy 
manfaatlari doirasidagi yo'qotishlarga sabab bo'ladigan faol harakatlar 
orqali namoyon bo'ladi. Shu bilan birga shaxsiy nomulkiy manfaatlar 
sohasida ham faol harakatlar orqali huquqqa xilof xulq-atvor namoyon


boiish i mumkin. Masalan, fuqaroning nomga b o ‘lgan huquqidan 
g'ayriqonuniy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi 
lozim (FKning 20-moddasi).
Zarar yetkazuvchi xulq-atvorining huquqqa xilofligi nafaqat faol 
harakat orqali, balki harakatsizlik natijasida ham namoyon boiishi 
mumkin. Bunday harakatsizlik deganda, shaxsning muayyan harakatni 
amalga oshirishi kerak boiganda, uning shu harakatni bajarmaganligi 
tushuniladi. Masalan, korxonada mehnat va fuqarolar xavfsizligini 
ta’minlanmasligi natijasida ba’zi xodimlarning zaharli gazdan zaharlanishi, 
korxona ma’muriyatini huquqqa xilof harakatsizligi natijasida baholanadi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11- 
fevraldagi 60-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Xodimlarga ularning mehnat 
vazifalarini bajarish bilan bog'liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga 
chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan 
zararni to'lash» Qoidalarining 3-bandiga muvofiq, ish beruvchi tomonidan 
ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-texnik, sanitariya-gigiyena va davolash- 
profilaktika choralari hamda sogiom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish 
tadbirlari ta’minlanmaganligi (mehnatni muhofaza qilish, texnika 
xavfsizligi, sanoat sanitariyasi qoidalari va shu kabilarga rioya qilmaslik) 
tufayli olingan mehnat jarohati uning aybi bilan sodir etilgan deb 
hisoblanadi1.
Hayotda zarar yetkazilgan b o isa d a , zarar yetkazuvchining 
harakatlari huquqqa xilof bo'lmagan vaziyatlar ham ko'plab uchraydi. 
Umumiy qoidaga ko'ra, qonuniy harakatlar natijasida yetkazilgan zarar 
qoplanmaydi. Biroq mazkur qoidaga istisno sifatida FKning 985-moddasi, 
5-qismida qonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zarar qonunda nazarda 
tutilgan hollarda to'lanishi lozimligi belgilangan.
Zarar yetkazuvchi harakati shaxsning xizmat vazifasini bajarishi 
yoki qonun hujjatlarida yoxud boshqa kasbiy yo'riqnomada belgilangan 
doirada amalga oshirilgan bo'lsa qonuniy hisoblanadi. Masalan, o't 
uchiruvchilar yong'inni o'chirish vaqtida yong'in atrofidagi mol-mulkka 
ham zarar yetkazishlari mumkin. Bunda agar o't o'ehiruvchi belgilangan 
qoidalarga amal qilgan holda harakat qilgan boisalar yetkazilgan zarar 
qoplanmaydi. Shu bilan birga muayyan hududda epedimiy, epizotiya 
tarqalganda sanepidstansiya xodimlari tomonidan uy hayvonlarining yo'q 
qilib tashlanishi, agar bu kasalliklarning oldini olishga xizmat qilsa qonuniy


harakat sifatida e’tirof etiladi va yetkazilgan zarar qoplanmaydi.
Jabrlanuvchining roziligi bilan amalga oshirilgan harakat natijasida 
zarar yetkazilsa, bunday harakat ham huquqqa xilof hisoblanmaydi. 
Bunda jabrlanuvchining muomalaga layoqatli bo'lishi va o'z xohishini 
erkin ifodalangan bo'lishi talab etiladi (masalan ichki a’ zolarni 
trasplentatsiya qilish, qon topshirish va shu kabilar). Shu bilan birga 
jabrlanuvchining xohishi ham qonuniy bo'lishi shart. Agar fuqaro ixtiyoriy 
ravishda muayyan dori vositasida o'zini o'ldirishni tibbiyot xodimlaridan 
so'rasa, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, bunday talabni 
amalga oshirish g'ayriqonuniy hisoblanadi. Eftanaziya (o'z xohishiga ko'ra 
o'lim ni tanlash) huquqi niderlandiyada shaxsiy huquq sifatida 
mustahkamlab qo'yilgan, ammo bunday huquqni O'zbekistonda e’tirof 
etish maqsadga muvofiq emas. Chunki, O'zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga, diniy qadriyatlarga, axloqiy negizlarga mutlaqo ziddir1.
Zararning qonuniy asoslarda yetkazilishi mumkinligining keng 
tarqalgan holati bu zaruriy m udofaa holatida yetkazilgan zarar 
hisoblanadi2. FKning 987-moddasiga muvofiq, zaruriy mudofaa holatida 
yetkazilgan zarar, agar bunda mudofaa chegarasidan chiqilmagan bo'lsa, 
to'lanmaydi. Agar g'ayriqonuniy tajovuzdan himoyalanish paytida 
himoyalanuvchi uchinchi shaxsga zarar yetkazgan bo'lsa, bu zarar tajovuz 
qilgan shaxs tom onidan to'lanishi lozim. Shaxsga uning jinoiy 
harakatlarining payini qirqish yoxud uni ushlash va tegishli organlarga 
olib borish sababli yetkazilgan zarar to'lanmaydi. Zaruriy mudofaa 
chegarasidan chetga chiqib yetkazilgan zararlar esa umumiy asoslarda 
qoplanadi. Biroq, bunda zarar yetkazilishiga sabab bo'lgan jabrlanuvchi 
aybining darajasi va zarar yetkazuvchining aybi darajasi hisobga olinishi 
lozim. Bu holatda huquqqa xiloflikning m avjud emasligi delikt 
majburiyatlari vujudga kelishini va unga mos ravishda yetkazilgan zarar 
uchun javobgarlik vujudga kelishini istisno etadi.
Biroq, FKda qonuniy harakat natijasida zarar yetkazganlik uchun 
javobgarlikni nazarda tutuvchi holat ham belgilangan. FKning 988- 
moddasida belgilangan oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar uchun 
javobgarlik belgilangan. Mazkur moddaga muvofiq, oxirgi zarurat holatida 
yetkazilgan zarar, ya’ni, zarar yetkazgan shaxsning o'ziga yoki boshqa 
shaxslarga tahdid solgan xavfni bartaraf etish uchun oxirgi zarurat holatida
1 Насриев И. Шахсий номулкий хуку^ларни амалга ошириш ва мухофаза 
килишнинг фукаролик-хукукий муаммолари.-Т.: Р.Рулом нашриёти.2006.-37 б.
2 Зарурий мудофа тушунчаси, унинг чегараси Жиноят кодексида белгиланган.


yetkazilgan zarar, agar bu xavf mazkur holatlarda boshqa vositalar 
bilan bartaraf etilishi mumkin bo'lmasa, zarar yetkazgan shaxs tomonidan 
to'lanishi lozim
Bunday zarar yetkazilgan holatlarni hisobga olib, sud uni to'lash 
majburiyatini zararni yetkazgan shaxs uchinchi shaxsning manfaatini 
ko'zlab harakat qilgan bo'lsa, o'sha shaxsga yuklashi yoxud bu uchinchi 
shaxsni ham, zarar yetkazgan shaxsni ham zararni to'lashdan to'liq yoki 
qisman ozod qilishi mumkin.
Biroq shu o'rinda ta’kidlash lozimki, oxirgi zarurat va zaruriy 
mudofaa holatida yetkazilgan zarar delikt javobgarligi hisoblanmaydi1. 
Chunki, bunda zarar yetkazuvchi harakatning huquqqa xilofligi mavjud 
emas va uning xulq-atvori salbiy baholanmasligi lozim Shuning uchun 
ham FK ning 987 va 988 m oddalarida «ja v ob g a rlik » atamalari 
qo'llanilmaydi va bu o'rinda FK o'ziga xos «neytral» holatni ifodalaydi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish