Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Surishtiruv, dastlabki tcrgov, prokuratura organlari va sudning



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Surishtiruv, dastlabki tcrgov, prokuratura organlari va sudning 
qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlik.
Davlat hokimiyati organlari tomonidan yetkazilgan zarar uchun 
javobgarlikning o'ziga xos holatlari sifatida fuqaroga quyidagi holatlarda 
zarar yetkazish ko'rsatib o'tiladi:
- qonunga xilof tarzda hukm etish;
- qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish;
- ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda 
bo'lish haqida tilxat olishni qonunga xilof qo'llanishi;
- qamoq tariqasidagi ma’muriy jazoni qonunga xilof tarzda berish.
Sanab o'tilgan holatlar har bir fuqaroning erkinlik va shaxsiy
daxlsizlikka nisbatan konstitutsiyaviy huquqlarini buzish hisoblanadi va 
fuqaroninig ruhiy iztiroblari bilan birga ular uchun noxush mulkiy 
oqibatlarni ham vujudga keltiradi. Shuning uchun ham qonun ular uchun 
alohida huquqiy, shu jumladan fuqarolik-huquqiy oqibatni belgilaydi.
Birinchi navbatda mazkur holatlar huquqni muhofaza qiluvchi 
organlar - surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning 
mansabdor shaxslarining fuqarolar (jismoniy shaxslar) ga nisbatan 
yuqoridagi oqibatlarni vujudga keltiradigan noqonuniy harakati natijasi 
hisoblanadi. Agar zarar fuqaroga sanab o'tilgan organlarning boshqa 
tarzdagi qonunga xilof faoliyati (gumonlanuvchi sifatida noqonuniy asosda 
ushlab turish, unga nisbatan majburiy tibbiy choralarni ko'rish) natijasida 
yetkazilgan zarar, fuqarolarga davlat organlari va mansabdor shaxslaming 
noqonuniy harakatlari bilan yetkazilgan zarar uchun javobgarlikning 
umumiy asoslaridan kelib chiqib qoplanadi (FKning 991-moddasi). Bu 
holat huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarining yuridik shaxslarga 
yetkazilgan zararlariga nisbatan ham qoilaniladi.
Yuqoridagi davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari 
sanab o'tilgan holatlarda O'zbekiston Respublikasi nomidan harakat


qiladilar. Shu munosabat ularning noqonuniy harakatlari natijasida 
yetkazilgan zararni qoplashni ham 0 ‘zbekiston Respublikasi o'z zimmasiga 
oladi va bu zararlar davlat byudjeti hisobidan to‘la hajmda qoplanadi. 
Bunda zararni qoplash bevosita davlat moliya organlari tomonidan amalga 
oshiriladi. Sudning qarori bilan zararni qoplash zarar yetkazilishida aybdor 
bo'lgan mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin.
Huquqni m uhofaza qiluvchi va sud organlari harakatining 
noqonuniyligi sudning asosli hukmi yoki jinoyat ishining rebilitatsiya 
qilish asoslari bo'yicha tugatilishi (jinoyatning sodir etilmaganligi, qilmishda 
jinoyat tarkibining yo'qligi, fuqaroning qilmishni sodir etishda ishtirok 
etganligi isbotlanmaganligi) bilan, shuningdek, ishning m a’ m uriy 
huquqbuzarlik bo'yicha tugatilganligi bilan asoslanishi lozim. Ishning boshqa 
asoslarda (amnistiya, vaziyatning o'zgarishi va shu kabilar) tugatilishi 
yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqini istisno qiladi.
Yuqorida ko'zda tutilgan harakatlar natijasida fuqaroga yetkazilgan 
zarar surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning 
mansabdor shaxslari aybidan qat’iy nazar to'lanishi lozim. Zero, bunda 
huquqni muhofaza qiluvchi va sud organining mansabdor shaxslari insofli 
harakat qila turib ham adashishlari mumkin. Masalan, sud aybdor 
bo'lmagan fuqaroni dastlabki tergovda vujudga kelgan jinoyatni sodir 
etish taxmini bo'yicha javobgarlikka tortishi mumkin. Bunday holatlarda 
zarar yetkazuvchi aybi prezumpsiyasi mavjud bo'lib, zarar qoplanmasdan 
qolib ketar edi.
FK bunday zarralar to'liq hajmda qoplanishini alohida ta’kidlaydi 
(FKning 991-modasi) va bu vaziyatda ma’naviy zarar to'lanishini ham 
belgilaydi (FKning 1021-moddasi). Delikt majburiyatlarining mazkur turida 
yetkazilgan zararlarni qoplashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
- jabrlanuvchiga yo'qotilgan ish haqi va boshqa daromadlar, pensiya 
va nafaqalar uchun tovon to'lanishini;
- musodara qilingan, olib qo'yilgan va xatlangan mol-mulkni 
qaytarishni;
- jabrlanuvchi tomonidan to'langan jarimalar va sud to'lovlari, 
shuningdek, huquqiy xizmat uchun to'langan summalar qaytarilishini;
- jabrlanuvchining boshqa ziyonlari (yo'qotilgan uy-joy yoki boshqa 
mol-mulk olinmagan foyda) ni qoplash.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish