Тошкент Давлат техника


Mashg‘ulot o‘tkazish vositalari



Download 0,6 Mb.
bet103/156
Sana13.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#787950
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   156
Bog'liq
2 5238236135330683012

3. Mashg‘ulot o‘tkazish vositalari:
Xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha me’yoriy ma’lumotlar; mavzuga tegishli bo‘lgan plakatlar, maketlar; mashinalarning agregati, uzellari va detallari.
4. Mashg‘ulot davomida quyidagi masalalar
o‘rganilishi lozim:
G’ildirakli traktorlarning orqa ko‘priklari va oxirgi uzatmalaridagi nosozliklar va ularni bartarf etish yo‘llari; gusenisalik traktorlarning orqa ko‘prigi qanday nosozliklar paydo bo‘ladi va ular qanday bartaraf etilishi; g‘ildirak reduktorlari va tormozidagi nosozliklarni bartaraf etish yo‘llari.


7- amaliy mashg‘ulot
Ramalarni va orqadan osgichlarni ta’mirlash
texnologiyasini o‘rganish
1. Mashg‘ulotning maqsadi g‘ildirakli va gusenisalik traktorning ramalarni va orqadan osgichlarni ta’mirlash texnologiyasini o‘rganishdan iborat.
2. Nazariy qism
G‘ildirakli traktor ramalarini va orqadan osgichlarining nosozliklari. Burilishlarda yarim ramalarni burchak bo‘yicha siljishi, hamda ularni gorizontal o‘qqa nisbatan o‘zaro burilishini ta’minlashda vertikal va gorizontal sharnir detallarining eyilishi sodir bo‘ladi.
Кo‘p hollarda osgichlar deformasiyalanadi, ayrim hollarda richagli-sharnirli mexanizmning detallari traktor agregatlari bir paytning o‘zida burilib qiyshayganda sinishi ham mumkin.
Osgichda quyidagi sabalarga ko‘ra nosozliklar paydo bo‘ladi: tirqishga kirib qoluvchi abraziv changgi, loy, namlik, mineral va organik o‘g‘itlarning qoldiqlari tasirida detallarning eyilishi, ximikatlar ta’sirida detallarning birlashtiruvchi sirtlarini korroziyalanishi. Ular ramaning geometriyasini va osgich mexanizmining detallarini o‘zaro joylashishini o‘zgarishiga, lonjeronlarda darzlarning paydo bo‘lishiga, payvand, parchnli va rezbali birikmalarni bo‘shab ketishiga, tortqilarni deformasiyalanishiga, traktorning va mashina-traktor agregatining ishini buzilishiga olib keladi.
G’ildirakli traktorlardan foydalanishda oldingi yarim rama lonjironlarining dizel o‘rnatiladigan joylari, oldingi o‘q yoki oldingi etaklovchi ko‘prik va lojeronlarni ilashish muftasi korpusiga lonjeronlarni qotirish joylarini, sharnirli mexanizmni eyilgan yoki deformasiyalangan detallarini almashtirish yo‘li bilan ta’mirlanadi.
Vertikal sharnir. T-150К traktorining vertikal sharniri ruxsat etilgan chegaradan ortiq eyilganda texnik talablarga muvofiq almashtiriladi.
Vertikal sharnirni traktor bo‘laklarga ajratilmasdan ta’mirlash quyidagicha olib boriladi. O’qlarning yeyilgan qismidagi ellipslikni bartaraf etish maqsadida ular yo‘niladi, so‘ng esa korbanat angidridi muhitida tebranma yoy usulida eritib qoplash yo‘li bilan ta’mirlanadi, so‘ng o‘qning uchlari ikki tomoni tashqarisidan 4-5º burchak ostida yo‘niladi.
O’qlarning har biri uchun ichki konusga ega bo‘lgan vtulka yasaladi. Vtulkada o‘lchami 1-2 mm bo‘lgan bo‘ylama ariqcha hosil qilinadi. Uzunligi 60 mm bo‘lgan vtulka oldingi yarimramaning yuqorgi va pastgi quloqlariga, uzunligi 55 mm bo‘lgan vtulka esa o‘rta quloqqa o‘rnatiladi. Oldingi yarimrama quloqlarning teshigiga o‘rnatilgan vtulka va shaybali o‘qlar maxsus boltlar bilan gayka yordamida qotiriladi. O’qlarni moylash uchun krestovina korpusining gorizontal sharnirini quloqlari teshilib, unga rezba ochiladi va press-moylagich o‘rnatiladi.
Yarimrama va o‘q vtulkalari orasidagi tirqish vaqti-vaqti bilan gayka yordamida rostlanadi.
Sharnirli birikmani ta’mirlash OR-16348 komplektidan foydalanib ikki usulda amalga oshiriladi.
Birinchi usul. Texnik talablarga mos holda saralangandan so‘ng, oldingi yarimrama qulog‘idagi teshik 112 mm diametrgacha yo‘niladi va unga Po‘lat 40X dan yasalgan ta’mir vtulkalari presslanadi. O’rta quloqqa presslanuchi vtulkalar, diametri bo‘yicha qarama-qarshi nuqtalarda payvandlab qo‘yiladi. Bunda vtulkalarning ichki diametri o‘q diametriga mos kelishi lozim. Agar gorizontal sharnir krestovinasi korpusining qulog‘idagidagi vtulkaga nisbatan kattaroq miqdorga eyilgan bo‘lsa, ular presslab chiqariladi va po‘lat 40X dan yasalgan yangi vtulka tayyorlanadi, bunda vtulkalarning ichki diametri o‘q diametriga mos kelishi lozim.
Ikkinchi usulda oldingi yarimrama quloqlari teshikdagi ellipslik to‘liq yo‘qolgunga qadar yo‘niladi. Undan so‘ng o‘qlar korbanat angidrid gazi muhitida vibrotutashuvli suyuqlantirib qoplash yo‘li bilan ta’mirlanadi. O’qlarning o‘lchami oldingi yarim rama quloqlaridagi teshiklarning diametriga mos kelgunga qadar yo‘niladi. Shu diametrdagi gorizontal sharnir kerstovinasi quloqlariga vtulka yo‘niladi. Bu usulda ta’mirlashda gorizontal sharnirning korpusi quloqlaridagi vtulkalarni presslab chiqarishga ehtiyoj qolmaydi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish