G’ildirakli traktor osish mexanizmi detallarnining nuqsonlariga abraziv eyilish, buralib ketish va shlisalarning joylashishini bo‘shab ketishi yoki qotirish mexanizmi detallarining cho‘zilishi, darz ketishi, sinib tushishi ezilishi va boshqa nuqsonlar kiradi. Ushbu mexanizmni ta’mirlash jarayonini T-150К traktorlari misolida ko‘rib chiqamiz.
Traktorning osish qismini joriy ta’mirlashda quyidagi nosozliklar bartaraf etiladi: markaziy torqining tashqi yoki ichki trubalarni, tortib turuvchi vintni, raskoslarning tashqi va ichki trubalarini uzilishi, sferik sharnirlarni eyilishi.
Traktorlarda osgichni joriy ta’mirlash richag vallarining pastgi o‘qini shlisalari buralganda, sferik sharnirlar eyilganda amalga oshiriladi.
Traktorning pastgi o‘qini chiqarish uchun qiyshaytirgichlar vilkasi ajratiladi va pastgi tortqilarning sferik sharnirlaridan pastgi richaglarning barmoqlari chiqarib olinadi. Pastgi tortqilar va tirkama kronshteyni chiqariladi.
Richag valini olish uchun ko‘tarish richagi qiyshaytirgich-dan, traversa esa richag validan uziladi. Boltlari bo‘shatilib bugel qoqog‘i olinadi. Yuqorgi o‘q gidravlik press bilan richag vali teshigidan siqib chiqariladi. Zarur bo‘lgan hollarda richag kallaklari valini richagdan ajratishni osonlashtirish uchun gaz gorelkasida qizitiladi. Stoporlavchi halqalarni ushlab turuvchi boltlar bo‘shatiladi va richag validan yuqorgi tortqining traversasi chiqarib olinadi. O’ng va chap vtulkalar siqib chiqarilib, richag vali almashtiriladi.
Pastgi tortqilarni almashtirish uchun qiyshaytirgich vilkasi uziladi, pastgi tortqilarni kallakka birlashtiruvchi qotirish barmog‘i chiqarib olinadi. O’ng va chap vtulkalar siqib chiqariladi va richag vali almashtiriladi.
Pastgi tortqilarni almashtirish yoki ta’mirlash uchun qiyshaytirgich vilkasi ajratiladi, buning uchun pastgi tortqilarning sferik sharnirlaridan richag barmoqlari chiqarib olinadi. Tortib turuvchilarni qotirish stremyakalarining gaykalari bo‘shatiladi va pastgi tortqining sferik sharnirlarini kallakka qotirish barmoqlari chiqarib olinadi. Agar kallak eyilgan yoki deformasiyalangan bo‘lsa, unda u pastgi tortqidan ajratiladi.
Agar yuqorgi yoki pastgi tortqilarning sferik sharnirlari nosoz bo‘lib, ularda darzlar va siniqlar bo‘lib ularni almashtirish talab etilsa, ularni bo‘laklarga ajratish uchun gidravlik pressga mo‘ljallangan maxsus moslamalardan foydalaniladi. Moslama silindrik taglik sifatida bo‘lib, uning yuqorgi chetida sferik chuqurchalar mavjud. Gidravlik pressning puansoni bilan sharnirning markaziga bosiladi; bunda parchin mixlarining chetlari kesiladi, shar va halqa taglikning ichiga tushadi. Sharnirni 180º ga burib va sharni ikkinchi halqaga o‘rnatib, birikma oxirigacha bo‘laklarga ajratiladi. Bo‘laklarga ajratilgandan so‘ng nazorat va o‘lchash bilan ajratilgan va birikma hosil qiluvchi detallarning texnik holati baholanadi, yeyilgan detallar almashtiriladi.
Osgich o‘rnatilayotganda yuqorgi va pastgi tortqilarning sharnirlari taglikning parchin mix kallagi o‘tiradigan, sferik chuqurchalari va gidropressning shtogi o‘rnatiladigan ustqo‘ymadan iborat bo‘lgan moslama yordamida yig‘iladi. Parchin mix kallagi shakillanadigan chetida ham ustqo‘ymaning chuqurlashtirilgan joyi mavjud.
Parchin mix o‘rniga boltli birikmadan ham foydalanish mumkin. Har bir birikma sharnirga chang va abraziv zarrachalarini tushishini oldini oluvchi rezina halqa o‘rnatiladi. Yuqorgi va pastgi tortqilarning sharnirlari 0,2 kN dan katta bo‘lmagan kuchda 500 mm lik elkada istalgan tekislikda erkin burilishlari lozim. Qiyshaytirgichlar, tortqilar va tortib turuvchilar shunday yig‘ilishi kerakki, detallarni vorotok dastasi bilan engil va erkin siljitishning imkoni bo‘lsin. Tortqi sharnirlarini yig‘ishda unga №158 moy ishlatiladi, barmoqlari, fiksatorlari va rezbalari esa solidol bilan moylanadi.
Ta’mirlashdan so‘ng yig‘ilgan osgich traktor bilan birgalikda sinab ko‘riladi. Osgichni massasi 2000 kg bo‘lgan sinash yukini ko‘tarish va tushirish jarayonining oxirida va to‘xtash nuqtalarida sharnirlarda taqqillashlar bo‘lmasligi lozim.
Gusenisalik traktorning osish mexanizmini ta’mirlash quyidagicha olib boriladi. Osgichning nosozliklari ko‘zdan kechirish va tashqi belgilari bo‘yicha aniqlanadi: ular richagli-sharnirli mexanizm zvenolarining geometriyasini buzilishi, egilishi, darzlarning paydo bo‘lishi, quloqlarni sinib tushishi yoki detallarning uzilishi, sharli birikmalarni eyilishi, rezbaning shikastlanishi, hamda osmani ish holatidan transport holatiga o‘tkazilganda taqillashidan iborat.
Osish mexanizmi detallarining nuqsonlariga abraziv eyilish, shlisalarning buralib ketishi va o‘tirishini bo‘shashi, osish mexanizmi qotirgichlarini bo‘shab ketishi yoki uzilishi, darz ketishlar, sinib tushishlar, ezilishlar va boshqa shikastlanishlar bilan bog‘langan. Gusenisalik traktorlarning osish mexanizmi konstruksiyalarining umumiyligi, ulardagi shikastlanishlarning xarakteri va chastotasida ham umumiyliklar mavjud.
T-150 traktorida osmani joriy ta’mirlash, richag vallarining shilisalari, pastgi o‘qi buralib ketganda, sferik sharnirlar eyilganda bajariladi.
Osish mexanizmini nosozliklarini bartaraf etish uchun pastgi o‘q chiqarib olinadi, buning uchun qiyshaytirgich vilkasi uziladi va pastgi richaglarning barmog‘i pastgi tortqi sferik sharnirlardan chiqarib olinadi. Pastgi tortqilar va tirkama kronshteyni chiqarib olinadi.
Valni richaglardan chiqarib olish uchun ko‘tarish richaglari qiyshaytirgichdan, tortib turuvchilar esa richaglarning validan uziladi, boltlar bo‘shatilib bugelning qopqog‘i olinadi. Yuqorgi o‘q richaglari val teshigidan press yordamida siqib chiqariladi. Zaruriyat tug‘ilsa richaglarning kallagi va richagli vallarni ajratishni osonlashtirish uchun gaz gorelkasida qizdiriladi. Stopor halqalarni tutib turuvchi boltlar bo‘shatiladi va yuqorgi torqi traversasi richaglari valdan chiqarib olinadi. Chap va o‘ng vtulkalar siqib chiqariladi va richag vallari almashtiriladi.
Pastgi tortqilarni almashtirish yoki ta’mirlash uchun qiyshaytirgichning vilkasi uziladi, buning uchun richaglarning barmoqlari pastgi tortqilarning sferik sharnirlari chiqarib olinadi. Tortib turuvchilarni qotirish stremyankasining gaykasi bo‘shatiladi va pastgi tortqi olinadi, buning uchun pastgi torqi kallagini qotirish barmog‘i chiqarib olinadi. Agar kallak eyilgan yoki deformasiyalangan bo‘lsa, u pastgi tortqidan ajratiladi.
Agar yuqorgi yoki pastgi sferik sharnirlar nosoz, unda darz va siniqlar bo‘lsa, ushbu detallarni almashtirish talab etiladi. Ularni bo‘laklarga ajratish uchun maxsus moslamalar bilan jihozlangan gidropressdan foydalaniladi.
Bo‘laklarga ajratilgandan so‘ng nazorat va o‘lchash, detallarning birikan qismlarini texnik holatini aniqlash imkoniyati tug‘iladi va eyilgan detallar almashtiriladi.
Osma yig‘ilganda ham yuqorgi va pastgi tortqi sharnirlarining parchin mix kallagiga mos keluvchi sferik chuqurchalari bo‘lgan taglikdan iborat va ustidan gidropressning shtogi o‘rnatiladigan moslamadan foydalaniladi. Moslama ustqo‘yma-sining chekkasida ham parchin mix kallagini shakillantiruvchi chuqurcha mavjud.
Yig‘ilgan osgich, ta’mirlangandan so‘ng traktor bilan osgichni ko‘tarish yoki tushirish jarayonida massasi 2000 kg bo‘lgan sinov yuki bilan sinab ko‘riladi, bunda sharnirlardagi oxirgi nuqtalarida yoki to‘xtash nuqtalarida taqillashlar bo‘lmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |