Yo‘naltiruvchi g‘ildirak. DT-75 traktorida to‘liq yig‘ilgan o‘q bo‘yicha roslangan g‘ildirak podshipniklarda tiqilib qolmasdan erkin aylanishi lozim. Tirsakli o‘q vtulkalarda tiqilib qolmasdan erkin burilishi kerak.
Rostlangan tranglovchi qurilma prujinasining uzunligi 635-645 mm bo‘lishi kerak.
Ushlab turuvchi rolik. Ushlab turuvchi roliklardan gusenisaning yuqorgi tarmog‘i ajratib olinadi, podshipniklarning bo‘linmasidan moy to‘kiladi, qopqoq, yuqorgi rezina belbog‘ va roliklar yig‘ilgan holda olinadi. Podshipniklar siqib chiqariladi. Detallar nazorat qilinadi va saralanadi.
DT-75 traktorlari va uning modifikasiyalarida zichlovchi halqa va zichlagich korpusi bo‘rtlamasidagi tirqish 1,6 mm gacha ruxsat etiladi. Bunda halqaning qiyshayishi 0,5 mm dan katta bo‘lmasligi kerak. Ipli zichlovchi halqa zichlovchi kolpakgiga bosilganda bosqich ipi bo‘yicha erkin, tiqilib qolmasdan siljishi lozim. Zichlagich prujinasini o‘rnatishdan avval 29 mm lik balandlikkacha siqilishi va ikki tomondan dag‘al ip bilan bog‘lanishi lozim. Shunga ahamiyat berish kerakki ip tugunlari o‘ramlarning tashqi sirtida joylashsin. Ipning erkin uchlarining uzunligi 5-10 mm bo‘lsin, zichlovchi halqaning tamg‘asi zichlagich korpusining bo‘rtlamasi tomonga qarasin. Rolik erkin, tiqilib qolmasdan o‘kda, aylanishi, ushlab turuvchi rolik to‘sig‘i bandajga zich yotishi lozim.
Osmaning karetkasi. Traktorga taglikka o‘rnatiladi va gusenisa ajratiladi. Tashqi balansir bo‘shlig‘idan moy to‘kiladi va osma karetkasini ajratib olinadi.
Кaretka OR-1402M1 stendiga o‘rnatiladi, balansirdagi moy to‘kiladi va tayanch g‘altaklari yig‘ilgan holda siqib chiqariladi, zichlagichlar chiqarib olinadi va bo‘laklarga ajratiladi, balansirdan tayanch g‘altaklarining o‘qi podshipniklari bilan yig‘ilgan holda siqib chiqariladi, dumalash o‘qi siqib chiqariladi va prujinalik ressora chiqarib olinadi. Detallar ko‘zdan kechiriladi va nuqsonlari bo‘yicha saralanadi.
Osmaning karetkasi OR-1402M1 stendida yig‘iladi. Bunda kichik zichlovchi halqaning kleymo tomoni zichlovchining g‘ilofi tomoniga qaratib o‘rnatiladi. U erkin, tiqilib qolmasdan halqa gardishining liskasi bo‘yicha siljishi lozm. Rolikli podshipniklarning ichki halqasi o‘qqa o‘q burtigiga taqalgunga qadar presslanadi. O’q bo‘rtlamasi va halqa o‘rtasidagi tirqish 0,1 mm, vtulka bo‘rtlamasi va balansir o‘rnasidagi tirqish esa 180º lik yoy uzunligida 0,4 mm dan ortiq bo‘lmasligi lozim. Rolikli podshipniklar presslanishidan avval 90-100º S temperaturagacha qizirilishi lozim.
G’altak o‘qlaridagi moy kanallari siqilgan havo bilan purkaladi. Moy teshigi bo‘lgan o‘qning chekkasi traktor shassining tashqarisiga, DT-75 tratori va uning modifikasiyalaridagi zichlovchi halqalari kleymosi esa zichlovchi korpusining bo‘rtlamasi tomonga qaragan bo‘lishi kerak. Halqani korpus bo‘rtlamasi rezinasining elastikligi hisobiga 1,5 mm gacha siljishi ruxsat etiladi, bunda halqaning qiyshiqligi 0,5 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. G’altakni gaykasining qotirish momenti 600-650 Nm ni tashkil qilishi lozim. Tashqi balansirdagi vtulka taqalgunga qadar presslanadi. Pona o‘tiradigan dumalash o‘qining ariqchasi presslashda pona o‘tiradigan balansir teshigiga qat’iy simmetrik ravishda joylashishi lozim. Dumalash o‘qi ponasi gaykasining rezbalik uchlikka butun uzunligi bo‘yicha tiqilib qolmasdan buralishi kerak. Gaykani qotirish momenti 90-110 Nm ni tashkil qilishi talab etiladi. Sapfa zichlovchisini o‘rnatishda rezina g‘ilofining shtirlarini etaklovchi halqaning mos keluvchi teshiklariga o‘natish kerak, bunda halqaning bo‘rtlamasi g‘ilof botiqliklariga bir tekis joylashishi lozim.
Кaretkaning sangalik gaykasini o‘rnatishda u rama sapfasiga 200-250 Nm moment bilan qotirib qo‘yiladi va konusli vtulkasi stoporlab qo‘yiladi. Кonusli vtulka bilan kontrlangan sangalik gaykani qotirish momenti 500 Nm dan kam bo‘lmasligi lozim.
Sangalik gayka qotirilgandan so‘ng shaybaning chekasi va rama sapfasi chekalari o‘rtasida tirqish bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Кaretka qopqog‘ini o‘rnatishda zichlovchi ostqo‘ymani pasta bilan moylash zarur.
Osmaning karetkasi rama sapfasida erkin aylanishi lozim. Кaretkadagi o‘q bo‘yicha tirqish 2,0-2,5 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Yig‘ilgan osma karetkasida o‘q bo‘yicha tirqish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgandek rostlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |