Burish gidrosistemasining asosiy rostlanadigan organi bo‘lib rul mexanizmining taqsimlagichi hisoblanadi. T-150К, «Кiroves» traktorlarining rul mexanizmlari zolotnik xilida bo‘lib, ularning konstruksiyasi bir-birlariga o‘xshash. Taqsimlagich zolotnigini holati va shunga mos holda kuch silindrlariga ishchi suyuqlikning oqish yo‘nalishi rul g‘ildiragi aylantirilganda o‘zgaradi. Ramani burilish burchagini rul g‘ildiragini burish burchagiga proporsionalligini ta’minlash uchun kuch silindrlardan taqsimlagichga teskari bog‘lanish hosil qilinadi. Uni amalga oshirish uchun ramaning buruvchi richagi, teskari bog‘lanish tortqisi, rul mexanizmining soshka va chervyak juftligi orqali amalga oshiradi. Zolotnik neytral holatda bo‘lganda uning bo‘yinlari kuch silindrlariga ishchi suyuqlikni o‘tish teshigini bekitadi va suyuqlikni bakka to‘kish uchun mo‘ljallangan teshik ochiq koladi. Tayanch shaybalari va taqsimlagich korpusi o‘rtasida 2,5 mm lik tirqish qo‘yiladi, bu tirqish korpus chetidagi yo‘nilma hisobiga hosil bo‘ladi, ushbu tirqish hisobiga zolotnik o‘q yo‘nalishida harakatlanadi. Rul g‘ildiragi biror tomonga burilganda, chervyak sektorning tishlariga tayanib, zolotnik bilan birgalikda o‘q bo‘yicha siljiydi. Zolotnik surilishi hisobiga teshiklarning o‘tish maydonini o‘zgarishi silliq sodir bo‘ladi, bu kuch silindrlariga kelayotgan ishchi suyuqlikning uzatilishi va bosimini silliq o‘zgarishiga olib keladi. Zolotnikni neytral holatda ushlab turish uchun korpusning yonaki teshigiga plunjer va prujinalar o‘rnatilgan.
Bundan tashqari MTZ-80 traktorining burilishini boshqarish gidrosistemasida differensialni gidravlik blokirovkalash ham nazarda tutilgan, uning datchigi rul girokuchaytirgichiga o‘rnatilgan va u differensialni gidravlik blokirovkalashga mo‘ljallangan. Rulning gidravlik kuchaytirgichiga o‘rnatilgan datchik muftani blokirovkalash bosimini rostlaydi. Reduksion klapan tomonidan ushlab turiladigan suyuqlikning bosimi 0,8 MPa ga teng.
T-150К traktori burilishini boshqarish gidrosistemasining sarf klapani ishchi suyuqlikni silindriga uzatish gidronasosning aylanishlar chastotasidan qat’iy nazar 27-32 l/min bo‘lishini ta’minlaydi. Uzatishning doimiyligi kalibrlangan teshikka ega bo‘lgan plunjer bilan ta’minlanadi. Кorpusga sistemadagi bosimni doimiy ushlab turish uchun saqlagich klapani ham o‘rnatilgan.
«Кiroves» traktorining sarf regulyatori gidrosistemaga keluvchi gidronasosning ish unimini o‘zgarishidan qat’iy nazar, dizel tirsakli valining aylanishlar chastotasida ishchi suyuqlikni 120 l/min gacha uzatishni ta’minlaydi.
T-150К traktori rul boshqarmasi gidrosistemasining tashqi uzeli bo‘lib yopish klapani hisoblanadi. U kuch silindrlardagi ishchi suyuqlikni traktorning to‘g‘ri chiziqli harakatida yopilishi natijasida, traktorni o‘z-o‘zidan burilishi bartaraf etadi.
Ushbu konstruksiyaga o‘xshash gidravlik qulf «Кiroves» traktorining taqsimlagichiga ham o‘rnatiladi.