Тошкент Давлат техника


Gusenisalik traktorlarning orqa ko‘prigi



Download 0,6 Mb.
bet102/156
Sana13.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#787950
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   156
Bog'liq
2 5238236135330683012

Gusenisalik traktorlarning orqa ko‘prigi. Gusenisalik traktorlardan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki orqa ko‘prik va oxirgi uzatmadagi nosozliklarning ko‘pchiligini traktorning o‘zida bartaraf etish mumkin. Oxirgi uzatma tormozlarni, boshqarish mexanizmlarni ta’mirlashni ham traktorlar o‘tkazish mumkin.
Traktor tekis uchastkada harakatlanganda u bir tomonga burilishi sodir bo‘lishi mumkin. Planetar burilish mexanizmiga ega bo‘lgan traktorlarida bunday holat planetar mexanizmining quyosh shesternyasi tormozini boshqarish richaglaridagi erkin yo‘lni noto‘g‘ri rostlanganligi yoki tormoz tasmasining ustqo‘ymasi katta eyilishga ega ekanganligining natijasidir.
Erkin yo‘l bo‘lmaganda prujinadagi kuch tormoz tasmasini tortishga emas, balki tormozni boshqarish richagi tortqisini taqalishiga uzatiladi. Tormoz tasmasini siqish kuchi etarli bo‘lmasa, shkiv shataksiraydi, tasma ustqo‘ymalari va shkiv sirtini qizishiga va eyilishni ortib ketishщiga olib keladi.
Tormozning shataksirashi prujinaning elastikligini yo‘qotili­shi, prujinalarni tortib truvchilarining yuqorgi tarelkasidagi eyilish, shkiv sirtiga tasma ustqo‘ymalarini to‘liq yotmasligi, shkivning chegaraviy qiymatgacha eyilishi, tormoz tasmalarining ustqo‘yma­larini moylanib qolishi va ularning chegaraviy holatgacha eyilishi natijasidir. Boshqarish richagining erkin yo‘li yuqorida ko‘rsatib o‘tilgandek tormozlarni rostlash bilan tiklanadi.
Friksion muftali T-70S traktorini burish muftasi yetaklovchi va yetaklanuvchi disklarni yeyilishi traktorni bir tomonga buradi.
Disklar paketi katta yeyilishga ega bo‘lganda uning balandligi kichiklashadi va siquvchi diskning holati o‘zgaradi. Si­quv­­chi disk bilan birgalikda barmoqli bo‘shatish diski bilan siljiydi, uning stupisasiga o‘rnatilgan podshipnik va siquvchi xomut ikki elkali richagga yaqinlashadi. Shunday holat sodir bo‘ladiki, unda richag va bo‘shatish podshipnigi xomuti orasidagi tirqish yo‘qoladi. Bu holda burilish muftasining prujinasidagi kuch disklar paketini siqishga emas, balki richagni taqalishi uchun uzatiladi. Burilish muftasi shataksirayboshlaydi va oxirgi uzatmaga burovchi moment uzatmaydi.
T-150 traktorida bunga o‘xshash holat tormoz barabanlari­ning tasmasi ustqo‘ymasini notekis yeyilishi yoki moylanib qolishi, ikki yelkali tormoz richagini rostlanishini buzilishi, uzatmalar quti­sining yetaklovchi vallarining friksion muftalarini yeyilishi, hamda oxirgi uzatma shesternalarining tishlarini nurashi yoki uvalanishi, sattelit o‘qlarining buzilishi natijasida sodir bo‘lishi mumkin.
Boshqarish richagi «o‘ziga» tortilganda va to‘xtatish tormozi tepkisiga bosilganda traktor keskin burilish hosil qilmaydi.
Planetar burilish mexanizmli traktorlarda ushbu nosozlikni paydo bo‘lish sababi quyidagilardan iborat: to‘xtatish tormozlarini boshqarish mexanizmi noto‘g‘ri rostlanganligi, to‘xtatish tormozlarining shkiv va tasma ustqo‘ymalari chegaraviy holatgacha yeyilganligi, tormoz shkivlariga tasmalarni nozich yotishi natijasida samarali tormozlash ta’minlanmasligi, hamda ularning sirtlarin moylanib qolishi.
Bunga o‘xshash to‘xtovlarni T-70S traktorida paydo bo‘lishining asosiy sabablari friksion muftalarning disklarini moylanib qolishi, traktorning ruxsat etilgan yuklamadan katta bo‘lgan yuklama bilan ishlashidan iborat bo‘lib, ushbu holat disklarni shataksirashi, ularning jadal yeyilishi va egilishiga olib kelishi mumkin. Bunda muftaning detallari qattiq qiziy-di, prujinalar elastikligini yo‘qotadi, rezina manjetlar darz ketadi va elastikligini yo‘qotadi. Shkiv va tasma yoki friksion disk sirtlarining moylanishi, moyni bosh uzatma yoki oxirgi uzatma bo‘linmalaridan tormoz bo‘linmalariga oqishi natijasida sodir bo‘ladi. Moyni tormozlarning quruq bo‘linmalariga oqishi shu bilan bog‘liqki, orqa ko‘prik korpusidagi moyning yuqori sathida va katta yuklama bilan ishlaganda moyning temperaturasi ko‘tariladi, unda oshiqcha bosimi hosil bo‘ladi va moy zichlovchilardan oqaboshlaydi.
T-150 traktorining keskin burilishni amalga oshirilaolmasligiga asosiy sabab, harakat paytida uzatmalarni almashtirish mexanizmining nosozligi bo‘lishi mumkin. Richaglar harakatlanganda richaglarning muayyan holatining yo‘qligi natijasida zarur bo‘lan uzatmaga ketma-ket qayta ulanishi sodir bo‘lmaydi. Orqa ko‘prikning turli bortlaridagi etaklovchi g‘ildiraklarning aylanish tezligini keskin o‘zgarmasligi.
Bundan tashqari, bunday to‘xtov etaklovchi valning friksion muftalarini hamda tormoz barabanlarining tasmalarini ham eyilishi natijasida ham sodir bo‘lishi mumkin.
T-150 traktorining yetaklovchi ko‘prigi, bosh va oxirgi uzatmada korpusning yuqori darajada qizishi, ko‘prik karteridagi moy­ning miqdorini yetarli bo‘lmasligi yoki moy navining mos kelmasligi natijasida ham sodir bo‘lishi mumkin. Nosozlik muayan sathgacha qo‘shimcha moy quyish yoki moy mos keluvchi naviga almashtirish bilan bartaraf etiladi. Bosh va oxirgi uzatma sohasida yuqori darajadagi shovqin yoki uzuq-uzuq taqqillash ko‘prik karteridan to‘kilgan moyda metall zarrachalarining mavjudligini, ilashmadagi shesternya tishlari tirqishini buzilganligidan, ularni uvalanishidan va sinib tushishidan, podshipniklarni chegaraviy darajaga eyilganligidan, shesternyalar tishlaridan, rolikli podshipniklarning sepatorlaridan moyga metall siniqlarini tushganidan darak beradi.
Orqa ko‘prik va oxirgi uzatmalarda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan belgilar paydo bo‘lsa, ular bo‘laklarga ajratiladi va yeyilgan detallar almashtiriladi. Bo‘laklashni nosozlikni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan chegarada amalga oshirilishi lozim.
Traktorni g‘ildirak tormozlari bilan yomon tormozlanishi, pnevmatik tizimning nosozligini, tormoz kameralarining yo‘lining kattalashganligini, friksion ustqo‘ymalarning chegaraviy holatgacha eyilganligini, tormoz barabanlariga suv tushganligini ko‘rsatadi.
Tormoz barabanlarining qizib ketishi, ko‘tarilgan g‘ildirakni qiyin aylanishi yoki uni tishlashib qolishi, hamda samariz tormozla­nish keruvchi mushtning kronshteyni vtulkalarini tishlashib qolganligidan, kolodkalarni tortib turuvchi prujinalarni uzilganligidan darak beradi.
Tormozlarning asosiy nuqsonlari tormoz barabanlarining, ustqo‘ymalarining, kolodkalarining, o‘q vtulkalarining yoki kolodka teshiklarining, mushtlarining ishchi sirtlarining eyilishi, hamda kronshteynlarda, kolodkalarda va barabanlarda darzlarni paydo bo‘lishi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish