Тошкент Давлат техника



Download 0,6 Mb.
bet99/156
Sana13.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#787950
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   156
Bog'liq
2 5238236135330683012

5- amaliy mashg‘ulot
Ilashish muftasini, g‘ildirakli, gusenisalik
traktorlarning uzatmalar qutisini ta’mirlash
texnologik jarayonlarini o‘rganish
1. Mashg‘ulotning maqsadi ilashish muftasini, g‘ildirakli va gusenisalik traktorlarning uzatmalar qutisini ta’mirlash texnologik jarayonlarini o‘rganishdan iborat.
2. Nazariy qism
Ilashish muftasi. Mufta tepkisi bosilganda unda vujudga keladigan kuchli shovqin va chiyillash, siquvchi podshipnikning ishdan chiqqanligini yoki unda moy yo‘qligini ko‘rsatadi.
Muftaning noto‘g‘ri rostlanishi, ya’ni siquvchi podshipnik va qaytaruvchi richag orasida tirqish bo‘lmaganda, podshipnikni doimo aylanib turishga, bu esa o‘z navbatida uni qizishiga, undan moyning oqishiga va uni yaroqsiz holatga o‘tishiga olib keladi.
Кo‘p hollarda qaytaruvchi richaglarning uchlarini kuyishi va eyilishi kuzatiladi, buning sababi uning podshipnik bilan tutashuvida ponalanib qolish natijasida sodir bo‘ladigan quruq ishqalanishdir.
Siquvchi disk prujinalarining yuritmasini noto‘g‘ri rostlanishi mufta disklarining shataksirashi, traktorning tortish kuchining pasayishiga olib keladi. Etaklanuvchi disklar egiladi, ularning ustqo‘ymasi eyiladi. Siquvchi diskning ishchi yuzasini yuqori haroratga qizishi uni qizg‘ish ranga kirishi va unda darzlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Tirsakli valning yoki uzatmalar qutisi valining zichlagichlari orqali disk sirtlariga moy to‘kilishi natijasida, muftani shatasirashi sodir bo‘lishi mumkin.
Etakchi disklarning egilishi yoki qaytaruvchi richaglarning noto‘g‘ri rostlanishi uzatmalarni almashtirishda qiyinchilik sodir bo‘lishiga olib eladi. Ilashish muftasini qiyin ajralishi etaklanuvchi disk gupchagi shlisalarining ilashma vali shlisalarini ezilishi natijasida ularda pog‘onali eyilish sodir bo‘lishi mumkin.
Ilashish muftasini qismlarga ajratishda kojux va siquvchi disklarga belgi qo‘yiladi, ushbu belgilar yig‘ishda birikma hosil qiluvchi detallarni bir-birlariga nisbatan to‘g‘ri joylashishini ta’minlaydi va ilashish muftasining boshlang‘ich balansirovkasini saqlaydi. Muftani bo‘laklarga ajratishda kuch vinti va ilashish muftasi korpusini siqib turuvchidan iborat bo‘lgan maxsus moslamalardan foydalaniladi.
Friksion ustqo‘ymalar almashtirilgandan so‘ng cho‘ktirilgan parchin mixlarining kallagi ustqo‘yma tekisligidan 2 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Ustqo‘ymalar disk sirtiga zich o‘tirishi lozim, bunda nozichlik 0,1 mm dan katta bo‘lmasligi maqsadga muvofiq. Ustqo‘ymalardagi parchin mixlar atrofida radial darzlarga ruxsat etiladi, darzlar disk chetiga va qo‘shni parchin mix teshiklari bilan tutashmasligi talab etiladi.
Siqish diskining holati ko‘rikdan o‘tkazilganda uning tayanch tekisligidagi halqasimon ariqchalarning chuqurligi 0,2 mm dan, darz to‘ri diskning yuzasining 40% dan oshmasligi maqsadga muvofiq. Siquvchi diskning ishchi yuzasi jilvirlash bilan to‘g‘rilanadi yoki eyilish izlari yo‘qolgunga qadar yo‘niladi va mayda jilvir qog‘ozida yaxshilab tozalanadi.
Muftani motorga o‘rnatishdan avval u maxsus moslamada yig‘iladi, bunda siquvchi diskning prujinasi siqib turiladi. Qotirish boltlarini o‘rnatishdan avval maxovik podshipnigining ichki halqasiga texnologik val o‘rnatiladi, bu etaklovchi disklarning shlisali teshiklarini o‘zaro to‘g‘ri o‘rnatilishini va maxovik o‘qi va tirsakli valning o‘qdoshligini ta’minlaydi.
G’ildirakli traktorlarning uzatmalar qutisi. Agar traktor ishlayotganda uzatmalari almashtirilayotgan shesternyalarning gijillaji eshitilsa, ilashish muftasining yuritmasini noto‘g‘ri rostlanganligini, uning disklarini eyilganligini yoki tormozokning friksion disklarini va vilka va tormozokni qaytargich sapfasining sirtlarini eyilganligidan darak beradi. Ilashish muftasi rostlangandan yoki nosozliklar bartaraf etilgandan so‘ng shesternyalarning g‘ijillashi bartaraf bo‘lmagan hollarda tormozokni boshqarish mexanizmi rostlanadi. Uni rostlash prujinaning tarangligini me’yor darajasiga keltirishdan iborat. Rostlangan tormozkining boshqarish mexanizmida siqilgan prujina 31-32 mm uzunlikka ega bo‘lishi lozim. Agar bunda nosozlikni bartaraf etish imkoni bo‘lmasa, unda kabinaning tagi va ilashish muftasi korpusining yuqorgi tuynugining qopqog‘i va pasaytiruvchi reduktor olinib, tormozok disklarining ustqo‘ymalaring qalinligi, qaytargich sapfasi va ulash vilkasi orasidagi tirqish o‘lchanadi. Tormozokning etaklovchi diski uning ustqo‘ymalarining qalinligi 1,5 mm dan, qaytargich va ulash vilkasi orasidagi tirqish 2,2 mm dan kichik bo‘lsa, ular almashtiriladi. Buning uchun traktor ostovi ajratiladi, bunda ilashish muftasi korpusi uzatmalar qutisidan uzilib, pasaytiruvchi reduktorni boshqarish mexanizmining qopqog‘i olinadi, texnologik boltlar, ilashish muftasining vali, siqib chiqariladi va tormozokning etaklovchi diski almashtiriladi.
Pasaytiruvchi reduktor pog‘onalarini almashtirish richagining erkin yo‘lining kattaligi tishli muftaning almashtirish vilkasini eyilganligini ko‘rsatadi. Buni bartaraf etish uchun kabinaning tagi va pasaytiruvchi reduktorni boshqarish mexanizmining qopqog‘i olinadi, vilka uziladi va unga tishli muftaning ariqchasi o‘rnatilib tirqish o‘lchanadi. Agar tirqish 3 mm dan katta bo‘lsa, unda mufta va vilka almashtiriladi, tishli muftani almashtirish uchun ostov surilib, ilashish muftasi korpusi uzatmalar qutisidan uziladi.
Uzatmalarni qayta ulash richagining erkin yo‘lini kattaligi, shesternyalarni ilashmadan to‘liq chiqmasligi, uzatmaga o‘z-o‘zidan ulanib qolishi, uzatmalarni kulisani qayta ulash vilkasini, sirpanuvchi koretkalarini, vilkalarning sirtlarini eyilganligidan, fiksator prujinalari elastikligini yo‘qotganligi-dan darak beradi.
Qayta ulash mexanizmi ajratilgandan so‘ng, uzatmalarni qayta ulash richagining eyilishi, vilkalarning bo‘yin qalinligi, uning qamrov kengligi, qayta ulash plankalari orasidagi tirqish, uzatmalarni qayta ulash mexanizmi detallarining ruxsat etilgan o‘lchamlari texnik talablariga muvofiq tekshiriladi. Agar richagda eyilish izlari aniqlansa u almashtiriladi. Vilka bo‘yinlarining qalinligi 8,2 mm dan kam bo‘lganda almashtiriladi. Qayta ulash plankalari orasidagi tirqish 0,3-1,6 mm chegarasida bo‘lishi lozim.
Shesternyalar bloki ariqchasining kengligi 10,8 mm dan ortiq bo‘lsa, almashtiriladi.
Uzatmalar qutisida begona shovqinlarni paydo bo‘lishi, korpusning alohida uchastkalarini haddan tashqari qizishi, uzatmalar kutisi valining podshipniklarini buzilganligini yoki ponalanib qolganligini ko‘rsatadi.
Ushbu nuqsonlarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida, uzatmalar qutisidan moy to‘kiladi, kabinaning tagi va uzatmalar qutisining qopqog‘i, agar zaruriyat tug‘ilsa yonaki qopqoqlar yoki tarqatish qutisi chiqarib olinadi. Undan so‘ng montaj lomi bilan tekshirishga qulay bo‘lgan vallar buraladi, bunda val o‘qiga radius yo‘nalishlarida ta’sir ko‘rsatiladi. Bunda podshipnik halqalari o‘z uyalarida aylanmasligi, vallardagi siljish bilinmasligi lozim. Podshipniklarda va ularni o‘tirish joyida eyilish izlari, valning engil siljishi aniqlansa, uzatmalar qutisi traktordan echib olinib bo‘laklarga ajratiladi va eyilgan podshipniklar almashtiriladi.
Agar tashqi nazorat natijsi bo‘yicha qo‘lda seziladigan darajada tirqish aniqlanmasa, ikkilamchi val podshipniklaridagi o‘q bo‘yicha tirqish indikatorda tekshiriladi. Buning uchun idikator oyoqchasi shesternya tishining chetiga taqaladi va montaj lomi bilan ikkilamchi va o‘q yo‘nalishida siljitiladi. Bunda o‘q bo‘yicha tirqish ikkilamchi valning konusli podshipniklarida 0,3 mm dan katta bo‘lmasligi kerak.
Ikkilamchi valning konusli podshipniklaridagi o‘q bo‘yicha tirqishni tekshirish uchun, uzatmalar qutisi orqa ko‘prik-dan uziladi, qotirish boltlari bo‘shatilib, ikkilamchi val podshipnigining stakani siqib chiqariladi. Ostqo‘ymalar qalinli-gini o‘zgartirib, valning o‘q bo‘yicha siljishi bartaraf etiladi.
Кonusli podshipniklarning qotirilish darajasi uzatmalar ulangan holatida dinamometrik kalit bilan tekshiriladi. Podshipniklar to‘g‘ri rostlanganda ikkilamchi val buraladigan moment, 7-8 N·m chegarasida bo‘lishi lozim. O’q bo‘yicha tirqish rostlangandan so‘ng zarur bo‘lgan hollarda bosh uzatmaning etaklovchi shesternyasini o‘rnatish balandligi rostlanadi. Buning uchun etaklovchi shesternyaning chetiga muayyan qalinlikka ega bo‘lgan planka qo‘yilib, balandligi shtangen chuqur o‘lchagich yoki shtangensirkul bilan o‘lchanadi. Uning qiymati 57,85-58,15 mm chegarasida bo‘lishi kerak. Agar o‘lchash natijasi ruxsat etilgan qiymatlardan farq qilsa, etaklovchi shesternya chiqarib olinib, rostlovchi vtulkani shlifovkalanadi yoki kattaroq qalinlikka ega bo‘lgan vtulka o‘rnatilib, zarur bo‘lgan o‘rnatish balandligiga erishiladi.
Uzatish qutisi boshqa uzatmaga ulanganda yo‘qoladigan taqillash, uzatmalar qutisidagi shesternyalarining tishlarini toliqishdan buziliganligidan darak beradi.
Shesternya tishlarining eyilishini baholash yoki nuqsonlarni aniqlash uzatmalar qutisini qopqog‘i va tarqatish qutisi olinganda amalga oshiriladi. Bunda traktorning etaklovchi g‘ildiraklardan birortasini domkrat bilan ko‘tarib qo‘yish tavsiya etiladi. G’idirakni aylantirish bilan barcha ko‘rinadigan shesternyalarning tishlarini ko‘zdan kechirish mumkin. Shesternyalarda nuqsonlar aniqlansa, uzatmalar qutisi bo‘laklarga ajratiladi va eyilgan detallar almashtiriladi.
Tarqatish qutisining nosozliklarini aniqlash uchun u bo‘laklarga ajratiladi, o‘tqazish joylarining diametri o‘lchanadi va zaruriyat tug‘ilsa eyilgan detallari almashtiriladi. O’zish muftasining vtulkasi va shesternyasi rolikni o‘rnatish sirtlari eyilgan hollarda almashtiriladi. Tarqatish qutisining tishli muftasi vilkasida katta eyilish mavjudligini, oldingi ko‘prikni majburiy ulash mumkin emasligi ko‘rsatadi. Bu holda vilka olinib, bo‘yining qalinligi o‘lchanadi va zarur bo‘lganda yangisiga yoki ta’mirlanganiga almashtiriladi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish