Ventilyator va generator tasmasining tarangligini tekshirish. Ventilyator va generator tasmasining tarangligi motor har 60 soat ishlagandan so‘ng rostlanadi. Tasma tarangligini rostlashda generatorni va taranglovchi kronshteynning qotirish gaykasi bo‘shatiladi, tasma tortiladi va gayka qotiriladi. Bunda ventilyator tasmasi shunday tortilishi kerakki, generator va tirsakli val shkivlari orasidagi tasma o‘rami o‘rtasidan 60-70 N kuch bilan bosilganda salqilik 15-20 mm atrofida bo‘lsin.
Yurgizib yuborish tizimini rostlash va ta’mirlash. Yurgizib yuborish motorining aylanishlar chastotasini rostlash. Tirsakli valning aylanishlar chastotasi yurgizib yuboruvchi motor ta’mirlangandan so‘ng yoki regulyator yoki korbyurator almashtirilgandan so‘ng rostlanadi.
Dastlab korbyurator tortqisi normal uzunlikka o‘rnati-ladi, unda drosel zaslonkasi to‘liq ochilishi va yopilishi lozim. Bunda motor salt yurishda va to‘liq yuklamada barqaror aylanishlar chastotasida ishlashi kerak. Bunda richagning o‘ng tomonini eng chetki holatda bo‘lishi lozim. Richag kallagiga mufta kiydirilib, probka oxirigacha buraladi va shplintlanadi, so‘ng mufta gayka bilan kontrlanadi. Birikmadagi tirqish tekshiriladi, bunda tortqi muayan holatda ushlab turilib, navbatma-navbat regulyator va drossel zaslonkasining richaglari tortib ko‘riladi.
Tirsakli valning aylanishlar chastotasi quyidagicha rostlanadi: rostlovchi bolt oxirigacha buraladi va salt yurish vintini burash bilan regulyator prujinasining tarangligi kuchsizlantiriladi; drossel zaslonnasini dastaki boshqarish va havo zaslonkasi richaglaridan foydalanib motor 3900 ayl/min aylanishlar chastosasida qizdiriladi; drossel zaslonnasining vinti va salt yurish vinti yordamida, 1100 ayl/min dan kam bo‘lmagan barqaror aylanishlar chastotasiga o‘rnatiladi. Bunda salt yurish vinti to‘liq qotirilgandan so‘ng 1,2 aylanishga bo‘shatiladi; drossel zaslonkasi va havo zaslonnasi to‘liq ochiladi; regulyatorning muftasi ajratilib, bolt yordamida prujinaning tarangligini tirsakli valning aylanishlar chastotasi 3900 ayl/min ga etgunga qadar o‘zgartiriladi; vint bo‘shatilib, salt yurishdagi aylanishlar chastotasi tekshiriladi; vintning istalgan holatida tirasakli valning aylanishlar chastotasi 4200 ayl/min dan katta bo‘lmasligi lozim; vint dastlabki holatga o‘rnatiladi va regulyator prujinasining rostlovchi bolti qotiriladi. Yurgizib yuborish motorining aylanishlar chastotasini tortqining uzunligini o‘zgartirib yoki shtirlarni tortish bilan rostlashga ruxsat etilmaydi.
Agar salt yurish aylanishlar chastotasini salt yurish vinti yordamida rostlab bo‘lmasa, karbyurator qisman bo‘laklarga ajratilib, uning detallari quyidagicha yuviladi va so‘ng purkaladi: diffuzor korpusidan qalqovich kamerasini va aralashtirgich kamerasini ajratish; salt yurish jiklyorini chiqarib olish, uni benzinda yuvish va siqilgan havo bilan purkash; qalqovich kamerasidagi salt yurish va diffuzor korpusdagi kanalni, halqasimon qismini, hamda salt yurish kanallarini va aralashtirgich kamerasiga siqilgan havo purkab tozalash.
Кarbyurator yig‘ilib, motorga o‘rnatilgandan so‘ng salt yurish vinti rostlanadi.
Кarbyuratorni yig‘ishda qistirmani to‘g‘ri o‘rnatish talab etiladi, undan yonilg‘ining sizishi va havoning so‘rilishi bo‘lmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |