Тошкент Давлат техника


Porshenlarni, silindr gilzalarni tekshirish va almashtirish



Download 0,6 Mb.
bet93/156
Sana13.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#787950
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   156
Bog'liq
2 5238236135330683012

Porshenlarni, silindr gilzalarni tekshirish va almashtirish. Porshen ariqchasi va porshen etagi kattaroq eyilishga ega bo‘lganda almashtiriladi. Yangi halqa va ariqcha orasidagi tirqish 0,3 mm bo‘lganda, porshen yuqori o‘lik nuqtada bo‘lsa poshenning etagi va silindr o‘rtasidagi tirqish 0,4 mm bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Gilzalarning ishchi sirtlarini eyilishi diametri bo‘yicha 0,2 mm dan ortiq bo‘lsa ular almashtiriladi. Porshenlar va gilzalar komplekt bo‘yicha, o‘lchamiga va detallarning massasiga qarab almashtiriladi.
Podshipniklar porshen barmog‘i o‘tiradigan bobishka teshigining diametri bo‘yicha oq va sariq bo‘yoq bilan belgilangan ikki guruhga bo‘linadi. Bo‘yoqlar barmoqqa va porshen bobishkasining tashqi sirtiga surtiladi. Har bir guruhdagi barmoq va porshen bobishkasi o‘rtasidagi taranglik 0,001 – 0,0013 mm chegarasida bo‘lishi kerak.
Gilza blokka o‘rnatilayotganda uning uchini blok sirtidan chiqib turishi tekshiriladi. Agar u 0,13 mm dan katta bo‘lsa gilza deformasiyalanadi, buning natijasida kompressiya kamayadi, motorning quvvati pasayadi va silindr – porshen guruhi detallarning eyilishi tezlashadi.
Burtikni chiqib turishi etarli bo‘lmagan hollarda ham kompressiyani yomonlashuvi va qistirmani kuyishi sodir bo‘ladi.
Yangi gilzalar o‘rnatilganda silindrlar blokidagi rezinadan yasalgan zichlovchi halqa ham almashtiriladi.
Кlapan sterjeni va koromislo urgichi o‘rtasidagi tirqishni rostlash. Tirqish qiymati noto‘g‘ri o‘rnatilganda klapanlarni ochilishining boshlanishi va yopilishining oxiri o‘zgaradi, bu esa silindrlarning havo zaryadi bilan to‘lishi va ularning yonish maxsulotlaridan tozalashni yomonlashadi. Кlapan va koromislo orasida kichik tirqishni paydo bo‘lishi klapanni o‘rindiqqa zich o‘tirmasligi oqibati hisoblanadi, buning natijasida siqilgan gazlarning sizishi klapan faskalarining kuyishi sodir bo‘ladi. Ushbu tirqishni me’yor darajasidan oshib ketishi klapanni o‘tirish tezligini oshib ketishiga va uni tezroq eyilishiga sabab bo‘ladi.
Sovuq holdagi motorda tirqishlarning qiymati kiritish klapanlarida 0,40 mm, chiqarish klapanlarida esa 0,45mm bo‘lishi lozim. Qizdrilgan motorda ushbu tirqish kamayadi: kiritish klapanida 0,35mm ni; chiqarish klapanida esa 0,4mm ni tashkil qiladi.
Ishlatish davrida gaz taqsimlash mexanizmi detallarini eyilishi natijasida klapan mexanizmidagi tirqish kattalashadi. Motor 200-240 soat ishlagandan so‘ng uning qiymati ruxsat etilgan qiymatlardan oshib ketadi. Shuning uchun ham ushbu vaqtdan so‘ng tirqishni tekshirish, agar unga zaruriyat tug‘ilsa klapanni rostlash talab etiladi. Ushbu tirqishni tekshirish yangi va ta’mirlangan motorda 60 soat ishlagandan so‘ng amalga oshiriladi.
Кlapan sterjeni va koromisloning urgichi o‘rtasidagi tirqish quyidagicha rostlanadi: silindrlar kallagining qopqog‘i olinadi; ochgich yoki kalit yordamida dekompressiya mexanizmi qo‘shiladi; tirsakli valni shunday aylantirish kerakki birinchi silindrning klapanlari ochilmasin va yopilmasin; maxovik karterini o‘rnatish shpilkasi burab kiritiladi va u maxovika taqalgunga qadar buraladi; o‘rnatish shpilkasiga bosib, tirsakli val shunday aylantiriladiki, u maxovikdagi teshikka kirib qolsin, maxovikning ushbu holatida birinchi silindrdagi porshen siqish taktining oxirida, yuqorgi o‘lik nuqtada bo‘lsin; dekompressiya mexanizm o‘chirilib, u shchup bilan tekshiriladi, agar ehtiyoj tug‘ilsa birinchi silindrning koromislolari urgichi va klapan sterjenlari orasidagi tirqish koromislo vinti orqali rostlanadi. Birinchi silindr klapanlari rostlangandan so‘ng, maxovik karterining o‘rnatish shpilkasi burab kiritiladi va tirsakli valni yarim aylanishga burab, uchinchi silindr porsheni yuqori o‘lik nuqtaga o‘rnatiladi, ushbu holat siqish taktiga mos keladi; undan so‘ng esa uchinchi silindrdagi klapanlar rostlanadi. Tirsakli valning keyingi yarim aylanishlarida to‘rtinchi, undan so‘ng esa ikkinchi silindrlarning klapanlari rostlanadi.
Rostlash tugagandan so‘ng silindrlar kallagining qopqog‘i joyiga shunday o‘rnatiladiki, uning keng tomoni blokka qaragan, va blokdagi teshikka qistirmadagi teshik mos kelishi lozim.
Кlapanlardagi tirqishni rostlash bilan bir paytda klapan suxariklarini klapan sterjeniga va klapan prujinasini tarelka sirtiga yotish zichligi ham tekshiriladi. Suxariklarning tutashish joyidagi tirqish 0,6 mm dan kam bo‘lmasligi, bir suxarikni ikkinchisiga nisbatan cho‘kishidagi farq 0,3 mm dan oshmasligi lozim. Suxarik chetlarini tarelka tekisligiga nisbatan chiqib turishi 1 mm gacha, ularning cho‘kishi esa 1,5 mm gacha ruxsat etiladi.
Кlapan prujinasi klapan sterjeniga nisbatan tebranmasligi lozim.
Gaz taqsimlash mexanizmining asosiy detallarini ta’mirlash jarayonini ko‘rib chiqamiz.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish