Тошкент Давлат техника


Mashg‘ulot o‘tkazish vositalari



Download 0,6 Mb.
bet101/156
Sana13.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#787950
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   156
Bog'liq
2 5238236135330683012

3. Mashg‘ulot o‘tkazish vositalari:
Xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha me’yoriy ma’lumotlar; mavzuga tegishli bo‘lgan plakatlar, maketlar; mashinalarning agregati, uzellari va detallari.
4. Mashg‘ulot davomida quyidagi masalalar
o‘rganilishi lozim:
Ilashish muftasi va uning yuritmasida qanday nosozliklar sodir bo‘lishi va ularni bartaraf etish jarayonlarini; g‘ildirakli traktorlarning uzatmalar qutisidagi nosozliklar va ularni bartaraf etish jarayonini; gusenisalik traktorlarning uzatmalar qutisini nosozliklarini bartaraf etish jarayonlarini.


6- amaliy mashg‘ulot
G’ildirakli, gusenisalik traktorlarning orqa ko‘priklarini, g‘ildirak reduktorini va tormozini nosozliklari va ularni
bartaraf etish texnologiyalarini o‘rganish
1. Mashg‘ulotning maqsadi g‘ildirakli, gusenisalik traktorlarning orqa ko‘priklarini, g‘ildirak reduktorini va tormozini nosozliklari va bartaraf etish texnologiyalarini o‘rganishdan iborat.
2. Nazariy qism
G’ildirakli traktorlarning orqa ko‘priklari va oxirgi uzatmalari. G’ildirakli traktorlarning orqa ko‘priklaridagi nosozliklarning asosiy sabablarini, ularni aniqlash va bartaraf etishni MTZ-80 traktori misolida ko‘rib chiqamiz.
Traktor harakatlanayotganda, u tormozlanganda bir tomonga tortib ketishi va tormoz tepkisining yo‘lini kattalashishi, disk ustqo‘ymalarining eyilganligidan va tormozni boshqarish mexanizmining rostlanganligini buzilganligidan darak beradi.
Ushbu nosozliklar sodir bo‘lganda tormoz tepkilarining to‘liq yo‘li tekshiriladi, uning qiymati barcha tepkida bir xil bo‘lib, 70-90 mm ga teng bo‘lishi kerak. Tepkining yo‘li 70 mm dan kichik bo‘lishi, ustqo‘ymalarning tez eyilishiga va tormozlarni qizib ketishiga olib keladi. Agar uning qiymati katta yoki kichik bo‘lsa, unda tepkilarning yo‘li quyidagicha rostlanadi. Кontrgayka bo‘shatiladi va tormoz vilkasini burab yoki rostlovchi boltni bo‘shatib tepkining yo‘lini me’yor darajasiga etkaziladi. Undan so‘ng tormozning ilashi harakat davomida ko‘rib chiqiladi, buning uchun traktor shig‘ovlanib so‘ng tormozlanadi. Shina protektorining izi bo‘yicha tormoz yo‘li o‘lchanadi. Soz va to‘g‘ri rostlangan tormozlarda uning qiymati 6-7 m dan ortmasligi lozim. Ushbu tekshirish davomida chap va o‘ng tormozlarning ishlash sinxronligi ham tekshiriladi. Tormozlangandan so‘ng 10-20 masofada traktor to‘g‘ri chiziqli yo‘nalishidan chetga chiqsa, unda tormozlarning ishlab ketish sinxronligi tekshiriladi. Uni rostlash bilan to‘g‘ri harakat yo‘nalishi ta’minlanmasa, tormozlar traktordan olinib ta’mirlanadi. G’ildirakning ichki obodida yoki yarim o‘q rukavasi qopqog‘ida moyning izlari bo‘lsa, yarim o‘q manjetlarining elastikligini yo‘qotganligi yoki buzilganligini ko‘rsatadi. Uni almashtirish uchun g‘ildirak, gardish va yarim o‘q rukavasining qopqog‘i olinadi. So‘ng esa differensialni blokirovkalovchi mufta chiqarib olinadi, o‘ng tormozni chiqarib olish uchun esa kabinaning o‘ng kronshteyni, QOV ni ulash tortqisi va tormoz krani chiqarib olinadi. Tormozlar chiqarib olingandan so‘ng, disklarning qalinligi o‘lchanadi. Birlashtiruvchi disklarning ustqo‘ymasi yoki birlashtiruvchi disklar yig‘ilgan holdagi o‘lchami 11 mm dan, eyilgan siquvchi disklarning qalinligi 10,8 mm dan kichik bo‘lsa almashtiriladi.
Yetaklovchi g‘ildiraklarning yarim o‘q rukavalaridagi shovqin va taqqillash podshipniklarning eyilganligini yoki buzilganligini ko‘rsatadi.
Bunday nosozlikni bartaraf etish uchun g‘ildirak chiqariladi, yonilg‘i baki va yarim o‘klarning rukavasi ajratib olinadi. Chap rukavaga etish uchun gidroakkumulyator va kabinaning chap kronshteyni, o‘ng rukavaga etish uchun kabinaning o‘ng tormoz krani, kabina kronshteyni va pnevmatik o‘tkazgich yig‘ilgan holda olinadi. Bundan so‘ng qotirish boltlari bo‘shatiladi va ikki bolt bilan rukava siqib chiqariladi. Yarim o‘qni korpusdan siqib chiqarish va siqib kiritish, ajratgich bilan amalga oshiriladi. Yarim o‘qlarning №217 podshipnigini o‘tirgan joylari 84,95 mm gacha, yoki shponka ariqchasi eyilgan hollarda almashtiriladi.
Differensialning blokirovkalash mexanizmini ish qobilyatini yo‘qotilishi, diafragmani yorilishi, friksion muftaning disklarini va blokirovka valining yeyilishi bilan bog‘liq.
Agar differensialning blokirovkalash muftasida nosozliklar belgisi bo‘lsa, uning qopqog‘i va kojux olinadi. Birlashtiruvchi disklarning ustqo‘ymalari qalinliklari 11,8 mm dan kam bo‘lsa almashtiriladi
Кo‘tarilgan g‘ildirak aylanganda unda g‘ajilish silkinish, g‘ildirak reduktorida doimo yuqori darajadagi shovqin yoki taqqillash, korpus detallarining qizishi, shlisalarni kesilib ketishi natijasida g‘ildiraklarni tepishi, shesternya tishlarining sinishi, eyilishi yoki oxirgi uzatma podshipniklarining sinishi, qotirish detallarining bo‘shab ketishi hollari uchrashi mumkin.
MTZ-82 traktorining g‘ildirak reduktorining detallari quyidagi sxema asosida almashtiriladi. Reduktorning qopqog‘i olingandan so‘ng etaklanuvchi konus shesternyasi, g‘ildirak diskining gardishi va uning podshipnigi demontaj qilinadi. Podshipniklar stakani qopqoqdan texnologik teshik orqali montaj boltlari yordamida siqib chiqariladi. Olingan reduktorda shkvoren gilzasi, osmaning prujinasi almashtiriladi, ajratgich yordamida chiqarib olingan pastgi konusli juftlikning etaklovchi shesternyasi siqib chiqariladi. Yig‘ilgan holdagi reduktor chiqarib olingandan so‘ng, montaj boltlari bilan vertikal valning trubasi chiqarib olinadi. Undan so‘ng vertikal val siqib chiqariladi, dumoloq gayka bo‘shatiladi va podshipniklar siqib chiqariladi. Ajratilgan reduktorda va vertikal valning trubasida, hamda chervyakda va ponalarda yuqorgi konus juftliklaridan korpus siqib chiqariladi. Undan so‘ng, yarim o‘q siqib chiqarililishidan avval, stoporlovchi bolt chiqarib olinadi. Bo‘laklarga ajratish jarayonida yaroqsiz detallar almashtiriladi, hamda kattaroq eyilishga ega bo‘lgan detallarning sirti nazorat qilinadi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish