Gusenisalik traktor uzatmalar qutisida uzatmalarni o‘z-o‘zidan ajralishi shesternyalarining va muftalarning tishlarini eyilishi va sinib tushishi, fiksatorlarni va ular tagidagi qayta ulash mexanizmi valiklardagi chuqurchalarning eyilishi, fiksator prujinalarining elastikligini yo‘qotilishi, qayta ulash vilkalarining, kulisalarning, sirpanuvchi shesternyalar va tishli muftalar halqasimon ariqchalarning ishqalanish sirtlarini eyilishi. Uzatmalarni qayta ulashning qiyinchiligi va ularni ulashda gijillashi ilashish muftasini to‘liq ajralmasligi bilan bir qatorda, tormozokni (T-70S traktorida) noto‘g‘ri rostlanganligi, blokirovka mexanizmini noto‘g‘ri ilashi natijasidir. Yuqori darajadagi shovqin va taqillash podshipniklarni, ularni korpusga o‘tirish joylarini eyilishi, vallarning o‘qdoshligini buzilishi, karterda moyning etarli bo‘lmasligi, detallarda darzlar va sinib tushishi natijasida sodir bo‘ladi.
Podshipniklarning va shesternya tishlarining qalinligi bo‘yicha katta miqdordagi eyilishiga uzatmalar qutisiga quyilgan moyni agregat nozichliklar orqali kirgan abraziv zarrachalar bilan ifloslanishi bilan bog‘liq. Shesternya tishlarining uzatmaga ulash tomonidan sinib tushishi va buzilishi, ilashish muftasini aniq rostlamaslik uzatmalarni noto‘g‘ri almashtirish, tormozokni (T-70S traktorida) rostlanishi buzilishi natijasida sodir bo‘ladi. Shesternya tishlarining toliqishdan uvalanishi shesternya jufliklari noto‘g‘ri ilashmaga kirganda, ular to‘liq ulanmaganda, etaklovchi ko‘prikning konusli shesternya juftliklarining rostlanishi aniq bo‘lmaganda sezilarli darajada tezlashadi.
Traktorlardan foydalanishda uzatmalar qutisidagi qator nosozliklarni mashinaning o‘zida bartaraf etish mumkin.
T-70S traktori misolida mashinalarni foydalanishda sodir bo‘ladigan nosozliklarini aniqlash va bartaraf etishni ko‘rib chiqamiz. Agar ishlash davrida uzatmalarni almashtirishda yuqori darajadagi shovqin sodir bo‘lsa, unda ilashish muftasini boshqarish mexanizmini noto‘g‘ri rostlanganligini, uning disklarini yoki tormozokdagi friksion disklarini, vilka qaytargich sapfasining birlashgan joyini yeyilganligini ko‘rsatadi.
Agar ilashish muftasi roslangandan va undagi nosozlik bartaraf etilgandan so‘ng shesternyalarning kuchli shovqini bartaraf etilmasa, unda tormozokni boshqarish mexanizmi rostlanadi. Rostlash richag tortqisining uzunligi to‘g‘ri o‘rnatishdan iborat. Agar bunday rostlashdan so‘ng ham nosozlik bartaraf etilmasa, unda ilashish muftasi va pasaytiruvchi reduktor korpusining yuqorgi tuynugini qopqog‘i olinib, tormozok disklarining ustqo‘ymalarini qalinligi o‘lchanadi. Tormozokning etaklovchi diskining qalinligi 1,5 mm dan kichik, qaytargich va qo‘shish vilkasi o‘rtasidagi tirqish 2,2 mm dan ortiq bo‘lsa, u almashtiriladi. Buning uchun ilashish muftasi korpusi uzatmalar qutisidan ajratigandan so‘ng taglik uziladi; pasaytiruvchi reduktorni boshqarish mexanizmining qopqog‘i olinib, texnologik boltlar yordamida ilashish muftasining vali preslab chiqariladi va tormozokning etaklovchi diski almashtiriladi.
Pasaytiruvchi reduktor bosqichlarini almashtirish richagining erkin yo‘li katta bo‘lsa, bu tishli muftaning almashtirish vilkasini eyilganligini ko‘rsatadi. Buning uchun pasaytiruvchi reduktorning boshqarish mexanizmini qopqog‘i olinadi. Vilka uzilib, uni tishli muftaning ariqchasiga qo‘yib, tirqish o‘lchanadi. Agar tirqish 3 mm dan katta bo‘lsa, unda mufta va vilka almashtiriladi. Tishli muftani almashtirish uchun, ilashish muftasining korpusi uzatmalar qutisidan ajratiladi.
Uzatmalarni almashtirish richagining erkin yo‘lini kattaligi, shesternyani ilashmadan to‘liq chiqmasligi, uzatmaga o‘z-o‘zidan ulanib qolishi, almashtirish vilkasini, kulisani, sirpanish karetkalarining ariqchalarining ishqalanish sirtlarini eyilganligidan, fiksator prujinalarning elastikligini yo‘qotganligidan darak beradi.
Uzatmalarni almashtirish richagining uchida eyilish mavjud bo‘lsa, vilka bo‘yinlarining qalinligi, ularning qamrash kengligi, qayta ulash plankalari o‘rtasidagi tirqish tekshiriladi.
Agar richag uchida eyilish izlari ko‘zga tashlansa, u almashtiriladi. Vilkalarning bo‘yni qalinligi 8,2 mm dan kichik bo‘lsa ular almashtiriladi. Qayta ulash plankalari o‘rtasidagi tirqish 0,3-1,6 mm chegarasida bo‘lishi lozim.
Birinchi va orqaga harakat uzatmalari ulanganda yoki uzilganda nosozliklar sodir bo‘lgan hollarda, yonaki qopqoq, undan so‘ng esa qayta ulash vilkasi olinadi. Eyilish izlari aniqlanganda va o‘lchashda vilka jag‘ining qalinligi 8 mm dan kam bo‘lsa, birinchi va orqaga harakat uzatmalarining vilkasi almashtiriladi. Shular qatorida qayta ulash vilkasi sirpanuvchi koretkalalari birikmalarining texnik holati tekshiriladi. Buning uchun vilkalar chiqarilib va ularni sirpanuvchi karetkaning mos keluvchi ariqchalariga navbatma-navbat qo‘yib chiqiladi, bunda ular o‘rtasidagi tirqish tekshirib boriladi. Agar tirqish 1,5 mm dan ortiq bo‘lsa, u yangisiga almashtiriladi.
Shesternyalar bloki ariqchasining kengligi 10,8 mm dan katta bo‘lsa almashtiriladi.
Uzatmalar qutisida begona shovqinlarni paydo bo‘lishi, korpusning ayrim uchastkalarini haddan tashqari qizishi, uzatmalar qutisi vallarining podshipniklarni buzilganligini yoki ponalanib qolganligini ko‘rsatadi.
Ushbu nuqsonlarni aniqlash va bartaraf etish uchun uzatmalar qutisidan moy to‘kilib, uzatmalar qutisining qopqog‘i, zarur bo‘lgan hollarda yonaki qopqoqlar ham olinadi. Bundan so‘ng montaj lomi yordamida tekshirilishi mumkin bo‘lgan vallar buraladi, ularga o‘q va radius yo‘nalishida ta’sir ko‘rsatiladi.
Bunda podshipnik halqalari o‘z uyalarida aylanmasligi, vallarda siljish sezilmasligi kerak. Podshipniklarning o‘tqazish joylarining yeyilishi, vallarning uncha katta bo‘lmagan siljishi aniqlangan taqdirda uzatmalar qutisi traktordan tushirilib, bo‘laklarga ajratiladi. Кeltirilgan texnik talablarga mos ravishda yeyilgan podshipnik almashtiriladi.
Agar tirqish tashqi nazoratda qo‘lda sezilmasa, unda ikkilamchi vali podshipnigidagi o‘q bo‘yicha yo‘nalgan tirqish indikatorda tekshiriladi. Buning uchun indikator oyoqchasi shesternya tishining chetiga taqab, montaj lomi yordamida ikkilamchi val o‘q yo‘nalishida siljitiladi. Ikkilamchi valning konusli podshipniklardagi o‘q bo‘yicha tirqish 0,3 mm dan ortiq bo‘lmasligi lozim. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, katta miqdordagi o‘q bo‘yicha yo‘nalgan tirqish, gaykalarni bo‘shab ketishidan emas, balki faqat podshipniklarni eyilishi natijasida sodir bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham dastlab gayka qotirilishining puxtaligi tekshiriladi. Ikkilamchi val podshipniklarining o‘q bo‘yicha yo‘nalgan tirqishini tekshirish uchun uzatmalar qutisi orqa ko‘prikdan ajratib olinadi, qotirish boltlari bo‘shatilib, ikkilamchi val podshipnigining stakani presslab chiqariladi. Ostqo‘ymalarning qalinligini o‘zgartirilib, valning o‘q bo‘yicha siljishi bartaraf etiladi.
Кonusli podshipniklarning qotirilish darajasi uzatma ajratilganda dinamometrik kalit bilan tekshiriladi. Ikkilamchi val podshipniklari to‘g‘ri rostlanganda, uni burovchi momenti 7-8 N·m atrofida bo‘lishi lozim. Bosh uzatmaning etaklovchi shesternyasini o‘rnatish balandligi, zaruriyat tug‘ilsa rostlanadi. Buning uchun uning chetiga muayyan qalinlikka ega bo‘lgan planka qo‘yilib shtangen chuquro‘lchagich yoki shtangensirkul bilan balandligi o‘lchanadi, uning qiymati 57,85 - 58,15 mm chegarasida bo‘lishi kerak. Agar natija ruxsat etilgan qiymatlardan farq qilsa, unda etaklovchi shesternya chiqarib olinadi yoki rostlovchi vtulka shlifovkalanadi yoki katta qalinlikka ega bo‘lgan vtulka o‘rnatilib, talab etilgan o‘rnatish balandligiga erishiladi. Boshqa uzatmaga ulanganda yo‘qoladigan uzatmalar qutisidagi taqillashlar, uzatmalar qutisining ayrim shesternya tishlarida toliqishdan buzilish mavjudligi to‘g‘risida axborot beradi.
Traktorining uzatmalar qutisi joriy ta’mirlanganda ko‘p hollarda friksion muftalardagi, gidravlik akkumulyatorlardagi, gidravlik nasos yuritmalaridagi to‘xtovlar va nosozliklar bartaraf etiladi. Reduktor qismini mexanik uzatma detallaridagi nosozliklarning xarakteri, yuqorida keltirilgandagidek.
Do'stlaringiz bilan baham: |