M A ' R U Z A № 10
MЕTALLARNI BOLG'ALASH, SHTAMPLASH VA USULLARI.
R E J A:
1.
Bolg'alash haqida umumiy ma`lumot.
2.
Hajmiy shtamplash haqida umumiy ma`lumot.
3.
List shtamplash haqida umumiy ma`lumot.
Bolg'alashda asosan, plastik holatgacha qizdirilgan metallar turli asboblar bilan
zarblab yoki
presslab kutilgan shakl va o'lchamdagi mahsulotlarga aylantiriladi.
Metallarni erkin bolg'alash usuli mexanizasiyalashtirish darajasiga qarab dastaki va
mashinalarda bolg'alash hamda presslash turlariga ajratiladi.
Dastaki bolg'alashda mayda pokovkalar olinib, temirchi qizdirilgan
metall zagotovkaning
bir uchini qisqich bilan qisgan holda sandonga qo'yib, bolg'acha bilan urib bosqon bilan urish
joyini shogirdiga ko'rsatadi. Operasiyalarni bajarishda turli asboblardan (sumba, tekislagich va
boshqalar) foydalaniladi.
Metallarni erkin bolg'alashda foydalaniladigan uskunalarga bolg'alar va presslar kiradi.
Bolg'alarda zagotovkaga dinamik zarb kattaroq tezlikda (6-7 m
s) berilsa, presslarda esa sekin
statik tezlikda (0,1-0,3 m/s ) beriladi.
Bolg'alash uskunalarining
konstruksiyasi oddiy, ixcham,oson rostlanadigan bo'lib, ularni
boshqarish qulay.
Sanoatda ko'proq tarqalgan bolg'alarga bug'-havo, pnevmatik, ressorli bolg'alar kirsa,
presslarga
gidravlik, bug'-havo, krivoship va friksion turlari kiradi. Ularning qaysi biridan
foydalanish olinuvchi pokovka materialiga, xiliga va massasiga bog'liq. Masalan,
mayda
pokovkalar olishda pnevmatik bolg'alardan, o'rtacha pokovkalar olishda bug'-havo bolg'alaridan,
yirik
pokovkalar
olishda
gidravlik
presslardan
foydalaniladi.
9.1-rasm. Ikki stoykali
bug'-havoda ishlovchi
bolg'a sixemasi:
1-richak, 2-tortqi, 3-zolotnik,
4-taqsimlovchi
mexanizm,
5-silindr,
6-porshen,
7-
yo'naltiruvchi, 8-shtok, 9-
stanina (stoyka), 10-baba,
11-ustki boyoq, 12-pastki
boyoq,
13-shabot
(po'lat
plita).
9.1-rasmda siqilgan bug'-
havoda
ishlaydigan
ikki
stoykali bolg'a sxemasi keltirilgan.Bolg'ani ishga solish uchun richag 1 ni, u bilan bog'langan
tortqi 2 ni yuqoriga yoki pastga o'tkaziladi. Bug' taqsimlovchi mexanizm 4 orqali 0,7 –0,9 MПa
siqilgan havo yoki bug' silindr porsheni tagiga yoki ustiga kiradi-da,
porshenni, u bilan
bog'langan shtok 8, baba 10 va ustki boyok 11 ni yuqoriga yoki pastga harakatlantiradi.
Malumki, porshen pastga harakatlanganda u bilan bog'langan detallar massasiga bug' yoki
havo bosimi qo'shilib, pastki boyok muhrasi ustidan zagotovkani zarblaydi. Bolg'a harakati va
uning qay holatda saqlanishi zolotnikli taqsimlovchi mexanizm yordamida rostlanadi. Bu
bolg'alarning pastga tushuvchi detallari massasi 1-8 t bo'ladi. Bunday bolg'alarda
massasi
o'rtacha (20-350 kg) va bazan 2 t gacha bo'lgan pokovkalar olinadi. Odatda mayda pokovkalar
(20 kg gacha) olishda pnevmatik bolg'alardan foydalaniladi.
Pokovkalarni tayyorlash uchun avval tayyorlanuvchi detal chizmasi asosida pokovka
chizmasi chiziladi. Bunda uni soddalashtirish bilan mexanik ishlash
uchun belgilangan quyim
qiymatlari hisobga olinadi. Keyin esa uning massasiga ko'ra tegishli o'lchamlari aniqlanadi.
Yirik pakovkalar uchun quyma, kichik pokovkalar uchun prokat zagotovkalar olinadi.
Yirik po'lat pokovkani tayyorlashda quyma zagotovka massasi quyidagi formula bo'yicha
aniqlanadi:
;
.
.
2
k
t
kuy
q
ch
pok