I BOB. TURK TILIDAGI ARABCHA QATLAM.
Turk tilining arabcha qatlam orqali boyishi.
Bir tilga boshqa tildan kirgan va o'sha tilga o'zlashib qolgan so'z turk tilshunosligida yabancı kelime (usmonli turk tilida müstear kelime) yoki alıntı kelime deb atalgan. Hozirgi turk tilida o'zlashgan so'zlar katta miqdorni tashkil etadi. Turk tiliga arab va fors tilidan kirib kelgan so'zlar ko'pchilik so'zlar yangicha shakl olib, asl shaklini yo'qotgan, lekin g’arb tillaridan olingan so'zlar turli omillar sababli o'z holicha qo'llanib kelinmoqda. Masalan; estetik, karne, kontrol, enflasyon, rapor, kontenjan kabi so’zlar hozirgi zamon turk tilida faol qo'llanib keladi.
Türkçeye girmiş yabancı unsurlar ( Tilning o’zlashgan qatlami).
Tilning o'z qatlamiga turk tiliga tegishli bo'lgan, shuningdek, turkiy tillar uchun umumiy bo'lgan so’zlar kiradi. Masalan; baş, kaş, dağ, boğa, bilgi kabilar.
Tilning o’zlashgan qatlamiga arab, fors va bir qancha yevropa tillaridan o'zlashib qolgan so'zlar kiradi. Masalan, kitap (kitob), cevap (javob), mânâ- arab tilidan, nar, peygamber, namaz- fors tilidan, vişne- slavyan tillaridan, nemis tilidan, futbol, boks, volleybol-ingliz tilidan o’zlashgan.
O’zbek xalqi qardosh bo’lmagan tojiklar bilan qadimdan aloqada bo’ldi. Shuning tarixiy sabablar bilan bog’liq holda arab, ruslar bilan aloqada bo’ldi. Hozirgi davrga kelib bir qancha xorijiy davlatlar bilan do’stona aloqalar o’rnatgan. Bular o’zbek tili leksikasiga ko’plab so'zlarning o’zlashishiga sabab bo’lmoqda.
O’zlashgan qatlam. Hozirgi o’zbek tilining lug’at tarkibiga tarixiy sabablarga ko'ra boshqa tillardan ko’plab so’zlar kirib kelgan. O’zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so’zlar o’zlashgan so’zlar (olinma so'zlar) deb yuritiladi.
O’zlashgan so’zlar uyg’ur, tojik, arab, rus, nemis, frantsuz, ispan, ingliz va boshqa tillarga oid. Arab tilidan o’zlashgan so’zlar. Arabcha so’zlar o’zbek tiliga VII-VIII asrlardan boshlab kirgan. Bu hol arablarning Markaziy Osiyoni bosib olishi bilan bog’liq. Kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma’no, ilhom, kasb, qassob, san’at, asbob, bino, imorat, ovqat, g`alla, fil, parranda, hasharot, inson, odam, oila, amma, xola, dimog`, idora kabi.
Boshqa tillardan kirgan so’zlar ham o’zbek xalqining barchasiga tushunarli bo’lsa, ular ishlatilish doirasiga ko’ra chegaralanmaydi. Masalan, arab tilidan o’zlashgan shamol, soat, inoq, dohiy, mag’rur, xafa, maqol, hayot, millat, hikoya so’zlari; tojik tilidan o’zlashgan go’sht, non, sozanda, suhbat, sabzavot, ombur kabi so’zlar; rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan traktor, kino, teatr, tsirk, kartoshka, fabrika, zavod kabi so’zlar umumxalq tilida qo’llanadi.
Demak, ishlatilish doirasi chegaralanmagan so’zlar o’z qatlamga ham, o’zlashgan qatlamga ham oid bo’lishi mumkin. So’zni aynan olish yo’li bilan tojik, arab tillaridan, shuningdek, rus tillaridan, rus tili orqali boshqa Evropa tillaridan ko’proq o’zlashtirilgan. Masalan, sinch, devor, yana, rubob, kitob, maktab, daraxt, mutolaa, muomala, traktor, sport kabi.
1.2. Turk tilida arab tilidan o'zlashgan so'zlarning talqini
Arxaizmlar ustida olib borgan tadqiqot jarayonida hozirgi turk tilshunosligida, turkcha izohli va ensiklopedik lug‘atlarida eskirgan so‘z, atama va tushunchalar sifatida berilgan leksik birliklarning katta qismi arab tilidan o‘zlashgan ekanligiga ishonch hosil qilindi. Buning asosiy sababi esa, nazarimizda, usmoniylar davlati hukm surgan davrda, ya’ni XIV asr boshidan XX asrning ilk yillariga qadar Usmonli turkchasi gurkirab rivojlangani va barcha sohani qamrab olganligi hisoblanadi. Chunki, yuqorida ham ta’kidlangani singari, Usmonli turkchasi arab va fors tillarining sinteziga o‘xshagan murakkab tilga aylanib qolgan edi.
Turk tilining izohli lug`atidan joy olgan aniq misollarga murojaat qilaylik. Тurk tilidagi resim (ar. resm) so‘zi hozirgi tildagi arabchadan o`zlashgan örf va adet so‘zlarining sinonimi bo‘lib, hozirgi turk tilning eskirgan so‘zlar zahirasida turadi. Jonli nutqda ushbu so‘z deyarli qo‘llanilmaydi. Uni badiiy asarlardagina uchratish mumkin. Ushbu so‘zning merasim (marosim) shakli (resim so‘zi o`zagi asosida yasalgan) nutqdagi faol so‘zlardan biri hisoblanadi. Turk tilining izohli va ensiklopedik lug‘atlarida ushbu so‘zga “1. marosim; 2. urf-odat” deb izoh berilgan. O‘zbek tilida esa, aksincha. Rasm so‘zi nutqda urf-odat, an’ana so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llanib kelinmoqda. Xuddi shu mazmundagi turkiy tilga arabchadan o‘zlashgan yana bir so‘z teamül (ar. tea : mül) dir. U hozirgi turk tilida eskirgan va kam qo‘llanadigan so‘z bo‘lsa-da, badiiy adabiyotda odat va urf so‘zlarining sinonimi sifatida uchrashi mumkin. Ma’nosi: “Bir joyda qadimdan davom etib kelgan xatti-harakat, munosabat (odat)”. Ushbu so‘z yordamida turk tilida teamül hukuku iborasi yasalgan (ma’nosi: urf odatlarga asoslangan huquq; urf-odat darajasiga yetib kelmagan, yozma shaklda belgilab qo‘yilmagan huquq). O‘zbek tilida rasm so`zi ham taomil so`zi ham eskirgan so`z emas. O`zbek tilining izohli lug‘atda taomil so‘ziga quyidagicha izoh beriladi:
“Taomil – biror jamiyatda odat hukmiga kirgan tartib-qoida,” rasm, tradisiya (an’ana), urf-odat, udum so‘zlarining sinonimi: eski taomil, yangi taomil kabi. To‘yning to‘ri aziz mehmonlarga ataladi. Urf-odatimiz, taomilimiz shunday (M. Nazarov. Cho‘lni yashnatganlar).
To‘y kunlari ichkarida samovarni ko‘pincha erkak kishi qaynatishi eskidan taomil bo‘lib qolgan (Oybek. Qutlug‘ qon).
O‘zbek tiliga arab tilidan o‘zlashgan va odat, urf (urf-odat), taomil yoki udum so‘zlarining ma’nodoshi bo‘lgan an’ana so‘zi (ar. a’nane) turk tilida ham an’ane shaklida lug‘atlarga kiritilgan va eskirgan so‘z sifatida belgilab qo‘yilgan. Uni ko‘proq badiiy va tarixiy asarlarda uchratish mumkin (Böyle ufak kasabalarda, öteden beri arisokratik bir an’ane vardı. Ana shunday shaharchalarda unchalik serhasham bo‘lmasa-da, oqsuyaklarga xos an’analar bor edi). An’ane so‘zi eskirgan so‘z hisoblansa-da, undan turk tilida bir necha shakl yasalgan: an’aneci, (an’analarga sodiq), an’anecilik (an’anachilik), an’anesiz (an’analarga sodiqlik), an’anevi (an’anaviy, an’anaga asoslangan) kabi.
Turk tilida eskirib qolgan, o‘zbek tilida esa qadimdan bugungacha qo‘llanib kelayotgan an’ana so‘zining hozirgi turk tilidagi muqobili gelenek so‘zidir. Gelmek (kelmoq) fe’li o‘zagidan yasalgan gelenek so‘zi (gel-gelen-gelenek) keng ma’noda bir avloddan keyingilariga o‘tib kelgan bilim, ma’lumot, e’tiqod, hayot tarzi, qisqacha, ma’naviy madaniyat ma’nolarini beradi. Tor ma’noda esa gelenek (an’ana) nasllardan nasllarga o‘tib kelayotgan, bir jamiyatda muqaddas deb hisoblangan muhim nuqtai nazarlardir.
Arab tilidan o‘zlashgan beşeriyet so‘ziga –çi turkcha yasovchisi qo‘shilishi natijasida yasalgan beşeriyetçi so‘zi va unga –lik yasovchisi qo‘shilishi natijasida yasalgan hozirgi turk tilida eskirgan so‘z bo‘lib, “bashariyat tarafdori, gumanist, insonparvar (kishi)”, “bashariyatchilik ishi, gummanizm, insonparvarlik” ma’nosida qo‘llaniladi. Misollar:
Cerh – 1) Yaralash; 2) (biror fikr, ishonch yoki da`vo uchun) Chiritish. Ushbu so‘z asosida arab tilida ceriha (yara) so‘zi yasalgan “O zaman vecd ile secde eder varsa taşım \ Her cerihamdan, ilahi, boşanıp kanlı yaşım”. Eskirgan cer hocası birikmasining ma’nosi “qishloq joylarida imomlik qilib, pul va oziq-ovqat to‘playdigan madrasa o‘quvchisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |