Mavzu: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari Reja: - 1. “Avesto” to’g’risida ma’lumot.
- 2. Ilk davlatlar haqida ma’lumot.
Avesto - “Avesto” ni eng qadimgi qismlarining barchasi bizning zamonamizgacha yetib kelmagan. Bu to’plam milodning III-VII asrlarida tahrir qilingan.
- “Avestoda” da tilga olingan 16ta yirik hududiy nomlarning 9tasi O’rta Osiyoga taalluqlidir.
- “Avesto” matniga sharhlar bo’lib, bular “Zend” nomi bilan bizga ma’lum.
- “Avesto” katta hajmda bo’lganligi uchun “Kichik Avesto” yaratilgan.
- Zaratushtra “oltin tuyali” yoki “oltin tuya yetaklovchi” degan ma’noni bildiradi.
Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari - Mehnat qurollarining takomillashuvi natijasida yerga ishlov berish yaxshilanib, ekin maydonlari kengayib, odamlarning mehnati unumliroq bo’lib bordi. Temirning kashf etilishi, undan yasalgan mehnat qurollari qishloq xo’jaligi va hunarmandchilikning tez o’sishiga olib keldi. Odamlarning daryolarni bo’g’ib, to’g’onlar qurib, kanallar qazib yerlarga suv chiqarish imkoniyati kengaydi. O’rgatilgan ishchi hayvonlari qo’shilgan temir tishli omochlar bilan yerni haydashning o’zlashtirilishi hosildorlikning oshishini, ko’proq mahsulotlar yetishtirishni ta’minladi. Bu odamlar turmushini ancha yaxshiladi.
- O’rta Osiyo hududidagi ilk davlat tuzilmalari to’g’risida qadimgi yozma tariximizning eng noyob manbasi hisoblangan. “Avesto” kitobi, shuningdek, qadimshunos olimlarning o’lkamizning turli hududlarida olib borilgan arxeologik – qidiruv ishlari, ularning natijalari muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, qadimgi Yunon, Rim va Eron manbalari asosida ham bu masalani oydinlashtirish, yetarli, asosli fikrlarni aytish mumkin bo’ladi. Bu o’rinda Yunon, Rim mualliflaridan Gerodot, Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqalarning asarlari, yodnomalari, Forsiy mixxat yozuvlari, o’lkamizda keng ko’lamli arxeologik tadqiqotlar olib borgan Tolstov, G’ulomov, Asqarov, Masson larning ilmiy tadqiqotlari alohida ahamiyatga molikdir.
Aholining asosiy mashg’ulotlari - O’rta Osiyo yerlarida bu davrda dehqonchilik, bog’dorchilik, va uzumchilik sohalari rivojlangan.
- Farg’ona,Xorazm va Zarafshon vohalarida ko’plab suv ayirg’ichlar, kanallar, suv havzalari bunyod etilgan.
- Farg’ona va Sug’dda aholining bir qismi tog’-kon ishlari bilan ham mashg’ul bo’lgan.
- Iloqda qo’rg’oshin,kumush, Shahrisabzda esa qizil tuz qazib olingan.
- Buxoro,Samarqand,Ishtixon,Toshkent,Isfara,Quva,Koson va boshqalar o’sha davrning hunarmandchilik va savdo-sotiq gurkirab rivojlangan shaharlari bo’lgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy hayotning asosiy xususiyatlari - Yangi ijtimoiy – iqtisodiy feodal munosabatlar vujudga keldi.
- Ammo jamiyatda patriarxal – qulchilik munosabatlarining qoldiqlari saqlanib qoldi
- Tayyorladi: Ruzimurodova Zarnigor Farruxjon qizi
- Guruh : XTA-120
Do'stlaringiz bilan baham: |