Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet69/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Toquz soni toq so‘zidan yasalgan. Toq so‘zi “qoniqish hosil qilish; to‘lishish; sokinlik” ma’nolarini anglatadi. Chog‘ishtiring, hozirgi toxta ( so‘zlari ham ayni o‘zakdan. Toquz soni birliklarning yakunlovchisi (ya’ni, oxirgi birlik) bo‘lgani uchun shunday atalgan, “to‘xtagan, yakunlangan” ma’nosini beradi, -(u)z yasovchi qo‘shimcha. Yoki yüz sonining kelib chiqishi yüz (“sirt, yuza”) ga bog‘lanadi. O‘nliklarning yakunida, sirtida turgani uchun shunday atalgan. “Kishining yuzi” anglamidagi yüz ham shu ma’noda.

Demak, säkiz ( sonlari -z qo‘shimchasi bilan yasalgan; altmïš ( sonlari esa -mïš, -miš qo‘shimchasi bilan yasalgan.

Qadimgi turkiy tilda sonlar to‘rt darajalidir. Ularning oldinma-ketinligi va aytilishi shunday:

Birliklar: bir – 1, iki~äki – 2, üč – 3, tört – 4, biš~bäš~beš – 5, altï – 6, yiti~yäti~yeti – 7, säkiz~sekiz – 8, toquz – 9. Toquz – birliklarning yakunlovchisidir.

O‘nliklar: on – 10, yigirmi – 20, otuz – 30, qïrq – 40, ilig~älig~elig~elli – 50, altmïš – 60, yitmiš~yätmiš~yetmiš – 70, sekiz on~säksän – 80, toquz on~toqsan – 90.

Yuzliklar: yüz – 100, iki yüz – 200, üč yüz – 300 va boshqalar.

Minglar: bïŋ~mïŋ yoki biŋ~miŋ – 1000, iki bïŋ – 2000, üč bïŋ – 3000 va boshqalar.

Qadimgi turkiy yodgorliklarda tümän so‘zi 10 000 ni bildirgan. Bundan yirik sonlarga uning ko‘paytmasi qo‘shib aytilgan: beš tümän – 50 000, säkiz tümän – 80 000, on tümän – 100 000 va b. Bitiglardan o‘rnaklar keltiramiz: Tabğač oŋ tutuq bes tümän sü kelti. – Tabg‘ach o‘ng tutuqning besh tuman qo‘shini keldi (X.25). Yarïs yazïda on tümän sü terilti. – Yaris dashtida o‘n tuman [yuz ming] lashkar terildi (Ton.36). Čača säŋün säkiz tümän sü birlä süŋüšdüm. – Chacha Sangunning sakkiz tuman qo‘shini bilan urushdim (X.26). QB.287 da: mïŋ tümän – 10.000000.

Qadimgi turkiy tilda ikki xonali sonlar quyidagi tartibda aytilgan:

1. Avval birlik aytilib, keyin shu son qo‘shilgan o‘nlik emas, balki undan yuqori o‘nlik aytilgan: yeti yigirmi – buning bilan “(o‘ndan oshib) yigirma tomon yettita son qo‘shildi (=o‘n yetti)” degan ma’no anglashiladi. Yana misollar: tört yigirmi – o‘n to‘rt, bis yigirmi – o‘n besh, sekiz yigirmi – o‘n sakkiz, altï otuz – yigirma olti, iki qïrq – o‘ttiz ikki, iki eligqirq ikki, üč yetmiš – oltmish uch, yeti yetmiš – oltmish yetti, säkiz yetmišoltmish sakkiz, toquz säkiz on – yetmish to‘qqiz. Ko‘k turk bitiglaridan misollar: Eki otuz yašïma Tabğač tapa sülädim. – Yigirma ikki yoshimda Tabg‘ach tomon qo‘shin tortdim (X.25–26). Män toquz yigirmi yïl šad olutrum, toquz yigirmi yïl qağan olurtum, el tutdum. – Men o‘n to‘qqiz yil shad bo‘lib turdim, o‘n to‘qqiz yil xoqon bo‘lib turdim, davlatni tutdim (Xa.9). Eltäris qağan bilgäsin üčün, alpïn üčün Tabğačqa yeti yigirmi süŋüšdi. – Eltarish xoqon allomasi bilan bo‘lgani uchun, (49) alpi bilan bo‘lgani uchun Tabg‘achga o‘n yetti bor jang qildi (Ton.48–49).

2. Hozirgiga yaqin bir tartib bo‘lib, faqat o‘nlikdan so‘ng artuqï so‘zi qo‘shilgan: otuz artuqï tört – o‘ttiz to‘rt. Zamonlar o‘tib o‘nlikka qo‘shilayotgan artuqï so‘zi qisqarib, hozirgi ko‘rinishga aylangan: otuz tört.

Matnlardan misollar keltiramiz: Qïrq artuqï yeti yolï sülämis. – Qirq yetti yo‘la lashkar tortgan (K.15).

Ikki xonalilarga yana bir misol: bir tümän artuqï yeti bïŋ – 17000.

Ko‘p xonali sonlarning o‘qilish tartibi shunday: 85 – biš toquz on / säkiz on biš; 45360 – tört tümän, biš miŋ, üč yüz, altmïš.

Bitiglarda “yarim” ma’nosini sïŋar so‘zi bildiradi: Sïŋar süsi ebig barqïğ yulğalï bardï, sïŋar süsi süŋüšgäli kelti. – Qo‘shinining yarmi uy-joyini bo‘shatgani bordi, yarim qo‘shini jang qilgani keldi (X.32).

Sira (tartib) sonlar narsalarning sirasini, kishilardan har birining sirada tutgan o‘rnini belgilash uchun aytiladi. Sonlarning sira (tartib) ko‘rsatkichi boshlab - shaklida edi. “Birinchi” sira ko‘rsatkichi qadimgi turkiy tilda birinč shaklida, ba’zan bir shaklida ham qo‘llanilgan. Bularning o‘rnida ilki, baštïnqï so‘zlari ham ishlatilgan. “Ikkinchi” sira ko‘rsatkichi ikinti~ikindi yoki ikinč deyilgan. Qolgan sonlarga birday qo‘shilaveradi: üčünč, törtünč, bišinč, altïnč, yitinč, säkizinč, toquzunč, onunč. Ikki xonali sonlarda tartib o‘zgaradi: bir yigirminč, iki yigirminč, üč yigirminč, tört yigirminč singari.

XI–XII yuzyilliklardan - ko‘rsatkichining -nči, -nčï shakli ham qo‘llanila boshladi: üčünči, törtünči, bišinči, altïnčï, yitinči, säkizinči, toquzunčï, onunčï singari.

OLMOSH




Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish