Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet70/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Olmoshlar biror so‘z o‘rnida almashib qo‘llanadi yoki biror narsa yo kimsani ko‘rsatish, belgilash, so‘rash uchun xizmat qiladi. Gaplarda, ayniqsa yozma nutqda, bir so‘zni ikki bor qaytarishdan qutilish, matn uslubini silliqlash istagida ishlatiladi. Olmosh so‘zining lug‘aviy ma’nosi “almashgan” degani.

Kishilik olmoshlari kishilarning oti o‘rnida almashib qo‘llanadi. Kishi so‘zlovchi (men, biz), tinglovchi (sen, siz) yoki o‘zga kishi (u, ular) bo‘ladi. So‘zlovchi birligini bildiruvchi olmosh (kishilik olmoshi) ko‘k turk bitiglarida bän~ben, uyg‘ur, moniy yozuvli yodgorliklarda män~men yoki min dir. So‘zlovchi ko‘pligini bildiruvchi olmosh – biz.

Bir tinglovchini bildiruvchi olmosh – sän~sen, sin, ko‘p tinglovchini bildiruvchi olmosh esa – siz yoki sizlär.

O‘zga kishini bildiruvchi – ol, o‘zga kimsalarni bildirganda esa olar~ular~anlar shaklida qo‘llaniladi.

O‘zga kishi birligini anglatadigan kishilik olmoshi ol~ul kelishik qo‘shimchalari bilan turlanganda an- shaklini oladi: aŋa, anï, anïŋ, anda kabi. Hozirgi o‘zbek tilida u olmoshi jo‘nalish, makon, chiqish kelishiklari bilan turlanganda orada -n- undoshi hosil bo‘ladi: ungä, unda, undan. Bular eski o‘zbek tilida aŋa, andïn shaklida qo‘llangan. Biroq o‘zak va qo‘shimcha orasidagi -n- “orttirma” emas. U kishilik olmoshining eski turkiy tildagi -nïŋ qo‘shimchasi bilan qo‘llangan ko‘rinishining qoldig‘idir: u-n-da (.

Ba’zan biz olmoshiga -lär qo‘shimchasi qo‘shib ham qo‘llanilgan. Masalan: Bizlär sendin bir mo’jiza tilär-biz. Ägär sen ol mo’jizanï bizgä körgüzsäŋ, biz seŋä ïnanïp, čïn köŋül birlä seŋä imān keltürgäy-biz (RQ.141b).

Kishilik olmoshlarining turlanishi quyidagicha:

Birligi:


bän~ben; bäni~beni; bäniŋ~beniŋ; bäŋä~beŋä~baŋa

män~men~min; mäni~meni~mini; mäniŋ~meniŋ~miniŋ; mäŋä~meŋä~maŋa; mändä~mendä~mindä~mintä, mindidä, mintäda; menidin~minidin

sän~sen; säni~seni~sini; säniŋ~seniŋ~siniŋ; säŋä~seŋä~saŋa; sändä~sendä~sindä, sintädä, sinidä, sintidä; sänidin~senidin~sinitin

ol; anï; anïŋ; aŋa, aŋar; anta~anda, antada; antïn, anïndïn

Ko‘pligi:

biz; bizni; bizniŋ, biziŋ; bizkä~bizgä, biziŋä; bizintä~bizindä, biznidä, biznidin

siz, sizlär; sizni, sizlärni; siziŋ, sizniŋ, sizlärniŋ; siziŋä, sizä, sizläriŋä, sizlärkä; sizintä, siznidä, sizlärdä, sizdä; siznidin

olar; olarnï; olarnïŋ; olarqa; olarda; olardïn

Qadimgi turkiy tilda o‘zlik olmoshlari ikkita: öz va kentü~kendü. Öz aslida “jon” degani. U “kishi, shaxs, odam” ma’nosini ham bildiradi. Masalan, “Qutadg‘u bilig”da:

Muŋar meŋzätü keldi emdi bu söz,

Ešitkil munï sen, aya eδgü öz. –

Bunga mos keladi endi bu so‘z,

Sen buni eshitgil, ey ezgu kishi (QB.2678).

“Irq bitigi”da: Özüŋ uzun bolzun – umring uzun bo‘lsin (İB.47).



Yïlan kendü egrisin bilmäs, tewäy boynïn egri ter. – Ilon o‘z egriligini bilmaydi-da, tuyaning bo‘ynini egri deydi (MK.I.147).

Yozma yodgorliklarda käntü va öz olmoshlari juft holda qo‘llanilib kelishi mumkin, bunda “o‘z o‘zim” degan ma’noni beradi. Masalan: Käntü özümüzni küntä ayda öŋibiz tidimiz ärsär. – O‘z o‘zimizni Kundan, Oydan yuqori qo‘ygan bo‘lsak (Huast.8–9); Ayïğ qïlïnčqa irinčükä käntü özümüzni ämgätir-biz. – Yovuz ishlarga, gunohga o‘z-o‘zimizni urib, azoblanamiz (Huast.139-140).

Ko‘rsatish olmoshlari: bu, ol, ošbu~ušbu, šul, ošu, ošul.

Bu ko‘rsatish olmoshi kelishik qo‘shimchalari bilan turlanganda qo‘shimcha tarkibidagi sonorning ta’sirida mu- shaklini oladi. Masalan, OD da: munï, mundïn~mundun.

Bu ko‘rsatish olmoshining turlanishi quyidagicha:

Birligi: bu; bunï~munï; bunuŋ~munuŋ; muŋa, buŋar~muŋar; bunda~munda~munta; muntada, muntuda; mundïn

Ko‘pligi: bular; bularnï; bularnïŋ; bularqa; bularda; bulardïn


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish