Sifatdosh
Yozma yodgorliklar tilida sifatdoshlar quyidagi ko‘rinishda uchraydi:
-dačï, -däči / -tačï, -täči affiksli sifatdosh. Boldačï buzağu öküz ara belgülüg. – Bo‘ladigan buzoq ho‘kizlar orasida belgi beradi (MK.I.480).
-qučï, -küci / -ğučï, -güči affiksli sifatdosh. MK da: barğučï – yuruvchi, boruvchi, turğučï – turuvchi, yashovchi, tağqa ağqučï – toqqa chiquvchi, ewgä kirgüči – uyga kiruvchi, bitig bititgüči – xat yozdirguchi.
-asï, -äsi affiksli sifatdosh. MK da: Bu turasï yer tegül – bu turadigan yer emas, bu bizgä keläsi boldï – u bizga keladigan bo‘ldi. Taf. da: yeyäsi – yeyiladigan, yemish. Hozirgi o‘zb.: keläsi, öläsi.
-qu, -kü / -ğu, -gü affiksli sifatdosh. MK da: bu ya qurğu oğur ermäs – bu yoy quradigan vaqt emas, ol bizgä kelgü boldï – u bizga keladigan bo‘ldi. Hozirgi o‘zbek tilida ba’zan tovush o‘zgarishi ham yuz bergan: aqawa (
-ğsaq, -gsäk affiksli sifatdosh. MK da: ol er ewgä barïğsaq-ol – u kishi uyga boradigan, ol berü kiligsäk erdi – u bu yerga keladigan edi.
-ğlï, -gli affiksli sifatdosh. AH da: oqïğlï kiši – o‘qigan kishi. Hozirgi o‘zb.: yatïğlï kiši, sewikli~süyükli.
-ma, -mä affiksli sifatdosh. MK da: örmä sač – o‘rma soch, tikmä näŋ – tikilgan narsa, köčürma očaq – ko‘chirma o‘choq.
-r / -ar, -är / -ïr, -ir / -ur, -ür affiksli sifatdosh. MK da: Qaynar ögüz kečigsiz bolmas. – Oqar suv kechiksiz bo‘lmas. Buning inkori -maz, -mäz / -mas, -mäs qo‘shimchasi bilan hosil qilingan. QB da: qarïmaz – qarimaydigan, körünmäs – ko‘rinmas.
-mïš, -miš / -mïs, -mis / -muš, -müš / -mus, -müs affiksli sifatdosh. MK da: qazmïš arïq – qazilgan ariq, barmïš kiši – borgan kishi.
-duq, -dük / -tuq, -tük affiksli sifatdosh. MK da: meniŋ barduqïm barmaduqïm – mening borgan-bormaganim, seniŋ kördükiŋ körmädükiŋ bir – sening ko‘rgan-ko‘rmaganing bir.
-ndï, -ndi affiksli sifatdosh. MK da: sarqïndï suw – sarqitlangan suv, qazïndï tupraq – qazindi tuproq, keδindi ton – kiyilgan kiyim, süzündi suw – suzilgan (tozalangan) suv. Hozirgi o‘zb.: kelgindi kiši, yuğundï suw.
-qan, -ğan, -kän, -gän affiksli sifatdosh. QB da: adïrğan – ayirgan, farqlagan, törütkän – yaratgan, kečürgän – kechirgan, sözlägän – so‘zlagan; AH da: körgän – ko‘rgan, ešitkän – eshitkan.
She’rda shunday kelgan:
Erdi ašïn taturğan,
Yawlaq yağïğ qačurğan,
Oğraq süsin qaytarğan,
Bastï ölüm axtaru.
(Bir kishining o‘limiga achinib aytadi: U qo‘noqlarga osh beradigan (saxiy), yovuz dushmanni qochiradigan, O‘g‘roq askarini qaytaridigan (bahodir) edi. Afsus, o‘lim uni yanchdi) (MK.I.471).
-ğma, -gmä affiksli sifatdosh. Ko‘k turk bitiglarida: keligmä – keladigan.
Do'stlaringiz bilan baham: |