deyiladi, bu “biya bola tug‘di”, demakdir. Yana arslan enüklädi deyiladi, bu “arslon bola tug‘di”, demakdir (MK.III.100–102).
Endi til tarixida amal qilgan fe’l yasovchi qo‘shimchalarni ko‘rib chiqamiz. Til tarixida fe’llar quyidagi qo‘shimchalar bilan yasalgan:
-a, -ä / -ï, -i / -u, -ü affiksi.
Ushbu affiksning -a, -ä variantiga o‘rnaklar. Ko‘k turk bitiglarida: yaša – yasha-, ötä – nasihat qil-; MK da: yašïn yašnadï – yashin yashnadi, er qïšlağda yazadï – kishi qishloqda yozni o‘tkazdi, er aš ašadï – kishi osh yedi; QB da: ota – davola-, tona – to‘n kiy-, kiyim kiy-.
-ï, -i variantiga o‘rnaklar. MK da: öklidi näŋ – narsa ko‘paydi, ton ölidi – to‘n ho‘l bo‘ldi.
-u, -ü variantiga o‘rnaklar. MK da: tawar qïzudï – mol qimmatlashdi, ew tarudï – uy toraydi, yer keŋüdi – yer (maydon) kengaydi; QB da: bayu – boyi-.
-la, -lä affiksi. Ko‘k turk bitiglarida: qïlïčla – qilichla-, qilichdan o‘tkaz-, atla – ot sol-, sülä – lashkar tort-, İB da: aq bisi qulunlamïš – oq biyasi qulun tug‘ibdi, qulunlabdi; örüŋ ingäni butulamïš – oq ingani bo‘ta tug‘ibdi, bo‘talabdi; QB da: yïlla – yasha-, emlä – davola-, kezlä – saqla-.
-da, -dä / -ta, -tä affiksi. MK da: ol meni ündädi – u meni undadi, ol anïŋ aδaqïn bağdadï – u uning oyog‘ini chaldi, ol yağïnï sandadï – u yov izidan bordi.
Qiyoslang, hozirgi o‘zb.: alda (al – qadimgi turkiy tilda “makr, hiyla” degani), ündä.
-ïq, -ik affiksi. Kul tigin bitigida: tašïq – sirtga, tashga chiq-, ičikdi – ichga kirdi, (qal’aga) kirdi. Uyg‘ur yozuvli qadimgi yodgorliklarda: tağïq – toqqa chiq-, yolïq – yo‘liq- . QB da: atïq – nom chiqar-, birik – birik-.
-ad, -aδ, -at, -äd, -äδ, -ät affiksi. Ko‘k turk bitiglarida: qulad – qul qil-, yoqad – yo‘qot-, bašad – bosh bo‘l-, küŋäd – joriyaga aylantir-. Uyg‘ur yozuvli qadimgi yodgorliklarda: ulğad – ulg‘aytir-, yigäd – yaxshilat-, edäd – mol-mulkli qil-. Yoki QB da: muŋad – mungli qil-, qutad – baxtlantir-, baxtga yetkaz-. Qutadğu bilig ~ Qutaδğu bilig ham shundan. Bu nom “Qutlantirguchi, baxtga yetkazuvchi bilim” degan ma’noni beradi. Hozirgi o‘zbek tilida bu qo‘shimcha yoqat- so‘zining tarkibidagina saqlanib qolgan (yoq-at).
-qar, -ğar, -kär, -gär affiksi. MK da: ol meni atğardï – u meni otga mindirdi, ol at otğardï – u otni o‘tlatdi, ol at suwğardï – u otini sug‘ardi, öδläk küzgärdi – kuz bo‘ldi. Hozirgi o‘zb.: bašqar, qutqar (qut – “erk, ozod” so‘zidan), suğar (.
-r affiksi. MK da: qïzardï – qizardi, qarardï – qoraydi, ot yašardï – o‘t yashil bo‘ldi, yashardi, sarğardï – sarg‘aydi, örüŋärdi – oqardi. AH da: eskir – eskir.
-sïra, -sirä affiksi. Bu qo‘shimcha “istash, zor bo‘lish” ma’nosidagi fe’llar yasaydi: qağansïra – xoqoniga zor qilmoq, elsirä – eliga zor qilmoq. Ko‘k turk bitiglarida: Elligig elsirätdimiz, qağanlïğïğ qağansïratdïmïz. – Eli borni (elidan ayirib) eliga zor qildik, xoqonlini (xoqonidan judo qilib) xoqonga zor qildirdik (K.18). “Türük bodun ölüräyin, uruğsïratayïn” tir ermis. – “Turk xalqini o‘ldirayin, urug‘ini qoldirmayin (urug‘iga zor qilayin)” der ekan (K.10). Uyg‘ur yozuvli qadimgi matnlarda: tïnsïra – tinchini yo‘qotmoq, tatïğsïra – ta’mini unutmoq, küčsirä – kuchini yo‘qotmoq, ögsirä – aqldan ozmoq. Hozirgi o‘zbek tilida ham bu affiks ayni ma’nodagi fe’llar yasaydi: xatïnsïradï – xotin istadi, ersirädi – erni istab qoldi, qansïradï – qon istadi.
-sa, -sä affiksi. MK da: ölsädi – o‘lmoq istadi, ölümsädi – o‘limni istadi. Uyg‘ur yozuvli matnlarda: barïğsa – borishni istamoq, körügsä – ko‘rishni istamoq, tapïğsa – xizmat qilishni istamoq, suwsa – suvsa-.
-sï, -si affiksi. MK da: suwsïdï – suv ochdi, yağsïdï – yog‘li bo‘ldi, ačïğsïdï – achidi, quruğsïdï – quriy boshladi.
-sïn, -sin affiksi. MK da: ewni ewsindi – uyni uy sanadi, oğul ersindi – o‘g‘il o‘zini erkakday tutdi.
-ran, -rän affiksi. QB da: ögrän (ög – “aql” so‘zidan). Hozirgi o‘zb.: örgän.
Do'stlaringiz bilan baham: