3. Qo’tir va pedikulyoz kasalliklarini oldini olish



Download 19,04 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi19,04 Kb.
#272432
  1   2   3
Bog'liq
teri tanosil


1-Mavzu: Qo’tir va pedikulyoz kasalliklarini keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish,kasallikni davolash usullari,oldini olish.

Reja:


1.Qo’tir kasalligini keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish va davolash usullari.

2.Pedikulyoz kasalligini keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish va davolash usullari.

3.Qo’tir va pedikulyoz kasalliklarini oldini olish.

Qo’tir (scabies). Kasallikni qo’tir kanalari quzg’atadi. Qo’tir kanalarining ikki turi ma’lum: a) antropofil kanalar - faqat odam terisida zararkunandalik qiladi; b) zooantropofil kanalar – ham odam, ham hayvonlarda uchraydi. Bolalarda kuzatiladigan qo’tirni ko’pincha antropofil kanalar (acarus hominis) qo’zg’atadi. Kanalarning erkagi kichik (uzunligi 0,2 mm), urg’ochisi katta (uzunligi 0,4 mm) bo’ladi. Erkak kanalar urg’ochisini urug’lantirgandan (kopulyatsiya) so’ng halok bo’ladi. Urg’ochi kanalar epidermis shox qavatining ichiga kirib olib tuxum qo’yadi. Kanalarning teri po’sti ichidagi harakati natijasida «qo’tir yo’llari» hosil bo’ladi, ularning uzunligi 5-10 mm ni tashkil etadi. Bitta kana 50 tagacha tuxum qo’yadi. Bir haftadan so’ng kanalar tuxumdan ochib chiqib, zararkunandalik qila boshlaydi. Uy kanalari 1,5-2 oy yashaydi.

Kasallik sog’lom bolalarga qo’tirga chalingan bemor bolalar bilan bevosita birga bo’lishi, o’ynashi natijasida yuqadi. Shuningdek kasallarning kiyimi, to’shagi va o’yinchoqlaridan foydalanilganda ham qo’tir kanalari o’tishi mumkin. Buning sababi shuki, kanalarning urg’ochisi buyumlarda o’z hayotini 5-10 kun davomida saqlab qoladi.Qo’tirning inkubatsion davri o’rta hisobda 3-12 kunni tashkil etadi. Agar kasal boladan sog’lomiga kanalarning o’zi emas, balki tuxumlari o’tgan bo’lsa, kasallikning inkubatsion davri1 - 1,5 oygacha cho’zilishi mumkin. Shundan so’ng terida juft-juft joylashgan tugunchapufakchali toshmalar paydo bo’ladi. Mazkur juft zlementlarning o’rtasida qo’tir yo’llari joylashgan, ya’ni toshmalarning biri (pufakcha) kananing kirgan joyi bo’lsa, ikkinchisi (tuguncha) chiqqan joyidir. Tuguncha va pufakchaning o’rnida qavarchiq hosil bo’lishi ham mumkin. Bu hol ko’krak emadigan bolalarda ko’proq kuzatiladi. Toshmalar qo’l va oyoqlarning ichki yuzasida, barmoqlar orasida, bel va qorin sohasida, shuningdek jinsiy olat terisida joylashadi. Qo’tirda qattiq qichishish kuzatilib, qichishish tungi paytlarda zo’rayadi. Qo’tirning quyidagi klinik turlari farqlanadi: 1) tarqalgan qo’tir - bunda tuguncha-pufakchali toshmalar va qashinish izlari (excoriatio) butun badanga va qo’l-oyoqlarga tarqalib ketadi, qashinish kuchli bo’ladi; piokokklarning tushishi natijasida streptodermiya va stafilodermiya belgilari kuzatiladi; 2)chegaralangan qo’tir - bunda juft toshmalar terining ma’lum sohalaridagina, ayniqsa barmoq oralarida yoki jinsiy olat terisida kuzatiladi; 3) belgisiz qo’tir - bunda pufakcha, tuguncha va qavarchiq kabi qo’tirga xos elementlar ku-zatilmaydi. Bemor faqat qichishishdan shikoyat qiladi, bu sezgining tungi paytlarda zo’rayishini ta’kidlaydilar. Ko’p miqdordagi tirnalgan joylar kuzatiladi. Bemorlar o’z anamnezida qo’tirga chalingan kishilarga bevosita yaqin bo’lganliklarini ta’kidlaydilar. Qo’tir tashxisi anamnestik, epidemiologik, klinik ma’lumotlar asosida qo’yiladi, qo’tir yo’llari va kanalarining topilishi bilan tasdiqlanadi.

Qo’tirda asosan mahalliy davo usullari qo’llaniladi:

1. Benzil benzoat bilan davolash. Mazkur dorining 20% sovunli eritmasi kattalar uchun, bolalarga 10% eritmasi surtiladi. Dori terining barcha sohalariga (boshdan tashqari) 10 minut davomida surtiladi. 10 minut tanaffusdan so’ng dori surtish takrorlanadi (10 minut mobaynida). Ertasi kuni shu muolaja qaytariladi. Davo tugagandan 3 kun o’tgach hammomga tushish yoki cho’milish mumkin. Shundan so’ng ichki kiyimlar va choyshablar almashtiriladi.

2. Demyanovich usuli. Bunda tiosulfat natriyning 60% eritmasi (1-sonli eritma) va xlorid kislotaning 6% eritmasi (2-sonli eritma) ishlatiladi. Dastlab 1-sonli eritma butun badanga 10 minut mobaynida surtiladi, so’ngra 5 minut tanaffus qilinib, yana 10 minut davomida 1-sonli eritma surtiladi. Nam teri qurigach 2-sonli eritma bilan 10 minut teriga ishlov beriladi va nihoyat 5 minutlik tanaffusdan so’ng 2-sonli eritmani surtish takrorlanadi. Shundan so’ng bemorning ichki kiyimlari almashtiriladi. Ertasi kun mazkur davo usuli takrorlanadi. Bolalarda natriy tiosulfatning 40% eritmasi va xlorid kislotaning 4% eritmasi qo’llaniladi.

3. Oltingugurt malhami bilan davolash. Malham 5 kun davomida kuniga 2 martadan surtiladi. Kattalarga 33%,. bolalarga 10-20%, emadigan chaqaloqlarga 5% li malham buyuriladi. Qo’tirga qarshi malhamlarni qo’llashdan avval bemorlarni cho’miltirish lozim. Shu yo’l bilan qo’tir kanalarining teri sathidan yuvilib tushishi ta’minlanadi. Kanalardan tashqari teri yiringli mikroorganizmlardan xam tozalanadi. Agar qo’tir bo’lgan bemorlarda piodermitlarning belgilari kuzatilsa, dastlab bakteritsid dorilar bilan davolanadi, so’ngra kanaga qarshi davo o’tkaziladi.

Qo’tirga qarshi kurashda aholi o’rtasida tibbiy profilaktik ko’riklar o’tkazish yaxshi samaralar beradi. Ayniqsa maktablarda, bolalar bog’chalarida muayyan ko’riklar o’tkazish qo’tirning kamayishiga olib keladi.


Download 19,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish