Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet67/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Otlarda jins
Turkiy tillarda rod kategoriyasi yo‘q, lekin jins bor. Jins inson va boshqa jonzodlarga xos. Jinsning grammatik ko‘rsatkichi (qo‘shimchasi) yo‘q. So‘zning ma’nosiga qarab kishi yo jonzodning jinsini ajratish mumkin. Insonlarda “erkak va xotin (ayol)”, hayvonlarda “erkagi – urg‘ochisi (tishisi)”, qushlarda “nari va modasi”, parrandalarda “xo‘rozi va makiyoni” deyiladi. Tilimizda yana har birining o‘z oti bor. Sudraluvchilar, hasharotlar va suv hayvonlarining harakati, qiliqlariga qarab, ularning jinsini aniqlash mumkin bo‘lsa-da, ularga ot qo‘yilmagan: “erkagi yo urg‘ochisi” deb qo‘ya qolamiz.

Qadimgi turkiy tilda iŋän – tuyaning urg‘ochisi. Mahmud Koshg‘ariy bunga misol qilib shunday maqol keltirgan: İŋän iŋräsä, botu bozlar. – Ingan (ya’ni urg‘ochi tuya) ingrasa, bo‘tu (ya’ni erkak tuya) bo‘zlaydi (MK.I.142). Urg‘ochi tuyaning boshqa bir oti – tetir (MK.I.342). Erkak tuyani esa buğra deyilgan. Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, Buğraxan ismi ham shundan olingan (MK.I.397).

Kul tigin bitigida urï oğul, qïz oğul so‘zlari ishlatilgan. Ushbu misollardagi urï – “o‘g‘il” degani, oğul esa “farzand” ma’nosida. “O‘g‘uzxoqon” dostonida erkäk oğul deydi, bu so‘z “o‘g‘il bola; o‘g‘lon” degan ma’noni beradi. Hozirgi o‘zbekchadagi oğïl bala, qïz bala ham ayni ma’nodadir (bala – “farzand” degani). Yoki yana qiyoslang, hozirgi o‘zb.: erkäk kiši, xatïn kiši. Bu o‘rinda kiši – “inson, odam” ma’nosini anglatadi.

İB da: erkäk yont – erkak ot, erkäk buzağu – erkak buzoq, tetir buğra – erkak tuya. ODda: erkäk böri – erkak bo‘ri.

RQ da: er oğlan – o‘g‘il bola, qïz oğlan – qiz bola, tiši tewä yoki iŋän – urg‘ochi tuya, erkäk bota – er bo‘ta.

İB dan bir o‘rnak keltiramiz: Aq bisi qulunlamïš, örüŋ ingäni butulamïš, qunčuy urïlan­mïš. – Oq biyasi qulun tug‘ibdi [qulunlabdi], oq ingani bo‘ta tu­g‘ibdi [bo‘talabdi], malika o‘g‘il tug‘ibdi. MK da: inäk buzağuladï – sigir buzoq tug‘di.



SIFAT
Yozma yodgorliklar tilida morfologik usulda sifatlar otlar va fe’llardan yasalgan.

1) Otdan sifat yasovchi qo‘shimchalar:

-lïq, -lïğ, -lik, -lig / -luq, -luğ, -lük, -lüg affiksi. Huast. da: adaqlïğ – oyoqli, ayïğ qïlïnčlïğ – gunohkor, ağuluğ – og‘uli, zaharlangan, zaharli, äksüklüg – gunohkor, aybdor, nuqsonli, butluğ – butli, oyoqli, küclüg – kuchli; QB da: yarağlïğ – yaroqli, owutluğ – andishali, uqušluğ – zakovatli, biliglig – bilimli, erklig – erkli, erkin, türlüg – turli, har xil, ünlüg – mashhur, taniqli.

“Kitob-i tarjumon-i turkiy”da qayd etilishiga ko‘ra, bu qo‘shimcha “qipchoq tili”da -lu, -lü shaklida qo‘llangan: atlu – otli, ešäklü – eshakli, mallu – molli, tewälü – tuyali, saqallu – soqolli (KTT.72).

-sïz, -siz / -suz, -süz affiksi. QB da: yaraqsïz – yaroqsiz, tubsuz – tubsiz; KTT da: atsïz – otsiz, tewäsiz – tuyasiz, ešäksiz – eshaksiz, susïz – suvsiz, malsïz – molsiz, saqalsïz – soqolsiz, etmäksiz – nonsiz.

-qï, -ki affiksi. Otlarga qo‘shilib, tegishlilik, qarashlilik ma’nosidagi sifat yasaydi. MK da: ozaqï bilgälär – burungi donishmandlar, qutqï er – xushmuomala kishi, ewdäki taqağu – uydagi tovuq; AH da: ozaqï masal – qadimgi maqol. Qiyoslang, hozirgi o‘zb.: qïški, yazgi, ertäki, kečki.

Hozirgi o‘zbek tilida ushbu qo‘shimcha fe’llarga qo‘shilib belgi, xususiyatni bildiruvchi sifatlar hosil qiladi: oynaqï, vaysaqï.

-čïl, -čil affiksi. MK da: yamğurčïl yer – yomg‘irchil yer, tüpčil yer – sershamol yer, igčil (ig – “kasal” so‘zidan) – kasalmand.

-saq, -säk affiksi. QB da: bağïrsaq (bağïr – “bag‘ir, yurak” so‘zidan) – mehribon, uluğsaq – ulug‘vor.

-sïğ, -sig affiksi. QB da: qulsïğ – qulsifat, begsig – beksifat, ersig – javonmard.

2) Fe’ldan sifat yasovchi qo‘shimchalar:

-qïr, -ğïr / -qur, -ğur, -kir, -gir / -kür, -gür affiksi: uyğur (uy –“bir, ittifoq” so‘zidan. Qiyoslang: süt uyïdï ~ süt uwïdï). Hozirgi o‘zb.: tapqïr, čapqïr, učqur, čonqïr (<čoŋqur), keskir, ötkir (<ötkür), sezgir.

-qïn, -ğïn / -qun, -ğun, -kin, -gin / -kün, -gün affiksi. Hozirgi o‘zb.: turğun, uyğun (uy – “bir, yagona” so‘zidan), jošqïn, xārğïn.


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish