Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Fe’lning vazifadosh shakllari: sifatdosh, ravishdosh, masdar alomati; fe’lning buyruq-istak shakli, shart ko‘rsatkichi, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, fe’l nisbatlari, shaxs-son ko‘rsatkichlari, fe’l zamonl



Download 3,07 Mb.
bet63/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Fe’lning vazifadosh shakllari: sifatdosh, ravishdosh, masdar alomati; fe’lning buyruq-istak shakli, shart ko‘rsatkichi, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, fe’l nisbatlari, shaxs-son ko‘rsatkichlari, fe’l zamonlari.


E’ t i b o r q a r a t i l a y o t g a n m a s a l a l a r:


So‘z turkumlari.

Til tarixida mustaqil so‘z turkumlari va ularning o‘zgachaliklari.

Yordamchi so‘z turkumlari va ularning o‘zgachaliklari.
OT
Otlarning yasalishi
Morfologik usulda otlar ikki xil asosdan – ot(ismlar)ga va fe’llarga yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan yasaladi.

1. Otdan (ismlardan) ot yasovchi qo‘shimchalar. Bular:



-čï, -či affiksi. Ushbu qo‘shimcha kasb-kor, yumush egasi ma’nosini anglatuvchi ot yasaydi. Ko‘k turk bitiglarida: yoğčï – azachi, sïğïtčï – yig‘ichi, ayğučï – maslahatchi, yerči – yerni (hududni) yaxshi biladigan kishi; Huast. da: nomčï – diniy ta’lim beruvchi, pir, ustoz; ötägči – qarzdor, ba’zan ötägči birimči shaklida ham qo‘llaniladi; täŋriči – xudojo‘y, dindor; MK da: otačï – tabib, tarïğčï – dehqon, emči – shifokor , etükči – etikdo‘z; AT da: suwčï – dengizchi, kemäči – kema boshlig‘i, kapitan; KTT. da: temürčitemirchi, baqïrčï – misgar, bitigči – kotib, etmäkči – nonvoy, etči – qassob.

Alisher Navoiyning yozishicha, mansabning yo hunarning va yo peshaning izhori uchun ba’zi so‘zlar so‘ngida -čï, -či qo‘shimchasini orttirurlar. Mansabda andoq-ki: qorčï, sučï, hizānačï, keräk yaraqčï, čögänči, nizäči, šükürči, yurtčï, šilänči, axtačï; hunar va peshada andoq-ki: quščï, barsčï, qoruqčï, tamğačï, jibäči, yorğačï, xalvačï, kemäči, qoyčï. Qush hunarida ham bu istiloh bordir. Andoq-ki: qazčï, quščï, turnačï, kiyikči, tawušqančï (ML.178).

-daš~δaš, -däš~δäš affiksi. QB da: qaδaš – qarindosh, qoldaš – qo‘ldosh, köŋüldäš – ko‘ngildosh; MK da: qarïndaš – qarindosh, yerdäš – yerdosh, bir yerlik, emükdäš – emikdosh, bir onani emgan.

-lïq, -lik, -lïğ, -lig / -luq, -lük, -lug, -lüg affiksi. QB da: qarïlïq – qarilik, uluğluq – ulug‘lik, saqlïq – xushyorlik, yaruqluq – yorug‘lik, yigitlik – yigitlik, esänlik – esonlik, čečäklik – gulzor; MK da: tawarlïq – xazina, ačlïq – ochlik, qağunluqqovun poliz, tarïğlïq – ombor, eliglik – qo‘lqop, közlük – ko‘zoynak; AH da: čïğaylïq – qashshoqlik, suqluq – suqlik, toqluq – to‘qlik.

-duruq, -dürük / -turuq, -türük affiksi. KTT da: kömüldürük – otning ko‘krak yopqichi. Hozirgi o‘zb.: boyunturuq.

-duq, -dük affiksi. MK da: burunduq – tuya anjomi, boshbog‘.

-daq, -däk affiksi. MK da: bağïrdaq – siynalik (qiyoslang: KTT da: bağïrdaq – beshik bog‘i).

-čuq, -čük affiksi. KTT.24 da: yančuq (yan – “yon” so‘zidan) – to‘rva; MK da: örčük – o‘rama soch.

-qay, -ğay, -käy, -gäy affiksi. Hozirgi uyg‘ur.: täskäy (täris-käy), küngäy; o‘zb.: terskäy, küngäy; quzğay.

-duz, -düz / -tuz, -tüz affiksi. QB da: yulduz (qiyoslang, taqlidiy so‘z: yalt-yult), kündüz.

2. Fe’ldan ot yasovchi qo‘shimchalar. Bular quyidagilardir:

-q, -k / -ğ, -g affiksi. Ko‘k turk bitiglarida: otlaq – o‘tloq, töšäk – to‘shak; qapïğ – eshik, darvoza (QB da: qapuğ), körüg – kuzatuvchi, josus; QB da: kečikkechuv joyi, tiläk – tilak, yöläk – yordamchi, bezäk – bezak, tapuğ – xizmat, bilig – bilim, aytïğ – savol; MK da: qïšlağ – qishloq, yaylağ – yaylov, suwlağ – suv toshgan yer, tarïğlağ – ekinzor, qušlağ – qushlar makoni, tutuğ – garov, qonuq – mehmon; AH da: qïlïq – odat; ölüg – o‘lik, tirig – tirik. Taf. da: sïnağ – sinov, soruğ~soruq – so‘roq, bïčaq – pichoq.

Navoiyning yozishicha, mazkur qo‘shimchani mahal va makonga qo‘shib, bir fasl yo bir amrga mansub qilurlar. Andoq-ki: qïšlaq, yaylaq, awlaq, qušlaq (ML.178).

Yoki yana solishtiring, hozirgi o‘zb.: qïšlaq, yaylaw ( – “ko‘klam”, yaylağ – “ko‘klamni o‘tkazadigan yer” ma’nosida). Bu so‘zlarning qadimgi matnlarda qo‘llanilishiga e’tibor bering: Talïm qara qušman, yašïl qaya yaylağïm, qïzïl qaya qïšlağïm-ol. – Yirtqich burgutman, yashil qoya yozni o‘tkazar yerim, qizil qoya qishlar yerimdir (İB.51).


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish