Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


So‘zlarni juftlash orqali yangi so‘z yasash



Download 3,07 Mb.
bet62/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

So‘zlarni juftlash orqali yangi so‘z yasash
So‘zlarni juftlash yo‘li bilan yangi ma’no hosil qilish, asosan, badiiy matnlarga xos.

Ko‘k turk bitiglarida ot va sub so‘zlari juft holda qo‘llanib, “dushman, yov” ma’nosini anglatadi: Biriki bodunuğ ot sub qïlmadïm. – Birikkan xalqni (bir-biriga) o‘t-suv [ya’ni yov] qilmadim (K.27).

Bitiglarda yer va sub so‘zlari juft holda qo‘llanib, “tuproq, o‘lka, yurt, vatan” ma’nosini anglatgan: Kögmän yer-sub idiziz qalmazun tiyin. – Ko‘gman yer-suvi egasiz qolmasin deya (K.20). Täŋri Umay ïduq yer-sub basa berti erinč. – Tangri Umay bilan yer-suv(imiz yovni) bosib berdiku (Ton.38).

Alqïš so‘zi “olqish, maqtov, madh” degan ma’noni anglatadi. U alqïš ötüg shaklida ham qo‘llaniladi, bunda “ibodat, duo” degan ma’noni bildiradi.

Yoki: äw so‘zi “uy” degani, matnlarda äw barq shaklida ham qo‘llaniladi, bu shakli “uy-joy, turar joy; ro‘zg‘or” ma’nolarini beradi. Shuning singari: anïğ yawlaq – yomon, bo‘lmag‘ur, aš ičkü – ovqat, iš tuš teng-tush, o‘rtoqlar, og‘aynilar.



Adaš so‘zi “o‘rtoq” degani, matnlarda adaš qudaš shaklida ham qo‘llaniladi, bu “do‘stlar, yoru birodorlar” ma’nosini beradi.

Yoki ät – “go‘sht, tana”, öz – “o‘zlik”, ätöz esa “vujud, jism, tana” ma’nosini beradi.

QB, 6 da: tüš-teŋ. So‘z tarkibidagi tüš ham “teng” ma’nosidadir, tüš-teŋ – “tengdosh, tenqur” degani. Yoki, yana solishtiring, hozirgi o‘zb.: teŋqur. Qadimgi turkiy tilda: qur – “esh, teng” degani. Chog‘ishtiring, X.36 da: qur boltï – esh bo‘ldi.

Hozirgi o‘zbekchada uwalï-juwalï so‘zimiz bor. Bu so‘z qadimgi turkiy tildagi uya so‘ziga bog‘lanadi. Qadimgi turkiy tilda uya ikki ma’noda qo‘llanilgan: 1) birodar, yaqin kishilar, tug‘ishganlarni anglatgan (E.15.3; MK.I.113). Bu so‘z Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibatu-l-haqoyiq” asarida ham uchraydi: Ata bir, ana bir, uyalar, bu halq. – Ota bir, ona bir, barcha xalq qardosh, birodordir (AH.291). Asar ko‘chirilgan davr tilida uya so‘zining “birodor, do‘st” ma’nosi unutilgan ko‘rinadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak asarning S nusxasida uyalar so‘zining ostiga birādarān deb yozib qo‘yilgan. 2) “yashash joyi, uya” ma’nosini anglatadi. Masalan, İB da: uya – in, uya.



Uya so‘zining “yashash joyi, uya” ma’nosi hozirgi o‘zbek tilida ham bor: Quš uyasïda körgänini qïladï. Turk tilida bu so‘z yuva shaklida qo‘llanmoqda: Yuvayï yapan diši quštur (Uyani qurgan moda qushdir). Hozirgi o‘zbek tilidagi uwalï-juwalï tuzilishiga ko‘ra juft so‘zdir: uwa~yuwa~juwa – bir so‘zning turli fonetik variantlari bo‘lib, u “avlod, tug‘ishganlar” ma’nosini beradi. Uwalï-juwalï so‘zi tarkibidagi birinchi -qadimgi turkiy tilda amal qilgan teng bog‘lovchining qoldiq shaklidir. Keyingisi esa hozir sifat yasovchi sifatida tushuniladi. Ushbu so‘z ayni shaklda “serfarzand, avlodli” ma’nosida.

Yozma yodgorliklarda so‘zlarni takrorlash yo‘li bilan ham yangi ma’no hosil qilinadi. Masalan, adruq – “ayri” degani, matnlarda adruq adruq shaklida ham qo‘llaniladi, bu “turli, har xil” ma’nosini beradi.


S o‘ r o q v a t o p sh i r i q l a r:
Lutfan o‘z bilgingizcha o‘rnaklar ko‘magida so‘zlarni morfemaga ajratish yollarini tushuntiring.

Hozirgi o ‘zbek tilidagi yaylaw, yulduz, quyaš, zorğa so‘zlarini tarixan qanday morfemalarga ajratish mumkin?

Til tarixida so‘z yasalishining qanday yollari amal qilgan?
SO‘Z TURKUMLARI
T a y a n ch t u sh u n ch a l a r: so‘zlarning turkumlanish prinsiplari, mustaqil so‘z turkumlari, yordamchi so‘z turkumlari.

Otlarda ko‘plik, egalik, kelishik.


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish