Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet89/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Islom bilan bog‘liq atamalar.


Astranomiya bilimiga tegishli atamalar.

Burungi tasavvur-qarashlar bilan bog‘liq kelib chiqqan atamalar.


QADIMGI TURKIY TILDA QO‘LLANILGAN BUDDIZM ATAMALARI
Sharq xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti, madaniyati tarixida, adabiy aloqalar va tillarning o‘zaro ta’sirida buddizmning o‘rni katta bo‘lgan. U o‘tmishda uluslar birligi, ularning madaniy yuksalishi, diniy-falsafiy fikrlar umumiyligini ta’minlab, Sharq sivilizasiyasiga unumli ta’sir ko‘rsatgan dinlardan biri edi.

Ilk O‘rta asrlarda O‘rta va Markaziy Osiyoda buddizmning yoyilishi sharq xalqlarining madaniy va adabiy aloqalari, sharq tillarining o‘zaro ta’sirini ta’minlab berdi. Ushbu ijtimoiy-tarixiy, madaniy jarayon, xususan, turkiy xalqlarning qadimgi hind, tohar, sug‘d, xitoy madaniyatlari bilan yaqindan tanishuviga, adabiy aloqalarning rivojlanuviga imkon tug‘dirdi. Qadimgi turk teologiyasi va ilmida buddashunoslik, sanskritshunoslik, toharshunoslik, sug‘dshunoslik, xitoyshunoslik kabi yo‘nalishlar yuzaga keldi. Turk o‘qimishlilari orasidan dovrug‘i ketgan buddashunoslar, sanskrit, tohar, sug‘d tillarining bilimdonlari, sharqshunos olimlar yetishib chiqdi.

Buddizm tufayli turk olamiga qadimgi hind falsafasi va madaniyati ta’sir eta boshladi. O‘zining eski an’analari va yangi qarashlar qurshovida turkiy madaniyat yangi bosqichga ko‘tarildi.

Turkiy muhitga buddizmning tarqalishi, boshlab, tarjimachilik sohasida katta burilish yasadi. Ko‘plab budda yodgorliklari qadimgi turkiy tilga tarjima qilina boshladi. Odatda, ushbu asarlar sanskrit, tohar, sug‘d va xitoy tillaridan o‘girilar edi.

Ilk o‘rta asr turk-budda diniy olamida butun fikr buddizm falsafasi, ta’limoti va qonun-qoidalarini o‘rganishga qaratildi. O‘z navbatida, bu jarayon hind-qadimgi turk madaniy, adabiy va til aloqalarining rivojlanishiga keng yo‘l ochib berdi.

Qadimgi turk-budda muhitida yozuv madaniyati yangi bosqichga ko‘tarildi. Ko‘k turk xoqonliqlari davrida turklar ko‘k turk xatidan foydalangan bo‘lsalar, buddizm muhitida oromiy alifbosi negizida yaratilgan qadimgi turkiy-uyg‘ur xati hamda buddizm ta’sirida kirib kelgan brahma yozuvlaridan foydalandilar.

Diniy-falsafiy qarashlar, madaniyat, badiiy adabiyotda kechgan jarayonlar qadimgi turkiy til lug‘at tarkibining yangi atamalar bilan boyishiga imkon berdi. Sanskrit tilidan diniy va falsafiy tushunchalarni anglatuvchi so‘zlar, buddizm san’ati, madaniyati, ma’orif, adabiyotshunoslik va fanning ayrim sohalariga oid atamalar turkiy tilga o‘zlasha boshladi. Qadimgi turkiy tilda budda ta’limotiga oid butun boshli atamalar tizimi shakllandi, yozma adabiy tilda buddaviy asarlarga xos bo‘lgan xos bir uslub – “sutra uslubi” yuzaga keldi. Lug‘at tarkibidagi so‘zlarning ayrimlari budda tushuncha va tasavvurlarini ham ifodalay boshladi.

Turkiy yozma manbalarda “Hindiston” änätkäk deyilgan. Shuningdek, bu atama änätkäk, änätkäkčä, änätkäk tili shaklida qo‘llanilib, “sanskrit tili”ni anglatadi. Budda asarlarida sanskritchaga nisbatan aryabašča so‘zi ham qo‘llanilgan. Bu so‘z unga berilgan sifat bo‘lib, “muborak sanskritcha” anglamidadir.

Buddizm davri yozma adabiy tili to‘g‘risida so‘z borganda, lug‘at tarkibida yuzaga kelgan atamalar tizimini eslamaslikning iloji yo‘q. Bu davrlarda sanskrit, tohar, sug‘d, xitoy tillaridan diniy, falsafiy atamalar, buddizm san’ati, madaniyati, ma’orif, adabiyot va fanning boshqa sohalariga tegishli atamalar turkiy tilga o‘zlasha boshladi. Tilshunoslikda, shular bilan barobar, asl turkcha so‘zlarning ayrimlari budda diniy-falsafiy tushunchalarini ham ifoda eta boshladi.

Tilshunoslikda chet tillardan so‘z o‘zlashtirish yoki turkiy tilning ichki imkoniyatlari, lug‘at boyligining imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi atamalar yasash yohud turkiy so‘zlarni yangi ma’noda qo‘llash usuli ilmiy asosda ishlab chiqilgan edi. Qadimgi turkiy tilga budda atamalarini o‘zlashtirish va yangilarini yasash prinsiplari quyidagicha.

Muayyan atama asl tilda qanday bo‘lsa, o‘shanday ko‘rinishida, tarjima qilinmay o‘zlashtirilgan, matnlarda ham ana shunday qo‘llanilgan. Masalan, nirvan ( so‘zi budda ta’limotida eng yuksak, qutsal yer. Buning singari atamalar budda asarlarida ko‘plab topiladi.

Buddizm qadimgi turklarning hind adabiyoti bilan yaqindan tanishuviga ham imkon berdi. Adabiy aloqalar etkisida turk adabiyotida yangi janrlar yuzaga keldi. Tabiiyki bu yangi janrlarni ifodalash uchun sanskritcha atamalardan ham foydalanilgan. Jumladan, turk adabiyotida šlok ( singari yangi she’r turlari shakllandi.

Buddizm davrida qadimgi turk nasrida budda qonunlari, aqoid, ta’limotlari aks etgan asarlar shuhrat topdi. Bunday asarlar nom yoki nom bitig deb yuritilgan (nomnwm; nom bitig –“aqoid kitobi” ma’nosini bildiradi). Budda diniy adabiyotida sutralar (yodgorliklardagi shakli sudur~sutur), shastarlar (manbalarda šastïr~šastar shaklida qo‘llaniladi) keng yoyildi. Sudur ( – sutra, Buddaning nasihatlaridan iborat; šastar ( – buddizmning muqaddas kitobi, sutraning tafsiri, traktatdir. Buni šastar bitig ham deyilgan.

Turk adabiyotida ulug‘ rohiblarning hayot yo‘lini, muqaddas yerlarga uyushtirgan ziyoratlarini aks ettiruvchi memuarlar yaratildi. Yirik epik asar(kavi nom bitig)lar paydo bo‘ldi. Kavi ( – “epos, epik asar”degan ma’noni beradi. Budda afsona-rivoyatlari keng tarqaldi. Bular purani ( atalgan.

Buddizm dinidagi turklar hindlarning kitob shaklidan ham foydalanganlar. Fanda uni potxi kitob deb yuritiladi. Potxi kitobning varaqlari patar deyilgan. Bu so‘z sanskritcha pattra dan bo‘lib, ular palma yaproqlari va varaqni shunday ataganlar. Turkiy tilda u ikkinchi ma’nosida qo‘llangan.

Har qaysi varaqning bosh qismiga asar bo‘limi va ushbu bo‘limning tartib ko‘rsatkichi yozib chiqilgan. Masalan: Yükünč altï patar (Yukunch bo‘limi, oltinchi varaq), Yükünč yeti patar (Yukunch bo‘limi, yettinchi varaq), Baštïnqï ülüs on patar (Avvalgi bo‘lim, o‘ninchi varaq), Baštïnqï ülüs tört yigirmi patar (Avvalgi bo‘lim, o‘n to‘rtinchi varaq) va b. Bir bo‘lim tugagach, keyingi bo‘limdan boshlab tartib ko‘rsatkichi ham yangilangan. Ushbu ko‘rsatkichlar, o‘z navbatida, poygir (poginatsiya) vazifasini o‘tagan va kitob varaqlarini tartibli saqlash imkonini bergan.

Qadimgi turkiy tilga chet tillardan o‘zlashgan so‘zlarga turkiy qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan ham yangi atamalar hosil qilingan. Masalan, nomčï – budda qonunlarining bilimdani, qonunlarni yo‘ruvchi (ma’nosini aytib beruvchi), ulamo. Qonunlar haqida dars beruvchi ustozni nomčï ačarï~nomčï baxšï ham deyilgan. Bu yerdagi ačarï ( “o‘qituvchi, ustoz” ma’nosida.

Budda matnlarida ba’zi iboralar, dinning asosini belgilovchi tushunchalar (formulalar) ham turkiyga o‘girilmay, asl holida, o‘sha tilda qanday bo‘lsa, shundayligicha qo‘llanilgan. Masalan, budda asarlari, an’anaga ko‘ra, Namo but. Namo darm. Namo saŋ jumlalari bilan boshlangan (buning Namo Buddaya. Namo darmaya. Namo saŋgaya shakli ham bor). Buning sanskritchasi Namo budha. Namo dharma. Namo samgha dir. Ma’nosi: “Buddaga ta’zim. Budda aqidalariga (qonunlariga) ta’zim. Budda jamoasiga ta’zim” demakdir. Bu uchlikning bir formulada kelishining sababi buddizm ta’limotida Budda, buddizm qonunlari, ta’limoti va jamoa qutlug‘dir. Eski turklar bu uchlikni üč erdini yoki erdinilär deganlar.




Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish