I
@ABTinfo_bot - orqali har hafta BLOK TEST yechib bilimingizni sinovdan o'tkazing!
O N A T I L I VA A D A B I Y O T
Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm, Bilib tahqiqini kasb etmagan ilm. Bo‘lib o‘n yoshida umrining mururi Yigirmi yoshcha qadd-u jism-u zo‘ri.
Ushbu parchada Navoiyning qaysi dostoni qahramoni haqida fikr yuritilgan?
“Saddi Iskandariy” B) “Farhod va Shirin”
C) “Hayrat ul-abror” D) “Sab’ai sayyor”
Sovuqqon odamlardan qo‘rq: ular o‘ldirmaydilar va xiyonat qilmaydilar, ammo ularning indamay qilgan razilliklari tufayli, afsuski, yer yuzida haligacha sotqinlik va qotillik yashamoqda. Ushbu gapda qatnashgan mustaqil so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
Uyushiq ega vazifasida kelgan sodda yasama otlar qatnashgan.
Sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan qo‘shma sifat qatnashgan.
Kesim vazifasida kelgan fe’l+fe’l tipidagi qo‘shma fe’l qatnashgan.
Kesim vazifasida kelgan sodda yasama so‘z qatnashgan.
Qaysi javobda o‘zi ishora qilgan so‘z bilan o‘zaro bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan olmosh qatnashgan?
Vatan sajdagoh kabi muqaddas sanaladi. Uni hamisha asrab-avaylaymiz.
Do‘stimdan juda minnatdorman: undan irodali bo‘lishni o‘rgandim.
−
Kitoblar insoniyatning eng bebaho ma’naviy mulki. Ulardan hamisha foydalanishimiz mumkin.
Yigitning lablari pir-pir uchar edi, u qo‘rquvdan atrofga alanglar edi.
Qaysi javobdagi ma’lumot Zahiriddin Muhammad Bobur haqida?
U аruz vаzni hаqidа “Мezon ul-avzon” nоmli risоlа bitgan.
Aslida Haydar Xorazmiy qalamiga mansub bo‘lgan "Gul va Navro‘z" dostoni sho‘rolar davrida uzoq yillar uning asari sifatida xato taxmin etib kelingan edi.
U tаrjimа bilаn shug‘ullаnadi. Хo‘jа Ahrоrning “Vоlidiya” аsаrini shе’riy yo‘l bilаn o‘zbеkchаgа o‘girаdi.
U o‘tmish mavzusidagi "Tariхi muluki Ajam" asarini yozgan.
Qaysi ma’lumot Odil Yoqubov haqida emas?
Ijodkorning birinchi marta respublika matbuotida “Xatingni kutaman” nomli asari bosilib chiqqan.
Ijodkor ma’lum muddat Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasining vitse-prezidenti vazifasini ham ado etgan.
Ijodkor Mo‘g‘ilistonning cheksiz Gobi cho‘lini piyoda bosib o‘tib, Yaponiyaga qarshi olib borilgan urushda ishtirok etgan.
Ijodkorniing dastlabki yirik asari “Tengdoshlar” qissasidir.
1
@ABTinfo_bot - orqali har hafta BLOK TEST yechib bilimingizni sinovdan o'tkazing!
−
U kishi, albatta, beraman desalar-ku qo‘llaridan keladi; har qalay katta zakunchining ishtahasini qondiradigan dunyolari bor. Faqat nechoraki, u kishi berib o‘rganmaganlar, olib o‘rganganlar; "O‘rgangan ko‘ngul o‘rtansa qo‘ymas",
deydi. U kishini berishga o‘rgatish qiyin!
Ushbu parchada fikr yuritilgan "Kecha va kunduz" romani qahramoni nomi keltirilgan javobni aniqlang.
Eshon bobo B) Akbarali mingboshi
C) Razzoq so‘fi D) Miryoqub
Qaysi javobda nomi keltirilgan asar Oybek qalamiga mansub emas?
“Nur qidirib” B) “Tirilgan murda”
“Mahmud Torobiy”
“Oltin vodiydan shabadalar”
Millatlarni elatlarni deydi ijodkor buyuk do‘stlik birlashtiradi
Mazkur ko‘chirma gapli qo‘shma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda tartib bilan to‘liq va to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) : c c ,−.
B) c , ,− ,− c.
C) c ,− ,− c.
D) c − c ,− .
Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga i unlisi yoziladi?
1) muq...m; 2) sup...rmoq; 3) tov...q; 4) bult...r;
5) tug‘...lmoq; 6) yut...q
A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 5 C) 1, 2, 3, 5
D) 1, 3, 5
Mamlakat...(1) kichik bir qismi bo‘lgan oila...(2) tinchligi...(3) asraylik.
Mazkur gapda raqamlar bilan belgilangan ko‘p nuqtalar o‘rnida adabiy til me’yorlariga ko‘ra qaysi kelishik qo‘shimchalari qo‘llaniladi?
— −
1, 3 tushum kelishigi; 2 qaratqich kelishigi
— −
1, 2 tushum kelishigi; 3 qaratqich kelishigi
— −
1, 2 qaratqich kelishigi; 3 tushum kelishigi
— −
1 qaratqich kelishigi; 2, 3 tushum kelishigi
Biz pokiza zotlarning naslimiz, tomirlarimizda ularning pok qoni bor.
Ushbu gapda ismlarning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalar soni nechta?
5ta B) 7ta C) 6ta D) 8ta
Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashgan?
Anor butasimon mevali daraxtlar sirasiga kiradi.
Bolakay mevazor bog‘da aylanib yurdi.
Bir kechik topish kerak daryodan o‘tgani.
Kechki shabada uning tanasiga huzur bag‘ishlamoqda edi.
Cho‘lboboning payvandlariga havas qilmaydigan bog‘bon kam topiladi.
U bog‘li poyabzal sotib olishni mo‘ljallagan edi.
“Ko‘cha changitib yurgan yillaring ortda qoldi, bolam”, − dedilar bobom.
U milliy madaniyatimiz tarixida mashhur changchi sifatida nom chiqargan edi.
Bosh gapi egasi yashiringan gap bo‘lgan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.
Bilingki, jim turib salomat bo‘lish gapirib malomatga qolishdan afzal.
Biz shunga ishonamizki, tanlovda faxrli o‘rinni egallaymiz.
Bu o‘rinda shuni aytish kerakki, Qalandarovlarni o‘sha davr hayoti yarata boshlagan edi.
Shuni siz ham unutmangki, onaxonning hurmatini joyiga qo‘yish kerak.
Qaysi javobda Navoiyning boshdan oyoq savol-javob tarzida bitilgan g‘azali nomi berilgan?
"Jong‘a chun dermen . . . " deb boshlanuvchi
"Bo‘ldum sanga" radifli
"Mani jondan o‘sondirdi . . . " deb boshlanuvchi
"Deyin" radifli
@ABTinfo_bot - orqali har hafta BLOK TEST yechib bilimingizni sinovdan o'tkazing!
Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metonimiya usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
Bu g‘arib bosh nimalarni ko‘rmagan, jigarim.
Negadir ishtaham qochib ketdi.
Shamol kuchayib olovning tili yana ham uzunlashdi.
Tez orada "Sohibqiron" sahna yuzini ko‘radi.
Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina,
Qatlim uchun “nas” kelturur “nun” eltibon “sod” ustina.
Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
Qofiyadosh so‘zlarda "d" tovushi raviy bo‘lib kelgan.
Radifi qisqa radif hisoblanadi.
Qofiyasi mutlaq qofiya hisoblanadi.
Ushbu misralarda tanosub san’atidan foydalanilgan.
Gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi shartli belgilarga to‘liq mos keladigan shaxsi noma’lum gapni aniqlang.
~~~~~ . . . . . .
Shaftolizor bog‘larni zavq bilan aylanib chiqdim.
Bugun darsga hammadan oldin borish lozim.
Shahar hokimi bilan ertaga uchrashish kerak.
Urush. . . Oynisa ayvon ustuniga suyanganicha qotib qoldi.
Toshkentga har kuni minglab sayohlar tashrif buyiradilar. Ular mamlakatimizning bosh shahriga qarab, yurtimizdagi bunyodkorlik ishlari xaqida fikr yuritadilar.
Ushbu parchada imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlarning turkumini aniqlang.
ot, fe’l, bog‘lovchi
ravish, ot, bog‘lovchi
ot, fe’l, ko‘makchi
olmosh, fe’l, ko‘makchi
Qaysi javobda Asqad Muxtorning bolalarga bag‘ishlangan she’riy to‘plamining nomi berilgan?
«Ovchi bolalar» B) «Chin yurakdan»
C) «Dunyo bolalari» D) «Bizning avlod»
Qaysi gapda hokim qismi to‘ldiruvchi vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan?
Yaxshi kitoblarni o‘qish o‘tmish zamonlarning eng dono kishilari bilan hamsuhbat bo‘lish demakdir.
So‘z yovuzlarni yakson etadigan, qal’alarni yiqadigan ko‘zga ko‘rinmas quroldir.
Birdan bir haqiqiy ne’mat odamlarning o‘zaro muloqotidir.
Kitoblar keksalikda eng yaxshi do‘st, ayni paytda yoshlikning eng aziz rahnamosidir.
Qaysi javobdagi ma’lumot “Kuntug‘mish” dostoni qahramoni Kuntug‘mish haqida?
U o‘zga yurtga yolg‘iz o‘zi otlanadi. Yoshligi, soddaligi tufayli osongina bandi etilib, zindonga tashlanadi.
U o‘n to‘rt yoshga to‘lguncha ilm-hunar o‘rganadi. O‘n to‘rt yoshdan keyin esa qilichbozlik, miltiq otish, nayzabozlik, ko‘pkari chopish kabi sipohlik hunarlarini o‘rganadi.
U o‘lib ketgan olti o‘g‘li o‘tida kuyib yurgan kampirga o‘g‘il tutinadi. Kampir uni “o‘lsam merosxo‘rim” deya e’zozlaydi.
U dinini o‘zgartirish haqidagi amaldorlarning taklifini rad etib, o‘z dinidan, e’tiqodidan kechmasligini aytadi.
Har qanday qiyinchilikni bardosh bilan yengib o‘tishga harakat qilgan odam, albatta, maqsadiga yetadi. Ayrim ishyoqmas, havoyi kishilar maqsadlariga tez va oson yetishish uchun turli nayranglar o‘ylab topadilar-u, ammo kutilmaganda pand yeb qoladilar. Ezopning qaysi masalidan xuddi shunday xulosa chiqarish mumkin?
"Eshak bilan baqalar"
"Ustiga tuz ortilgan eshak"
"Yovvoyi echkilar bilan cho‘pon"
"Bo‘ri bilan laylak"
Qaysi javobda yasama holat fe’li berilgan?
gapirmoq B) so‘lmoq C) ko‘karmoq
D) tishlamoq
@ABTinfo_bot - orqali har hafta BLOK TEST yechib bilimingizni sinovdan o'tkazing!
−
O‘spirinligida qayerda go‘riston bo‘lsa, ziyorat qilib, odamlarning suyaklarini ko‘rib: "Ey odamzod, oxir o‘lib boshingga tushadurgon ish bu", deb yig‘lab yurardi. O‘g‘illaridagi bunday ilohiy ishq sirlarini tushunmagan
ota-onasi xavotir va tashvishga tushadilar.
Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor hayotiga oid?
Mashrab B) Avaz O‘tar C) Furqat
D) Muqimiy
Qaysi javobda hozirgi zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan?
Nozima bu yil yozgi ta’tilda qishloqdagi buvisinikiga ketmoqchi.
Do‘stim, men ertaga oyimni dam olishga olib ketyapman.
Hozir yomg‘ir yog‘yapti, yo‘lga chiqmaymiz.
Xo‘sh, anovi burchakda turgan divanni nima qildik.
"O‘tkan kunlar" romanida qipchoqlarga qarshi bo‘lgan qora choponlar tarafdori sifatida ko‘rsatilib tuhmat bilan qamalgan qahramonlar nomi qaysi javobda keltirilgan?
Yusufbek hoji, Mirzakarim qutidor, Hasanali
Otabek, Mirzakarim qutidor, Ziyo Shohichi, Rahmat
Yusufbek hoji, Mirzakarim qutidor, Ziyo Shohichi, Rahmat
Yusufbek hoji, Otabek, Hasanali
Bugun dalalar uzra bolakaylarning qichqirig‘i yangrar, quyosh jilmayib boqar, sarg‘aygan ko‘katlarda shudring jilolanardi.
Ushbu gapda qatnashgan so‘z birikmalari haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?
Tobe qismi vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida kelgan boshqaruvli birikma qatnashgan.
Hokim qismi o‘rin holi vazifasida kelgan boshqaruvli birikma qatnashgan.
Hokim qismi ega vazifasida kelgan bitishuvli birikma qatnashgan.
Tobe qismi payt holi vazifasida kelgan bitishuvli birikma qatnashgan.
Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha undoshlari jarangli til undoshlariga mansub bo‘lgan yasama so‘zlarni aniqlang.
1) yig‘in; 2) tushuncha; 3) ozg‘in; 4) g‘ildirak;
5) ezgu; 6) yog‘li
A) 2, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5, 6 C) 1, 3, 6
D) 1, 3, 5, 6
Tobe qismi ham, hokim qismi ham yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmalarini aniqlang.
1) yutuqdan ruhlanmoq; 2) bilimdon o‘quvchi;
3) ta’sirli so‘zlamoq; 4) tuyg‘ularni his qilish;
5) yurtdoshlarga g‘amxo‘rlik
A) 1, 2, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 4, 5 D) 1, 3, 5
Qaysi javobda faqat vazifadosh ko‘makchilar berilgan?
ko‘ra, deb, avval, boshqa, ilgari
sababli, sari, bo‘ylab, qarab, uchun
to‘g‘risida, qarshi, qadar, kabi, ost
keyin, sayin, boshida, maqsadida, uzra
Do'stlaringiz bilan baham: |