Buddizm
Buddizm
Madaniyati
Tarixi
Buddistlar
Maktablar
Ibodatxonalar
Matnlar
Portal
Buddizm (Budda nomidan olingan), Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri
(xristianlik va islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq.
Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Jan.Sharqiy Osiyo
mamlakatlarida va Uzoq Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda B. Shri Lanka, Myanma (Birma),
Tailand, Laos, Kambodja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yaponiya kabi davlatlarning asosiy dinidir.
B. muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo
xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 qismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir
koʻrsatgan. Rivoyatlarga koʻra, B.ga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. B.da 2 asosiy
yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi.
Boshqa dinlardan farqli ravishda B.da hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto xudo ham
oʻzgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud boʻlib, ularning har biri
yoʻqolib, keyingisiga oʻrin beradi. B. taʼlimotiga koʻra, inson doimo azob-uqubatga mahkum va
bunga uning oʻzi sabab boʻladi. Zero u, garchand befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon
turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azob-uqubatdan qutulish uchun koʻngil xush
koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan,
boshqaga
zarar yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga
yetishishga qaratish), "bodxi", yaʼni "xotirjamlik"ka va oxir-oqibatda nirvanaga
(azobuqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy
barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. B. zaminida 3 narsa — Budda,
Dharma va Sangxaga eʼtiqod yotadi. Budda (Siddhartha Gautama) oliy haqiqatga
yetishishning yorqin timsoli. Dharma — Gautama qoldirgan taʼlimot. Bu taʼlimotning eng qisqa
bayoni "toʻrt oliy haqiqat"dan iborat: 1) azob-uqubat mavjud; 2) azob-uqubatning sababi
(istak) mavjud; 3) azob-uqubatning tugashi (nirvana) mavjud; 4) azob-uqubatning tugashiga
olib keluvchi sakkiz bosqichli yoʻl mavjud. Sangxa — Budda asos solgan va hozirgacha
faoliyat koʻrsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor maʼnoda bu — oʻtgan asrlarda "oliy
haqiqat"ga yetishgan koʻplab avliyolardir. Sangxa jamoasiga qabul etilgan shaxs quyidagi 10
farzni ado etishga qasamyod qiladi: 1) hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik; 2)
yolgʻon soʻzlamaslik; 3) oʻgʻrilik qilmaslik; 4) jinsiy aloqaga kirmaslik; 5) mast qiluvchi ichimlik
ichmaslik; 6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul qilmaslik; 7) uch
kiyimdan ortiq hech narsa bilan tanani bezamaslik; 8) ommaviy koʻngilxushliklarda ishtirok
etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik; 9) baland va yumshoq oʻrinda yotmaslik; 10)
pul ishlatmaslik. Rohiblar jamoasi asosan B. txeravadasi (aynan — oqsoqollar taʼlimoti)ga
xosdir. Maxayanada "haqiqat yoʻli" har kim uchun ochiq: rohiblarga ham, dunyoviy kishilar
(yaʼni oddiy qavm)ga ham; Buddaga eʼtiqod qilinsa, bas. Kengroq qaralganda, Sangxa —
muqaddaslik va qudrat xazinasi. Kisqasi, B. — Buddaga ergashib, Dharma talablarini bajarish
va Sangxa jamoasining aʼzosi boʻlib qolishdir.
B. tarixi 2500 yildan ortiqdavrni oʻz ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm va jaynizmniit
taʼsiri kuchli boʻlgan. Imperator Ashoka (miloddan avvalgi 3-asr) davrida B. kuchli mustaqil din
sifatida shakllandi. 9 a. muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatgan B. Hindistonda inqirozga yuz tuta
boshladi va pirovardida bu yerda uning oʻrnini xinduizm toʻliq egalladi. Ammo B. Shri Lanka,
Jan.Sharkiy Osiyo va Markaziy Osiyo orkali Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetga yoyilib
ulgurgan edi. Shri Lanka va Jan.Sharqiy Osiyoning materik qismida B. txeravadasi (qad.
anʼanalarga sodiqlik), Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetda esa maxayana (yangicha
yondashuvlar) tarkaldi. 15-asrda Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan yevropaliklar B. bilan
tanishdilar. Ularning baʼzilari B.ga kirgach, Angliya, Germaniya, AQShda oʻz jamoalarini tashkil
etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu eʼtiqodni Gavay orollari va AQShning gʻarbiy
sohillariga olib keldilar. Hozirgi paytda AQShga koʻplab yapon va tibet rohiblari hamda
olimlarining kirib kelishi natijasida mamlakat boʻylab yirik B. jamoalari tashkil topdi. B.ning bir
necha xalqaro tashkilotlari ham mavjud.
B.da kundalik, davriy, maxsus va bayram marosimlari ado etiladi. Monastir, butxona va
xonadonlarda ertalabki va kechki ibodatlar uyushtiriladi. Odatda, 12—13 yoshli oʻspirin 20
yoshgacha, yaʼni balogʻatga yetgunga qadar monastirda rohiblikni oʻtaydi, lekin , taxminan
ularning uchdan bir qismi umrbod shu maqomda qoladi. Oddiy qevm yoki dunyoviy
kishilarning eng asosiy kundalik vazifasi — rohiblarni ovqat bilan taʼminlashdir. Bu bilan ular
xayrli xizmat qilgan boʻladilar.
20-asrda jahon boʻylab dunyoviy kishilarni ushbu dinga jalb etish odat tusiga kirdi. Hatto
Hindistonning oʻzida ham B. dunyoviy shaklda qayta tiklanmoqda. Yaponiyada dunyoviy
kishilar "sinsyuko" ("yangi dinlar") deb atalgan oqimlarni (Rossiyada katta shovshuvga sabab
boʻlgan "Aum sinrikyo" shulardan) tashkil etmoqdalar. Amerikadagi "yangi buddizm" jamoalari
asosan dunyoviy kishilardan tarkib topgan.
Oʻzbekistonda bitta B. jamoasi rasmiy ravishda faoliyat koʻrsatadi.
Ahadjon Hasanov.
[1]