Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

Imlo  prinsiplari.  Muhim  belgilaridan  biri,  uyg‘ur  xatida 
unlilar muntazam yoziladi. Mahmud Koshg‘ariy yozuvning bu 
xususiyatiga  to‘xtalib,  talaffuzda  o‘rni  yo‘qligiga  qaramay 
(bunda  qisqa  unlilar  ko‘zda  tutilmoqda  –  Q.S.)  fatxa  o‘rnida  ا 
“alif”,  zamma  o‘rnida  و  “vav”,  kasra  o‘rnida  ی  “ya”  yozish 
qoida  ekanligini  ta’kidlagan  edi  (MK.I.49).  U  o‘rnak  qilib 
ayrim so‘zlarning uyg‘ur va arab yozuvlarida yozilish tartibini 
ham  bergan.  Arab  xatida  –  KeLiN,  uyg‘ur  xatida  –  KELİN; 
arab  xatida  –  TaPaN,  uyg‘ur  xatida  –  TAPAN  (tuya  tovoni) 
(MK.I.384). 


 
101
Uyg‘ur  xatining  yana  bir  qulayligi,  matn  so‘zning 
talaffuziga  moslab  yozilgan.  Masalan,  Mahmud  Koshg‘ariy 
“Devonu lug‘atit turk”da keltirgan xaritasida Xorazm atamasini 

راو
ﻢز
  Xvārazm  deb  beradi.  Arab  yozuvli  boshqa  manbalarda 
ham ushbu toponimning yozilishi ana shunday. 
Shuning  singari,  Xorazmiy  “Muhabbatnoma”  sining  arab 
yozuvli  qo‘lyozmalarida  asar  egasining  taxallusi  ham  “vav 
alif”  bilan 

راو
ﻰﻤز
  Xvārazmi:  shaklida  yozilgan.  Lekin  u  ana 
shunday  talaffuz  etilgan  deya  olmaymiz.  Harqalay,  mazkur 
so‘zning  imlosida  grafik  prinsip  saqlangan  chiqar.  Ushbu 
so‘zning turkiy talaffuzini asarning boshqa bir nusxasi – uyg‘ur 
yozuvli matnida kuzatamiz. Chunonchi, uyg‘ur yozuvli matnda 
ushbu  taxallus  Xorazmi:  shaklida  yozilgan.    Agar  uyg‘ur 
xatidagi  matn  so‘zning  talaffuz  shaklini  ifoda  etganligini 
ko‘zda 
tutsak, 
shoirning 
taxallusi 
hozir 
biz 
qo‘llayotganimizdek  Xārazmiy  (adabiy  orfografik:  Xorazmiy
emas,  balki  Xorazmi:  shaklida  talaffuz  etilgani  ayon  bo‘ladi. 
Demak, joy oti ham qadimda Xorazm deyilgan. Anglashiladiki, 
arab  yozuvli  matnlarda  ayrim  o‘zlashgan  so‘zlarga  nisbatan 
yozuv  prinsipi  amal  qilgan  bo‘lsa,  uyg‘ur  yozuvli  matnlarda 
ushbu so‘zlar talaffuzga moslab bitilgan.  
Shuningdek, 
“Muhabbatnoma”ning 
arab 
yozuvli 
qo‘lyozmasidagi 

او
ﮫﺠ
  xvāja  so‘zi  asarning  uyg‘ur  yozuvli 
qo‘lyozmasida xoja shaklida yozilgan: Muhammad xoja beg. 
Arabiy  izofadagi  al-  ko‘rsatkichi    arab  yozuvida  bitilgan 
turkiy  manbalarda  al-  shaklida  yozilsa,  uyg‘ur  yozuvli 
matnlarda talaffuzga mos holda ul- shaklida beriladi. Masalan, 
“Hibatu-l-haqoyiq”  dostonining  oti  asarning  uyg‘ur  yozuvli  A 
nusxasida  talaffuzga  moslab  ’Atabatul-haqayiq  shaklida 
yozilgan.  Asarning  B  nusxasida:  uyg‘ur  yozuvli  matnda 
Hibatul-haqayiq,  ostidagi  arab  yozuvli  matnda  Hibat  al-
haqayiq.  Asarning  arab  yozuvli  S  nusxasida  bu  so‘z  yozuv 
prinsipini  saqlagan  holda  Hibat-al-haqayiq  emas,  balki 
talaffuzga  mos  holda  Hibat-ul-haqayiq  shaklida  berilgan. 


 
102
Ko‘rinadiki,  bu  o‘rinda  uyg‘ur  yozuvli  matnning  ta’siri  bor. 
Ushbu  nusxa  uyg‘ur  xatidan  arab  yozuviga  o‘girilayotganda 
kotib beixtiyor uyg‘ur yozuvli matndagi ko‘rinishiga tayangan. 
Yana  bir  belgisi.  Fors  tilidan  o‘tib  kelgan  yoyi  nisba 
ko‘rsatkichi  hozirgi  o‘zbek  adabiy  tilida  -iy  shaklida  qabul 
qilingan.  Navāiy,  Lutfiy  taxalluslari  hozirgi  o‘zbek  adabiy-
orfografik  qoidasiga  ko‘ra  -iy  bilan  yoziladi  va  talaffuzi  ham 
shunga olib boriladi.  
Uyg‘ur  yozuvli  matnlarda  yoyi  nisbaning  ham  talaffuzi 
aniq  beriladi.  Yoyi  nisba  yozma  yodgorliklar  tilida  shunday 
talaffuz  etilgan:  agar  so‘z  undosh  bilan  tugagan  bo‘lsa,  yoyi 
nisba yozuvda “ya” harfi bilan ifoda etilib, cho‘ziq [i:] sifatida 
o‘qilgan: Yügnäkî, Javharî, Lutfî, Sakkākî
Agar  so‘z  unli  bilan  tugasa,  u  holda  yoyi  nisba  ketma-ket 
ikkita  “ya”  harfi  bilan  yozilgan.  Endi  buni,  qoidaga ko‘ra,  -yi
deb  o‘qiymiz:  Navāyî  [arab  yozuvli  matnlarda  ushbu  taxallus 

او
ﻰﯾ   shaklida  yozilgan  va  bu  ham  Navāyî  deb  o‘qiladi]. 
Ko‘rinadiki,  hozir biz Lutfiy, Navāiy, Atāiy [adabiy orfografik: 
Lutfiy,  Navoiy,  Atoiy]  shaklida  qo‘llayotgan  taxalluslar  turkiy 
yozma  yodgorliklar  tilida  hozirgi  adabiy  tilimizdagidek  emas, 
balki  jonli og‘zaki tildagi singari Lutfî, Navāyî, Atayî shaklida 
talaffuz etilganidan dalolat beradi. 
Uyg‘ur  yozuvining  imlo  prinsiplari  turkiy  tilning  talaffuz 
o‘lchovlariga  moslashgan  edi.  Arab  yozuvli  matnlarda 
o‘zlashgan  so‘z  va  formalarga  nisbatan  grafik  prinsip 
saqlangan, ya’ni ular arabcha yo forscha matnlarda qay shaklda 
yozilgan  bo‘lsa,  turkiy  matnlarda  ham  shunday  yozilgan 
(jumladan, o‘zlashgan so‘zlarga xos ayrim tovushlar, arabiy va 
forsiy  izofalar,  -u  (-vu),  va  bog‘lovchilari,  yoi  nisba  kabilar). 
Uyg‘ur  yozuvli  matnlarda  esa  ularning  turkiy  talaffuzi  aks 
etgan. 
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish