Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

Beg, Sāhibqirān Beg, Temür-beg deb beriladi. Yanada muhimi, 
bitigning  arab  xatida  emas,  balki  qadimgi  uyg‘ur  yozuvi  va 
turkiy  tilda  ekanligidir.  Bu  ham  bo‘lsa,  Temurbek  o‘zining 
tarixiy  yozmalari,  yilnomalari,  rasmiy  yorliqlarini  uyg‘ur 
xatida  bittirganidan  dalolat  beradi.  Temuriylar  tarixini  bitgan 
muarrixlar o‘z asarlarini yozishda uyg‘ur yozuvida bitilgan ana 
shunday  yilnoma,  tarixiy  hujjatlardan  foydalanganlarini  ham 
qayd etib o‘tganlar. 
XIV–XV  asrlarda  Mavoraunnahr  va  Xurosonda  kitobat 
san’ati  gullab-yashnadi.  O‘sha  kezlar  Yazd,  Hirot,  Samarqand 
madaniy  markazlarida  uyg‘ur  xatida  bituvchi  xattotlarning 
maktablari  yuzaga  keldi.  Temuriylar  bu  noyob  kasb  egalariga 
doim  g‘amxo‘rlik  qildilar,  uyg‘ur  xati  bilan  yozuvchi  kotiblar 
ularning  himoyasida  bo‘ldi.  Chunonchi,  Hirotda  ko‘chirilgan 
uyg‘ur  yozuvli  qo‘lyozmalar  Shohruhning,  Samarqandda 
Mirzo Ulug‘bekning, Yazdda esa Mir Jaloliddin(Jaloliddin Mir 
Chaqmoq)ning buyrug‘i va homiyligi ostida bitildi. 
XIV–XV asrlarda Oltin O‘rda, Chig‘atoy xonlari zamonida 
turkiy  tilda  bituvchi  kotiblarni  baxšï  deganlar.  O‘sha  kezlar 
turkiy matnlar qo‘proq uyg‘ur xatida yozilardi. Shuning uchun 
ham  baxšï  ko‘pincha  uyg‘ur  xatida  ko‘chiruvchi  kotibni 
bildirgan  va  bu  so‘z uning otiga  ham  qo‘shib aytilgan.  Turkiy 
yozma 
manbalarda  o‘sha  davrda 
yashab 
ijod  etgan 
baxshilarning otlari  ham qayd etiladi (masalan,  o‘sha kezlarda 
yashab  ijod  qilgan  Mansur  baxšï,  Hasan  Qara  Sayïl  Šams 
baxšï, Zaynu-l-Abidin baxšï ning otlari ma’lum).  
Temuriylar  zamonida  bitilgan  bebaho  yozma  obidalarning 
ayrimlari 
va, 
aniq 
aytish 
mumkinki, 
eng 
nodirlari 
kunimizgacha 
yetib 
kelgan. 
Ana 
shunday 
nodir 
qo‘lyozmalardan  biri  Yusuf  Xos  Hojib  yozgan  “Qutadg‘u 
bilig” asarining uyg‘ur  yozuvli  nusxasidir (Радлов 1890).  Uni 
Hasan  Qora  Sayil  Shams  baxshi  1439  yili  Hirot  shahrida 


 
94
ko‘chirgan. Qo‘lyozma kitob hozir Vena Milliy kutubxonasida 
(A.G‘.13) saqlanmoqda. 
“Qutadg‘u  bilig”ning  Hirot  maktabida  ko‘chirilganligi 
temuriylar  zamonida  o‘tmish  adiblarining  asarlariga  e’tibor 
katta  bo‘lgani,  shuningdek,  qoraxoniylar  davri  adabiyoti,  eski 
turkiy  adabiy  til  va  yozuv  an’anasining  davom  etganligidan 
dalolat beradi. 
Hirot  xattotlik  maktabining  yirik  namoyandalaridan  yana 
biri  Abu  Malik  baxshidir.  Uning  qo‘lidan  chiqqan  nodir 
qo‘lyozma  hozir  Parijdagi  Fransiya  Milliy  kutubxonasida 
(Suppl.  Turc.,190)  saqlanmoqda.  Baxshi  mazkur  qo‘lyozmani 
hijriy 840 (melodiy 1436–1437)  yili ko‘chirgan.  Qo‘lyozmaga 
ikki  yirik  asar  bitilgan  bo‘lib,  ikkovi  ham  forschadan  tarjima 
qilingan (Pavet de Courteille 1882; Sertkaya 1977,12–13).  
Qo‘lyozmadan o‘rin olgan birinchi asar “Me’rojnoma” deb 
ataladi.  Turkiy  “Me’rojnoma”ga  Rasul  ’alayhi-s-salāmnïŋ 
Me’rājqa barğanï deb sarlavha qo‘yilgan. Asar muqaddimasida 
shunday ma’lumotni o‘qiymiz: Emdi bilgil-kim, bu kitābnïŋ atï 
Me’rājnāma  turur.  Nahju-l-faradis  atlïğ  kitābdïn  türk  tiligä 
ewürdük. Köp kišilärgä fayda tegsün tep Teŋri ta’ālanïŋ tavfiqï 
birlä tamam bitilip xalayïqnïŋ köŋli közigä širin körüngäy. 
Qo‘lyozmaga kiritilgan keyingi asar “Tazkira-yi avliyo”dir. 
U  Farididdin  Attorning  forscha  “Tazkiratu-l-avliyo”  asaridan 
turkiy  tilga  tarjima  qilingan.  Asar  qo‘lyozmaning  13b–151a 
betlarida.  Uyg‘ur  yozuvli  matnning  oxirida  kitobning 
ko‘chirilgan  sanasi  (ta’rix)  bitilgan:  Emdi  tazkirada  bitilgän 
mašayih  avliyalarnïŋ  hikayat  sözläri  tügätildi.  Tarix  sekiz  yüz 
qïrqta  at  yïl  jumadu-l-axira  aynïŋ  onïda  Haruda  Abu  Malik 
baxšï bitidim.  
Samarqand  baxshilari  ichida  Zaynul  Obidinning  dovrug‘i 
ketgan.  Baxshi  “Hibatu-l-haqoyiq”  dostonining  tayanch 
matnini  yaratgan.  Muhim  jihati,  temuriylar  davri  o‘zbek 
matnshunosligida  matn  tuzish  prinsiplari,  qiyosiy  matn 
yaratishning  ilmiy  asoslari  tugal  bir  ko‘rinishda  ishlab 


 
95
chiqilgan  edi.  Chunonchi,  1444  yili  Samarqandda  yirik  davlat 
arbobi,  adabiyot va  ilm-fan  homiysi,  shoir  Amir  Arslon Xo‘ja 
Tarxon  buyrug‘i  bilan  Adib  Ahmad  Yugnakiy  “Hibatu-l-
haqoyiq”  dostonining  tayanch  matni  tuzib  chiqildi.  Arslon 
Xo‘janing  asarni  qayta  kitob  holiga  keltirishdan  istagi,  adib 
o‘gitlarining  xato  talqin  qilinishiga  chek  qo‘yish,  ularni 
tuzatish  va  asarning  tayanch,  ishonchli  nusxasini  yaratish  edi. 
Tayanch  matn  tuzilgach,  asarning  keyingi  nusxalari  uning 
asosida 
ko‘paytirilgan. 
“Hibatu-l-haqoyiq” 
(“Atabatu-l-
haqoyiq”)ning  ushbu  tayanch  matnini  Zaynul  Obidin  baxshi 
tuzib  chiqdi.  Ushbu  qo‘lyozma  bizgacha  yetib  kelgan  asar 
nusxalarining  eng  eskisi,  to‘lig‘i  va  ishonchlisidir.  Shuning 
bilan  birga,  qo‘lyozma  o‘z  davri  kitobat  san’atining  ajoyib 
yodgorligi ham (Arat 1992,I–LXIII).  
Zaynul  Obidin  baxshi  uyg‘ur  xati  bilan  XV  asr  turkiy 
adabiyotining yirik namoyandasi Mir Haydarning “Mahzanu-l-
asror”  asari  hamda  30  baytli  qasidasini,  Yusuf  Amiriy 
“Dahnoma”sini 
ham 
ko‘chirgan. 
Kunimizda 
ushbu 
qo‘lyozmalar  o‘z  davrining  qimmatli  yodgorligi  sifatida 
qadrlanadi. 
Kitobat tarixida Yazd xattotlik maktabi namoyandalarining 
ishlari  ayricha  o‘ringa  ega.  Yazd  shahrida  bitilgan  noyob 
qo‘lyozmalardan  biri  Mansur  baxshi  qalamidan  chiqqan 
majmuadir.  Bu  kitob  hozir  Britaniya  Muzeyida  Or.  8193 
raqami  ostida  saqlanmoqda.  Qo‘lyozma  temuriylar  davridan 
qolgan uyg‘ur yozuvli eng chiroyli, shuning bilan birga, kitobat 
san’atining  ajoyib  namunalaridan.  Matn  mahorat  bilan 
ko‘chirilgan,  sahifalari  geometrik  shakllar  va 
islimiy 
naqshlarga boy. Uyg‘ur yozuvli matn to‘g‘ri chiziq bo‘ylab o‘n 
olti  qatordan    yoki  turli  geometrik  shakllar  orasiga  bitilgan. 
Mansur  baxshi  ushbu  majmuani  1432  yili  ko‘chirgan  edi. 
Majmua  tarkibidagi  “Muhabbatnoma”  dostonining  yakunida 
shunday  ta’rixni  o‘qiymiz:  Tamām  boldï  Muhabbatnāma 
kitābï. Qutluğ bolsun, tarix sekiz yüz otuz beštä čïčqan yïl rajab 


 
96
aynïŋ altïsïnda Yazd šahrïnda Mirjalal(id)din buyurğan üčün bu 
faqir Mansur baxšï bitidi.  
Majmuaga 
uyg‘ur 
xati 
bilan 
Xorazmiyning 
“Muhabbatnoma” dostoni,  diniy-falsafiy  mazmundagi  “Siroju-
l-qulub”, 
“Mas’ala 
kitobi”, 
“Rohatu-l-qulub” 
asarlari, 
shuningdek,  Mansur  baxshining  qasidasi,  Mavlono  Lutfiyning 
to‘rt  g‘azali,  Qambar  o‘g‘lining  uchta,  Javhariy,  Qosim, 
Sayyidning  bittadan  g‘azali  va  bir  nechta  to‘rtlik  bitilgan. 
Hoshiyasida  esa  Kamol  Ismoil  Isfaxoniyning  (XIII  asr)  forsiy 
devoni  (u  arab  xatida).  Co‘nggi  ikki  betining  hoshiyasiga 
uyg‘ur  xati  bilan  Rashididdin  Vatvot  “Sod  kalima”sining  bir 
bo‘lagi ko‘chirilgan. Mazkur uzindi arab va fors tilidadir.      
Mansur baxshi uyg‘ur yozuvi bilan “Baxtiyornoma” asarini 
ham  ko‘chirgan.  Uyg‘ur  yozuvli  mazkur  qo‘lyozma  hozir 
Oksforddagi  Bodlean  kutubxonasida  (598-  raqami  ostida) 
saqlanmoqda.  Qo‘lyozma  hijriy  838  (melodiy  1434)  yili 
ko‘chirilgan.  Asar  yakunidagi  ta’rix  shunday:  Qutluğ  bolsun 
tarix  sekiz  yüz  otuz  sekizdä  tawušqan  yïl  zulhijja  aynïŋ 
avvalïnda Mansur baxšï bitidi.   
Uyg‘ur xati temuriylar davlatining rasmiy  yozuvi ham  edi. 
Temuriylar  o‘z  yorliqlarini,  rasmiy  hujjatlarini  uyg‘ur  xatida 
yozganlar.  Temurbek  o‘zi  yorliqlarini,  qo‘shni  ellarning 
hukumdorlariga yo‘llagan maktublarini uyg‘ur xatida va turkiy 
tilda  yozdirgan,  temuriylarning  shajaralari  ham  ayni  yozuvda. 
Temurbekning  o‘limidan  keyin  Shohruh  va  Mirzo  Ulug‘bek, 
Abu  Said  Mirzo  va  uning  o‘g‘li  Umar  Shayx  Mirzo  ham  o‘z 
devonida,  davlat  ishlarida  qadimgi  turkiy  alifboni  keng 
qo‘llagani  ma’lum.  Bu  yozuvni  Zahiriddin  Bobur  ham  yaxshi 
bilgan.  
Temuriylar  davlati,  jamiyat  va  davlat  boshqaruvi,  xalqaro 
diplomatik 
munosabatlar 
tarixini 
o‘zida 
aks 
ettirgan 
yorliqlardan 
ayrimlari 
kunimizgacha 
saqlanib 
qolgan. 
Shohruhning  1422  yili  Hirot  yaqinidagi  Bog‘i  shaharda 
Chechakto‘ba  mavzeidagi  Talxan  ota  mozorining  mujovuri 


 
97
Ismoil nomiga yozdirgan suyurg‘ali, Sulton Abu Saidning 1468 
yili  Uzun  Hasanga  yuborgan  bitigi,  Sulton  Umarshayxning 
1469  yili  marg‘ilonlik  Mir  Sayid  Ahmadga  bergan  yorlig‘i 
(nishoni) shular jumlasidandir. 
Umuman,  turkiy  xalqlarning  yozuv  madaniyati  tarixida 
uyg‘ur  xatining  ahamiyati  katta.  Uning  tarixiy  taraqqiyoti 
davomida  temuriylar  davri  muhim  bosqich  sanaladi.  Qadimgi 
turk  yozuv  an’anasining  davom  etishida,  uyg‘ur  xatining 
ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotdagi o‘rnini belgilashda, rasmiy  
va  diplomatik  munosabatlardagi  mavqeini  ta’minlashda 
temuriylarning  xizmati  katta  bo‘ldi.  Eski  o‘zbek  adabiy  tili 
(“chig‘atoy turkiysi”) yozma me’yorlarining tartibga tushuvida, 
til uslublarining takomillashuvi, matn tuzish va kitobat ishining 
yangi  bir  bosqichga erishuvi,  uning gullab-yashnashida uyg‘ur 
xatining  xizmati  katta  bo‘lganini  alohida  ta’kidlamoq  kerak. 
Ushbu  yozuv  mumtoz  o‘zbek  yozma  adabiyotining  sara 
asarlarini,  temuriylar  yaratgan  ulkan  obidalarni  kunimizgacha 
yetkazib keldi. 
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish