Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

Alifbo  tizimi.  Uyg‘ur  alifbosida  harflar  o‘n  sakkizta. 
Mahmud  Koshg‘ariy  o‘zining  “Devonu  lug‘atit  turk”  asarida 
uyg‘ur  alifbosini  keltiradi  va  har  bir  shakl  ostida  arab  harflari 
bilan  ularning  ma’nosini  ham  beradi  (MK.I.47).  Agar  buni 
transkripsiyada ko‘rsatadigan bo‘lsak, o‘n sakkiz harfli mazkur 
alifbo tubandagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: a  w  x  v  z  q  y  k  δ  
m  n  s  b  č  r  š  t  l
Alifboda  harflar  soni  oz  bo‘lishiga  qaramay,  uyg‘ur 
yozuvining  imlo  prinsiplari  puxta  ishlangan  edi.  Qator 
harflarga  bir  emas,  bir  qancha  tovushni  ifodalash  vazifasi 
yuklatilgan.  Ayniqsa,  yozuvning  keyingi  bosqichida  (XI–XV 
asrlarning 
yodgorliklarida) 
ba’zi 
tovushlarni 
farqlash 
maqsadida  qo‘shimcha  nuqta  va  ishoratlardan  unumli 
foydalanilgan.  Puxta  imlo  va  qo‘shimcha  grafik  vositalar 
yozuvning  imkoniyatlari  keng  ekanligidan  dalolat  beradi. 
Shuning  uchun  ham  uyg‘ur  xati  uzoq  yuzyilliklar  mobaynida 
turkiy  tilning  fonetik-orfoepik  talablarini  bemalol  qondirib 
keldi. 


 
99
Alifbo  harflarining  ko‘pvazifalilik  xususiyati  to‘g‘risida 
Mahmud 
Koshg‘ariy 
alohida 
to‘xtalgan 
edi. 
Uning 
ta’kidlashicha,  turkiy  tildagi  yetti  tovush  uyg‘ur  yozuvida  o‘z 
belgisiga  ega  emas.  Bular:  p,  ž  (sirg‘aluvchi),  ğ,  g,  ŋ  hamda 
arabcha  j,  f  lardir.  Ushbu  tovushlar  yuqorida  ko‘rsatilgan 
harflar  vositasida  ifoda  etilgan  yoki  ular  singari  ifodalanib, 
qo‘shimcha  belgilar  bilan  farqlangan  (MK.I.48).  Bundan 
yozuvda  quyidagi  tovushlar  bir  xil  harflar  orqali  ifoda 
etilganligi  ayon  bo‘ladi:  k–g,  x–ğ,  č–j–ž,  w–f.  Sonor  ŋ  esa 
yozuvda ikki harf (n+k) bilan berilgan. 
Alifbo harflarining o‘z oti ham bor. Bu ot har bir harf o‘zi 
bildirgan tovushga “fatxa” qo‘shib hosil qilingan: a, wa, xa, va, 
za,  qa,  ya,  kä,  δa,  ma,  na,  sa,  ba,  ča,  ra,  ša,  ta,  la.  Eslashga 
o‘ng‘ay  bo‘lsin  uchun  alifbo  harflarini  tartib  bilan  uchta-
uchtadan  birlashtirilib,  awaxa,  vazaqa,  yakäδa,  manasa, 
bačara, šatala ko‘rinishida o‘qilgan. 
Uyg‘ur alifbosidagi harflardan uchtasi, o‘rni bilan, unlilarni 
ifodalashga  xizmat  qilgan:    harfi  [a]–[ä~e]  unlilarini,  [y] 
undoshini  ifodalovchi    harfi  [ï]–[i~e]  ni,    harfi  esa 
[u]–[ü]–[o]–[ö] unlilarini anglatadi. 
Yozuvda  hatto  old  va  orqa  qator  unlilar  ham  farqlangan. 
Yozuvning  bu  xususiyati  sug‘d  xatini  turkchalashtirish 
jarayonida  vujudga  kelgan  edi.  Chunonchi,  sug‘dcha  yozuvda 
cho‘ziq [a:] tovushi qisqa [a] dan qo‘shaloq alif orqali yozilishi 
bilan  farqlangan.  Turklar  sug‘d  xatini  o‘zlashtirish  chog‘ida 
uning  ba’zi  prinsiplarini  o‘z  tillariga  moslashtirib  olganlar. 
Sug‘d  xatida  cho‘ziqlikni  anglatuvchi  grafik  belgilar  uyg‘ur 
yozuvida  cho‘ziq-qisqalikni  emas,  turkiy  til  uchun  muhimroq 
bo‘lgan  old  va  orqa  qator  unlilarini  farqlashga  xizmat  qila 
boshladi. Turfondan topilgan qadimgi budda, moniy matnlarida 
so‘z boshida qo‘shaloq  harfi orqa qator [a] ni, oddiy >  esa  old  qator  [ä  (~e)]  unlisini  ifodalagan.  Keyinchalik  orqa 
qator  [a]  tovushi  uchun  ham  oddiy    harfidan 
foydalaniladigan  bo‘ldi.  So‘z  boshi  va  birinchi  bo‘g‘inda  old 


 
100
qator  yumshoq  [ö]–[ü]  unlilarini  ifodalash  uchun  ham 
qo‘shaloq belgidan foydalanilgan: “va” harfi yozilib, unga “ya” 
ulangan.  Old  qator  lablangan  unlilar  yozuvda  shu  usul  bilan 
orqa qator [o]–[u] unlilaridan farq qiladi.  
Uyg‘ur  alifbosidagi  harflarning  aksariyati  polifonik 
xususiyatga ega.  Buning  sababi  alifboning  ixcham  bir  shaklda 
tuzilganligida. 
Turkiy 
xalqlar 
o‘tmishda 
foydalangan 
alifbolarning eng  ixchami  ham uyg‘ur alifbosi edi.  Ixcham  bir 
alifboda  qadimgi  turkiy  tilning  murakkab  tovush  tizimini 
ifodalash  murakkab  ish.  Shu  o‘rinda  o‘yimizga  “nima  uchun 
turklar  bu  yozuvdan  uzoq  muddat  foydalanib  keldi,  bu  ularga 
mushkullik  tug‘dirmadimi?”  –  degan  so‘roq  kelishi  tabiiy. 
Ushbu  jumboq  oson  hal  etilganligining  muhim  sababi  bor: 
uyg‘ur yozuvining imlo prinsiplari juda o‘ylab ishlab chiqilgan 
edi.  O‘tmish  yozuv  amaliyotining  tajribasi  shuni  ko‘rsatadiki, 
yozuvning  qulay  yo  o‘ng‘aysizligi,  tilning  fonetik-fonologik 
tizimiga qay daraja javob berganligi alifbodagi harflarning oz-
ko‘pligida emas, balki imlo qoidalarining qanday tuzilganligida 
ekan.    Aks  holda,  38–40  harfli  ko‘k  turk  alifbosidan  18–16 
harfli  uyg‘ur  alifbosiga  o‘tishning  o‘zi  bo‘ladimi?  Buning 
boshqa  sababi  ham  bor:    yozuv  amaliyotida  harflari  bir-biriga 
ulab yozilgan uyg‘ur xatidan foydalanish ko‘k turk xatiga ko‘ra 
qulayroq, kitobat ishida uning imkoniyatlari kengroq edi.   

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish