Jasur
Ziyamuhamedovga
cheksiz
hurmatimni bildiraman.
Qosimjon Sodiqov.
4
KIRISH
T a y a n ch t u sh u n ch a l a r: umumxalq tili, adabiy til,
og‘zaki til, yozma til,yozma yodgorliklar; yozma tilning tarixiy
bosqichlari.
E’ t i b o r q a r a t i l a y o t g a n m a s a l a l a r:
Og‘zaki va yozma tilning o‘tmishdagi atamalari.
O‘zbek tilining tarixiy bosqichlari. Til tarixini davrlashtirish.
Til tarixini o‘rganishning tayanch manbalari.
Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tilining tarixi meloddan
burungi davrlarga ildiz otgan, uning tarixi qadimgi oltoy
davridan boshlanadi.
Tilning tarixiy taraqqiyoti to‘g‘risida so‘z borganda
umumxalq tili va adabiy til tushunchalari amal qiladi.
Bundan tashqari, jonli tilning og‘zaki va yozma ko‘rinishi
bor. O‘tmishda har ikkovining ham o‘z atamasi bo‘lgan. Yusuf
Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” asarida yozma tilni bitig
söz deb atagan edi. Qadimgi turkiy tilda bitig – “bitig, yozuv;
xat, kitob; yozma hujjat” anglamlariga ega. U “yozmoq,
bitmak” ma’nosidagi biti- fe’lidan yasalgan. Bitig söz atamasi
“bitilgan so‘z; kitobiy so‘z; matn”, tilshunoslik tushunchasi
bilan aytganda, “yozma til, adabiy til” ma’nosini beradi. Mana
o‘sha atamaning Yusuf Xos Hojib baytlaridagi misoli:
Balağat bilä xat teŋäšsä qalï,
Ei egü til bu bitig söz tili.
(Balog‘at bilan xat tenglashsa agar,
Yozma til juda ezgu til bo‘ladi) (QB.2655).
Fikrni yozma ko‘rinishda, ya’ni matnda ifodalash usuli
bitig söz yaŋï deyilgan. Yusuf Xos Hojib yozma til fikrni
ifodalashning eng yaxshi yo‘lidir, deya ta’kidlaydi:
Nekü ter ešitkil İlä sir teŋi,
Ei egü yaŋ bu bitig söz yaŋï.
5
(Ila-sir tengi [ya’ni yoshi Ila daryosiday uzun, ko‘pni
ko‘rgan donishmand] bu to‘g‘rida nima degan, eshitgil:
Yozma til usuli juda yaxshi usuldir) (QB.2656).
“Og‘zaki til”ni Yusuf Xos Hojib tilin söz deb atagan. O‘sha
atamaning misoli:
Yoq ersä bitig bu kišilär ara,
Tilin sözkä kim bütgäy erdi kör-ä.
(Bu kishilar orasida yozuv yo‘q ersa,
Og‘zaki so‘zga kim ham ishongan bo‘lar edi, ko‘rgin)
(QB.2660).
Adib Ahmad Yugnakiy o‘zining “Hibatu-l-haqoyiq”
asarida ağïz til degan atamani qo‘llagan. Bu atamadagi ağïz –
“og‘zaki” degani, ağïz til esa “og‘zaki til”, ya’ni “nutq” degan
ma’noni anglatadi. Demak, bu atama ostida “kishining nutqi”
ko‘zda tutiladi. Mana o‘sha misol:
Ağïz til bezägi koni söz turur,
Köni sözlä sözni, tiliŋni bezä. –
(Nutqning bezagi to‘g‘ri so‘z turur,
To‘g‘ri so‘zla so‘zni, tilingni (nutqingni) beza) (AH.155–
156).
Muhimi shundaki, umumxalq tilining ham, adabiy tilning
ham o‘z tarixi bor. Jumladan, o‘zbek umumxalq tilining tarixi
oltoy davridan boshlanadi. Yozma adabiy tilning tarixi esa
turkiy matn tuzish an’anasining boshlanishi, yozma til
o‘lchovlarining yuzaga kelishi va ularning qat’iylashuvi bilan
bog‘liq. Shunga ko‘ra, o‘zbek adabiy tilining tarixi yozma
yodgorliklari ma’lum bo‘lgan qadimgi turk davridan (Birinchi
va Ikkinchi turk xoqonliqlari davrida yaratilgan bitiglar tilidan)
boshlanadi. Turkiy xalqlarning bulardan-da eski, hatto
meloddan burungi davrlarga tegishli yozuv yodgorliklari ham
topilgan. Biroq ular yirik matnlar emas, turli buyumlar sirtidagi
bir-ikki so‘z va yo qisqa jumlali yozuvlardir. Ular yozma til
tarixini o‘rganish uchun ozlik qiladi. Shuning uchun, hozircha,
adabiy til tarixini turklarda yozuv madaniyati yuksalgan,
6
savodxonlik darajasi yuqori bo‘lgan ko‘k turk xoqonliqlari
davridan boshlaganimiz ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |