Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

O‘zbek  tili  o‘zining  uzoq  asrli  tarixiy  takomili  davrida  bir 
qancha bosqichni o‘tgan.  
Tilimiz tarixining ilk bosqichi eng eski chog‘lardan boshlab 
melodning  V  yuzyilliklariga  qadar  bo‘lgan  davrni  o‘z  ichiga 
oladi. Bu  bosqichni  shartli ravishda  eng qadimgi turkiy til deb 
ataymiz.  Ilmiy  asarlarda  bu  davrning  ilk  bosqichi  “oltoy”, 
keyingi bosqichi “xun davri” deb yuritiladi. Melodiy VI asrdan 
qadimgi  turkiy  adabiy  til  davri  boshlanadi.  Bu  davr  adabiy, 
ya’ni yozma til tarixining ilk bosqichidir, chunki turkiy yozma 
adabiy  til  ana  shu  kezda  yuzaga  kelgan.  Bu  davr  to‘g‘risida 
so‘z  ketganda  unga  yozma  adabiy  til  atamasini  qo‘shib 
ishlatganimiz ma’qul.  Keng e’tirof etilishicha, “qadimgi turkiy 
yozma adabiy til”  davri VI–X  yuzyilliklarni qamraydi.  Turkiy 
tilning  eng  ko‘hna  yozuv  yodgorliklari  o‘sha  chog‘lardan 
qolgan.  Turkiy,  xususan,  o‘zbek  adabiy  tilining  tarixi  ham 
mazkur  yozma  yodgorliklar  tilidan  boshlanadi.  Bu  davr 
quyidagi  bosqichlarga  bo‘linadi:  1)  Ko‘k  turk  yozma 
yodgorliklari  tili  (Bu  guruhga  Birinchi  va  Ikkinchi  turk 
xoqonliqlari  davrida  yaratilgan  ko‘k  turk  yozuvli  urxun  va 
yenisey,  tuva,  talas,  farg‘ona  yodgorliklarining  tili  kiradi);  2) 
Uyg‘ur  xoqonliq  va  davlatlarida  yaratilgan  ko‘k  turk,  uyg‘ur, 
moniy,  brahma,  sug‘d  yozuvlaridagi  yozma  yodgorliklar  tili 
(turkshunoslik  asarlarida  “qadimgi  uyg‘ur  tili”  deb  ham 
atalmoqda). 
XI  asrdan  eski  turkiy  adabiy  til  davri  boshlanadi.  Bu 
bosqich  XIV  yuzyillikning  boshlariga  qadar  davom  etgan. 
Muhimi  shundaki,  bu  davrning  ilk  bosqichlarida,  xususan, 
qoraxoniylar  davrida  yaratilgan  yozma  yodgorliklar  tili 
“qadimgi  turkiy  til”  davrida  yaratilgan  bitiglar  tiliga  juda 
yaqin,  ularda  qadimgi  yozma  til  an’analari  davom  etgan. 
Birgina misol: Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” 
asarida keltirilgan turkiy og‘zaki ijod namunalari ham til,  ham 


 
7
badiiy  jihatdan  ancha  burungi  davrlarga  ildiz  otgan.  Yoki 
mashhur  “Qutadg‘u  bilig”  dostonining  tili,  lug‘at  qatlamidagi 
sanoqli  arabcha,  forscha  so‘zlarni  demaganda,  ko‘k  turk 
bitiglarining tili bilan aytarli birday.  
Eski  turkiy  adabiy  til  davri  quyidagi  bosqichlarni 
birlashtiradi:  1)  Qoraxoniylar  davri  tili  (qoraxoniylar  davrida 
yaratilgan yozma yodgorliklar tili); 2) “Chig‘atoy turkiysi”; 3) 
Eski  xorazm  turkiysi  (Oltin  O‘rda  va  Xorazm  muhitida  amal 
qilgan  adabiy  til);  4)  Eski  qipchoq  tili  (Misrda  yozilgan 
grammatik  asarlar  va  lug‘atlar  hamda  g‘arbiy  turk  o‘lkalarida 
qipchoqlar yaratgan asarlar tili); 5) Eski anato‘li turkchasi (Bu 
XIII–XV asrlarda o‘g‘uz turklari qo‘llagan yozma adabiy tildir. 
Keyinchalik  buning  negizida  usmonli  turkchasi  otini  olgan 
adabiy til yuzaga keldi); 
Eski  o‘zbek  adabiy  tili  (XIV  asrdan  XX  yuzyillikning 
boshlariga  qadar).  Bu  davrda  ham  “chig‘atoy  turkiysi”  davom 
etdi.  XIII–XVI  asrlarning  adabiy  tili  “chig‘atoy  turkiysi”  oti 
bilan  yuritiladi.  Bu  davr  eski  o‘zbek  adabiy  tilining  eng 
yashnagan  bosqichidir.  O‘sha  yuksalishning  ta’siri  va 
an’analari XX yuzyillikning boshlariga qadar keldi.  
Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Bu davr XX asrning boshlaridan 
to shu kungacha amal qilmoqda. 
Boshqa  fanlarda  bo‘lgani  singari  til  tarixining  ham  o‘z 
chegarasi,  o‘rganishga  asos  bo‘lib  xizmat  qiluvchi  manbalari 
bor.  Til  tarixi  yozuv  yodgorliklariga  tayangan  holda  muayyan 
tilning  yuzaga  kelishi,    uning  tarixiy  taraqqiyoti,    hozirgi 
ko‘rinishiga  kelgunga  qadar  yuz  bergan  o‘zgarishlar,  ularning 
yuz  berishida  amal  qilgan  qonuniyatlarni  tadqiq  etadi.  Turkiy, 
xususan,  o‘zbek  tilining  tarixi  quyidagi  tayanch  manbalar 
asosida o‘rganiladi: 
1.  O‘tmishdan  qolgan  yozma  yodgorliklar.  Til  tarixini 
o‘rganishda eng  ishonchli  manba  bizgacha  yetib kelgan  yozuv 
yodgorliklaridir.  Turkiy  tilda  yaratilgan  diniy-falsafiy  asarlar, 
badiiy  adabiyot  namunalari,  tarix  kitoblari,  epigrafik  matnlar, 


 
8
qabrtosh  yozuvlari,  huquq  ishlariga,  xo‘jalik  ishlariga  tegishli 
bitiglar  va  boshqa  yozma  obidalar  turkiy  tillar  tarixini 
o‘rganishda  eng  muhim  manbalar  sanaladi.  Muhimi  shundaki, 
ilk  va  o‘rta  asrlarda  turkiy  tildagina  emas,  xitoy,  sug‘d,  fors, 
arab tillarida turkiy tillar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi asarlar, 
lug‘at  va  grammatika  kitoblari  yaratilgan.  Ushbu  asarlar  ham 
turkiy tillar tarixini o‘rganishda tayanch manbalar bo‘la oladi.    
2.  Xalq  og‘zaki  ijodi  (folklor)  materiallari.  Xalq  afsonayu 
dostonlari, 
rivoyatu 
ertaklari, 
qo‘shiqlari, 
maqol 
va 
iboralarining  ayrimlari  juda  eski  zamonlarga  ildiz  otgan. 
Folklor  materiallari  badiiy  tafakkurdagi  eski  an’analarga,  til 
an’analariga  izchil  amal  qiladi.  Asrlar  bo‘yi  yuzaga  kelgan 
ushbu  ijod  namunalari  eski  til  belgilarini  yaxshi  saqlaydi. 
Shuning  uchun  xalq  og‘zaki  ijodi  asarlari  tilidan  til  tarixi 
materiali sifatida ham foydalanish mumkin. 
3.  Hozirgi  turkiy  tillar  va  ularning  shevalari.  Turkiy  tillar 
va  xalq  shevalari  eski  turkiy  tilning  yuzyilliklar  osha  fonetik, 
leksik-semantik, 
grammatik, 
stilistik 
jihatdan 
o‘zgarib, 
takomillashib,  turkiy  xalqlarning  ijtimoiy-siyosiy,  madaniy 
hayoti  talablariga  bo‘ysungan  holdagi  hozirgi  ko‘rinishidir. 
Ayniqsa, xalq tili o‘tmish an’analarini o‘zida yaxshi saqlaydi.  
4.  Joy  otlari  (toponimlar),  geografik  atamalar,  xalq  otlari 
(etnonimlar). Shahar, qishloq otlari, suv otlari (gidronimlar) va 
boshqa geografik atamalar, etnonimlar tilning eski qoldiqlarini 
o‘zida aks ettirgan bo‘ladi. Shuning uchun ham ular til tarixini 
o‘rganishdagi muhim manbalardan bo‘la oladi. 
 
S o‘ r o q  v a  t o p sh i r i q l a r: 
 
Lutfan  umumxalq  tili  va  adabiy  til,  og‘zaki  va  yozma  til 
tushunchalarini izohlab bering. O‘tmishda bular qanday atalgan? 
O‘zbek tilining tarixi qanday bosqichlarga bo‘lib o‘rganiladi? 
O‘zbek  tilining  tarixi  qanday  manbalar  asosida  o‘rganiladi? 
O‘rnaklar bilan tushuntiring. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish