Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Adabiy tilning o‘tmishdagi atalishi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

Adabiy tilning o‘tmishdagi atalishi 
 
Yozma  manbalarda,  turkiy  adabiy  til  turlicha  atalgan. 
Mahmud  Koshg‘ariy  “Devonu  lug‘atit  turk”da  o‘z  davri 
yetakchi dialektlarini (sharqiy dialektlarni) birlashtirib turk tili
qolganlarini  esa  o‘z  nomlari  (o‘g‘uzcha,  qipchoqcha)  va  b. 
bilan  ataydi.  Ana  shu  turk  tili  o‘rnida  xoqoniya  tili,  xoqoniya 
turkchasi  nomini  ham  qo‘llagan.  Bu  bilan  u  qoraxoniylar 
davlatining  markaziy  o‘lkalarida  yashovchilar  lahjasi  (adabiy 
tilga  asos  bo‘luvchi  yetakchi  lahjalar)ni  nazarda  tutadi: 
“Tillarning  yengili  o‘g‘uzcha,  eng  to‘g‘risi,  yaxshisi  yag‘ma, 
tuxsi  kabilarning  tili  va  shuningdek,  Ila,  Ertish,  Yamar,  Etil 
vodiylaridan 
uyg‘ur 
shaharlarigacha 
bo‘lgan 
joylarda 
yashovchilar  tilidir.  Bularning  ichida  eng  ochiq  va  ravon  til 
xoqoniya  o‘lkasida  yashovchilarning  tilidir  “  ...”  Shahar 
o‘rtasida  turuvchilar 
xoqoniy  turkchasida 
so‘zlaydilar” 
(MK.I.66).  Mahmud  Koshg‘ariy  ushbu  turk  tili,  xoqoniya  tili, 
xoqoniya turkchasi atamalari bilan o‘z davri turkiy adabiy tilini 
ko‘zda tutgan edi. 
 
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida türkčä bilan 
bir  qatorda  buğraxan  tili,  xan  tili  atamalari  ham  qo‘llangan. 
Misoli  shunday:  Türkistän  ellärindä  buğraxan  tilinčä  bu 
kitābdïn  yaxšïraq  hargez-kim  ersä  tasnif  qïlmadï  (Turkiston 
ellarida  bug‘raxon  tilida  biror  kimsa  hargiz  bu  kitobdan 
yaxshiroq  yozgan  emas)  (QB.48).  Bu  bilan,  chamasi, 
Bug‘raxon  qaramog‘idagi  o‘lkalarda  yashovchilar  lahjasiga 
tayangan adabiy til ko‘zda tutiladi. 


 
19
Adib  Ahmad  Yugnakiy  o‘zining  “Hibatu-l-haqoyiq”  asari 
to‘g‘risida  so‘z  yuritib,  uning    turkiy  tilda  ekanligini 
ta’kidlaydi.  Uning  keltirgan  bayti:  Anïn  uš  čïqardïm  bu  türkî 
kitāp  (Shuningdek,  bu  turkiy  kitobni  ijod  qildim)  (AH.473). 
Asarning  1444  yili  ko‘chirilgan  samarqand  qo‘lyozmasida 
Amir  Arslon tarxon  masnaviysi dostonga  ilova qilingan.  Amir 
Arslon  masnaviysida  qayd  etilishicha,  muallif  bu  kitobini 
kašğar tili~kašğarî til da yozgan: 
Tamami erür kašğarî til bilä, 
Ayïtmïš adib riqqat-i til bilä. 
Ägär bilsä kašğar tilin har kiši 
Bilür ol adibnïŋ nekim aymïšï. 
((Kitob) koshg‘ar tili bilan yozib tugallandi, 
Adib uni badiiy tilda ijod qildi. 
Agar kim koshg‘ar tilini bilsa, 
Adibning aytganlarini anglab yetadi) (AH.499–502). 
Ushbu  baytlardagi  kašğar  tili~kašğarî  til  atamasi 
qoraxoniylar  markaziy  o‘lkasidagi  koshg‘ar  (=qashqar)  lahjasi 
(adabiy  til)  nazarda  tutilgan  deyish  mumkin.  Ushbu  atama 
Mahmud  Koshg‘ariy  qayd  etgan  xoqoniya  tilining  o‘zidir. 
Chunki  devonda  qashqarliklar  “xoqoniya  turkchasi”  da 
so‘zlashlari ta’kidlangan (MK.I. 66). 
Mahmud  Koshg‘ariy,  Yusuf  Xos  Hojib,  Amir  Arslon 
tarxon ma’lumotlaridan qoraxoniylar davri turkiy  adabiy tiliga 
yetakchi  dialektlar  asos  bo‘lib  xizmat  qilganligi  ayon  bo‘ladi. 
Ushbu  yozma  adabiy  til  turk  tili,  xoqoniya  tili,  bug‘raxon  tili, 
koshg‘ar  tili  singari  otlar  bilan  atalgan.  XIII–XV  asrlarda 
yuzaga  kelib  takomil  topgan  “chig‘atoy  tili”,  “chig‘atoy 
turkchasi” ana shu adabiy tilning davomida turadi. 
Bu  kezlarda  čïğatay  tili  atamasi  türkčä,  türkî  atamalari 
bilan yonma-yon qo‘llanilib, kitobiy adabiy tilni farqlash uchun 
ham  xizmat  qila  boshladi.  Abulg‘oziyning  “Shajara-yi 
tarokima”da  keltirgan  quyidagi  ma’lumotlari  bunga  dalildir. 
Tarixchi  yozadi:  Hamma  uluğlar  ham  āddî  kišilär  tüšünsün 


 
20
dep,  men  bu  tarixnï  türkî  til  bilän  aytdïm. Türkîni  ham  andaq 
aytup-men-kim,  beš  yašar  oğlan  tüšünür.  Tüšüniš  asan  bolsun 
dep men čïğatay türkîsidin, fārsîča va arabčadïn bir dāna ham 
söz qošmadïm. Bu o‘rinda čïğatay türkîsi deyilganda XV–XVI 
asrlardagi  kitobiy  til  ko‘zda  tutilgan.  Ushbu  atama  ham 
qoraxoniylar  davri  manbalarida  qo‘llangan  “bug‘raxon  tili”, 
“xoqoniya  tili”,  “koshg‘ar  tili”  atamalari  singari  adabiy  tilni 
anglatadi.  Temuriylar  zamonida  Mavoraunnahr  va  Xuroson 
adabiy,  madaniy  muhitida  shakllangan  adabiy  til  (“chig‘atoy 
turkiysi”)  shu  o‘lkadagina  emas,  balki  butun  turk-musulmon 
muhitining kitobiy adabiy tili darajasiga ko‘tarilgan edi. 
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish