Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


ILK VA O‘RTA ASRLARDA MARKAZIY OSIYODAGI TIL



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

ILK VA O‘RTA ASRLARDA MARKAZIY OSIYODAGI TIL 
VAZIYATI 
 
VI–VIII  asrlarda  bir  chegarasi  Oltoydan  tortib  markiziy 
Mo‘g‘ulistonga  qadar,  ikkinchi  yog‘i  Sharqiy  Turkistondan 
tortib  Kaspiyga  qadar  ulkan  hududda  amal  qilgan  Birinchi  va 
Ikkinchi  ko‘k  turk  xoqonliqlarining  rasmiy  tili  turkiy  til  edi. 
Saltanatning  davlat  va  jamiyat  boshqaruvi,  xalqaro  diplomatik 
munosabatlari,  rasmiy  yozishmalar  turkiy  tilda  olib  borilgan. 
Rasman  ko‘k  turk  yozuvi  amalda  bo‘lgan.  Badiiy  adabiyot, 
ilmiy va tarixiy asarlar, xonlarning tuzuklari, yorliqlari va chet 
ellar  bilan  yozishmalari  turk  tilida  va  ko‘k  turk  yozuvida 
bitilgan.  Hatto  turkiy  til  Buyuk  Ipak  yo‘li  bo‘ylab  xalqaro  til 
sifatida amal qilgan.  Ko‘k turk xoqonliqlari keyinchalik uning 
o‘rnida  yuzaga  kelgan  uyg‘ur  xoqonlig‘i  zamonida  Markaziy 
Osiyoda,  ayniqsa  Buyuk  ipak  yo‘lida  keng  yoyilgan  sug‘d 
tiliga, o‘rni bilan tabg‘ach (xitoy) tiliga ham e’tibor qaratilgan. 
Masalan, monumental matnlar bitishda, turkiy til bilan barobar, 
sug‘d,  ba’zan  tabg‘ach  tillaridan  ham  foydalanilgan.  Buni 
o‘sha  kezlardan  qolgan  ikki,  uch  tilli  bitiglarda  ham 
kuzatishimiz mumkin.  Chunonchi, 732  yili tiklangan Kul tigin 
bitigi  ikki  tilli:  asosiy  matn  turkchada,  toshning  ters  yuzida 
xitoycha  yozuvi  ham  bor.  To‘quz  o‘g‘uz  (uyg‘ur)  xoqoni  Alp 


 
21
Bilga  (xitoy  manbalarida  Baoi)  xotirasiga  820–821  yillarda 
tiklangan  Qorabalg‘asun  obidasi  uch  til  –  turkiy,  sug‘dcha  va 
xitoy  tilida  bitilgan.  Bu  dalillar  turk  muhitida,  ona  tili  bilan 
birga,  mazkur  tillarga  ham  alohida  e’tibor  qaratilganidan 
dalolat  beradi.  Ko‘k  turk  xoqonliqlarining  ayrim  o‘lkalarida, 
xoqonliqqa  qaram  va  unga  qo‘shni  yurtlarda,  turklar  bilan 
aralash  yashaydigan  boshqa  qavmlar  ichida    ikki  tillilik  ham 
amal  qilgan.  Masalan,  Sug‘dda  va  xoqonliq  hududidagi  
sug‘dlar  ko‘chib  kelib  o‘rnashgan  ayrim  kentlarda,  sug‘d-turk 
qo‘shtilliligi,  Xorazmda  xorazm-turk,  qo‘shni Toharda  va turk 
xoqonlig‘i, keyinchalik uyg‘ur xoqonlig‘ining Toharga qo‘shni 
viloyatlarida,  asosan,  to‘xrilar  orasida  to‘xri-turk  qo‘shtilliligi 
ham amalda bo‘lgan. 
O‘tmishda  yaratilgan  matnlar  ichida  ikki,  uch  tillilari  ham 
anchagina.  Lekin  matn  ikkitilliligi  bilan  jamiyat  orasidagi 
bilingvizm  (qo‘shtillilik)  hodisasini  qorishtirmaslik  kerak. 
Chunonchi,  yuqorida  qayd  etilgan  o‘lkalarda  xorazm-turk, 
sug‘d-turk,  to‘xri-turk  qo‘shtilliligi  bo‘lgan.  Lekin  tabg‘ach-
turk  qo‘shtilliligi  turk  jamiyati  o‘tmishida  uchramaydi.  Turkiy 
yodgorliklarda  xitoycha  matnlarning  berilishi  xitoy  tilining 
mavqeini  nazarda  tutgan  holda  shakllangan.  Islom  davrida 
turklar 
orasida 
arab 
tilining 
o‘rganilishi 
va 
arabiy 
savodxonlikning yuqori darajada bo‘lganligini ham qo‘shtillilik 
hodisasi  deb  sanamaslik  kerak.  Turkiy  til  keyingi  davrlarda 
yuzaga  kelgan  turkiy  davlat  va  saltanatlarning  rasmiy  tili 
sifatida  amal  qildi.  Mahmud  Koshg‘ariy  o‘zining  “Devonu 
lug‘atit turk” asarida turkiy tilning obro‘-e’tibori,  boshqa tillar 
o‘rtasidagi  mavqei,  O‘rta  va  Markaziy  Osiyodagi  til  vaziyati 
to‘g‘risida  to‘la  ma’lumot  bergan  edi.  U  turkiy  tilning  Sharq 
xalqlari  o‘rtasidagi  mavqei  xususida  to‘xtalib,  uni  “arab  tili 
bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib o‘zib borayotgan 
turk tili” deya ta’riflaydi  (MK.I.46).  
Turk  bo‘lmagan  jamoalar  ichida  turk  tilini  o‘rganishning 
kerakligi  xususida  yozadi:  “Ularning  [turklarning]  o‘qlaridan 


 
22
saqlanmoq  uchun  ularning  xatti-harakatlarini  mahkam  tutmoq 
har bir aqlli kishiga loyiq va munosibdir. Bularga yaqin bo‘lish 
uchun eng asosiy yo‘l – ularning tillarida so‘zlashishdir, chunki 
ular  bu  tilda  so‘zlashuvchilarga  yaxshi  quloq  soladilar, 
o‘zlarini  yaqin  tutadilar,  ularga  zarar  bermaydilar.  Hatto  ular 
o‘z  panohida  turgan  boshqalarning  gunohini  ham  kechib 
yuboradilar. 
Ishonchli  bir  buxorolik  olimdan  va  nisoburlik  boshqa  bir 
ishonchli  olimdan  shunday  eshitgan  edim,  ular  bu  so‘zni 
payg‘ambarga  nisbat  berib  aytgan  edilar:  payg‘ambar 
qiyomatning  belgilari,  oxir  zamon  fitnalari  va  o‘g‘uz 
turklarining xuruji haqida gapirganda, shunday degan edi: turk 
tilini  o‘rganing,  chunki  ularning  hukmronligi  uzoq  davom 
etadi. 
Hadisning  to‘g‘ri  yoki  to‘g‘ri  emasligining  javobgarligi 
aytgan  kishilar  gardaniga.  Agar  to‘g‘ri  bo‘lsa,  turk  tilini 
o‘rganish vojib(zarur)dir; hadis to‘g‘ri bo‘lmagan taqdirda ham 
uni o‘rganish zarurligini aql taqazo qiladi (MK.I.43–44).  
Mahmud  Koshg‘ariy  o‘z  asarida  turkiy  qavmlarning 
yerlashuvi,  bu  o‘lkalardagi  xalqlarning  tillari  to‘g‘risida  ham 
keng  ma’lumot  beradi.  Asarda  ta’kidlanishicha,  Rumga  yaqin 
birinchi  qabila  päčänäk,  so‘ng  qїwčaq,  oğuz,  yämäk,  bašğїrt, 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish