Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Partanarakshitdir.  Uning  qadimgi  toharchadan    turkiyga



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi


Partanarakshitdir.  Uning  qadimgi  toharchadan    turkiyga 
o‘girgan “Maytri simit no‘m bitig” otli asari yetib kelgan. 
Turk-budda  adabiyotining  boshqa  bir  yirik  vakili, 
xitoyshunos Shingqu Sheli (~Singqu Seli) tudung edi. Bu olim 
Partanarakshitdan  ancha  keyin  –  X  asrda  yashagan.  Shingqu 
Sheli o‘z asarlarini tabg‘ach tilidan tarjima qilgan. Uning otiga 
qo‘shilayotgan tuduŋ so‘zi  qadimgi turkiy tilda “hokim, yuqori 
mansab”ni  bildiradi.  Bu  unvon  Singqu  Selining  mansabdor 
kishi, shuning bilan bir qatorda, zamonasining yetuk o‘qimishli 
kishisi  o‘tganidan  darak  beradi.  Uning  xitoychadan  qadimgi 
turkiy tilga tarjima qilgan uch asari yetib kelgan. Bular: “Oltun 
tusli  yorug‘”  (“Altun  öŋlüg  yaruq”=“Suvarnaprabhasa  sutra”), 
“Syuan-szan  kechmishi”  (“Tsi-in-čün  kavi  nom  bitig”)  va 
“Vujud va ko‘ngilni anglash kitobi” (“Etözüg köŋülüg körmäk 
atlïğ nom bitig”)dir. 


 
43
Qizig‘i,  Shingqu  Sheli  tarjimalarini  asarlarning  asl 
nusxalariga  chog‘ishtirib  ko‘rgan  olimlar  ularning  xitoycha 
matnlardan 
so‘zma-so‘z 
o‘girilmaganligini 
ilg‘aganlar. 
Ta’kidlash  joizki,  Shingqu  Sheli  tarjimalarining  qay  birini 
olmang,  oddiy  matnlar  emas.  Ular  qadimgi  turk  yozma 
adabiyotining sara asarlari qatorida. Tarjimonning kuchli bilim 
egasi ekani,  turkiy til  imkoniyatlaridan ustalik  bilan  foydalana 
olgani,  qolaversa,  uning  shoir  o‘tganidan  belgi  berib  turadi 
bari.  Matnlarning  til  va  uslubi  hayratga  soladi  asarlarni 
asliyatdan  o‘qib,  tushunib  yetgan  kishini.  Anglashiladiki, 
tarjimon  turk  o‘quvchisiga  budda  g‘oyalarini  chuqurroq 
singdirish,  matnlarni  o‘qishli  qilish  maqsadida  ayricha  yo‘l 
tutgan: u asarlarning asosiy mazmunini saqlagan holda, turklar 
tasavvuriga  to‘g‘ri  keladigan  tushunchalar  bilan  bergan. 
Atamalar  tizimi  ham,  bayon  uslubi  ham,  badiiy-tasviriy 
vositalar  ham  –  barisi  shunga  bo‘ysunadi.  Shingqu  Sheli 
tudung ularni qayta  ishlab,  mustaqil asar darajasiga ko‘targan. 
Shuning  uchun  ham  turk-budda  asarlarini  badiiy  tarjimalar 
sifatida emas, balki qadimgi turk adabiyotining o‘z namunalari 
deb qaramog‘imiz maqsadga muvofiq. Tarjimachilik amaliyoti 
tarixidagi ushbu  metod prinsiplarini,  qonun-qoidalarini chuqur 
o‘rgangandan  keyingina,  uning  to‘g‘risida  tugal,  aniq-taniq 
yechimga kelish mumkin.  
Muhimi, 
o‘sha 
davr 
tarjimonlari 
matnga 
ijodiy 
yondashganlar.  Bu  ularning  o‘ziga  xos  yutug‘i,  qadimgi  turk 
adabiyoti va adabiy tiliga qo‘shgan katta ulushi edi.  
Turkiy adabiy tilning rivoji, adabiy til me’yorlarini tartibga 
solishda  qadimgi  turk  adabiyotining  buyuk  namoyandasi,  XI 
asrda  yashab  o‘tgan  ulug‘  faylasuf  Yusuf  Xos  Hojibning 
xizmati  katta.  Uning  “Qutadg‘u  bilig”  asari  qadimgi  turkiy 
tildan eski turkiy tilga o‘tishda katta bir ko‘prik  bo‘lib  xizmat 
qildi; bu asari bilan adib yangi musulmon davri turk adabiy tili 
me’yorlarini belgilab berdi.   


 
44
“Qutadg‘u  bilig”ning  muqaddimasida  shunday  yozilgan: 
Čin-u  Mačin  ’alimlarï  qamuğï  it(t)ifaq  boldïlar-kim,  Mašriq 
vilayatïda,  qamuğ  Türkistän  elindä  Buğraxan  tilinčä,  türk 
luğatïča  bu  kitaptin  yaxšïraq  hargiz  kimersä  tasnif  qïlmay 
turur. Bu kitap qayu ma padšahqa, qayu ma iqlimqa tegdi ersä, 
ğayat  uzluqïndin,  uruqtïn  nečä  körklüglügindin  ol  ellärniŋ 
hakimläri, ’alimlarï qabul qïlïp, tekmä biri bir türlüg at-laqap 
urdïlar: činlïğlar “Adabbu-l-muluk” atadïlar; Mačin malikiniŋ 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish